Nodavlat tashkilotlari


Nodavlat notijorat tashkilotlari



Download 148,5 Kb.
bet3/13
Sana01.08.2021
Hajmi148,5 Kb.
#135156
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Nodavlat-tashkilotlari

Nodavlat notijorat tashkilotlari quyidagi shakllarda tashkil etilishi mumkin:

a) jamoat birlashmasi - ma'naviy yoki boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish uchun o`z manfaatlarining mushtarakligi asosida qonunda belgilangan tartibda birlashgan fuqarolarning ixtiyoriy birlashmasi.

Jamoat birlashmasi qatnashchilari mazkur birlashmaga mulk qilib bergan mol-mulklariga, shu jumladan a'zolik badallariga bo`lgan huquqlarini saqlab qolmaydilar. Ular a'zo sifatida qatnashayotgan jamoat birlashmasining majburiyatlari bo`yicha javob bermaydilar, mazkur birlashma esa o`z a'zolarining majburiyatlari bo`yicha javob bermaydi;

b) ijtimoiy (jamoat) fond - jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy mulkiy badallar qo`shish asosida tashkil etilgan, xayriya, ijtimoiy, madaniy, ma'rifiy yoki boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni ko`zlaydigan, a'zoligi bo`lmagan nodavlat notijorat tashkiloti.

Jamoat fondiga uning muassislari (muassisi) yoki vasiyat qiluvchi tomonidan o`tkazilgan mol-mulk fondning mulkidir. Fond muassislari (muassisi) yoki fond vasiyatnoma bo`yicha tashkil etilganida vasiyatnomani ijro etuvchi fondning majburiyatlari bo`yicha javob bermaydi, fond esa muassislarning (muassisning) yoki vasiyatnomani ijro etuvchining majburiyatlari bo`yicha javob bermaydi;

c) muassasa - ijtimoiy, madaniy va boshqa notijorat tusdagi vazifalarni amalga oshirish uchun jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan tuzilgan nodavlat notijorat tashkiloti;

d) qonunlarda nazarda tutilgan boshqa shakllarda.

Nodavlat notijorat tashkilotlari o`zlarining faoliyatini muvofiqlashtirib borish, shuningdek, umumiy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish maqsadida uyushmalar (ittifoqlar) shaklida birlashmalar tuzishi mumkin.

O`z ustaviga va O`zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq O`zbekiston Respublikasi hududida hamda bitta yoki undan ko`proq chet el davlati hududida faoliyat olib borishi mumkin bo`lgan xalqaro tashkilot - xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti deb hisoblanadi.

Nodavlat notijorat tashkiloti uning muassislari (a'zolari) qarori asosida qonun hujjatlariga muvofiq tuziladi.

Nodavlat notijorat tashkilotlarining uyushmalari (ittifoqlari) kamida ikkita nodavlat notijorat tashkiloti tashabbusi bilan tuzilishi mumkin.

Nodavlat notijorat tashkilotining tashabbuskorlari yoki muassislari ta'sis syezdini (konferensiyasini) yoki umumiy yig`ilishni chaqiradilar, unda ustav qabul qilinadi hamda rahbar organlari tuziladi.

Nodavlat notijorat tashkiloti davlat ro`yxatidan o`tkazilgan paytdan e'tiboran tuzilgan deb hisoblanadi.

Agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilangan bo`lmasa, o`n sakkiz yoshga tulgan jismoniy shaxslar, shuningdek, yuridik shaxslar nodavlat notijorat tashkilotining muassislari, qatnashchilari (a'zolari) bo`lishi mumkin.

Yoshlarning nodavlat notijorat tashkilotiga o`n to`rt yoshga to`lgan shaxslar, bolalarning nodavlat notijorat tashkilotiga esa o`n yoshga to`lgan shaxslar a'zo bo`lishi mumkin. Nodavlat notijorat tashkilotiga a'zo bo`lish, a'zolikdan mahrum bo`lish shartlari va tartibi, shu jumladan yoshiga ko`ra a'zolikdan chiqish shartlari tegishli nodavlat notijorat tashkilotlarining ustavlari bilan belgilanadi.

Rasmiy hujjatlarda u yoki bu nodavlat notijorat tashkilotiga a'zolik yoki uning faoliyatidagi ishtirokchiligining ko`rsatilishini talab qilishga yo`l qo`yilmaydi. Fuqarolarning nodavlat notijorat tashkilotiga mansubligi yoki mansub emasligi ularning huquqlari va erkinliklarini cheklash uchun asos bo`la olmaydi.

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar O`zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda nodavlat notijorat tashkilotining muassislari, qatnashchilari (a'zolari) bo`lishi mumkin, O`zbekiston Respublikasining qonunlari va xalqaro shartnomalarida belgilangan hollar bundan mustasno.

Nodavlat notijorat tashkiloti bayroq, emblema, vimpel va boshqa ramziy belgilarga ega bo`lishi mumkin. Nodavlat notijorat tashkilotining ramziy belgilari davlat ramziy belgilariga o`xshamasligi kerak.

Nodavlat notijorat tashkilotining ramziy belgilari ustavga muvofiq uning rahbar organi tomonidan tasdiqlanadi hamda davlat ro`yxatidan o`tkazilishi kerak.

Nodavlat notijorat tashkilotini qayta tashkil etish uning yuqori organi qaroriga binoan birlashish, qo`shilish, bo`linish, ajralib chiqish va o`zgartirish yo`li bilan amalga oshiriladi.

Nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro`yxatidan o`tkazish adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.

O`zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlari, xalqaro hamda chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari, respublika, viloyatlararo nodavlat notijorat tashkilotlari O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro`yxatdan o`tkaziladi.

Viloyat, tuman, shahar, shaharcha, qishloq va ovul hududlarida faoliyat olib boradigan nodavlat notijorat tashkiloti Qoraqalpog`iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida ro`yxatdan o`tkaziladi.

O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xalqaro hamda chet el nodavlat notijorat tashkilotlari vakolatxonalari va filiallarining chet el fuqarolari bo`lgan xodimlarini, shuningdek, ularning qaramog`idagi oila a'zolarini belgilangan tartibda akkreditatsiya qilishni amalga oshiradi.

Nodavlat notijorat tashkilotini ro`yxatga olgan organ uning faoliyati ustavda belgilangan maqsadlarga hamda O`zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiqligini nazorat qiladi.

Nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro`yxatidan o`tkazish uchun hujjatlarni qabul qilib olgan adliya organi ularni ikki oylik muddat ichida ko`rib chiqadi hamda nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro`yxatidan o`tkazish to`g`risida yoki davlat ro`yxatidan o`tkazishni rad etish to`g`risida qaror qabul qiladi va qaror qabul qilingan paytdan e'tiboran uch kun ichida muassislarga davlat ro`yxatidan o`tkazish to`g`risida guvohnoma yoki qonun hujjatlarining qaysi qoidalari buzilganligi davlat ro`yxatidan o`tkazishni rad etishga olib kelganligi haqida aniq ko`rsatilgan hujjat beradi.

Davlat ro`yxatidan o`tgan nodavlat notijorat tashkilotlari yuridik shaxslarning hamma tanishib chiqishi uchun ochiq bo`lgan yagona davlat reyestriga kiritiladi.

“Nodavlat notijorat tashkilotlari to`g`risida”gi qonunga binoan nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro`yxatidan o`tkazish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:



  • nodavlat notijorat tashkilotining ta'sis hujjatlari O`zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zo`rlik bilan o`zgartirishni, suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga putur yetkazishni, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini kamsitishni, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ`ib qilishn, fuqarolarning sog`lig`i va ma'naviyatiga tajovuz qilishni maqsad qilib qo`ygan bo`lsa;

  • hujjatlar ro`yxat bo`yicha to`liq taqdim etilmagan yoki ular lozim darajada rasmiylashtirilmagan bo`lsa;

  • hujjatlar ustav qabul qilingan paytdan boshlab ikki oylik muddat o`tganidan keyin taqdim etilgan bo`lsa;

  • ilgari xuddi shu nomdagi nodavlat notijorat tashkiloti ro`yxatdan o`tkazilgan bo`lsa;

  • nodavlat notijorat tashkilotini tuzishning qonunda belgilangan tartibi buzilgan bo`lsa yoki uning ta'sis hujjatlarida konunga nomuvofiqliklar bo`lsa;

  • ro`yxatdan o`tkazish uchun taqdim etilgan ta'sis hujjatlarida atayin noto`g`ri ma'lumotlar keltirilganligi aniqlangan bo`lsa;

  • nodavlat notijorat tashkilotining nomi yoki ramziy belgilari ma'naviyatga fuqarolarning milliy va diniy tuyg`ulariga daxl qilsa;

  • nodavlat notijorat tashkilotining ta'sis hujjatlarida harbiylashtirilgan birlashmalar tuzish nazarda tutilgan bo`lsa.

Nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro`yxatidan o`tkazish ta'sis hujjatlarida O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va qonunlariga zid qoidalar mavjud bo`lgan boshqa hollarda ham rad etilishi mumkin.

Nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro`yxatidan o`tkazishning rad etilishi rad etish sabablari bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni davlat ro`yxatidan o`tkazish uchun takroran taqdim etishga to`sqinlik qilmaydi.

Nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro`yxatidan o`tkazish rad etilganligi, shuningdek, ro`yxatdan o`tkazish muddatlari buzilganligi ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.

Nodavlat notijorat tashkilotining ta'sis hujjatlariga kiritiladigan o`zgartirish va qo`shimchalar nodavlat notijorat tashkilotining o`zini davlat ro`yxatidan o`tkaziladigan tartibda va muddatlarda davlat ro`yxatidan o`tkazilishi kerak.

Nodavlat notijorat tashkiloti xalqaro nodavlat notijorat tashkilotiga yoki uning filialiga aylantirilgan taqdirda uni qayta ro`yxatdan o`tkazish majburiydir.

Binolar, inshootlar, turar joylar. uskunalar, inventar, pul mablag`lari, shu jumladan chet el valutasidagi pul mablag`lari, qimmatli qog`ozlar va boshqa mol-mulk - nodavlat notijorat tashkilotining mulki bo`lishi mumkin.

Nodavlat notijorat tashkilotining mulki qonun bilan muhofaza qilinadi.

Nodavlat notijorat tashkiloti o`z majburiyatlari yuzasidan qonunlarga muvofiq, mol-mulki bilan javob beradi.




Download 148,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish