Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana27.10.2019
Hajmi1,2 Mb.
#24372
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
maktabgacha talim muassasalarida mashgulotlar jarayonida kompyuter slaydlaridan foydalanishning ilmiy metodik asoslari


                                                                                     
 
                         
                           
                                             
I   Q  YA  T   D  M  G  O  A   L 
 
 
 
                                                                                       
 
 
9- rasm. Harflarni rasmlar ustida joylashtirish 
Tarbiyachi  ushbu  kompyuterli  ta‘limiy  о‗yinni  о‗tkazish  uchun  ham  dastlab 
о‗yin maqsadi, tartibi, vazifasini tarbiyalanuvchilarga yetkazadi.  
 О‗yinning  maqsadi:  bolalarda  bosh  harflarni  farqlash  va  «Sichqoncha»dan 
foydalanish malakasini hosil qilish. 
 О‗yin  tartibi:  Rasmda  keltirilgan  meva  va  poliz  mahsulotlarining  bosh 
harflarini topish va rasmlar ustiga bosh harflarni joylashtirish.  
Vazifa: о‗yinni kim tezroq bajarish.  
G‗olibni aniqlash: о‗yinga navbat bilan uchta tarbiyalanuvchi jalb etiladi, ular 
birma–bir  kompyuter  oldida  о‗tirib,  о‗yinni  bajaradilar.  Tarbiyachi  har  bir 
tarbiyalanuvchining о‗yinni tо‗liq bajargan vaqtini aniqlab boradi. Uchtasidan kim 
qisqa vaqt mobaynida о‗yinni bajargan bо‗lsa, u g‗olib deb topilib, baholanadi va 
rag‗batlantiriladi.  

77 
 
 О‗yinning  borishi:  tarbiyachi  kompyuterni  ishga  tushiradi  va  monitor 
ekranida  kompyuter  xotirasiga  kiritilgan  olma,  anor,  tarvо‗z  va  qovun  rasmlarini 
hamda  ular  о‗rtasida  joylashgan  turli  xil  bosh  harflar  aks  ettirilgan  multimediali 
slaydni ekranga chiqaradi. 
Tarbiyachi: bolalar ekranda nimalarning rasmlarini kо‗rayapsizlar? 
Bolalar: olma, anor, tarvо‗z va qovunni kо‗rayapmiz. 
Tarbiyachi: ularning о‗rtasida nimalar joylashtirilgan?  
Bolalar: turli xil bosh harflar joylashtirilgan.  
Tarbiyachi: endi, rasmlar ustiga olma, anor,tarvо‗z va qovunlarning  birinchi 
bosh harfini joylashtirish о‗yinini boshlaymiz.  
Tarbiyachi:  bolalar,  vazifa  rasmlardagi  meva  va  poliz  mahsulotlari  ustiga 
harflarni  joylashtirish.  Kim    tezroq  harflarni  rasmlar  ustiga  joylashtirib  chiqsa,   u 
о‗yin  g‗olibi  bо‗ladi  va  ―Sichqoncha‖  bilan  ishlashni  yana  bir  marta  takrorlaydi. 
Sо‗ngra, tarbiyachi Axmadbekka о‗yinni boshlash haqida topshiriq beradi.  
Axmadbek: oldin qaysi harflarni qaysi rasmga joylashtirish  kerakligini о‗ylab 
kо‗radi va O, A, T, Q harflari deydi. 
Tarbiyachi:  ―Sichqoncha‖dan  foydalanishni  yana  bir  marta  takrorlaydi    va 
boshla  deb  vaqtni  belgilaydi.  Axmadbekni  bajarayotgan    ishini  boshqa 
tarbiyalanuvchilar kuzatib turadilar.  
Axmadbek: rasmlar ustida harflarni joylashtirib, mana bajardim  deydi.  
Tarbiyachi:  shu  zahoti  vaqtni  belgilab,  Axmadbek  vazifani  qancha    vaqtda 
bajarganligini aniqlaydi.  
Tarbiyachi: endi navbat Alibekga, uni kompyuter oldiga о‗tkazadi va  Alibek 
Axmadbek bajargan о‗yinni kо‗rib turding, sen  ham shu о‗yinni boshla deydi.  
Alibek olma, anor va tarvо‗z va qovunlarni nomini aytib, ularga taalluqli bosh 
harflarni  joylashtiradi,  bu  jarayonni  boshqa  tarbiyalanuvchilar  va  tarbiyachi 
kuzatib  turadi.  Alibek  о‗yinni  bajarib  bо‗lishi  bilan,  tarbiyachi  vazifa  bajarishga 
ketgan vaqtni belgilaydi.  
Tarbiyachi:  о‗yin  navbati  Valibekga,  -  deb,  kompyuter  oldiga    Valibek-ni 
о‗tkazadi va vaqtni belgilaydi.  

78 
 
Tarbiyachi:  Valibekni  о‗yinni  bajarishga  safrlagan  vaqtni  aniqlab,    natijani 
e‘lon  qiladi  (  Axmadbek  2  daqiqada,  Alibek  2.5  daqiqada,  Valibek  3  daqiqada 
bajardi) deydi.  
Tarbiyachi:  Axmadbek  о‗yinni  tezroq  bajargani  uchun,  о‗yin  g‗olibi    bо‗ldi, 
shuning uchun, u uch ball bilan baholanadi  (―a‘lo‖ baho), - deb, kompyuter oldiga 
yangi  uchta tarbiyalanuvchini taklif etadi va о‗yin shu tariqa davom etadi.  
Uchinchi о‗yin. Elementar kompyuterli “Svetafor-labirint” о„yini. 
 
10-rasm. Labirint chizmasi 
Labirint  chizmasida  ikkita  parallel  shoh  kо‗cha  berilgan.  Ularni  bir  nechta 
kichik  kо‗chalar  kesib  о‗tgan.  MTM  birinchi  shoh  kо‗chaning  boshida,  biror 
tarbiyalanuvchining uyi esa ikkinchi shoh kо‗chaning oxirida joylashgan. Shoh va 
kichik kо‗chalar, kesishgan joylarda ramziy svetaoforlar о‗rnatilgan(chizmada: ya 
–yashil rang, q-qizil rang). 
Vazifa:  tarbiyalanuvchi  yо‗l  qoidasiga  rioya  qilib,  MTMdan  uyiga  borishi 
kerak. 
О‗yinning mazmuni.  
1.  О‗yin  boshlanishidan  oldin  tarbiyachi  guruhni  kompyuter  oldiga  taklif 
etadi va yо‗l qoidasini sodda shaklda (ya‘ni, svetafor chirog‗i qizil yonsa, tо‗xtab 

79 
 
turish,  sariq  yonsa  harakatga  tayyorlanish  va  yashil  yonsa  harakatlanish 
kerakligini) tushuntirib beradi. 
2. Tarbiyachi kompyuterni ishga tushirib, monitor ekraniga labirint sxemasini 
chiqaradi va ekranda nimalarni kо‗rayapsizlar?-deb bolalardan sо‗raydi. 
Tarbiyalanuvchilar  ―ekranda  kо‗chalar  va  ramziy  svetafor  chiroqlarining 
sxemalarini kо‗rayapmiz‖,- deyishadi. 
Tarbiyachi: Svetafor chiroqlari qanday ranglarda bо‗lishi  mumkin? 
Tarbiyalanuvchilar: qizil, sariq va yashil ranglarda bо‗ladi. 
Tarbiyachi:  svetafor  chirog‗ining  qaysi  ranglisi  yonganda    tо‗xtab  turish 
kerak, qaysinisi yonganda harakat  qilish kerak. 
Tarbiyalanuvchilar:  qizil  yonsa  tо‗xtash  kerak,  yashil  yonsa  harakatlanish  
kerak. 
Tarbiyachi:  endi  shu  qoidaga  asosan  MTMdan  uylaringizga  borish  о‗yinini 
bajarasiz. 
О‗yinni bajarish:  
1) ―Sichqoncha‖ kursorini MTMga olib boriladi. 
2)  kursor  kо‗cha  bо‗ylab  ramziy  chiroqlarga  (ya,q)  mos  ravishda 
harakatlantiriladi. 
3) yо‗l-harakati qoidasiga rioya qilib, MTMdan uyigacha qisqa vaqtda borgan 
tarbiyalanuvchi о‗yin g‗olibi hisoblanadi. 
Mashg‗ulot oxirida tarbiyalanuvchilardan biri svetafor haqida she‘r aytadi. 
Shunday  qilib,  MTMlarida  tarbiyaviy  ahamiyatga  ega  bо‗lgan  elementar 
kompyuterli svetafor-labirint о‗yinidan foydalanib, bolalarda: 
- kompyuter savodxonligini shakllanishi; 
- yо‗l qoidalari elementlarini mustahkam egallashi; 
- mantiqiy fikrlashni rivojlantirish; 
- ranglarni farq qilish malakalariga ega bо‗lish natijalariga erishi-ladi.  
 
 
 

80 
 
II bob bо„yicha xulosa 
Maktabga 
tayyorlov 
guruhlarida 
multimedia 
texnologiyasidan 
foydalanishning  metodik  asoslari  yoritib  berildi,  jumladan,  kompyuterli 
mashg‗ulotlarning shakllari, mazmuni, metodlari, metodikasi ishlab chiqildi. 
Kompyuterli  ta‘limning  asosiy  shakli  –  mashg‗ulotdan  iborat  bо‗lib,  ular 
yangi bilim beruvchi, о‗rganilgan bilimlarni mustahkamlovchi, nazorat qiluvchi – 
sinovchi turlarga bо‗linadilar.  
Maktabga  tayyorlov  guruhlari  bolalarining  yoshlarini  hisobga  olib,  yangi 
bilim  beruvchi  mashg‗ulotlarda  kompyuterlardan  bevosita  dialog  metodi  asosida 
foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
Bilimlarni  mustahkamlovchi,  nazorat  qiluvchi-sinovchi,  mashg‗ulotlar  va 
bolalarning  bilimlarini  test  asosida  baholash,  kompyuter  о‗yinlarini  amalga 
oshirish  bilvosita  dialog  (virtual  axborot  muhitidagi  kompyuter  bilan  dialog) 
asosida bolalar tomonidan mustaqil bajariladi. 
Mashg‗ulotlarning  davomiyligi  30  daqiqaga  mо‗ljallangan  bо‗lib,  bevosita 
dialog  asosida  yangi  materialni  о‗rgatish  mashg‗uloti  о‗tkazilganda,  har  15 
daqiqali  bosqich  oralig‗ida  15-20  daqiqali  relaksatsiya  davri  (dam  olish  bosqichi, 
kо‗z gimnastikasini о‗tkazish va h.k.) amalga oshiriladi. 
Bolalar  kompyuterdan  mustaqil  foydalangan  hollarda  (bilvosita  dialog)  15 
daqiqadan keyingi relaksatsiya davri 5 soatdan bir sutkagacha chо‗ziladi. 
Dissertant  tomonidan  bolalarning  bilimlarini  baholash  tamoyillari  va  mezoni 
ishlab  chiqildi.  Bolalarning  bilimlari  test  savollari  orqali  aniqlanib,  uch  balli 
tizimdan  foydalanildi.  Multime-diali  kompyuter  mashg‗ulotlarini  amalga 
oshirishda, tayyor yoki tarbiyachilarning о‗zlari tayyorlagan va Internetdan olingan 
multimedia vositalaridan foydalanish tavsiya etildi. 
MTMlarda  kompyuterli  ta‘limni  amalga  oshirishda  bolalarning  kompyuter 
savodxonligini shakllantirish zarurligi kо‗rsatildi.  

81 
 
III bob. Maktabgacha ta‟lim muassasalarida mashg„ulotlar jarayonida  
kompyuter slaydlaridan foydalanishning  tajriba sinov natijalari 
1. Tajriba-sinov ishlariii tashkiliy-tayyorgarlik bosqichlari va о„tkazish 
metodikasi 
Tajriba-sinov  ishlarini  о‗tkazish  mstodikasi.  Tajriba-siiov  ishlari 
tuzilgan  dastur  asosida  olib  borildi.  Dasturda  tajriba-sinov  ishlarining 
umumiy  tavsifi  va  mazmuni  yoritilgan.  Tajriba-sinov  ishlari  ilmiy-tadqiqot 
ishining  ilmiy  farazini,  tadqiqot  rejalarini,  ishlab  chiqilgan  mashgulot 
о‗tkazish  metodikasini  asosli  va  samarali  ekanligini  tasdiqlashga, 
shuningdek,  multimediali  kompyuterli  ta‘lim  sharoitida  uning  mazmuni, 
shakli,  metodi  va  multimedia  vositalarining  о‗zaro  boglanishlari  oqibatida 
mashg‗ulot  samaradorligini  aniqlash  va  yangi  natijalar  olish  uchun  tashkil 
etilgan. 
Maqsadi.  MTMlarida  multimediali  kompyuterli  ta‘lim  jarayonini  va 
MTM  tarbiyalanuvchilari  shaxsiii  rivojlantirishning  samarali  pedagogik-
nsixologik  shart-sharoitlarni  aniqlash  va  tanlangan  MTMlarda  sinovdan 
о‗tkazishdan  iborat.  Sinovdan  о‗tkazish  aniq  о‗lchanadigan  mezonlar  va 
kо‗rsatkichlarga  asosan  amalga  oshirildi.  О‗tkaziladigan  tajriba-sinov 
ishlarida  yangi  natijalar  olish  tarbiyalanuvchilarni  maktabning  birinchi 
sinfiga  ma‘lum  bir  darajada  tayyorgarlik  bilan  borishlarini  ta‘minlashga 
qaratildi. 
Vazifalari.  Tajriba-sinov  ishlarining  vazifalariga  dissertatsiyaning 
kirish  kismida  bayon  etilgan  ilmiy-tadqikot  ishining  ilmiy  farazini,  ishlab 
chiqilgan 
multimediali 
kompyuterli 
mashg‗ulotlarning 
о‗tkazish 
metodikasini,  bolalarping  kompyuterdan  foydalana  olish  darajasini  va 
himoyaga tavsiya etilayotgai asosiy holatlarni tajribada sinab kо‗rish orqali 
ularning  haqqoniylik  darajasini  aniqlashdan,  shuningdek,  pedagogik 
tajribalardan  olingan  natijalar  asosida  MTM  tarbiyachi  (pedagog)lariga 
metodik tavsiyalar berishdai iborag. 

82 
 
Tajriba-sinov  ishlarining  nshchi  farazi  quyidagicha.  Agar:  pedagogik 
eksperement 
о‗tkazish 
dasturi 
aniq 
tuzilsa; 
tanlangan 
MTM 
tarbiyachilariiiig  ma‘lumotlari  va  MTMlarning  texnik  ta‘minoti  talab 
darajasida bо‗lsa; 
MTMlarda  tashkiliy  shart-sharoitlar  yaratilgan  bо‗lsa;  о‗tkaziladigan 
mashgulotlarni ishchi farazi tо‗la ishlab chikilgan bо‗lsa; 
MTMlari multimediali didaktik vositalar bilan ta‘minlangan bо‗lsa; 
tarbiyachi 
(pedagog)lar 
va 
tarbiyalanuvchilarning 
kompyuter 
savodxonliklari shakllantirilgan bо‗lsa; 

tarbiyachi  (pedagog)lar  multimediaviy  kompyuterli  mashgulotlar 
bо‗yicha  metodik  qо‗llanma  bilan  ta‘minlangan  bо‗lsa,  u  holda  tajriba-
sinov ishlari muvaffakiyatli о‗tadi. 
Pedagogik 
tajriba-sinov 
ishlari 
davomida 
о‗tkaziladigan 
mashg‗ulotlarning samarador bо‗lishi monitor ekranida namoyish etiladigan 
multimediali  ma‘lumotlarni  qabul  qilish  aniqligiga,  topshiriqlar  tо‗la  va 
diqqat bilan bajarilishiga, monitor ekranidan olinadigan multimediali ta‘lim 
materialiga  va  bolalarni  kompyuterda  ishlashga  bо‗lgan  qiziqishlariga, 
monitor  ekranida  namoyish  etiladigan  materialni  tushunarli  bо‗lishiga, 
о‗rganiladigan  multimediali  materiallarni  bolalar  yoshiga  mos  tanlanishiga 
bog‗liq. 
Tajriba-sinov  ishlarida  namuna  tarqasidagi  mashg‗ulotlar  quyidagi 
mavzular bо‗yicha о‗tkaziladi: 

Bosh A harfini о‗rganish; 

5 sonigacha kо‗shish va ayirish amallarini о‗rganish; 

uchburchak, tо‗rtburchak, kvadrat va doira shakllarini о‗rganish; 

ijobiy ekologik ta‘sirlarni о‗rganish; 

shakllarni  ustma-ust  qо‗yish  kompyuterli  ta‘limiy  о‗yinlarini 
о‗tkazish. 
Tajriba-sinov ishlari dastlab tashkiliy-tayyorgarlik ishlarini, 

83 
 
jumladan,  reja  tuzish,  bosqichlarning  mazmuni  va  tajriba  obyektlarini 
aniqlash, tajriba о‗tkazish, uning natijalarini matematik-statistik tahlil etish 
tartibida amalga oshirildi. Quyida shular tо‗grisida sо‗z yuritiladi. 
Sinov 
maydonlarida 
tanlangan 
MTMlari 
kompyuterlar 
bilan 
ta‘minlangan  bо‗lib,  kompyuterli  mashgulotlarni  amalga  oshirishda 
sharoitga egadirlar. Ushbu MTMlarda tarbiyachi-pedagoglardan mashg‗ulot 
о‗tkazish  uchun  kompyuter  bilan  muloqotda  bо‗lish  (kompyuterda 
ishlash)ni bilganlari tanlandi. 
Tajriba-sinov  ishlarini,  jumladan,  mashg‗ulotlarni  boshlashdan  oldin 
sinov  ishlarining  maqsadi  tо‗g‗risida  tarbiyachi  va  tarbiyalanuvchilar  bilan 
suhbat  о‗tkazildi  hamda  tarbiyachi  (pedagog)larga  anketa  tarqatildi  [13]. 
Tajriba guruhi tarbiyalanuvchilaridan multimediali kompyuterli  mashg‗ulot 
yoki  odatdagi  an‘anaviy  mashgulotlardan  kaysi  birlari  qiziqarli  ekanligi 
sо‗rab  aniqlanadi.  Shuni  qayd  etish  kerakki,  tajriba  guruhiga  boshqa 
mavzular odatdagi an‘anaviy usulda о‗tildi. 
Nazorat  va  tajriba  guruhlarida  bitta  mavzu,  masalan,  ―5  sonigacha 
qо‗shish  va  ayirish  amallarini  о‗rganish‖  nazorat  guruhida-an‘anaviy, 
tajriba 
guruhlarida 
multimediali 
kompyuter 
usuli 
(multimedia 
texnologiyasi)  asosida  о‗tkazildi  va  ularda  tarbiyalanuvchilarning  bilim 
darajalari aniqlanib solishtirildi. 
Mashg‗ulotni  shunday  tashkil  etish  kerakki,  tarbiyalanuvchi  monitor 
ekranida  kо‗rayotgan  materialni  faqat  tashqi  jihatigagina  emas,  balki  uni 
tushunib,  tasavvur  etilishiga  erishish  lozim.  Tarbiyachi  buni  oldindan 
tarbiyalanuvchilarga  eslatib  kо‗yadi.  Tajriba-sinov  ishlari  davomida 
о‗tkaziladigan  multimediali  kompyuterli  mashgulotlarning  samaradorligi 
tarbiyalanuvchi  (bola)larning  ta‘lim  materialini  ikki  xil  metodika  asosidagi 
о‗tkazilgan  mashg‗ulotlardagi  о‗zlashtirish  darajalarining  farqi  orqali 
aniqlandi. 
Tajriba-sinov  ishlarini  qayd  etish  maqsadida  tajriba  va  nazorat 
guruhlari  tarbiyachi-(pedagog)lariga  maxsus  nusxadagi  qaydnoma  berildi. 

84 
 
Qaydnomada tarbiyalanuvchilarning olgan baholari kayd etib borildi. Ushbu 
baholardan  taklif  etilgan  metodika  va  an‘anaviy  metodika  bilan  о‗tilgan 
mashgulotlar 
bо‗yicha  olingan  natijalarni  statistik  tahlil  etishda 
foydalanildi. 
Bundan  tashqari,  tarbiyachi(pedagog)larga  kompyuterli  mashgulot 
tо‗g‗risida  ularning  fikrlarini  aniqlash  maqsadida  savolnoma-anketalar 
tarqatildi.  Tajriba  guruhlari  tarbiyalanuvchilaridan  esa  qaysi  usulda 
о‗tkazilgan mashg‗ulot qiziqarli va tushunarli bо‗lishini sо‗rovlar natijasida 
aniqlandi. 
Shuni  ta‘kidlash  kerakki,  tajriba  guruhi  tarbiyalanuvchilari  6-8  ta 
multimediali  kompyuterli  mashg‗ulotlarda  tegishli  materiallarni  tajriba 
tarikasida  о‗rgandilar.  Boshqa  materiallar  esa  odatdagi  an‘anaviy  usulda 
о‗rganildi.  Shuning  uchun  ular  multimediali  kompyuterli  usul  bilan 
odatdagi usullarni farqlay oldilar. 
Tajriba-sinov  ishlarini  boshlashdan  oldin,  tanlangan  MTMlarining 
tarbiyachi-pedagoglariga  tajriba-sinov  ishlarining  maksadi  va  vazifalari 
tushungirildi  va  multimediali  kompyuterli  mashgulotlar  о‗tkazish  bо‗yicha 
kо‗rsatmalar  va  uslubiy  tavsiyalar  berildi.  Tajriba-sinov  ishlarini  о‗tkazish 
jarayonida  mashgulotlar  tajriba  va  nazorat  guruhlarida  parallel  о‗tkazildi. 
Ayrim hollarda esa turli davrlarda о‗tkazildi. 
Multimediali 
kompyuter 
ta‘limida 
(multimedia 
texnologiyasi) 
tarbiyalanuvchilarning bilim darajalari test savollari orqali uch balli tizimda 
aniqlandi.  Bunda  uch  ball  ―a‘lo‖  bahoni,  ikki  ball  ―yaxshi‖  bahoni,  bir  ball 
―qoniqarli‖ bahoni bildiradi. 
Dissertant  tomonidan  kompyuterli  mashg‗ulotlarni  amalga  oshirish 
uchun  har  bir  mashg‗ulotga  mos  multimedia  vositasi  ishlab  chiqildi  va  har 
bir  tajriba  maktabgacha  ta‘lim  muassasasining  garbiyachilari  multimedia 
vositasi  bilan  ga‘minlandilar,  hamda  kо‗llash  tartibi;  ya‘ni  multimediali 
vositalar  komnyuter  xotirasiga  joylashtirilishi  va  zarur  vaqgda  undan 
foydalanishi tushuntirildi. 

85 
 
Tajriba-sinov ishlariiiig bosqichlari. 
Birinchi-tashxis 
va 
bashorat 
qilish 
bosqichda 
(2012-2013) 
tayyorgarlik  ishlari  amalga  oshirildi.  Ilmiy  va  pedagogik  adabiyotlar 
о‗rganib  chiqildi.  Shular  qatorida  multimediaga  tegishli  ilmiy  tadqik 
qilinayotgan ishlar bо‗yicha adabiyotlar о‗rganilib, tahlil etildi, shuningdek 
muammo  va  mavzuni  shakllantirish,  uning  yetakchi  g‗oyalari  belgilandi 
hamda  tajriba-sinov  ishlarining  maqsadi,  farazi  va  vazifalari  aniqlandi. 
Axborot  texnologiyasining  mahsuli  bо‗lgan  multimedia  texnologiyasining 
shakllanishiga zamin bо‗lgan tashkil etuvchilari izlandi va о‗rganildi. 
Ushbu 
tashxis 
bosqichida 
MTMlarining 
maktabga 
tayyorlov 
guruhlarida  amalga  oshirishga  mо‗jallangan  va  Davlat  talablarida 
kо‗rsatilgan  ta‘lim  materiallari  bilan  tanishib  chiqildi.  Shu  bilan  birga 
ularni  о‗rganish  uchun  ajratilgan  soatlar  aniqlandi.  Masalan,  elementar 
matematik  bilim  berish  bо‗yicha  yiliga  72  soat,  haftasiga  2  soat  ajratilgan 
[33]. 
Shuningdek,  bolalarga  harflarni  о‗rgatish,  ekologik  ta‘lim  berish, 
kompyuterli ta‘limiy va rivojlantiruvchi о‗yinlarning mazmuni aniqlandi va 
gahlil etildi. 
Yuqorida  qayd  etilgan  materiallarni  taqqoyelash  maksadida  an‘anaviy 
usulda ta‘lim berish metodlari о‗rganib chiqildi. 
Ikkinchi - tashkiliy-tayyorgarlik bosqichi (2013-2014) bо‗lib tajriba-
sinov  ishlarini  amalga  oshirish  metodikasi,  jumladan,  samaradorlik 
mezonini,  tajriba-sinov  ishlarini  qayd  etish  usullari  ishlab  chiqildi.  Shu 
bilan  birga  pedagogik  jarayon  multimediali  kompyuter  ta‘limiga 
asoslangani  uchun  multimedia  vositalarini  tayyorlash  usullari  ishlab 
chikildi  va  dasturli  hamda  rolli  usulda  20  dan  ortiq  namuna  tayyorlandi, 
multimedia  vositalaridan  foydalanib  tarbiyalanuvchilarga  bilim  berish 
metodikasi  ishlab  chiqildi.  Tajriba-sinov  ishlarining  tashkiliy  ta‘minoti  - 
sinov  maydonlari  va  ishgirokchilar  tanlandi  hamda  oraliq  tajriba-sinov 
nagijalari olindi. 

86 
 
Adabiyotlarni 
о‗rganish  davom  ettirildi,  maktabga  tayyorlov 
guruhlarida 
mashg‗ulot  о‗tkazish  metodikasi  yaratildi,  mashgulot 
samaradorligini oshirish bо‗yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. 
Uchinchi  bosqich-amaliy  bosqich  (2013-2014).  Uchinchi  bosqich 
davomida 
tajriba-sinov 
maydonlaridagi 
rejalashtirilgan 
M1Mlarda 
maktabga  tayyorlov  guruhlari  uchun  tanlangan  5  ta  mavzu  bо‗yicha 
ta‘kidlovchi,  shakllantiruvchi  va  nazorat  qiluvchi  tajriba-sinov  ishlari 
о‗tkazildi Tajriba-sinov ishlarini о‗tkazish jarayonida mashg‗ulotlar tajriba 
vg  nazorat  guruhlarida  parallel  о‗tkazildi.  Mashg‗ulot  о‗tkazishds 
tadqiqotchining  rejalari,  metodik  tavsiyalari,  kо‗rsatmalari  va  chop  etilgan 
makolalaridan  foydalanildi.  Ushbu  bosqichda  о‗tkazilt  tajriba-sinov  ishlari 
multimedia 
texnologiyasining 
tatbiq 
etilipp 
natijasida 
ta‘lim 
samaradorligining oshishini aniqlashga karatildi 
Tо‗rginchi  bosqich-umumlashtiruvchi  (2014)  bosqich  bо‗lib,  tajriba- 
sinov  ishlari  nihoyasiga  yetkazilgan  davrlarda  amalga  oshirildi  va  tajriba- 
sinov  ishlari  asosida  olingan  natijalar  tahlil  etilib,  ularga  magematik- 
statistik  ishlov  berildi  va  umumlanggirib  multimedia  texnologiyasini  tatbik 
etish bо‗yicha ma‘lum bir xulosaga kelindi. 
 
2. Pedagogik tajriba - sinov ishlariiing natijalari va ularning statistik 
tahlili 
Ushbu  MTMlarida  jami  2  ta  tajriba-sinov  guruhi  va  2  ta  nazorat 
guruhlari  tanlab  olindi.  Tajriba  guruhlarida  muallif  taklif  etgan  metodika 
(mul‘timediali  kompyuterli  ta‘lim)  bо‗yicha,  nazorag  guruhlarida  esa 
an‘anaviy (izohli — kо‗rgazmali ta‘lim) metodika bо‗yicha mashg‗ulot olib 
borildi. 
Shunga 
kо‗ra, 
tanlangan 
MTMlaridagi 
tajriba 
guruhlarida 
mashg‗ulotlarni  kompyuter  bilan  mulokog  qilishni  bilgan  tarbiyachi 
(pedagog)lar,  nazorat  guruhlarida  an‘anaviy  usul  bilan  mashg‗ulot 
о‗tkazuvchi tarbiyachilar qatnashdi. 

87 
 
8-ilovada  keltirilgan  taqvim  reja  bо‗yicha  tanlab  о‗tkazilgan 
mashg‗ulotlar  soni  jami  5  ta  bо‗lib,  shundan  ilk  matematik  tasavvurlarni 
shakllantirish bо‗yicha  2 ta,  savodga tayyorgarlik  yо‗nalishi bо‗yicha  1  ga, 
ekologik  ta‘lim-tarbiya  (tabiat  bilan  tanishtirish  doirasida)  yо‗nalishi 
bо‗yicha  1  ta  va  kompyuterli  ta‘limiy  о‗yinlar  bо‗yicha  1  ta  mashg‗ulot 
о‗tkazildi [69,32,106]. 
Mashg‗uloglarning samaradorligini aniqlashga qaratilgan tajriba- sinov 
ishlarining asosiy mezonlari, birinchi navbatda, tajriba va nazorat guruhlari 
tarbiyalanuvchilari  tomonidan  о‗rganiladigan  materialni  о‗zlashtirish 
darajalari 
bilan 
harakterlandi. 
Bundan 
tashqari, 
mashg‗ulotlarning 
samaradorligini 
oshirish 
va 
bolalarning 
kompyuter 
savodxonligini 
shakllantirish 
darajalari 
ham 
asosiy 
mezonlarga 
kirdi. 
Tarbiyalanuvchilarning  bilimlarini  baholash  [27]  keltirilgan  mezonlar 
asosida aniqlandi. 
Bolalarning  о‗zlashtirish  darajasini  aniqlash,  tajriba-sinov  ishlarini 
о‗tkazishga  doir  masalalar,  ulardan  olingan  nagijalarni  matematik  tahlil 
qilish  kо‗pgina  adabiyotlarda  bayop  etilgan.  Tajriba-sinov  ishlarida 
yuqorida  kayd  etilgan  MTM  larning  maktabga  tayyorlov  guruhlaridan  jami 
130  nafar  tarbiyalanuvchi  tanlandi.  Bulardan  65  nafari  nazorat  guruhi 
garbiyalanuvchisi,  65  nafari  tajriba  guruhi  tarbiyalanuvchisidir.  130  nafar 
tarbiyalanuvchilarning  har  biri  sinovda  ishtirok  etganligi  sababli  mos 
baholar soni ham 130 ni tashkil etdi. 
Birinchi  tajriba-sinov  ishlari  ―5  sonigacha  qо‗shish  va  ayirish 
amallarini  о‗rganish‖  mavzusi  bо‗yicha  olib  borildi.  Ushbu  tajriba-sinov 
ishlarining 
natijalari 
quyidagilardan 
iborat: 
tajriba 
guruhlari 
tarbiyalanuvchilarining 36 nafari 5 bahoga, 19 nafari 4 bahoga va 10 nafari 
3  bahoga  javob  berdilar.  Nazorat  guruhi  tarbiyalanuvchilarining  7  nafari  5 
bahoga, 12 nafari 4 bahoga va 46 nafari 3 bahoga javob berdi. 
Tajribadan  olingan  ma‘lumotlarni  qayta  ishlash  va  tahlil  etish 
matematik  statistika  metodining  Styudent  mezoni  orqali  amalga  oshirildi. 

88 
 
Bunda  tajriba  va  nazorat  guruhlari  tarbiyalanuvchilarining  olgan 
baholarining  о‗rta  arifmetik  qiymati,  samaradorlik  koeffitsiyenti,  variatsiya 
koeffitsiyenti,  dispersiya  va  о‗rtacha  kiymatlarning  ishonchlilik  oraligi 
aniqlandi. 
Ishonchlilik  darajasi  uchun  tanlab  olingan  qiymat 

=0.5  bо‗lsa, 
ishonchlilik darajasi 0.95 (95 % )ni tashkil egadi. 
Ushbu  tajriba-sinov  ishlari  bо‗yicha  baholar  tahlilining  natijalari  3.1-
jadvalda keltirilgan. Hisoblashlar Styudent mezoni asosida olib borildi. 
Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish