Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


 Maktabgacha ta`lim muassasalarida  elementar matematika



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana27.10.2019
Hajmi1,2 Mb.
#24372
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
maktabgacha talim muassasalarida mashgulotlar jarayonida kompyuter slaydlaridan foydalanishning ilmiy metodik asoslari


2. Maktabgacha ta`lim muassasalarida  elementar matematika 
mashg„ulotlar jarayonida  kompyuter slaydlaridan foydalanish  metodikasi 
Shaxsiy  kompyuterlar  multimedia  texnologiyasining  asosiy  texnik  vositasi 
hisoblanadi. Undan, MTMlari ta‘lim-tarbiya jarayonida foydala-nishda qо‗shimcha 
vositalar – kompakt disklar, turli xil taqdimotlar, slaydlar va hokazolar talab etiladi 
[93].  Multimedia vositalaridagi ta‘lim-tarbiya  materiallari dinamik  harakterga ega 
bо‗lib, ular animatsiya bilan berilgan bо‗ladi.  
Ta‘lim  tizimida  uzoq  vaqtlardan  beri  foydalanib  kelinayotgan  an‘anaviy 
kо‗rgazmali  materiallar  statik  harakterga  ega.  Masalan,  tarbiyachi  A  harfini 
an‘anaviy  usulda  о‗rgatish  mobaynida,  bolaga  uning  qog‗ozdan  yoki  kartondan 
yasalgan shaklini kо‗rsatadi (statik vosita). Mutimedia vositasida kо‗rsatilganda A 
harfi kompyuter (monitor) ekranida tebranib, bolalarning diqqatini о‗ziga jalb etadi 
(dinamik vosita). 
 Hozirgi  kunda  turli  xil  multimediali  ta‘lim  vositalarini  ishlab  chiqish  va 
ularni  ta‘lim-tarbiya  jarayoniga  tatbiq  etish  jadal  rivojlanayapti.  MTMlari  ta‘lim-
tarbiya  jarayonida  ulardan  foydalanish  metodikasi  ishlab  chiqilmagani  uchun 
tarbiyachi-pedagoglar  multimedia  vositalarini  multimedia  texnologiyasi  sifatida 
qabul  qilmoqdalar.  Kezi kelganda shuni ham  ta‘kidlab о‗tish kerakki,  multimedia 

54 
 
vositalarini  ishlab  chiqaruvchi  maxsus  muassasadan  tashqari,  har  bir  MTM 
tarbiyachilarining о‗zlari tayyorlashi mumkin bо‗lgan dasturli va rolli multimedia 
vositalarini (DVD-disk) qо‗llash mumkin. 
 DVD  video  diski  multimedianing  texnik  vositasi  sifatida  bir  necha 
afzalliklarga  ega.  Diskdan  foydalanib,  о‗rganiladigan  materialni  bosqichlar 
bо‗yicha  tо‗la,  ba‘zi  hollarda  alohida  elementlarini  kо‗rish  mumkin,  zarur 
bо‗lganda material qayta namoyish etiladi. DVD video  diskda sxemalar, rasmlar, 
grafiklar  ham  joylashtirilgan  bо‗ladi.  Multimedia  texnologiyasining  didaktik 
vositalari ta‘limning didaktik talablariga tо‗la mos keladi [16]. 
MTMlarida  foydalaniladigan  multimediali  ta‘lim  vositalarini    ikki  turga 
bо‗lish mumkin: 
1. Monitor ekranidan tо‗g‗ridan-tо‗g‗ri bilim berishga mо‗ljallangan vositalar 
(elektron  qо‗llanma,  mashg‗ulotlar  ishlanmasi,  kompyuterli  ―ekskursiya  ―, 
kompyuterli ta‘lim о‗yinlari va sh.k.). 
2.  Kо‗rgazmali  qurol  (didaktik  materiallarni  bolalarga  yetkazish  uchun 
mо‗ljallangan vositalar, slaydlar, taqdimotlar, jadvallar va sh.k.).  
MTM bolalari uchun tayyorlanadigan multimedia vositalari ovozli, musiqali, 
harakatlanuvchi, rangli, multifikatsiyali va jozibali bо‗lishi shart.  
Sо‗nggi  yillarda  ta‘lim  muassasalarida  keng  foydalanish  uchun 
Respublikamizda  multimedia  ta‘lim  vositalarini  ishlab  chiqish  yо‗lga  qо‗yilgan. 
Jumladan, shunday ta‘lim manbalari Xalq ta‘limi vazirligi huzuridagi ―Multimedia 
umumta‘lim  dasturlarini  rivojlantirish  markazi‖da  tayyorlanmoqda.  Ikkinchi 
manba,  Internet  ashyolari  hisoblanadi.  Internet  veb-sahifalariga  turli  sohalar 
bо‗yicha,  shu  jumladan,  maktabgacha  ta‘lim  muassasalari  uchun  kо‗plab 
multimedia vositalari joylashtirilgan. Tegishli veb-saytlardan multimedia vositasini 
topib,  ulardan  MTMlarining  ta‘lim  va  tarbiya  jarayonida    foydalanish  maqsadga 
muvofiqdir.  
 Yuqorida  aytilganlarga  qaramay,  Respublika  MTMlarida  foydalanishga 
mо‗ljallangan  tayyor  multimedia  vositalari  yetarli  emas.  Shuning  uchun,  har  bir 
MTMda  tarbiyachining  о‗zi  multimedia  vositalarini  tayyorlashi  va  ta‘lim-tarbiya 

55 
 
jaraënida  foydalanishi  maqsadga  muvofiq.  Quyida  MTMlarida  multimedia 
vositalarining  ba‘zi  turlarini  tayyorlash  va  ta‘lim-tarbiya  jaraënida  foydalanish 
imkoniyatlari ustida tо‗xtalamiz.  
Odatda  multimedia  vositalarini  ikki:  dasturli  va  rolli  usullarda  tayyorlash 
mumkin.  
 1.  Mashg‗ulot  ishlanmasini  tayyorlash.  Mashg‗ulot  ishlanmasi  deganda 
monitor  ekraniga  chiqarib,  tarbiyalanuvchilarga  о‗rgatishga  mо‗ljallangan 
mashg‗ulot  materiali  va  mazmuni  tushuniladi.  Quyida  ekologik  ta‘lim-tarbiyaga 
oid  ―Toza  havo  –  dardga  davo‖  mavzusi  bо‗yicha  mashg‗ulot  ishlanmasini 
tayyorlashni kо‗rib chiqamiz.  
Avval  mashg‗ulot  mavzusi  aniqlanadi,  sо‗ngra  ishlanmani  tayyorlash  uchun 
qо‗yidagicha algoritm tuziladi: ekin maydonini tayyorlash, gul urug‗i sepish, ekish, 
sug‗orish, chopiq qilish (ishlov berish), begona о‗tlardan tozalash, parvarish qilish, 
gullarni о‗sishini kuzatish, gullardan zavqlanish.  
Ishlanma tayyorlash algoritmi:  
1.  Shu lavhalarga oid 15-20 ta fotosuratlar tayyorlanadi (tо‗planadi).  
2.  Ushbu  fotosuratlar  skaner  yordamida  fayl  sifatida  saqlanadi  va  
kompyuter xotirasiga kiritiladi.  
3.  Power  Point  dasturidan  foydalanib,  animatsiya  effektlari  yordamida 
multimediali taqdimot materiallari tayyorlanadi. 
4.  Mikrofon tovush platasiga (adapteriga) ulanadi va tarbiyachi fotosuratlar 
mazmuniga  qarab  mos  holda  ovoz  beradi  hamda  taqdimot  materiallarini  sharhlab 
boradi.  
 Slayd  tayyorlash.  Slayd  tayyorlash  uchun  Rower  Point  dasturidan 
foydalanish mumkin. Microsoft Power Point universal, imkoniyatlari keng bо‗lgan 
kо‗rgazmali amaliy dasturlar qatoriga kiradi. Power Point dasturi yordamida matn, 
rasm,  chizma,  grafiklar,  animatsiya  samaralari,  ovoz,            videorolik  va 
boshqalardan  tashkil  topgan  slaydlar  va  taqdimotlar  yaratiladi,  ya‘ni  multimediali 
ta‘lim vositasi tayyorlanadi.  

56 
 
 Bu  dastur  orqali  barcha  kо‗rgazmali  qurollarni  yaratish,  shuningdek,  ba‘zi 
joylarda  malumotlar  bazasi  sifatida  ham  qо‗llash  mumkin.  Ayrim  hollarda  bu 
dasturdan  multimedia  vositalarini  boshqarish  va  ularni  qо‗llab  namoyish  etuvchi 
qurilmalarga yuborish vazifalarni bajarish mumkin.  
 Slayd  –  ma‘lum  bir  о‗lchamga  ega  bо‗lgan  muloqot  varaqlari  hisoblanadi. 
Unda  biron  maqsad  uchun  yaratilayotgan  va  namoyish  etishga  mо‗ljallangan 
materiallarning  elementlari  joylashadi.  Slaydlar  ketma-ketligidan  iborat  tayyor 
kо‗rgazma yoki mashg‗ulot materialini kompyuter ekranida yoki elektron doskada 
namoyish qilish mumkin.  
 Slayd  tayyorlash  uchun  birinchi  navbatda  Power  Point  dastо‗rini  ishga 
tushirish  kerak.  Buning  uchun,  Windows  ish  stolidagi  quyidagi  buyruqlarni 
bajarish  kerak:  ―PUSK  –  Programmi  –  Microsoft  Power  Point‖.  Bu  buyruqlar 
―Sichqoncha‖ning chap tugmasini bosish orqali amalga oshiriladi.  
Power  Point  ishga  tushirilganda  taqdimot  yaratish  muloqot  oynasi  kо‗rinadi 
va  ushbu  darchadan  ―Pustuyu  prezentatsiyu‖  (Bо‗sh  taqdimot)  bо‗limiga 
―Sichqoncha‖ kо‗rsatgichi olib kelinib, ―OK‖ tugmasi bosiladi, natijada bir nechta 
tayyor slaydlar joylashtirilgan muloqot oynasi ochiladi. Ulardan zarur slaydlardan 
birini tanlab olish mumkin.  
 Yangi slayd yaratish uchun muloqot oynasidagi ―Pustoy slayd‖ (Bо‗sh slayd) 
tanlanadi va ―OK‖ tugmasi bosiladi, sо‗ngra yangi slayd yaratish uchun oynaning 
standart  uskunalar  panelidagi  slayd  yaratish  tugmasi  bosiladi.  ―Slaydni belgilash‖ 
tugmasini  bosish  orqali  slayd  belgisi,  turi,  kо‗rinishlarini  о‗zgartirish  amallari 
bajariladi.  Shu  paneldagi  ―Primenit  oformleniye‖  (Rasmiylashtirish  qо‗llanilsin) 
tugmasini  bosish bilan  slaydlarni bezash  ishlari  о‗zgartiriladi. Matn  yozish  uchun 
ajratilgan maydonga ―Sichqoncha‖ kо‗rsatgichi olib kelib bosiladi va kursor paydo 
bо‗lgandan sо‗ng matn tugmalar orqali kiritaladi.  
 Mashg‗ulot  modeliga  kiruvchilardan  biri  –    kompyuterli  ta‘lim  о‗yinlarini 
dasturlari  kompyuter  xotirasiga  kiritiladi.  Masalan,  Macromedia  Flash  dasturi  
asosida tayyorlangan ―Shakllarni ustma-ust qо‗yish‖ о‗yini.  

57 
 
Taqdimot  tayyorlash.  Taqdimot  yaratilayotgan  slaydlar  turkumi  va  uni 
namoyish  etish  uchun  beriladigan  fayl  nomi,  kompyuter  xotirasidagi  tayyor 
taqdimotlardan  foydalanish  uchun  muloqot  oynasidagi  ―Master  avtosoderjaniye‖ 
(avtomazmun  ustasi)  bо‗limi  ochiladi.  Unda  –  mashg‗ulot  о‗tkazuvchining  ismi, 
familiyasi,  mavzu  nomi,  taqdimot  turi,  uslubi,  rangi,  chizmasi,  slaydlar  soni 
beriladi.  
―Pustuyu  prezentatsiyu‖  dan  foydalanib,  mustaqil  ravishda  taqdimot  tuzish 
mumkin. Buning uchun, yuqoridagi usulda bir mavzuga tegishli bir nechta slaydlar 
tayyorlanadi va ular bir turkumga birlashtiriladi.  
Rolli usul. Ushbu usulda  video kamera, CD ROM yoki DVD ROM  disklar 
yordamida  о‗yin  kompakt  disklarda  tayyorlanadi  va  disk  yurituvchidan 
foydalanilib, namoyish etiladi.  Rolli usul [6] adabiyotda tо‗la yoritilgan.  
 MTM bolalarining kompyuter savodxonligini shakllantirish. MTMlarida 
multimediali  kompyuterli  ta‘limni  amalga  oshirishning  asosiy  talablaridan  biri  – 
bolalarning  kompyuter  savodxonligini  shakllantirish  va  ularni  kompyuterda 
mustaqil  ishlashini  ta‘minlashdan  iborat.  Shuning  uchun,  tarbiyachi  (pedagog) 
ushbu muammoga alohida e‘tibor qaratishi lozim. 
Kompyuterning tuzilishi va undan foydalanish kо‗pgina adabiyotlarda bayon 
etilgan  [6,9,29,38,37].  MTMlari  tarbiyalanuvchilariga  kompyuterning  tuzilishini 
va undan foydalanishni juda sodda shaklda bayon etish maqsadga muvofiqdir.  
 Maktabgacha ta‘lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida elementar kompyuter 
savodxonlikni  shakllantirish  dolzarb  vazifadir.  Uning  dolzarbligi:  birinchidan,  
―Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi‖da  maktabgacha  ta‘lim  muassasalarini 
zamonaviy 
texnik 
vositalar 
bilan 
ta‘minlash, 
kompyuterlashtirish, 
tarbiyalanuvchilarga 
kompyuter 
savodxonlikni 
shakllantirish 
vazifasini 
qо‗yilganligi;  ikkinchidan,  hozirgi  kunda  jamiyatni  shu  jumladan,  barcha 
maktabgacha  ta‘lim  muassasalarini    kompyuter  texnikasi  bilan  ta‘minlanishi; 
uchinchidan,  multimedia  texnologiyasining  asosiy  vositasisiz  maktabgacha  ta‘lim 
muassasalarida ushbu vazifani amalga oshirib bо‗lmasligi bilan belgilanadi. 

58 
 
 MTM  tarbiyachi  (pedagog)larining  kompyuter  savodxonligi  oliy  о‗quv 
yurtlarida  ―Informatika  va  axborot  texnologiyalari‖  fanini  о‗rganish  jarayonida 
shakllantiriladi.  MTMdagi  ish  faoliyati  davrida  esa,  masofali  ta‘lim  tizimidagi 
maxsus  kurslarga  yozilish  [5],  viloyat  va  shahar  miqyosidagi  kompyuterlarni 
о‗rgatishga qaratilgan maxsus seminarlarda, malaka oshirish kurslarida qatnashish, 
nihoyat,  mustaqil  о‗rganish  yо‗li  bilan  amalga  oshiriladi.  Eng  muhimi  va  zaruri 
tarbiyalanuvchi  (bola)larning  kompyuter  savodxonligini  shakllantirish  va  undan 
foydalanish metodikasini ishlab chiqishdan iborat [29]. 
MTM 
tarbiyalanuvchilarida 
elementar 
kompyuter 
savodxonlikni 
shakllantirishda 
turli 
usullar(masalan, 
analogiya 
va 
modellashtirish)dan 
foydalanish  mumkin.  Bu  usullardan  foydalanilganda  kompyuterning  tashqi 
qurilmalarini  о‗rganish  va  ulardan  foydalanib  amaliy  ishlarni  bajarish  oson 
kechadi.  О‗rganish  jarayoni  esa,  bosqichma-bosqich  amalga  oshirilib,  dastlab 
oddiy  elementlardan  boshlanadi,  sо‗ngra  murakkablariga  о‗tiladi.  Analogiya  – 
kompyuterni televizor bilan taqqoslash asosida olib boriladi (hozirgi davrda barcha 
MTMlarida va har bir oilada televizorlar mavjud).  
  Tashqi о‘xshashlik:  
1.  Tarbiyalanuvchilarga  kompyuterda  televizor  ekraniga  о‗xshash  ekran 
borligi ta‘kidlanadi.  
2.  Televizor  ham,  kompyuter  ham  ishlatish  oldidan  elektr  tarmog‗iga 
ulanadi (tarbiyachi yoki pedagog bir vaqtning о‗zida kо‗rsatib boradi).  
3.  Televizor  antenna  yordamida  telemarkazdan  yuborilayotgan  tasvirlarni 
(ma‘lumotlarni)  qabul  qiladi.  Kompyuter  esa,  uning  xotirasiga  kirgiziladigan 
ma‘lumotlar va axborotlarni qabul qiladi. 
4.  Televizor  maxsus  pultlar  orqali  boshqariladi  (kanallar  va  tovush 
о‗zgartiriladi).  Kompyuter  esa,  maxsus  tugmachalar  va  ―Sichqoncha‖  orqali 
boshqariladi. Bularni ham tarbiyachi bir vaqtning о‗zida kо‗rsatib boradi. 
5.  Televizorda  DVD  qurilmasi  yordamida  kompakt  disklardagi  tasvirlarni 
qayta  kо‗rsatish  mumkin.  Kompyuterda  esa,  kompakt  disklardan  tashqari,  uning 
xotirasiga kiritilgan tasvirlarni qayta kо‗rsatish mumkin. 

59 
 
6.  Televizorda  yozuv  ishlarini  bajarib  bо‗lmaydi,  kompyuterda  esa, 
klaviatura  yordamida  yozuvlarni  yozish  mumkin  (tarbiyalanuvchilarga  klaviatura 
qurilmasi  kо‗rsatiladi).  Printer  qurilmasi  esa,  yozuvlarni  chop  etib  beradi  (printer 
qurilmasi  ham  kо‗rsatiladi).  Televizor  ekranida  markaz  yuborayotgan  turli  xil 
о‗yinlarni  (masalan,  stadiondan  futbol  о‗yinini)  kо‗rish  mumkin.  Kompyuter 
monitorida esa, uning xotirasiga kiritilgan dasturdagi  va Internetdan olingan turli 
xil о‗yinlar kо‗rsatiladi (tarbiyachi biror-bir kompyuter о‗yinini namoyish etadi). 
A.  Tarbiyachi  kompyuterning  afzalliklarini  kо‗rsatadigan  yana  bir  nechta 
taqqoslashlar keltiradi. Jumladan: 
1.  Tarbiyalanuvchining  daftariga  chizgan  rasmi  harakatlanmaydi  (statik 
holat). Kompyuter xotirasidagi rasm harakatlanib turishi mumkin (animatsiya). 
2.  Tarbiyalanuvchi  daftariga  15-20  ta  rasm  chizganda  daftari  tо‗lib  qoladi. 
Kompyuter esa, minglab rasmlarni xotirasida saqlashi mumkin.  
3.  Tarbiyachi  ―A‖  harfini  doskaga  yozib  kо‗rsatadi  va  ma‘lum  vaqtdan 
keyin  u  о‗chirib  tashlanadi.  Kompyuterga  kiritilgan  ―A‖  harfi  uning  xotirasida 
uzoq vaqt saqlanib turadi va istalgan vaqtda ochib kо‗rsatilishi mumkin. 
4.  Tarbiyalanuvchi  geometrik  shakllar  –  uchburchak,  tо‗rtburchak, 
kо‗pburchaklarni chizish uchun kо‗p vaqt sarflaydi, kompyuterda bu jarayon qisqa 
vaqtda va oson  bajariladi. 
B.  MTM  tarbiyalanuvchilarining  yoshiga  mos  kompyuter  qurilmalari  bilan 
tanishish  va  ishlash  algoritmi  beriladi  hamda  ishlash  jarayoni  о‗rgatiladi. 
Jumladan, kompyuterda ishni boshlash uchun:  
a) dastlab u elektr tarmog‗iga ulanadi;  
b) о‗zini-о‗zi tekshirish amali bajariladi;  
v) operatsion tizim yuklanib, maxsus belgi kiritiladi va viruslar 
   ta‘siri tekshiriladi;  
g) ―Sichqoncha‖ yordamida kompyuterda belgilangan vazifalar  
   bajariladi; 
d) belgilangan vazifalar bajarilib bо‗lingach, yuklangan dasturlarning ishlashi 
tо‗xtatiladi, kо‗rsatuv oynasi va boshqaruv qismi о‗chiriladi; 

60 
 
ye) kompyuter elektr tarmog‗idan uziladi.  
 Yuqoridagilar  MTM  tarbiyalanuvchilari  uchun  о‗rgatilishi  kerak  bо‗lgan 
minimal  elementar  bilimlardir  (yosh  bolalarga  kompyuterning  ichki  tuzilishi 
о‗rgatilmaydi).  
V.  Ma‘lumki,  MTMlarining  tarbiyalanuvchilarida  elementar  kompyuter 
savodxonlikni  shakllantirish  deganda,  yuqoridagilardan  tashqari,  ularning  amaliy 
faoliyati  va  kompyuterda  ta‘lim-tarbiya  jarayonini  amalga  oshirishda  amaliy 
malakalarini  shakllantirish  kо‗zda  tо‗tilgan.  Tabiiyki,  ta‘lim-tarbiya  jarayonini 
amalga 
oshirishda 
tarbiyalanuvchilar 
birdaniga 
klaviaturadan 
yoki 
―Sichqoncha‖dan  foydalana  olmaydilar.  Buning  uchun,  ular    dastlab  о‗z 
malakalarini  oshirishlari  kerak.  Tarbiyalanuvchilarning  malaka  oshirishlari 
quyidagicha amalga oshiriladi: 
 MTM sharoitida klaviaturaning kattalashtirilgan modeli va ―Sichqoncha‖ning 
о‗ziga  о‗xshash  modeli  tayyorlanadi.  Tarbiyachi  dastavval  tarbiyalanuvchilarni 
klaviatura  modelida  mashq  qildiradi.  Jumladan,  ularni  harflarni  va  kompyuterni 
boshqarishga  tegishli  tugmachalarni  birin-ketin  barmoqlari  bilan  bostirib  chiqadi 
va  tushuntirib  boradi.  Sо‗ngra  tarbiyalanuvchilar  ―Sichqoncha‖  modeli  bilan 
mashq qiladilar. 
 Bunda  ―Sichqoncha‖  modeliga  ulangan  kо‗rsatgichlar  kompyuter  ekraniga 
о‗xshash va vertikal joylashtirilgan taxtaning tarbiyachi belgilab bergan nuqtasiga 
olib  boradi.  Shundan  keyin,  tarbiyalanuvchilar  tarbiyachi  yoki  pedagog  nazorati 
ostida  haqiqiy  klaviaturada  va  ―Sichqoncha‖  bilan  ishlashga  о‗tadilar.  Dastlab 
klaviaturada  biron-bir  harfni,  masalan,  ―A‖  harfiga  mos  tugmachani  bosib,  uni 
kompyuter ekranida hosil qilish bо‗yicha mashq bajaradilar va ekrandagi harflarni 
printerdan chiqaradilar. 
Tarbiyalanuvchilarning  kompyuter  savodxonligini  shakllantiri-lishdan  asosiy 
maqsad  ta‘lim-tarbiya  jarayonini  amalga  oshirishda  kompyuterdan  foydalanishga 
qaratilgani  sababli,  tarbiyachi  о‗zining  nazorati  ostida  ―Sichqoncha‖  yordamida 
turli  ta‘lim  о‗yinlarini,  matematik  amallarni,  ekologik  topshiriqlarni  va  shularga 
о‗xshash  vazifalarni  bajartirishga  о‗tadi.  Tarbiyalanuvchilar  ―Sichqoncha‖dan 

61 
 
foydalanish  bо‗yicha  tо‗la  amaliy  malaka  va  kо‗nikma  hosil  qilganlaridan  sо‗ng 
mustaqil  ish  bajara  boshlaydilar.  Bu  holda  ham  tarbiyachi  ularning  ishini  doimiy 
kuzatib turadi. 
D.  MTM  tarbiyalanuvchilarida  kompyuter  savodxonligini  shakllanti-rishning 
yana bir qulay tomoni shundan iboratki, multimedia texnologiyasidan foydalanish 
jarayonida  tarbiyalanuvchilarning  bilimini  baholash  ham  kompyuter  xotirasiga 
kiritilgan  test  savollari,  rasmlar,  о‗yinlar,  mashqlar,  taqdimotlar  orqali  amalga 
oshiriladi.  Bu  holda  tarbiyalanuvchilar  berilgan  savollarga  tо‗g‗ri  javob  topishlari 
shart.  MTMlarida  masofali  ta‘lim  texnologiyasidan  foydalanish  jarayonida  ham 
kompyuterdan  foydalanish  qо‗l  keladi.  Internetdan  foydalanish  tarbiyachining 
bevosita nazorati va kо‗rsatmasi asosida о‗tkaziladi.  
 Kompyuterni  televizorga  taqqoslash  jarayonida  tarbiyalanuvchilarga  DVD 
qurilmasi, uning pulti va undan foydalanish kompyuter bilan ta‘minlanmagan ba‘zi 
bir 
MTMlaridagi 
tarbiyachi-pedagoglarga 
multimedia 
texnologiyasidan 
foydalanishda 
qо‗l  keladi,  ya‘ni  ta‘lim  muassasasi  kompyuter  bilan 
ta‘minlangunga qadar vaqtinchalik ta‘lim-tarbiya jarayonida televizor va DVDdan 
foydalanib turiladi. Buning uchun, u yoki bu yо‗nalish bо‗yicha ta‘lim materialiga 
tegishli kompakt disk tayyorlash kifoY. 
Kompyuterli  mashg‗ulotlar  an‘anaviy  mashg‗ulotlarga  nisbatan  qiziqarli 
о‗tadi,  hatto  passiv  bо‗lgan  tarbiyalanuvchilar  ham  kompyuterli  mashg‗ulotlarda 
faol 
qatnashadilar. 
Masalan, 
―Turnacha‖  MTMidagi  faol  bо‗lmagan 
tarbiyalanuvchilar,  kompyuterda  о‗rganiladigan  о‗yinni  kuzatib,  tarbiyachiga  bu 
tо‗g‗rida  savol  bera  boshladilar.  Bu  esa,  faol  bо‗lmagan  tarbiyalanuvchilarning 
о‗rganiladigan material (о‗yin)ga qiziqishlari oshganini bildiradi.  
Bolalarga elementar matematik bilimlarni berish 
 MTM 
tarbiyalanuvchilarida 
elementar 
matematik 
tushunchalarni 
shakllantirish  borasida  taniqli  matematiklar  ilmiy  asoslangan  metodik  tizimlar 
yaratganlar.  Bunday  olimlar  qatoriga  I.A.Markushevich,  S.I.Shvarsburd, 
B.V.Gnedenko  va  boshqa  olimlarni  kiritish  mumkin.  I.A.Markushevich 
tarbiyalanuvchilarning  kо‗nikmalari  bо‗yicha  metodologik  dastur  beradi, 

62 
 
S.I.Shvarsburd bir necha komponentlarga ajratgan holda matematik tushunchalarni 
shakllantirish  metodikasini  beradi.  B.V.Gnedenko  о‗z  ishlarida  matematik 
qobiliyatlarning  ikki  xil:  ―Oddiy,  о‗rta  qobiliyat‖  va  ―о‗rtadan  yuqori  bо‗lgan 
qobiliyat‖  kabi  darajalarini  ajratib  kо‗rsatadi,  shuningdek,  matematikani 
о‗rgatishda tarbiyaviy choralarning qator omillarini kiritadi [44]. 
 MTMlarining  tarbiyalanuvchilarida  elementar  matematik  tushuncha-larni 
shakllantirish  masalasi  bо‗yicha  A.A.Stolyar  [11],  A.V.Beloshistaya  [19], 
Z.I.Kalmikova [54]  va boshqalar ham ilmiy-tadqiqot olib borishgan.  
Bu  borada  Respublikamiz  olimlari  va  metodistlari  ham  bir  qator  metodik 
qо‗llanmalar  chop  ettirgan.  Masalan,  M.YE.Jumayev  ―Bolalarda  matematik 
tushunchalarni  rivojlantirish  nazariyasi  va  metodikasi‖[44],  N.U.Bikbayeva  va 
boshqalar,  ―Maktabgacha  tarbiya  yoshidagi  bolalarda  matematik  tasavvurlarni 
rivojlantirish‖ [18] kabi qо‗llanmalarida bolalarda matematik bilimlarni an‘anaviy 
usulda  shakllantirish  masalalari  yoritib  berilgan.  Z.A.Raxmonqulova  va 
N.Qurbonovalar  matematik  tasavvurlarni  shakllantirish  bо‗yicha  mashg‗ulotlar 
ishlanmasini tavsiya etganlar [90]. 
N.U.Bikbayevaning qо‗llanmasida 6-7  yoshli bolalarga elementar  matematik 
tushuncha  berish  bо‗yicha  dastavval  о‗rgatish  metodini,  sо‗ngra  72  soatga 
mо‗ljallangan  mashg‗ulotlarning  ishlanmasini  bergan.  M.YE.Jumayevning 
qо‗llanmasida,  asosan,  bolalarda  matematik  tushunchalarni  rivojlantirish-ning 
metodikasi va mashg‗ulotlardan namunalar berilgan. 
Tayyorlov guruhi о‗quv dasturida geometrik shakllar kо‗rinishini о‗zgartirish, 
bir  xil  shakllardan  boshqa  xil  shakllar  tuzish  nazarda  tо‗tilgan.  Tarbiyachi 
bolalarga  о‗z  ixtiyorlaridagi  shakllarni  olishni,  ularni  shakl  bо‗yicha  taqsimlab, 
qanday  atalishini  va  qanday  kattalikda  ekanini  aytishni  taklif  qiladi,  sо‗ngra 
qandaydir  ikki  ëki  uchta  shakl  olib,  ularni  birlashtirish  yо‗li  bilan  yangi  shakl 
tuzish  mumkinligini  о‗ylab  kо‗rish  topshiriladi.  Bolalar  shakllarni  tuzganidan 
keyin, qanday shakllar hosil bо‗lganini gapirib berish taklif qilinadi. 
MTMlarida multimedia texnologiyasi asosida tarbiyalanuvchilarga elementar 
matematik  bilim  berishda  analogiya  usulidan  foydalanish  samarali  natija  beradi. 

63 
 
Ayniqsa  sonlar,  buyumlar,  obyektlar,  masofalarning  katta-kichikligi,  past-
balandligi,  qisqa-uzunligi,  kо‗p-kamligi  va  hokazolarni  о‗rganishda  qо‗l  keladi. 
Qо‗yida analogiya metodidan foydalanilgan bir nechta misol keltiramiz. 
Monitor  ekraniga  uchta  qizil  rangli  va  ikkita  kо‗k  rangli  shar  chiqariladi. 
Tarbiyachi  bolalardan  ekranda  nimalarni  kо‗rayapsiz  deb  sо‗raydi.  Bolalar 
―sharlarni‖,  -  deb  javob  beradilar.  Tarbiyachi  yana  savol  beradi.  Qizil  ranglilari 
nechta, kо‗k ranglilar nechta deb sо‗raydi. 
Bolalar  sanab  chiqib,  ―qizil  ranglilari  uchta  (3)‖,  ―kо‗k  ranglilari  ikkita  (2)‖ 
deb javob beradi. Tarbiyachi yana savol beradi. Qaysi ranglilari kо‗p va nechtaga? 
Bolalar,  ―qizil  ranglilar  kо‗k  ranglilarga  qaraganda  bitta  ortiq  (kо‗p)‖  deb  javob 
beradilar. 
Tarbiyachi katta va kichik belgilari tо‗g‗risida tushuncha beradi va ekranga > 
-  katta,  <  -  kichik  belgisini  chiqaradi.  Yuqoridagi  aytilganlarni  ―Sichqoncha‖ 
yordamida 3 > 2 shaklida yozib kо‗rsatadi. 
 Shundan  keyin,  tarbiyalanuvchilardan  tenglik  belgisi  bо‗lishi  uchun  nima 
qilish kerak deb sо‗raydi. Tarbiyalanuvchilar ikkita kо‗k sharlarga, yana bitta kо‗k 
shar  qо‗shish  kerak  deydi  va  shunda  qizil  sharlar  bilan  kо‗k  sharlar  teng  bо‗ladi. 
Tarbiyachi buni ekranda 3=3 shaklida yozib kо‗rsatadi. Sо‗ngra  tarbiyachi har uch 
nafar  tarbiyalanuvchiga  navbatma-navbat  kо‗rsatilgan  vazifalarni  mustaqil 
bajarishni topshiradi. 
Quyida  multimedia  texnologiyasi  (kompyuterli  ta‘lim)ga  asoslan-gan 
elementar matematik bilim berish bо‗yicha bir necha namunaviy  mashg‗u-lotlarni 
qо‗rib chiqamiz. 
Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish