Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana27.10.2019
Hajmi1,2 Mb.
#24372
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
maktabgacha talim muassasalarida mashgulotlar jarayonida kompyuter slaydlaridan foydalanishning ilmiy metodik asoslari


1-  mashg„ulot:  Mavzu:  ―5  sonigacha  qо‗shish  va  ayirish  amallarini 
о‗rganish‖ (30 daqiqa – har biri 15 daqiqali ikkita bosqich). 
 5 
sonigacha 
qо‗shish  va  ayirish  amallarini  о‗rganish  bо‗yicha 
mashg‗ulotning texnologik haritasi 5 - ilovada berilgan. 
Quyida 5 sonigacha qо‗shish va ayirish amallarini о‗rganishga bag‗ishlangan 
va  birinchi  mashg‗ulotda  foydalanishga mо‗ljallangan  ikkita multimediali  lavhani 
keltiramiz. 

64 
 
I. 
 + 
 
 = 
 
1 + 2 = 3 
 
II. 
 - 
 = 
 
5 - 2 = 3 
3-rasm. Mavzuga oid multimedia vositasi 
Ushbu taqdimotda archalarga animatsiya samaralar berish orqali ular monitor 
ekranida  harakatlanib,  birin-ketin  chiqib  kelaveradi,  ranglari  jilolanib  turadi, 
tarbiyachi-pedagog  qо‗shish  va  ayirish  amalini  tushuntirib,  materialni  sharhlab 
boradi.  Raqamlarning  monitor  ekranidagi  kо‗rinishi  о‗zgarib  turadi,  ya‘ni 
multimediali samara hosil qilinadi.  
Mashg„ulotning borishi
Tarbiyachi:  monitor  ekraniga  archalarni  chiqarib,  Alibekdan  nimalarni  
kо‗rayotganini sо‗raydi. 
Alibek: qator archalarni kо‗rayapman, -deydi 
Tarbiyachi: yuqori qatorda nechta archa bor? 
Alibek: sanaydi, bir, ikki, uch, tо‗rt, besh, olti-oltita. 
Tarbiyachi:  Alibek  ayt-chi,  bitta  archaga ikkita  archa qо‗shilsa,   jami  nechta 
archa hosil bо‗ladi. 
Alibek: sanab uchta, deydi. 
Tarbiyachi: ekranda bu qanday ifodalangan? 
Alibek:  birinchi  archadan  keyin  +  ishorasi,  keyin  ikkita  archa,    sо‗ngra  = 
tenglik belgisi, tenglik belgisidan keyin uchta archa joylashgan. 

65 
 
Tarbiyachi:  demak,  sonlarni  qо‗shishni  buyumlar  bilan  ham  ifoda    etish 
mumkin.  
Tarbiyachi: archalar ostidagi raqamlar nimani bildiradi? 
Alibek:  bitta  archaga  ikkita  archani  qо‗shganda  hosil  bо‗ladigan  yig‗indini 
bildiradi, ya‘ni 1+2=3 
Tarbiyachi: Valibek aytchi, pastki qatorda nechta archa bor? 
Valibek: sanaydi. Bir, ikki, uch,...,о‗nta  
Tarbiyachi: Valibek, aytchi oying senga beshta konfet bersa, undan ikkitasini 
ukangga bersang, о‗zingda nechta qoladi? 
Valibek: о‗zimda uchta qoladi. 
Tarbiyachi:  о‗yingdagi  archalarning  beshtasidan  ikkitasini  qо‗shniga  berilsa, 
о‗zingda nechta  archa qoladi?  
Valibek: о‗zimizda uchta archa qoladi. 
Tarbiyachi: shu aytganlaring pastki qatorda qanday ifodalangan. 
Valibek: beshta archadan keyin ayirish belgisi (-), undan keyin  ikkita archa, 
sо‗ngra tenglik belgisi (=), oxirida yana uchta archa joylashtirilgan. 
Tarbiyachi: aytganlaring sonlar bilan qanday belgilangan? 
Valibek: ekranda 5-2=3 ni kо‗rsatadi. 
Shundan  sо‗ng,  tarbiyachi  javob  berishda  qatnashgan  bolalarning  bilimini 
baholab,  boshqa tarbiyalanuvchilar bilan savol-javob о‗tkazadi.  
Mashg‗ulotning asosiy 15 daqiqali bosqichidan sо‗ng dam olish bosqichi (15-
20 daqiqali oraliq bosqich) boshlanadi. 
Bu  bosqichda  tarbiyachi  bolalar  dam  olishlari  uchun  ―о‗rin  almashtirish‖ 
о‗yinini  о‗tkazadi  (1,2,3,4,5  raqamlar  va  +,  -,  =  belgilar  qog‗ozda  tayyorlanib, 
qistirgich  yordamida  tarbiyalanuvchilarning  kо‗kraklariga  taqiladi  va  ularni  bir 
qatorga tizib, 3 soni hosil qilinadi hamda archa tо‗g‗risidagi she‘rlar aytiladi).  
She‘r  aytib  bо‗lingach,  tarbiyachi  tarbiyalanuvchilarning  olgan  bilimlarini 
sinash uchun quyidagi sxema bо‗yicha ―О‗rinni tо‗ldir‖ о‗yinini о‗tkazadi.  
 

66 
 


 


 
 
 
 
 
 




  
Devorda yuqoridagi kabi ikki qatorda oltita katakcha joylashtiriladi.  
Vazifa:  bolalarga  stol  ustidagi  raqamlardan  foydalanib,  bо‗sh  katakchalarni 
tо‗ldirish vazifasi topshiriladi. 
Mashg‗ulotni  ikkinchi  о‗n  besh  daqiqali  bosqichi:  tarbiyalanuvchilar 
tomonidan kompyuterda bajaraladigan mashqlar. 
Tarbiyachi: endi bolalar kompyuterda ikki sonni qо‗shish amalini bajaramiz.  
Tarbiyachi:  qani  Bahrombek,  ayt-chi  ikki  sonini  ikki  soniga  qо‗shilganda 
qanday son hosil bо‗ladi?  
Bahrombek: Tо‗rt soni hosil bо‗ladi.  
Tarbiyachi: Endi shu amalni kompyuterda bajarib kо‗rsat.  
Buning  uchun,  klaviaturadagi  qaysi  raqamlar  va  belgilarning  tugmachalarini 
bosishing kerak?  
Baxrombek: oldin 2 raqamli tugmachani bosaman  (bu amalni bajaradi), natija 
ekranda 2 soni  paydo bо‗ladi.  
Tarbiyachi: endi nima qilishing kerak?  
Bahrombek:  qо‗shish  ishorasiga  mos  tugmachani  bosishim  kerak,  deb 
topshiriqni bajaradi. Ekranda 2 + ëzuv hosil  bо‗ladi.  
Tarbiyachi: endi qaysi raqamli tugmachani bosishing kerak?  
Baxrombek:  yana  2  raqamli  tugmachani  bosaman  va  (bu  topshiriqni  ham  
bajaradi) ekranda 2+2 ëzuv hosil bо‗ladi.  
Tarbiyachi: endi qanday belgili tugmachani bosishing kerak?  
Baxrombek:  tenglik  belgisini,  ya‘ni  (=)  deb,  topshiriqni  bajaradi.    Ekranda 
2+2= ëzuv hosil bо‗ladi.  
Tarbiyachi: Bahrombek, endi ikki sonini ikki soniga qо‗shishga  misol keltir.  
Baxrombek : ikkita olmaga ikkita olma qо‗shilsa tо‗rtta olma bо‗ladi. 
Tarbiyachi : barakalla! Endi amalni bajar. 

67 
 
Bahrombek: klaviaturadagi 4  raqamli  tugmachasini  bosadi.  Natijada  ekranda 
2+2=4 kabi ifoda paydo bо‗ladi. 
Tarbiyachi:  Bahrombekning  bajargan  ishlarini  baholaydi  va  yana  bir  nechta 
tarbiyalanuvchilarga ushbu amalni mustaqil bajartiradi. 
Shundan  keyin  5  gacha  bо‗lgan  sonlar  ichidan  tanlab,  sonlarni  bir-biridan 
ayirish amalini kompyuterda bajarishga о‗tiladi.  
Tarbiyachi: endi  bolalar kompyuterda  sonlarni  bir–birlaridan ayirish  amaliga 
о‗tamiz deb Aminani kompyuter oldiga  taklif etadi.  
Tarbiyachi:  Amina,  qani  ayt-chi  oying  bergan  tо‗rtta  konfetdan    ikkitasini 
ukangga bersang, о‗zingda nechta konfet qoladi? 
Amina: ikkitasini ukamga bersam, о‗zimda ham ikkita konfet  qoladi.  
Tarbiyachi: endi shuni kompyuterda bajarib kо‗rsat. Buning uchun,  dastavval 
klaviaturadagi qaysi raqamli tugmachani  bosishing kerak? 
Amina: tо‗rt raqamli tugmachani bosishim kerak. 
Tarbiyachi: bajarib kо‗r-chi.  
Amina:  klaviaturadagi  4  raqamli  tugmachani  bosadi,  ekranda  4  soni  hosil 
bо‗ladi.  
Tarbiyachi: endi qaysi belgiga mos tugmachani bosishing kerak? 
Amina:  ayirish  belgisi  tugmachasini  bosishim  kerak  deydi  va  bajaradi, 
ekranda 4 - ëzuv hosil bо‗ladi.  
Tarbiyachi: navbatda qaysi raqamga mos tugmachani bosishing kerak? 
Amina:  ikki  raqamli  tugmachani  deb,  uni  topadi  va  tugmachani  bosadi. 
Ekranda 4-2 ëzuv hosil bо‗ladi.  
Tarbiyachi:  topshiriqni  bajarish  uchun  endi  qaysi  belgi  tugmachasini  
bosishing kerak. 
Amina: tenglik (=) ishorasini deb, uni klaviaturadan topib  bosadi.  Ekranda 4 
– 2 = ëzuv hosil bо‗ladi.  
Tarbiyachi: qani ayting-chi natijada qanday son hosil bо‗lishi kerak? 
Amina:  tо‗rtta  konfetdan  ikkitasini  ukasiga  berganini  eslab,    ikki  soni  deydi 
va amalni bajaradi. Ekranda 4-2 =2 ëzuv  hosil bо‗ladi.  

68 
 
Tarbiyachi: endi Amina bajargan amalingni og‗zaki aytib ber.  
Amina: tо‗rt sonidan ikki soni ayrilsa, natijada ikki soni  hosil bо‗ladi. 
Tarbiyachi: Amina qani ayt-chi ayirish amali bajarganda, ayirma kо‗payadimi 
yoki kamayadimi.  
Amina: kamayadi, deb javob beradi. 
Tarbiyachi: barakalla! Javobing tо‗g‗ri.  
Shundan  keyin  tarbiyachi  Aminaning  bajargan  ishini  baholaydi  va  boshqa 
bolalardan bir nechtasiga yuqoridagi amalni mustaqil bajarishni topshiradi. 
Shunday qilib, MTM tarbiyalanuvchilariga elementar matematik bilim berish 
jarayonida  informatika  va  axborot  texnologiyalarining  asosiy  uskunaviy 
(texnikaviy)  vositasi  bо‗lgan  kompyuterdan  foydalanilganda,  maktabgacha  ta‘lim 
muassasasi  bolalarining  faolligi  ortadi    va  qiziqishi  shakllanadi,  mashg‗ulot 
samaradorligi an‘anaviy mashg‗ulotlarga nisbatan ancha ortadi.  
2-mashg„ulot.  Mavzu:  Uchburchak,  tо‗rtburchak  va  kvadrat  shakllarini 
о‗rganish (30 daqiqa – har biri 15 daqiqali ikkita bosqich). Dastlab mashg‗ulotning 
texnologik haritasi tuziladi. 
MTM  tarbiyalanuvchilariga  geometrik  shakllar  bо‗yicha  tasavvurlarni 
shakllantirish  uchun  Power  Point  dasturi  asosida  animatsiyali,  ranglari  jilolangan 
va  ovoz  berilgan  taqdimot  tayyorlangan  bо‗lib,  u  kompyuter  xotirasiga  kiritiladi. 
Tarbiyachi  dastlab  ushbu  taqdimotdan  foydalanib,  mashg‗ulotni  boshlaydi. 
Taqdimot uch qismdan iborat: uchburchak, tо‗rtburchak va kvadrat.  
Tarbiyachi kompyuterni ishga tushirib, monitor ekraniga uchburchak shaklini 
chiqaradi va unga guruh tarbiyalanuvchilarining e‘tiborini qaratadi. 
 Jihozlar:  uchburchak  slaydi,  uchburchak  shaklida  bayroqcha,  uyning  tomi, 
suvoqchining uchburchak shaklidagi ish quroli va konvertdan foydalaniladi. 
Mashg‗ulotning borishi. 
Tarbiyachi Nodirbekni kompyuter oldiga о‗tqazadi. Boshqa guruh bolalariga 
mashg‗ulotni  kuzatib  borishga  topshiriq  beradi  va  monitor  ekraniga  e‘tibor 
berishini ta‘kidlaydi. Ekrandagi birinchi slaydda uchburchak shaklidagi bayroqcha, 
uy  tomining  yon  tomondan  kо‗rinishi,  suvoqchining  uchburchak  shaklidagi  ish 

69 
 
quroli  va  konvert  tasvirlangan.  Bu  tasvirlar  bolalarga  aytiladi.  Aytilgan  material 
(buyum)larni  Nodirbek  qayta  takrorlaydi:  uchburchak  shaklidagi  bayroqcha,  uy 
tomining yon tomondan kо‗rinishi va xat joylashtiradigan konvert.  
Tarbiyachi:  bolalar,  e‘tibor  bering,  uchburchakning  uchta  tomoni  va  uchta 
burchagi bо‗ladi. ―Sichqoncha‖dan foydalanib, uning  kursorini bitta- bittalab har 
bir  tomoniga,  har    bir  burchagiga  olib  borib  kо‗rsatadi.  Sо‗ngra  Nodirbekka  
aytilganlarni qaytarishni buyuradi. 
Nodirbek: uchburchakning uchta tomoni va uchta burchagi bо‗ladi.  
Tarbiyachining  nazorati  ostida  ―Sichqoncha‖ning  kursorini    uchburchakning 
tomonlari va burchaklariga olib borib  kо‗rsatadi.  
Tarbiyachi:  Nodirbek,  xat  ëzishga  mо‗ljallangan  konvert  sirtida  qanday  
shakllar bor va ularning soni nechta?  
Nodirbek:  konvert  sirtiga  e‘tibor  berib,  tо‗rtta  uchburchak  shaklidan  iborat 
ekanligini aytadi.  
Tarbiyachi  Nodirbekning  bilimini  baholaydi  va  yana  bir  nechta 
tarbiyalanuvchilar  bilan  shu  tartibda  shug‗ullanadi.  Guruh  bolalari  Nodirbekning 
ishini  kuzatib  turgani  uchun,  ular  ham  uchburchak  tо‗g‗risida  ma‘lumot  oladilar. 
Tarbiyachi  yana  ikki-uch  tarbiyalanuvchiga  Nodirbekning  bajargan  ishini  qayta 
bajarishni topshiradi. 
Uchburchakdan keyingi slayd ―tо‗rtburchak‖ deb nomlangan. Ushbu slaydda 
―G‗uncha‖ jurnali, doska va eshiklarning tasvirlari joylashtirilgan, kvadrat slaydida 
esa  kafel  (kvadrat  shakldagi  g‗isht  plita),  kvadrat  shakldagi  deraza  va  kvadrat 
shaklidagi ekran tasvirlari berilgan.  
Tarbiyachi  ushbu  slaydlardan  foydalanib,  yuqorida  keltirilgan  tartibda 
mashg‗ulotni  davom  ettiradi.  Uchburchak,  tо‗rtburchak,  kvadrat  tо‗g‗risida 
ma‘lumot  berib  bо‗lingach,  tarbiyalanuvchilarga  uy  mavzusidagi  multimediali 
taqdimot  namoyish  etiladi  va  ularning  e‘tiborini  undagi  elementlarga  qaratiladi 
(2.4-rasm).  

70 
 
 
4-rasm. Uchburchak, tо„rtburchak, kvadrat va doira shakllaridan hosil 
qilingan uyning yon tomonidan tasviri 
Shundan  keyin,  15-20  daqiqali  oraliq  bosqich  (dam  olish  bosqichi) 
boshlanadi. Bu bosqichda tarbiyachi:  
1. Duradgorlar ishlatadigan yig‗ma metrda uchburchak, tо‗rtburchak, kvad-rat 
shakllarini  yasab  kо‗rsatadi.  Sо‗ngra  tarbiyalanuvchilar  ham  uchburchak, 
tо‗rtburchak va kvadrat shakllarini yasab kо‗rsatadilar. 
2.  Uchburchakka  oid  ―topishmoq  о‗yin‖  о‗tkaziladi.  Bunda  tarbiyachi  ―Qo-
g‗ozdagi  tо‗rtburchak  shakldan  qanday  qilib  qalam  yordamida  ikkita  uchburchak 
yasash  mumkin?‖-  degan savolni  qо‗yadi  va  bolalarga о‗ylab kо‗rib,  javobni  kim 
birinchi bо‗lib topsa, shu о‗quvchi a‘lo baho bilan taqdirlanishi aytiladi.  
3. ―Topishmoq о‗yin‖ о‗tkazilgach, tarbiyalanuvchilardan biri she‘r      aytib 
beradi. 
Shuni  ta‘kidlash  kerakki,  tarbiyachi  mashg‗ulot  boshlangunga  qadar  ushbu 
she‘rni  tarbiyalanuvchilarga  yod  oldirgan  bо‗lishi  kerak.  Dam  olish  bosqichi 
tugagach, mashg‗ulotning navbatdagi о‗n besh daqiqali davomi boshlanadi. 
Kompyuterda  uchburchak  va  tо‗rtburchak  shakllarini  yasash  mashqlari. 
Bunday  mashqlarni  bajarish  uchun  tarbiyachi  dastlab  kompyuterda  quyidagi 
amallarni bajarib kо‗rsatishi kerak: 
Windows operatsion tizimi ish stolidan asosiy  menyu  ―Pusk‖ ni ochiladi  va 
menyu bandlaridan ―Programmi – Microsoft Office – Microsoft Word‖ tanlanadi. 
Bu  holda  matn  muharrirning  oynasi  ochiladi.  Uchburchak  va  tо‗rtburchak 

71 
 
geometrik shaklini hosil qilish uchun muharrir oynasining holat satridan yuqorida 
joylashgan  ―Risovaniye‖  qatoridan  foydalaniladi.  Bu  qatorda  joylashgan  \  - 
(chiziq) piktogrammasini topib, ―Sichqoncha‖dan foydalanib, kompyuter ekranida 
geometrik shakllarni chizadi. 
Tarbiyachi:  endi kompyuterda uchburchak va   tо‗rtburchak  chizish  mashqini 
bajaramiz.  Hammangizning    diqqatingiz  kompyuterda  bо‗lsin.  Dastlab  mashqni  
Elbek bajaradi.  
Tarbiyachi:qani  Elbek,  kompyuter  ekranida  uchburchak  chizishni  boshla. 
Buning  uchun  ―Sichqoncha‖ning  kо‗rsatkichini  ―Risovaniye‖  qatordagi  \ 
chizig‗iga olib bor. 
Elbek:  ―Sichqoncha‖ni  harakatlantirib,  uning  kо‗rsatkichni  \  chizig‗iga  olib 
boradi. 
Tarbiyachi: balli Elbek, kо‗rsatkichni tо‗g‗ri olib bording. Endi, kо‗rsatkichni 
ekran о‗rtasiga olib borib, ―Sichqoncha‖ni chapga burib harakatlantir. 
Elbek:  kо‗rsatmani  bajaradi  va  ekranda,  uchburchakning  bir    tomoni  (/) 
chiziladi. 
Tarbiyachi:  Elbek,  uchburchakning  ikkinchi  tomonini  chizish  uchun 
kо‗rsatkichni  yana  ekranning  pastki  qismidagi  \  chizig‗iga  olib  bor.  Sо‗ngra 
kо‗rsatkichni  ekranda  chizilgan  birinchi  chiziqning  uchiga  olib  borib, 
―Sichqoncha‖ni о‗ngga burib,  harakatlantir. Shunda ikkinchi tomon chiziladi. 
Elbek: topshiriqni bajarib, ekranda uchburchakning ikkinchi tomonini chizadi 
va /\ hosil qiladi. 
Tarbiyachi:  Elbek,  ―Sichqoncha‖  kо‗rsatkichini  uchinchi  marta  \  chizig‗iga  
olib kel.  Sо‗ngra hosil bо‗lgan  /\  chiziqlarini  chap tomondagisining  pastki  uchiga 
tegizib ―Sichqoncha‖ni о‗ngga burmasdan harakatlantir. 
Elbek: topshiriqni bajarib, ―Sichqoncha‖ о‗ngga burmasdan  harakatlantiradi. 
Natijada, ekranda uchburchak        hosil bо‗ladi. 
Tarbiyachi:  Elbek,  hosil  bо‗lgan  uchburchakning  nechta  tomoni  va  nechta  
burchagi borligini takrorla va ularni kо‗rsat. 

72 
 
Elbek:  uchburchakning  uchta  tomoni  va  uchta  burchagi  borligini  aytadi. 
Uchburchak  chizish  bо‗yicha  mashqni  yana  bir  nechta  bolalar  mustaqil  bajaradi. 
Shundan  keyin,  kompyuter  ekranida  tо‗rtburchak  chizish  yuqoridagi  tartibda 
bajariladi.  Birinchi  mashq  tarbiyachi  nazoratida  bajariladi,  navbatdagilarini 
tarbiyalanuvchilarning о‗zlari mustaqil bajaradilar. 
Navbatda  kompyuterda  kvadrat  shaklini  chizish  mashqi  bajariladi.  Bunda 
tarbiyalanuvchi  tomonidan  bajarilayotgan  mashq  jarayoni  tarbiyachi  tomonidan 
nazorat  qilib  boriladi.  Uchta  mashq  bajarilib  bо‗lingach,  tarbiyachi  mashqni 
bajargan tarbiyalanuvchilarning bilimini uch balli tizim asosida baholaydi.  
Uyga  vazifa:  tarbiyalanuvchilarga  uyda  karton  va  qaychi  yordamida 
uchburchak, tо‗rtburchak va kvadrat yasab kelish vazifasi topshiriladi.  
Kompyuterli  didaktik  о‗yinlar  MTMlarda  ta‘lim-tarbiya  jarayonini  amalga 
oshirishga,  jumladan,  elementar  matematik  tasavvurlar,  buyumlar,  ularning  rangi, 
shakli  va  о‗xshash  obyektlarni  о‗rganishga  yordam  beradi.  Kompyuterli  didaktik 
о‗yinlarning  о‗ziga  xos  pedagogik  va  psixologik  jihatlari  mavjud  bо‗lib,  ammo 
hozirgi kunda ular tо‗la о‗rganib chiqilmagan.  
MTMlarida  multimedia  texnologiyasi  asosida  kompyuterli  ta‘limiy  va 
rivojlantiruvchi о‗yinlardan ham foydalanish mumkin. Bu о‗rinda shuni ta‘kidlash 
kerakki,  kompyuterli  ta‘limiy  va  rivojlanti-ruvchi  о‗yinlar  didaktikaning  barcha 
qonun va qoidalariga rioya qilgan holda о‗tkaziladi. О‗yinlarni о‗tkazish shakllari 
mashg‗ulot,  о‗yin-mashq  va  dam  olish  о‗yin  shakllaridan  iborat.  Multimediali 
ta‘limiy  va  rivojlanti-ruvchi  о‗yinlar  didaktik  о‗yinlar  tarkibiga  kiradi  va 
MTMlardagi ta‘lim-tarbiya jarayonini amalga oshirishga qaratilgandir [67].  
 Kompyuterli  о‗yinlar    kompyuter  ilk  bor  yaratilishi  bilan  uning  dasturiga 
kiritilgan  edi.  Dastlabki  kompyuter  о‗yinlaridan  kо‗ngil  ochish  maqsadida 
foydalana  boshlandi.  1976-1977  yillardan  boshlab  shaxsiy  kompyuter  ishlab 
chiqaruvchi firmalar va kompaniyalar kompyuterlar kо‗proq sotilishi uchun ularni 
yangi-yangi о‗yin dasturlari bilan ta‘minlay boshladilar [58]. 
 MTMlarida  foydalanish  uchun  dissertant  tomonidan:  ―shakllarni  ustma-ust 
qо‗yish‖, ―bosh harflarni rasmlar ustida joylashtirish‖, ―raqamlarni katta-kichikligi 

73 
 
bо‗yicha joylashtirish‖,‖ekologik о‗yin‖, ―elementar kompyuterli svetafor labirint‖ 
kabi  о‗yinlar va ularni о‗tkazish metodikasi ishlab chiqilgan. 
Yuqorida sanab о‗tilgan multimediali kompyuter о‗yinlari о‗yinning ta‘limiy-
rivojlantiruvchi  turiga  kiradilar.  ―Shakllarni  ustma-ust  qо‗yish‖  seriyasidagi 
о‗yinlarning  5  xil  darajasi  yaratilgan  bо‗lib,  har  bir  turiga  11  ta  о‗yin  kiritilgan. 
О‗yinlarning  umumiy  soni  55  ni  tashkil  etadi.  Har  bir  tur  о‗yinlari  bir-biridan 
murakkablik darajasi bilan farqlanadi. Ushbu о‗yinlarning 1, 2, 3 – darajalari katta 
guruh  tarbiyalanuvchilari  uchun,  3,  4,  5  –  darajalari  maktabga  tayyorlov  guruhi 
uchun  mо‗ljallangan.  MTMlarida  ushbu  kompyuterli  о‗yinlar  turkumidan  ikki 
yо‗nalish bо‗yicha: 
1) ta‘limiy-rivojlantiruvchi о‗yinlar sifatida; 
2) rivojlantiruvchi о‗yinlar sifatida foydalanish mumkin. 
1.  Ta‟limiy-rivojlantiruvchi  о„yinlar  sifatida  foydalanish  Birinchi  о‗yin 
―Shakllarni  ustma-ust  qо‗yish‖  deb  nomlanadi.  Ushbu  multimediali  kompyuterli 
о‗yinni  amalga  oshirish  mobaynida  qо‗yidagi  materiallar  qо‗shimcha  о‗rganiladi 
va takrorlanib, mustahkamlanadi: 
1) yettigacha sanash;   
2) geometrik shakllar  (kvadrat va doira) haqida tasavvurlar  hosil qilish;  
3) ranglarni farqlash; 
4) ‖Sichqoncha‖dan foydalanish malakasini hosil qilish.  Besh xil variantdagi 
о‗yin davomida  mavzu asosidagi ma‘lumotlar takrorlanib,  tarbiyalanuvchilarning 
bilimlari mustahkamlanadi. 
 Multimediali  kompyuterli  ta‘limiy  rivojlantiruvchi  о‗yinlar  ham  mashg‗ulot 
shaklida о‗tkaziladi, mashg‗ulot davomiyligi 15 daqiqa bо‗lib, uni о‗tkazish uchun, 
tarbiyachi  dastavval  kompyuter  (monitor)  ekranida  2.8-  rasmda  keltirilgan 
shakllarni chiqaradi. 
Sо‗ngra tarbiyachi guruh tarbiyalanuvchilarini:  
1) о‗yin maqsadi va vazifalari;  
2) о‗yin tartibi va qoidasi bilan tanishtiradi. 

74 
 
О‗yinning  maqsadi:  Shakllarni  ustma-ust  qо‗yish    kompyuterli  о‗yini  bilan 
tanishtirish, ―Sichqoncha‖ bilan ishlash malakasini hosil qilish, geometrik shakllar, 
kvadrat  va  doira  bо‗yicha  bilimlarini  mustahkamlash.  Bolalarga  shakllarni  tо‗g‗ri  
ustma-ust qо‗yish о‗yinini о‗rgatish.  
О‗yin  tartibi:  tarbiyachi  tarbiyalanuvchilarni  oldin  yuqoridagi  qatordagi 
shakllar  bilan  tanishtiradi,  sо‗ngra  pastki  qatordagi  shakllar  bilan  tanishtiradi  va 
ularning ranglariga e‘tibor berishni ta‘kidlaydi. 
Vazifa:  yuqori  qatordagi  shakllarni  ustma-ust  qо‗yish  natijasida,  pastki 
qatordagi qaysi shakl hosil bо‗lishini aytib berish va ―Sichqoncha‖ yordamida buni 
amalga oshirish. 
Mashg‗ulotning borishi: 
Tarbiyachi:  Alibekni  kompyuter  rо‗parasiga  о‗tkazib,  undan  ekranda  qanday  
shakllarni kо‗rayapsiz  va ular nechta qatorda joylashgan  deb sо‗raydi. 
Alibek: ikki qatorda, yuqori qatorda uchta shakl, pastki qatorda  tо‗rtta shakl 
borligini ta‘kidlaydi. 
Tarbiyachi: qanday shakllar ekan? 
Alibek: ikkita doira va beshta kvadratdan iborat. 
Tarbiyachi: shakllarning ranglari qanday tusda?  
Alibek:  yuqori  qatordagilarning  birinchisi  kо‗k,  ikkinchisi  qizil,  uchinchisi 
esa  yashil - deydi 
Tarbiyachi: guruh tarbiyalanuvchilariga ham Alibek aytganlarini takrorlatadi.  
Sо‗ngra ―Shakllarni ustma-ust qо‗yish‖ о‗yinini amalda bajarishga о‗tiladi. 
Tarbiyachi:  Alibek,  qani  ayt-chi,  yuqoridagi  qatordagi  shakllarning 
birinchisini pastda, ikkinchisini uning ustiga (о‗rtada), uchinchisini ikkinchisining 
ustiga  ketma-ket  joylashtirilsa,  pastki  qatordagi  qaysi  shaklning  kо‗rinishi  hosil 
bо‗ladi. 
Alibek,  pastki  qatordagi  shakllarni  kuzatib,  fikr  yurgiza  boshlaydi  va 
ranglarga e‘tibor qilib, - Pastdagi qatordan ikkinchisi, - deydi. 
Tarbiyachi: Alibek, endi ―sichqoncha‖ kursorini aytgan shaklga olib bor. 

75 
 
 Alibek  ―Sichqoncha‖  kursorini  aytgan  shaklga  olib  boradi.  Natijada 
yuqoridagi  shakllar  harakatga  kelib,  ta‘kidlanganidek,  bir-birlarini  ustiga 
joylashadi. Alibek о‗yinni tо‗g‗ri bajargan bо‗ladi. 
 Alibek  pastki  qatordan  birinchisi,  uchinchisi  yoki  tо‗rtinchisini  tanlaganda 
о‗yinni bajara olmagan bо‗lar edi. Tarbiyachi kompyuterli ta‘limiy-rivojlantiruvchi 
о‗yinlar  natijasini  baholashi  ham  mumkin.  Buning  uchun,  Alibekka  shu 
turkumdagi yana ikkita о‗yinni bajarishni taklif etadi. Agar Alibek, uchala о‗yinni 
tо‗g‗ri  bajarsa,  3  ball  (a‘lo),  ikkitasini  tо‗g‗ri  bajarsa,  2  ball  (yaxshi)  va  bittasini 
tо‗g‗ri bajarsa 1 ball (qoniqarli) qо‗yadi. Shu bilan birga, baholash paytida sonlarni 
sanash, geometrik shakllarni aniqlash va rang tanlashlariga ham e‘tibor qaratiladi. 
Shuni  qayd  etish  kerakki,  о‗yinlarning  qolgan  qirq  tо‗rtta  varianti    shu  usul  bilan 
amalga oshiriladi. 
 Yuqorida  qayd  etilgan  kompyuterli  о‗yinlardan  mashg‗ulotdan  tashqari  15 
daqiqa  davomida  rivojlantiruvchi  о‗yinlar  sifatida  ham  foydalanish  mumkin.  Bu 
holda о‗yin tartibi quyidagicha bо‗ladi: 
 Kompyuter  oldiga  3  nafar  tarbiyalanuvchi  taklif  etiladi  va  ular,  yuqoridagi 
usul yordamida  о‗yinda berilgan vazifani bajaradi. 
Tarbiyachi  har  bir  tarbiyalanuvchining  о‗yinni  boshlagan  va  bajarib  bо‗lgan 
vaqtini  aniqlaydi.  Sо‗ngra,  ikkinchi  tarbiyalanuvchiga  navbat  beriladi.  Uning 
о‗yinni  bajargan  vaqti  ham  aniqlanadi.  Sо‗ngra, uchinchi  tarbiyalanuvchi  о‗yinni 
bajaradi. Uning ham о‗yinni bajargan vaqti aniqlanadi va о‗yin g‗olibi aniqlanadi. 
Eslatma: tajriba-sinov davrida bolalarning bilim darajalarini taqqoslash uchun 
nazorat guruhi tarbiyalanuvchilariga ushbu о‗yinni о‗tkazish uchun shakllar karton 
qog‗ozdan tayyorlanadi va 2.8-rasmda kо‗rsatilgandek tegishli ranglarga bо‗yaladi. 
Nazorat  guruhlarida  mashg‗ulotlar  an‘anaviy  usulda  (kompyutersiz) 
о‗tkaziladi va bolalar tomonidan yuqorida qayd etilgan tartibda bajartiriladi hamda 
ularning bilimlari baholanadi. 
 Shunday qilib, ―Shakllarni ustma-ust qо‗yish‖ о‗yinidan:  
1) yettigacha sanash; 2) ta‘limiy,  ya‘ni geometrik shakllar (kvadrat va doira) 
haqida  tasavvurlar  hosil  qilish;  3)  ranglarni  farqlash;  4)―sichqoncha‖dan 

76 
 
foydalanish  malakasini  hosil  qilish    kabi  ma‘lumotlar  qо‗shimcha  о‗rganiladi.  
Besh  xil  variantdagi  о‗yin  davomida    mavzu  asosidagi  ma‘lumotlar  takrorlanib, 
tarbiyalanuvchilarning bilimlari mustahkam-lanadi. 
Ikkinchi о‗yin. Harflarni о‗rgatishga doir kompyuterli ta‘lim о‗yini (Bosh 
harflarni rasmlar ustiga joylashtirish). 
Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish