1- mashg„ulot: Mavzu: ―5 sonigacha qо‗shish va ayirish amallarini
о‗rganish‖ (30 daqiqa – har biri 15 daqiqali ikkita bosqich).
5
sonigacha
qо‗shish va ayirish amallarini о‗rganish bо‗yicha
mashg‗ulotning texnologik haritasi 5 - ilovada berilgan.
Quyida 5 sonigacha qо‗shish va ayirish amallarini о‗rganishga bag‗ishlangan
va birinchi mashg‗ulotda foydalanishga mо‗ljallangan ikkita multimediali lavhani
keltiramiz.
64
I.
+
=
1 + 2 = 3
II.
-
=
5 - 2 = 3
3-rasm. Mavzuga oid multimedia vositasi
Ushbu taqdimotda archalarga animatsiya samaralar berish orqali ular monitor
ekranida harakatlanib, birin-ketin chiqib kelaveradi, ranglari jilolanib turadi,
tarbiyachi-pedagog qо‗shish va ayirish amalini tushuntirib, materialni sharhlab
boradi. Raqamlarning monitor ekranidagi kо‗rinishi о‗zgarib turadi, ya‘ni
multimediali samara hosil qilinadi.
Mashg„ulotning borishi:
Tarbiyachi: monitor ekraniga archalarni chiqarib, Alibekdan nimalarni
kо‗rayotganini sо‗raydi.
Alibek: qator archalarni kо‗rayapman, -deydi
Tarbiyachi: yuqori qatorda nechta archa bor?
Alibek: sanaydi, bir, ikki, uch, tо‗rt, besh, olti-oltita.
Tarbiyachi: Alibek ayt-chi, bitta archaga ikkita archa qо‗shilsa, jami nechta
archa hosil bо‗ladi.
Alibek: sanab uchta, deydi.
Tarbiyachi: ekranda bu qanday ifodalangan?
Alibek: birinchi archadan keyin + ishorasi, keyin ikkita archa, sо‗ngra =
tenglik belgisi, tenglik belgisidan keyin uchta archa joylashgan.
65
Tarbiyachi: demak, sonlarni qо‗shishni buyumlar bilan ham ifoda etish
mumkin.
Tarbiyachi: archalar ostidagi raqamlar nimani bildiradi?
Alibek: bitta archaga ikkita archani qо‗shganda hosil bо‗ladigan yig‗indini
bildiradi, ya‘ni 1+2=3
Tarbiyachi: Valibek aytchi, pastki qatorda nechta archa bor?
Valibek: sanaydi. Bir, ikki, uch,...,о‗nta
Tarbiyachi: Valibek, aytchi oying senga beshta konfet bersa, undan ikkitasini
ukangga bersang, о‗zingda nechta qoladi?
Valibek: о‗zimda uchta qoladi.
Tarbiyachi: о‗yingdagi archalarning beshtasidan ikkitasini qо‗shniga berilsa,
о‗zingda nechta archa qoladi?
Valibek: о‗zimizda uchta archa qoladi.
Tarbiyachi: shu aytganlaring pastki qatorda qanday ifodalangan.
Valibek: beshta archadan keyin ayirish belgisi (-), undan keyin ikkita archa,
sо‗ngra tenglik belgisi (=), oxirida yana uchta archa joylashtirilgan.
Tarbiyachi: aytganlaring sonlar bilan qanday belgilangan?
Valibek: ekranda 5-2=3 ni kо‗rsatadi.
Shundan sо‗ng, tarbiyachi javob berishda qatnashgan bolalarning bilimini
baholab, boshqa tarbiyalanuvchilar bilan savol-javob о‗tkazadi.
Mashg‗ulotning asosiy 15 daqiqali bosqichidan sо‗ng dam olish bosqichi (15-
20 daqiqali oraliq bosqich) boshlanadi.
Bu bosqichda tarbiyachi bolalar dam olishlari uchun ―о‗rin almashtirish‖
о‗yinini о‗tkazadi (1,2,3,4,5 raqamlar va +, -, = belgilar qog‗ozda tayyorlanib,
qistirgich yordamida tarbiyalanuvchilarning kо‗kraklariga taqiladi va ularni bir
qatorga tizib, 3 soni hosil qilinadi hamda archa tо‗g‗risidagi she‘rlar aytiladi).
She‘r aytib bо‗lingach, tarbiyachi tarbiyalanuvchilarning olgan bilimlarini
sinash uchun quyidagi sxema bо‗yicha ―О‗rinni tо‗ldir‖ о‗yinini о‗tkazadi.
66
1
+
=
3
-
2
=
3
Devorda yuqoridagi kabi ikki qatorda oltita katakcha joylashtiriladi.
Vazifa: bolalarga stol ustidagi raqamlardan foydalanib, bо‗sh katakchalarni
tо‗ldirish vazifasi topshiriladi.
Mashg‗ulotni ikkinchi о‗n besh daqiqali bosqichi: tarbiyalanuvchilar
tomonidan kompyuterda bajaraladigan mashqlar.
Tarbiyachi: endi bolalar kompyuterda ikki sonni qо‗shish amalini bajaramiz.
Tarbiyachi: qani Bahrombek, ayt-chi ikki sonini ikki soniga qо‗shilganda
qanday son hosil bо‗ladi?
Bahrombek: Tо‗rt soni hosil bо‗ladi.
Tarbiyachi: Endi shu amalni kompyuterda bajarib kо‗rsat.
Buning uchun, klaviaturadagi qaysi raqamlar va belgilarning tugmachalarini
bosishing kerak?
Baxrombek: oldin 2 raqamli tugmachani bosaman (bu amalni bajaradi), natija
ekranda 2 soni paydo bо‗ladi.
Tarbiyachi: endi nima qilishing kerak?
Bahrombek: qо‗shish ishorasiga mos tugmachani bosishim kerak, deb
topshiriqni bajaradi. Ekranda 2 + ëzuv hosil bо‗ladi.
Tarbiyachi: endi qaysi raqamli tugmachani bosishing kerak?
Baxrombek: yana 2 raqamli tugmachani bosaman va (bu topshiriqni ham
bajaradi) ekranda 2+2 ëzuv hosil bо‗ladi.
Tarbiyachi: endi qanday belgili tugmachani bosishing kerak?
Baxrombek: tenglik belgisini, ya‘ni (=) deb, topshiriqni bajaradi. Ekranda
2+2= ëzuv hosil bо‗ladi.
Tarbiyachi: Bahrombek, endi ikki sonini ikki soniga qо‗shishga misol keltir.
Baxrombek : ikkita olmaga ikkita olma qо‗shilsa tо‗rtta olma bо‗ladi.
Tarbiyachi : barakalla! Endi amalni bajar.
67
Bahrombek: klaviaturadagi 4 raqamli tugmachasini bosadi. Natijada ekranda
2+2=4 kabi ifoda paydo bо‗ladi.
Tarbiyachi: Bahrombekning bajargan ishlarini baholaydi va yana bir nechta
tarbiyalanuvchilarga ushbu amalni mustaqil bajartiradi.
Shundan keyin 5 gacha bо‗lgan sonlar ichidan tanlab, sonlarni bir-biridan
ayirish amalini kompyuterda bajarishga о‗tiladi.
Tarbiyachi: endi bolalar kompyuterda sonlarni bir–birlaridan ayirish amaliga
о‗tamiz deb Aminani kompyuter oldiga taklif etadi.
Tarbiyachi: Amina, qani ayt-chi oying bergan tо‗rtta konfetdan ikkitasini
ukangga bersang, о‗zingda nechta konfet qoladi?
Amina: ikkitasini ukamga bersam, о‗zimda ham ikkita konfet qoladi.
Tarbiyachi: endi shuni kompyuterda bajarib kо‗rsat. Buning uchun, dastavval
klaviaturadagi qaysi raqamli tugmachani bosishing kerak?
Amina: tо‗rt raqamli tugmachani bosishim kerak.
Tarbiyachi: bajarib kо‗r-chi.
Amina: klaviaturadagi 4 raqamli tugmachani bosadi, ekranda 4 soni hosil
bо‗ladi.
Tarbiyachi: endi qaysi belgiga mos tugmachani bosishing kerak?
Amina: ayirish belgisi tugmachasini bosishim kerak deydi va bajaradi,
ekranda 4 - ëzuv hosil bо‗ladi.
Tarbiyachi: navbatda qaysi raqamga mos tugmachani bosishing kerak?
Amina: ikki raqamli tugmachani deb, uni topadi va tugmachani bosadi.
Ekranda 4-2 ëzuv hosil bо‗ladi.
Tarbiyachi: topshiriqni bajarish uchun endi qaysi belgi tugmachasini
bosishing kerak.
Amina: tenglik (=) ishorasini deb, uni klaviaturadan topib bosadi. Ekranda 4
– 2 = ëzuv hosil bо‗ladi.
Tarbiyachi: qani ayting-chi natijada qanday son hosil bо‗lishi kerak?
Amina: tо‗rtta konfetdan ikkitasini ukasiga berganini eslab, ikki soni deydi
va amalni bajaradi. Ekranda 4-2 =2 ëzuv hosil bо‗ladi.
68
Tarbiyachi: endi Amina bajargan amalingni og‗zaki aytib ber.
Amina: tо‗rt sonidan ikki soni ayrilsa, natijada ikki soni hosil bо‗ladi.
Tarbiyachi: Amina qani ayt-chi ayirish amali bajarganda, ayirma kо‗payadimi
yoki kamayadimi.
Amina: kamayadi, deb javob beradi.
Tarbiyachi: barakalla! Javobing tо‗g‗ri.
Shundan keyin tarbiyachi Aminaning bajargan ishini baholaydi va boshqa
bolalardan bir nechtasiga yuqoridagi amalni mustaqil bajarishni topshiradi.
Shunday qilib, MTM tarbiyalanuvchilariga elementar matematik bilim berish
jarayonida informatika va axborot texnologiyalarining asosiy uskunaviy
(texnikaviy) vositasi bо‗lgan kompyuterdan foydalanilganda, maktabgacha ta‘lim
muassasasi bolalarining faolligi ortadi va qiziqishi shakllanadi, mashg‗ulot
samaradorligi an‘anaviy mashg‗ulotlarga nisbatan ancha ortadi.
2-mashg„ulot. Mavzu: Uchburchak, tо‗rtburchak va kvadrat shakllarini
о‗rganish (30 daqiqa – har biri 15 daqiqali ikkita bosqich). Dastlab mashg‗ulotning
texnologik haritasi tuziladi.
MTM tarbiyalanuvchilariga geometrik shakllar bо‗yicha tasavvurlarni
shakllantirish uchun Power Point dasturi asosida animatsiyali, ranglari jilolangan
va ovoz berilgan taqdimot tayyorlangan bо‗lib, u kompyuter xotirasiga kiritiladi.
Tarbiyachi dastlab ushbu taqdimotdan foydalanib, mashg‗ulotni boshlaydi.
Taqdimot uch qismdan iborat: uchburchak, tо‗rtburchak va kvadrat.
Tarbiyachi kompyuterni ishga tushirib, monitor ekraniga uchburchak shaklini
chiqaradi va unga guruh tarbiyalanuvchilarining e‘tiborini qaratadi.
Jihozlar: uchburchak slaydi, uchburchak shaklida bayroqcha, uyning tomi,
suvoqchining uchburchak shaklidagi ish quroli va konvertdan foydalaniladi.
Mashg‗ulotning borishi.
Tarbiyachi Nodirbekni kompyuter oldiga о‗tqazadi. Boshqa guruh bolalariga
mashg‗ulotni kuzatib borishga topshiriq beradi va monitor ekraniga e‘tibor
berishini ta‘kidlaydi. Ekrandagi birinchi slaydda uchburchak shaklidagi bayroqcha,
uy tomining yon tomondan kо‗rinishi, suvoqchining uchburchak shaklidagi ish
69
quroli va konvert tasvirlangan. Bu tasvirlar bolalarga aytiladi. Aytilgan material
(buyum)larni Nodirbek qayta takrorlaydi: uchburchak shaklidagi bayroqcha, uy
tomining yon tomondan kо‗rinishi va xat joylashtiradigan konvert.
Tarbiyachi: bolalar, e‘tibor bering, uchburchakning uchta tomoni va uchta
burchagi bо‗ladi. ―Sichqoncha‖dan foydalanib, uning kursorini bitta- bittalab har
bir tomoniga, har bir burchagiga olib borib kо‗rsatadi. Sо‗ngra Nodirbekka
aytilganlarni qaytarishni buyuradi.
Nodirbek: uchburchakning uchta tomoni va uchta burchagi bо‗ladi.
Tarbiyachining nazorati ostida ―Sichqoncha‖ning kursorini uchburchakning
tomonlari va burchaklariga olib borib kо‗rsatadi.
Tarbiyachi: Nodirbek, xat ëzishga mо‗ljallangan konvert sirtida qanday
shakllar bor va ularning soni nechta?
Nodirbek: konvert sirtiga e‘tibor berib, tо‗rtta uchburchak shaklidan iborat
ekanligini aytadi.
Tarbiyachi Nodirbekning bilimini baholaydi va yana bir nechta
tarbiyalanuvchilar bilan shu tartibda shug‗ullanadi. Guruh bolalari Nodirbekning
ishini kuzatib turgani uchun, ular ham uchburchak tо‗g‗risida ma‘lumot oladilar.
Tarbiyachi yana ikki-uch tarbiyalanuvchiga Nodirbekning bajargan ishini qayta
bajarishni topshiradi.
Uchburchakdan keyingi slayd ―tо‗rtburchak‖ deb nomlangan. Ushbu slaydda
―G‗uncha‖ jurnali, doska va eshiklarning tasvirlari joylashtirilgan, kvadrat slaydida
esa kafel (kvadrat shakldagi g‗isht plita), kvadrat shakldagi deraza va kvadrat
shaklidagi ekran tasvirlari berilgan.
Tarbiyachi ushbu slaydlardan foydalanib, yuqorida keltirilgan tartibda
mashg‗ulotni davom ettiradi. Uchburchak, tо‗rtburchak, kvadrat tо‗g‗risida
ma‘lumot berib bо‗lingach, tarbiyalanuvchilarga uy mavzusidagi multimediali
taqdimot namoyish etiladi va ularning e‘tiborini undagi elementlarga qaratiladi
(2.4-rasm).
70
4-rasm. Uchburchak, tо„rtburchak, kvadrat va doira shakllaridan hosil
qilingan uyning yon tomonidan tasviri
Shundan keyin, 15-20 daqiqali oraliq bosqich (dam olish bosqichi)
boshlanadi. Bu bosqichda tarbiyachi:
1. Duradgorlar ishlatadigan yig‗ma metrda uchburchak, tо‗rtburchak, kvad-rat
shakllarini yasab kо‗rsatadi. Sо‗ngra tarbiyalanuvchilar ham uchburchak,
tо‗rtburchak va kvadrat shakllarini yasab kо‗rsatadilar.
2. Uchburchakka oid ―topishmoq о‗yin‖ о‗tkaziladi. Bunda tarbiyachi ―Qo-
g‗ozdagi tо‗rtburchak shakldan qanday qilib qalam yordamida ikkita uchburchak
yasash mumkin?‖- degan savolni qо‗yadi va bolalarga о‗ylab kо‗rib, javobni kim
birinchi bо‗lib topsa, shu о‗quvchi a‘lo baho bilan taqdirlanishi aytiladi.
3. ―Topishmoq о‗yin‖ о‗tkazilgach, tarbiyalanuvchilardan biri she‘r aytib
beradi.
Shuni ta‘kidlash kerakki, tarbiyachi mashg‗ulot boshlangunga qadar ushbu
she‘rni tarbiyalanuvchilarga yod oldirgan bо‗lishi kerak. Dam olish bosqichi
tugagach, mashg‗ulotning navbatdagi о‗n besh daqiqali davomi boshlanadi.
Kompyuterda uchburchak va tо‗rtburchak shakllarini yasash mashqlari.
Bunday mashqlarni bajarish uchun tarbiyachi dastlab kompyuterda quyidagi
amallarni bajarib kо‗rsatishi kerak:
Windows operatsion tizimi ish stolidan asosiy menyu ―Pusk‖ ni ochiladi va
menyu bandlaridan ―Programmi – Microsoft Office – Microsoft Word‖ tanlanadi.
Bu holda matn muharrirning oynasi ochiladi. Uchburchak va tо‗rtburchak
71
geometrik shaklini hosil qilish uchun muharrir oynasining holat satridan yuqorida
joylashgan ―Risovaniye‖ qatoridan foydalaniladi. Bu qatorda joylashgan \ -
(chiziq) piktogrammasini topib, ―Sichqoncha‖dan foydalanib, kompyuter ekranida
geometrik shakllarni chizadi.
Tarbiyachi: endi kompyuterda uchburchak va tо‗rtburchak chizish mashqini
bajaramiz. Hammangizning diqqatingiz kompyuterda bо‗lsin. Dastlab mashqni
Elbek bajaradi.
Tarbiyachi:qani Elbek, kompyuter ekranida uchburchak chizishni boshla.
Buning uchun ―Sichqoncha‖ning kо‗rsatkichini ―Risovaniye‖ qatordagi \
chizig‗iga olib bor.
Elbek: ―Sichqoncha‖ni harakatlantirib, uning kо‗rsatkichni \ chizig‗iga olib
boradi.
Tarbiyachi: balli Elbek, kо‗rsatkichni tо‗g‗ri olib bording. Endi, kо‗rsatkichni
ekran о‗rtasiga olib borib, ―Sichqoncha‖ni chapga burib harakatlantir.
Elbek: kо‗rsatmani bajaradi va ekranda, uchburchakning bir tomoni (/)
chiziladi.
Tarbiyachi: Elbek, uchburchakning ikkinchi tomonini chizish uchun
kо‗rsatkichni yana ekranning pastki qismidagi \ chizig‗iga olib bor. Sо‗ngra
kо‗rsatkichni ekranda chizilgan birinchi chiziqning uchiga olib borib,
―Sichqoncha‖ni о‗ngga burib, harakatlantir. Shunda ikkinchi tomon chiziladi.
Elbek: topshiriqni bajarib, ekranda uchburchakning ikkinchi tomonini chizadi
va /\ hosil qiladi.
Tarbiyachi: Elbek, ―Sichqoncha‖ kо‗rsatkichini uchinchi marta \ chizig‗iga
olib kel. Sо‗ngra hosil bо‗lgan /\ chiziqlarini chap tomondagisining pastki uchiga
tegizib ―Sichqoncha‖ni о‗ngga burmasdan harakatlantir.
Elbek: topshiriqni bajarib, ―Sichqoncha‖ о‗ngga burmasdan harakatlantiradi.
Natijada, ekranda uchburchak hosil bо‗ladi.
Tarbiyachi: Elbek, hosil bо‗lgan uchburchakning nechta tomoni va nechta
burchagi borligini takrorla va ularni kо‗rsat.
72
Elbek: uchburchakning uchta tomoni va uchta burchagi borligini aytadi.
Uchburchak chizish bо‗yicha mashqni yana bir nechta bolalar mustaqil bajaradi.
Shundan keyin, kompyuter ekranida tо‗rtburchak chizish yuqoridagi tartibda
bajariladi. Birinchi mashq tarbiyachi nazoratida bajariladi, navbatdagilarini
tarbiyalanuvchilarning о‗zlari mustaqil bajaradilar.
Navbatda kompyuterda kvadrat shaklini chizish mashqi bajariladi. Bunda
tarbiyalanuvchi tomonidan bajarilayotgan mashq jarayoni tarbiyachi tomonidan
nazorat qilib boriladi. Uchta mashq bajarilib bо‗lingach, tarbiyachi mashqni
bajargan tarbiyalanuvchilarning bilimini uch balli tizim asosida baholaydi.
Uyga vazifa: tarbiyalanuvchilarga uyda karton va qaychi yordamida
uchburchak, tо‗rtburchak va kvadrat yasab kelish vazifasi topshiriladi.
Kompyuterli didaktik о‗yinlar MTMlarda ta‘lim-tarbiya jarayonini amalga
oshirishga, jumladan, elementar matematik tasavvurlar, buyumlar, ularning rangi,
shakli va о‗xshash obyektlarni о‗rganishga yordam beradi. Kompyuterli didaktik
о‗yinlarning о‗ziga xos pedagogik va psixologik jihatlari mavjud bо‗lib, ammo
hozirgi kunda ular tо‗la о‗rganib chiqilmagan.
MTMlarida multimedia texnologiyasi asosida kompyuterli ta‘limiy va
rivojlantiruvchi о‗yinlardan ham foydalanish mumkin. Bu о‗rinda shuni ta‘kidlash
kerakki, kompyuterli ta‘limiy va rivojlanti-ruvchi о‗yinlar didaktikaning barcha
qonun va qoidalariga rioya qilgan holda о‗tkaziladi. О‗yinlarni о‗tkazish shakllari
mashg‗ulot, о‗yin-mashq va dam olish о‗yin shakllaridan iborat. Multimediali
ta‘limiy va rivojlanti-ruvchi о‗yinlar didaktik о‗yinlar tarkibiga kiradi va
MTMlardagi ta‘lim-tarbiya jarayonini amalga oshirishga qaratilgandir [67].
Kompyuterli о‗yinlar kompyuter ilk bor yaratilishi bilan uning dasturiga
kiritilgan edi. Dastlabki kompyuter о‗yinlaridan kо‗ngil ochish maqsadida
foydalana boshlandi. 1976-1977 yillardan boshlab shaxsiy kompyuter ishlab
chiqaruvchi firmalar va kompaniyalar kompyuterlar kо‗proq sotilishi uchun ularni
yangi-yangi о‗yin dasturlari bilan ta‘minlay boshladilar [58].
MTMlarida foydalanish uchun dissertant tomonidan: ―shakllarni ustma-ust
qо‗yish‖, ―bosh harflarni rasmlar ustida joylashtirish‖, ―raqamlarni katta-kichikligi
73
bо‗yicha joylashtirish‖,‖ekologik о‗yin‖, ―elementar kompyuterli svetafor labirint‖
kabi о‗yinlar va ularni о‗tkazish metodikasi ishlab chiqilgan.
Yuqorida sanab о‗tilgan multimediali kompyuter о‗yinlari о‗yinning ta‘limiy-
rivojlantiruvchi turiga kiradilar. ―Shakllarni ustma-ust qо‗yish‖ seriyasidagi
о‗yinlarning 5 xil darajasi yaratilgan bо‗lib, har bir turiga 11 ta о‗yin kiritilgan.
О‗yinlarning umumiy soni 55 ni tashkil etadi. Har bir tur о‗yinlari bir-biridan
murakkablik darajasi bilan farqlanadi. Ushbu о‗yinlarning 1, 2, 3 – darajalari katta
guruh tarbiyalanuvchilari uchun, 3, 4, 5 – darajalari maktabga tayyorlov guruhi
uchun mо‗ljallangan. MTMlarida ushbu kompyuterli о‗yinlar turkumidan ikki
yо‗nalish bо‗yicha:
1) ta‘limiy-rivojlantiruvchi о‗yinlar sifatida;
2) rivojlantiruvchi о‗yinlar sifatida foydalanish mumkin.
1. Ta‟limiy-rivojlantiruvchi о„yinlar sifatida foydalanish Birinchi о‗yin
―Shakllarni ustma-ust qо‗yish‖ deb nomlanadi. Ushbu multimediali kompyuterli
о‗yinni amalga oshirish mobaynida qо‗yidagi materiallar qо‗shimcha о‗rganiladi
va takrorlanib, mustahkamlanadi:
1) yettigacha sanash;
2) geometrik shakllar (kvadrat va doira) haqida tasavvurlar hosil qilish;
3) ranglarni farqlash;
4) ‖Sichqoncha‖dan foydalanish malakasini hosil qilish. Besh xil variantdagi
о‗yin davomida mavzu asosidagi ma‘lumotlar takrorlanib, tarbiyalanuvchilarning
bilimlari mustahkamlanadi.
Multimediali kompyuterli ta‘limiy rivojlantiruvchi о‗yinlar ham mashg‗ulot
shaklida о‗tkaziladi, mashg‗ulot davomiyligi 15 daqiqa bо‗lib, uni о‗tkazish uchun,
tarbiyachi dastavval kompyuter (monitor) ekranida 2.8- rasmda keltirilgan
shakllarni chiqaradi.
Sо‗ngra tarbiyachi guruh tarbiyalanuvchilarini:
1) о‗yin maqsadi va vazifalari;
2) о‗yin tartibi va qoidasi bilan tanishtiradi.
74
О‗yinning maqsadi: Shakllarni ustma-ust qо‗yish kompyuterli о‗yini bilan
tanishtirish, ―Sichqoncha‖ bilan ishlash malakasini hosil qilish, geometrik shakllar,
kvadrat va doira bо‗yicha bilimlarini mustahkamlash. Bolalarga shakllarni tо‗g‗ri
ustma-ust qо‗yish о‗yinini о‗rgatish.
О‗yin tartibi: tarbiyachi tarbiyalanuvchilarni oldin yuqoridagi qatordagi
shakllar bilan tanishtiradi, sо‗ngra pastki qatordagi shakllar bilan tanishtiradi va
ularning ranglariga e‘tibor berishni ta‘kidlaydi.
Vazifa: yuqori qatordagi shakllarni ustma-ust qо‗yish natijasida, pastki
qatordagi qaysi shakl hosil bо‗lishini aytib berish va ―Sichqoncha‖ yordamida buni
amalga oshirish.
Mashg‗ulotning borishi:
Tarbiyachi: Alibekni kompyuter rо‗parasiga о‗tkazib, undan ekranda qanday
shakllarni kо‗rayapsiz va ular nechta qatorda joylashgan deb sо‗raydi.
Alibek: ikki qatorda, yuqori qatorda uchta shakl, pastki qatorda tо‗rtta shakl
borligini ta‘kidlaydi.
Tarbiyachi: qanday shakllar ekan?
Alibek: ikkita doira va beshta kvadratdan iborat.
Tarbiyachi: shakllarning ranglari qanday tusda?
Alibek: yuqori qatordagilarning birinchisi kо‗k, ikkinchisi qizil, uchinchisi
esa yashil - deydi
Tarbiyachi: guruh tarbiyalanuvchilariga ham Alibek aytganlarini takrorlatadi.
Sо‗ngra ―Shakllarni ustma-ust qо‗yish‖ о‗yinini amalda bajarishga о‗tiladi.
Tarbiyachi: Alibek, qani ayt-chi, yuqoridagi qatordagi shakllarning
birinchisini pastda, ikkinchisini uning ustiga (о‗rtada), uchinchisini ikkinchisining
ustiga ketma-ket joylashtirilsa, pastki qatordagi qaysi shaklning kо‗rinishi hosil
bо‗ladi.
Alibek, pastki qatordagi shakllarni kuzatib, fikr yurgiza boshlaydi va
ranglarga e‘tibor qilib, - Pastdagi qatordan ikkinchisi, - deydi.
Tarbiyachi: Alibek, endi ―sichqoncha‖ kursorini aytgan shaklga olib bor.
75
Alibek ―Sichqoncha‖ kursorini aytgan shaklga olib boradi. Natijada
yuqoridagi shakllar harakatga kelib, ta‘kidlanganidek, bir-birlarini ustiga
joylashadi. Alibek о‗yinni tо‗g‗ri bajargan bо‗ladi.
Alibek pastki qatordan birinchisi, uchinchisi yoki tо‗rtinchisini tanlaganda
о‗yinni bajara olmagan bо‗lar edi. Tarbiyachi kompyuterli ta‘limiy-rivojlantiruvchi
о‗yinlar natijasini baholashi ham mumkin. Buning uchun, Alibekka shu
turkumdagi yana ikkita о‗yinni bajarishni taklif etadi. Agar Alibek, uchala о‗yinni
tо‗g‗ri bajarsa, 3 ball (a‘lo), ikkitasini tо‗g‗ri bajarsa, 2 ball (yaxshi) va bittasini
tо‗g‗ri bajarsa 1 ball (qoniqarli) qо‗yadi. Shu bilan birga, baholash paytida sonlarni
sanash, geometrik shakllarni aniqlash va rang tanlashlariga ham e‘tibor qaratiladi.
Shuni qayd etish kerakki, о‗yinlarning qolgan qirq tо‗rtta varianti shu usul bilan
amalga oshiriladi.
Yuqorida qayd etilgan kompyuterli о‗yinlardan mashg‗ulotdan tashqari 15
daqiqa davomida rivojlantiruvchi о‗yinlar sifatida ham foydalanish mumkin. Bu
holda о‗yin tartibi quyidagicha bо‗ladi:
Kompyuter oldiga 3 nafar tarbiyalanuvchi taklif etiladi va ular, yuqoridagi
usul yordamida о‗yinda berilgan vazifani bajaradi.
Tarbiyachi har bir tarbiyalanuvchining о‗yinni boshlagan va bajarib bо‗lgan
vaqtini aniqlaydi. Sо‗ngra, ikkinchi tarbiyalanuvchiga navbat beriladi. Uning
о‗yinni bajargan vaqti ham aniqlanadi. Sо‗ngra, uchinchi tarbiyalanuvchi о‗yinni
bajaradi. Uning ham о‗yinni bajargan vaqti aniqlanadi va о‗yin g‗olibi aniqlanadi.
Eslatma: tajriba-sinov davrida bolalarning bilim darajalarini taqqoslash uchun
nazorat guruhi tarbiyalanuvchilariga ushbu о‗yinni о‗tkazish uchun shakllar karton
qog‗ozdan tayyorlanadi va 2.8-rasmda kо‗rsatilgandek tegishli ranglarga bо‗yaladi.
Nazorat guruhlarida mashg‗ulotlar an‘anaviy usulda (kompyutersiz)
о‗tkaziladi va bolalar tomonidan yuqorida qayd etilgan tartibda bajartiriladi hamda
ularning bilimlari baholanadi.
Shunday qilib, ―Shakllarni ustma-ust qо‗yish‖ о‗yinidan:
1) yettigacha sanash; 2) ta‘limiy, ya‘ni geometrik shakllar (kvadrat va doira)
haqida tasavvurlar hosil qilish; 3) ranglarni farqlash; 4)―sichqoncha‖dan
76
foydalanish malakasini hosil qilish kabi ma‘lumotlar qо‗shimcha о‗rganiladi.
Besh xil variantdagi о‗yin davomida mavzu asosidagi ma‘lumotlar takrorlanib,
tarbiyalanuvchilarning bilimlari mustahkam-lanadi.
Ikkinchi о‗yin. Harflarni о‗rgatishga doir kompyuterli ta‘lim о‗yini (Bosh
harflarni rasmlar ustiga joylashtirish).
Do'stlaringiz bilan baham: |