ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
446
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
talofatni keskin kamaytirish va bu xatardan tezroq qutilish uchun bor intellektual salohiyatini
safarbar etmoqda.
Muhtaram prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev topshirig`iga
muvofiq respublika maxsus
komissiyasi tomonidan ko`rilayotgan choralar xalqimizning kasallikni yuqtirib olish ehtimolini
imkon qadar chegaralab, virusli infeksiya tarqalishining oldi olinmoqda va ona xalqimizning
bunday sinovdan sog`-omon olib o`tish uchun barcha zarur
va keskin choralarni amalga
oshirmoqda.
Koronavirus pandemiyasining ta`sirini kamaytirish bo`yicha oily ta`lim tizimida ham
muhim qadamlar tashlandi. Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi hamda oily ta`lim muassalarida bu
xalokatli ofat bilan kurashish bo`yicha barcha zarur tadbirlar amalga oshirilmoqda. Yuzaga kelgan
vaziyat o`quv-tarbiyaviy jarayonlarni masofaviy tarzda davom ettirishni taqozo etmoqda. Bu esa
albatta barcha professor-o`qituvchilar, talabalar zimmasiga katta ma`suliyatni yuklaydi. Zero,
muhtaram prezidentimizning “Men bugungi kunda uy sharoitida tahsil olayotgan talaba va o`quvchi
yoshlarimizga murojaat qilmoqchiman. Aziz farzandlarim uyda vaqtingizni bekor o`tkazmang!
Onlayn darslarni qunt bilan o`zlashtiring. Kitob o`qing, bilimingizni oshiring,
badantarbiya va
jismoniy mashqlarni bir kun ham qoldirmang”, degan so`zlari barcha talabalarimiz uchun kundalik
hayot tarziga aylanishi zarur.
Toshkent davlat pedagogika universiteti respublikada pedagog kadrlar tayyorlash
sohasida tayanch oily ta`lim muassasasidir. Universitetda masofaviy ta`limni tashkil etishning
texnik, uslubiy va ilmiy asoslari yaratilgan bo`lib, pandemiya davrida uning amaliy natijadorligi
yanada oshib ketdi.
Shuni
aytish joizki sirtqi, maxsus sirtqi bo`limi, masofaviy ta`lim kafedrasida bu ishlar
2019 o`quv yilidan boshlab amalga oshirilib kelinmoqda. Talabalar uchun bir o`quv yilida ikki
marotaba 1 oy davomida o`qishlari, qolgan vaqt esa masofadan turib o‘qitish uchun onlayn ya`ni
masofadan turib real vaqt rejimida video ma’ruzalar, konsultatsiyalar, nazorat turlarini o‘tkazish va
offlayn-masofadan turib o‘qitish tizimidagi tegishli o‘quv-metodik resurslarni mustaqil ravishda
o‘zlashtirish rejimlarida ishlovchi o‘quv jarayoniga moslashuvchi veb-tizim yaratildi va talaba.
tdpu.uz internet manzili orqali sirtqi bo‘lim talabalarining asosiy ish
joyidan ajralmagan holda
masofadan turib o‘quv rejasidagi barcha fan dasturlarida belgilangan bilimlarni mustaqil
o‘zlashtirish imkoniyati yaratildi.
Sirtqi, maxsus sirtqi bo`limida musiqa ta`lim yo`nalishida talabalarning o`qitilishi, bu
yangi tizimning bir qancha qulayliklari va afzalliklari mavjudligini ko`rsatdi. Musiqa ta’limining
o’ziga xosligi tashkiliy tuzilishi, amaliy ijrochilik faoliyatlari, shuningdek o’qitish usullari, ularning
samaradorligini ta’minlovchi omillar, vositalar tahlili va ularni umumiy ijodiy – ijobiy jihatlarini
umumlashtirish musiqa ta’limini o’zigagina xos bo’lgan yangi turlarini ishlab chiqish imkonini
berdi. Musiqa ta`limi yo`nalishida ushbu ta`lim turning ko‘plab afzallik tomonlari borligi bilan bir
qatorda musiqa yo`nalishi professor-o`qituvchilariga talabalar uchun
ularning ham ijodiy ham
nazariy bilimlarni baholash imkonini beradigan topshiriqlar tayyorlashda kreativ yondashuvni
taqazo qilmoqda. Har bir talaba uchun individual topshiriqlar to`plami tayyorlanadi. Topshiriqlar 5
ta bo`limdan iborat bo`lib, 1-2-3-topshiriqlarda talabaning nazariy bilimlarni baholash imkonini
yaratuvchi nazorat savollari tayyorlanadi va bu savollarga talaba yozma javob tayyorlaydi. 3-4-
topshiriqlarda amaliy ijro bo`yicha dasturda berilgan asarlar namunasi tuziladi,
bunda talabaning
ijrochilik malakalari aniqlanadi va u bu asarlarni ijro etgan xolatni videorolik orqali namoyish etadi.
Topshiriqlarning keng qamrovli bo`lishi esa o`z navbatida talabalarni mustaqi ishlashga, izlanishga
undaydi. Uni bajarish jarayonida axborot texnologiyalari, interfaol usullardan unumli foydalanadi,
asarlarni ijro texnikasi ustida tinimsiz ishlaydi, kompyuter bilan bevosita muloqot qiladi va o`z
faoliyatida, dars samaradorligini ta`minlashga tadbiq eta oladigan darajadagi raqobatbardosh kadr
bo`lib yetishadi. Bu esa bugungi kunning asosiy vazifalaridan biridir.
Xozirgi sinovli kunlarda talabalarning bir oylik o`qishi
ham masofadan turib amalga
oshirilmoqda. Musiqa ta`lim yo`nalishidagi barcha talabalar o`z uylarida universitet professor-