ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
450
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
o`qituvchilarimiz faoliyat yuritmoqdalar. Maxsus fanlarning aksariyati amaliy, seminar va
laboratoriya mashg`ulotlari bo`lganligi sababli talabalarga ko`proq amaliy ya`ni asarlarni kuylash,
ijro etish topshiriqlari berib boriladi. Vokal, an`anaviy xonandalik, cholg`u ijrochiligi va ansambl,
dirijyolik, xor va xorshunoslik, qo`shimcha cholg`u fanlari dars jarayonida professor-o`qituvchilar
ijrochilikning o`ziga xos usullari borasida yo`l-yo`riqlar berish bilan bir qatorda asarlarni ijro
etishni amaliy tarzda ko`rsatib bermoqdalar. O`z navbatida talabalar asarlarni mustaqil o`rganib, uni
mashg`ulot jarayonida talab darajasida ifodali jonli kuylab ijro etib bermoqdalar.
Laboratoriya mashg`ulotlarida asarlar tahlil qilinib, asar mualliflari bilan tanishtirib
boriladi, nazariy bilimlar asosida ijrochilik malakari rivojlantirib boriladi. Har bir talaba dasturdagi
asarlarni birma-bir ijro etib beradi. “Musiqa o`qitish metodikasi va maktab repertuari” fanidan
talabalar umumta`lim maktablari musiqa madaniyati darslarining 1-7-sinflar kesimida yil va chorak
mavzulari bo`yicha test tuzish, prezentatsiya tayyorlash, interfaol metodlar, yangi pedagogik
texnologiyalar asosida qo`shiq kuylash, musiqa tinglash, musiqa savodi, musiqa ijodkorligi faoliyat
turlari bo`yicha dars ishlanmalari tayyorlash kabi topshiriqlarni bajarish jarayonida ularda mustaqil
ishlash malakalari rivojlanib boradi. Ayni damlarda maktab repertuari asarlarni uyda o`z
farzandlariga o`rgatib, birgalikda ijro etishligi nazariya bilan amaliyotning uyg`unlikda amalga
oshirilishiga imkon bermoqda. Bu esa bo`lajak umumta`lim maktablari musiqa madaniyati
o`qituvchisi uchun mustahkam poydevor yaratilishiga zamin bo`ladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bugungi eng og`ir sinovli paytlarda oily ta`lim
professor-o`qituvchilari zimmasiga katta ma`suliyat yuklatildi, ya`ni mashg`ulotlarning mazmuni,
sifatli o`tilishini ta`minlash, talabalarning darslarga bo`l`gan qiziqishini yanada kuchaytirish va
ularning ijodiy faolligini oshirishdan iborat. Muhtaram prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev
aytganlaridek: “Hammamiz bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilsak, yangi O`zbekistonni
barchamiz birgalikda buyuk O`zbekistonga aylantiramiz!”
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Sh.Mirziyoyev “Qonun ustivorligi va inson manfaatlarini taminlash yurt taraqqiyoti va xalq
farovonliginingroli”-T.O`zbekiston, 2017y [2,6-b.]
2. N.Raxmatova. “Yoshlarning ma’naviy kamolotida musiqiy tarbiyaning roli” Xalq ta’limi. №4 T,
2005 yil [3,4-b]
3. Respublika oily ta`lim kengashi va Oliy ta`lim muassasalari rektorlari kengashining professor-
o`qituvchilar va talabalarga murojaati. Xalq so`zi gazetasi. 10.04.2020 yil [1-b]
4. B.R.Boltaboyev “Musiqa o`qitish nazariyasi va metodikasi”-O`zbekiston 2013yil [5, 95-b.]
5..Atabaeva K. R. Ta’lim tizimida masofaviy o’qitishning afzalliklari // Molodoy uchenыy. —
2017. — №24.1. — [S. 5-7.] — URL
Do'stlaringiz bilan baham: |