MUSIQA TA`LIM YO`NALISHIDA- MASOFAVIY TA`LIM SIFAT-SAMARADORLIGINI
OSHIRISH
Raxmonberdiyeva S.M. – o`qituvchi, TDPU, O`zbekiston.
Annotatsiya: Ushbu maqolada masovafiy ta`lim tizimida, musiqa yo`nalishining o`ziga
xosligi haqida shuningdek, talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini aniqlashga ko`mak beruvchi
topshiriqlar toplamini tayyorlash bo`yicha tavsiyalar haqida fikr yuritiladi.
Аннотация: В данной статье рассматриваются особенности области музыки в
системе дистанционного обучения, а также рекомендации по составлению комплекса
заданий, которые помогут определить теоретические и практические знания студентов.
ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
448
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
Annotation: This article discusses the specifics of the field of music in the system of
distance education, as well as recommendations for the preparation of a set of tasks that will help to
determine the theoretical and practical knowledge of students.
Kalit so`zlar: Masofali ta`lim, onlayn, offlayn, axborot-kommunikatsiya, texnologiya,
veb-tizim, musiqa savodi, vokal, xor, repertuar, cholg`u, ansambl.
Ключевые слова: Дистанционное обучение, онлайн, офлайн, информация и
коммуникация, технология, веб-система, музыкальная грамотность, вокал, хор, репертуар,
инструмент, ансамбль.
Key words: Distance learning, online, offline, information and communication,
technology, web system, music literacy, vocal, choir, repertoire, instrument, ensemble.
Hozirgi kunda butun dunyoning diqqat-e`tibori Covid-19 koronavirus pandemiyasiya
qaratilgan bo`lib, jahon ilm-fan ahli ushbu kasallik tarqalishining oldini olish va to`xtatish, insoniy
talofatni keskin kamaytirish va bu xatardan tezroq qutilish uchun bor intellektual salohiyatini
safarbar etmoqda.
Muhtaram prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev topshirig`iga muvofiq respublika maxsus
komissiyasi tomonidan ko`rilayotgan choralar xalqimizning kasallikni yuqtirib olish ehtimolini
imkon qadar chegaralab, virusli infeksiya tarqalishining oldi olinmoqda va ona xalqimizning
bunday sinovdan sog`-omon olib o`tish uchun barcha zarur va keskin choralarni amalga
oshirmoqda.
Koronavirus pandemiyasining ta`sirini kamaytirish bo`yicha oily ta`lim tizimida ham
muhim qadamlar tashlandi. Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi hamda oily ta`lim muassalarida bu
xalokatli ofat bilan kurashish bo`yicha barcha zarur tadbirlar amalga oshirilmoqda. Yuzaga kelgan
vaziyat o`quv-tarbiyaviy jarayonlarni masofaviy tarzda davom ettirishni taqozo etmoqda. Bu esa
albatta barcha professor-o`qituvchilar, talabalar zimmasiga katta ma`suliyatni yuklaydi. Zero,
muhtaram prezidentimizning “Men bugungi kunda uy sharoitida tahsil olayotgan talaba va o`quvchi
yoshlarimizga murojaat qilmoqchiman. Aziz farzandlarim uyda vaqtingizni bekor o`tkazmang!
Onlayn darslarni qunt bilan o`zlashtiring. Kitob o`qing, bilimingizni oshiring, badantarbiya va
jismoniy mashqlarni bir kun ham qoldirmang”, degan so`zlari barcha talabalarimiz uchun kundalik
hayot tarziga aylanishi zarur.
Toshkent davlat pedagogika universiteti respublikada pedagog kadrlar tayyorlash sohasida
tayanch oily ta`lim muassasasidir. Universitetda masofaviy ta`limni tashkil etishning texnik, uslubiy
va ilmiy asoslari yaratilgan bo`lib, pandemiya davrida uning amaliy natijadorligi yanada oshib
ketdi.
Shuni aytish joizki sirtqi, maxsus sirtqi bo`limi, masofaviy ta`lim kafedrasida bu ishlar
2019 o`quv yilidan boshlab amalga oshirilib kelinmoqda. Talabalar uchun bir o`quv yilida ikki
marotaba 1 oy davomida o`qishlari, qolgan vaqt esa masofadan turib o‘qitish uchun onlayn ya`ni
masofadan turib real vaqt rejimida video ma’ruzalar, konsultatsiyalar, nazorat turlarini o‘tkazish va
offlayn-masofadan turib o‘qitish tizimidagi tegishli o‘quv-metodik resurslarni mustaqil ravishda
o‘zlashtirish rejimlarida ishlovchi o‘quv jarayoniga moslashuvchi veb-tizim yaratildi va talaba.
tdpu.uz internet manzili orqali sirtqi bo‘lim talabalarining asosiy ish joyidan ajralmagan holda
masofadan turib o‘quv rejasidagi barcha fan dasturlarida belgilangan bilimlarni mustaqil
o‘zlashtirish imkoniyati yaratildi.
Sirtqi, maxsus sirtqi bo`limida musiqa ta`lim yo`nalishida talabalarning o`qitilishi, bu
yangi tizimning bir qancha qulayliklari va afzalliklari mavjudligini ko`rsatdi. Musiqa ta’limining
o’ziga xosligi tashkiliy tuzilishi, amaliy ijrochilik faoliyatlari, shuningdek o’qitish usullari, ularning
samaradorligini ta’minlovchi omillar, vositalar tahlili va ularni umumiy ijodiy – ijobiy jihatlarini
umumlashtirish musiqa ta’limini o’zigagina xos bo’lgan yangi turlarini ishlab chiqish imkonini
berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |