Pedagogik
jixatlari.
Pedagogika
nuqtai
iazaridan,
multimedia
28
texnologiyasining MTMlari ta‘lim-tarbiya jarayoniga tatbigi, ularga kompyuter
asosida yangicha texnologik yondashuv xisoblanadi. Shuning uchun, multimediali
kompyuter texnologiyasining о‗ziga xos belgilari, xususiyatlari va tamoyillari
mavjud: asosiy belgilari - texnik vositalardan foydalanish, tarbiyalanuvchilarning
bilimini aniqlash mezonlarini ishlab chikish, ta‘lim samaradorligini oshirish, monitor
ekraniga karab va undagi materiallar dan foydalanib bilim olishdan iborat.
Multimediali kompyuter texnologiyasidan ta‘lim-tarbiya jarayonida foydalanish bir
vaqtning о‗zida bolalarning kompyuter savodxonligini shakllanishiga ham olib
keladi.
Masalan, an‘anaviy ta‘lim texnologiyasida kompyuter faqat texnik vosita
sifatida karaladi, multimediali kompyuter texnologiyasida esa u kо‗rgazmali
vositadan tashkari ―ta‘lim manbai‖ sifatida mujassamlanadi, ya‘ni о‗rganiladigan
material oldindan kompyuter xotirasiga kiritilgan bо‗ladi. Ushbu material
tarbiyachining an‘anaviy metod bilan mashgulot о‗tkazish bо‗yicha tuzgan
ishlanmasiga uxshaydi.
MTM tarbiyalanuvchilari monitor ekranida namoyish etiladigan materiallarni
о‗rgana borsalar va kompioterdan foydalanish bо‗yicha yetarlicha kunikma xosil
qilsalar, maktabda boshlag‗ich sinfda informatika fanini о‗rganishga, kelajakda esa
litsey yoki oliy о‗quv yurtida kompyuterdan foydalana olish malakasiga tulik ega
bо‗ladilar. Shu bilan birga, tarbiyalanuvchilarning kompyuterdan foydalanish
jarayonida mantikiy tafakkurlari rivojlanadi, bilim olishga xavaslari va ishtiyoklari
ortadi, dunyokarashlari shakllanadi.
Psixologik jixatlari. Bolalarning yoshini va fikrlash darajasini, ta‘lim
materialini xotirasida saklash imkoniyatini xisobga olish, kompyuter bilan
ishlaganda kо‗z tolikishining oldini olish, bolalarning xotirasini rivojlantirish,
diqqatini barkarorlashtirish, ta‘lim materiallariga qiziqishini orttirish, xis-xayajonli
xissiyot uyg‗otish, kompyuterda ishlash kobiliyatini ustirish kabilar ham multimedia
texnologiyasini ta‘limda kullanishning psixologik jixatlarini tashkil etadi [92].
Monitor ekranida tasvirni kо‗rganda hamda tovushni eshitayotganda bola miyasining
ikkala yarim shari bir vakgda ishlaydi va obyekt obrazi bir vaqtda kabul kilib olinadi.
29
Animatsiyali ma‘lumotlarning insonga ta‘siri katta bulib, undan MTMlari
ta‘lim-tarbiya jarayonida foydalanish bolalar diqqatini kuprok jalb qilish
xususiyatiga ega. Multimediali ta‘lim bir vaqtning о‗zida ham kurish. ham eshitish
orqali bil im olish uchun samarali ekanligi xayotiy tajribada allakachon isbotlangan.
Zero, xalkimizda ―yuz marta eshitgandan, bir marta kо‗rgan yaxshi‖ degan makol
bor. Psixologiyada ham bir vaqtning о‗zida bolaning ham kurish, ham eshitish
organlaridan foydalanish orqali bilim berish, ular tomonidan materiallarni
о‗zlashtirishning yukori bulishi uchun kafolatli ekanligi ta‘kidlanadi. Bu borada
akademik S.S.Gulomov va boshkalar quyidagilarni ta‘kidlaydi: ―Agar о‗quvchilar
berilayotgan materiallarni kurish (video) asosida kabul qilsa, axborotning xotirada
saklab kolinishi 25-30 % ga oshadi. Bunga qо‗shimcha sifatida о‗quv material lari
audio, video va grafika kо‗rinishida mujassamlashgan xolda berilsa, materiallarni
xotirada saklab kolish 75 % ga ortadi ‖ [119].
Psixologlarning ta‘kidlashicha, bolalar asbob-uskunalarga, texnik kurilma va
transport vositalarining modellariga, о‗yinchoklarga juda qiziquvchan bо‗ladi. Shu
bilan birgalikda, о‗rganilayotgan о‗quv materialiga bо‗lgan qiziqishlarini ham
orttiradi. Bolalarning' bilim olishlarga ishtiyoklari kuchayadi, fikrlash doiralari
oshadi.
Tamoyillari. Asosiy tamoyili, kafolatlangan yakuniy natija, ta‘limning
maxsuldorligi, tо‗g‗ri va teskari alokaning mavjudligi, ta‘lim maksadining aniq
shakllanishidan iborat. Shuningdek, pedagogik tajriba natijalari multimedia
vositalaridan
MTMlari
ta‘lim-tarbiya jarayonida foydalanishning didaktik
tamoyillari
qatoriga:
dasturlashtirish,
ilmiylik,
moslik,
jadallik,
ta‘lim
maksadlarining о‗zaro boglikligi, kо‗rgazmalilik, tizimiylik, materialning tushunarli
bulishi, faollik va mustakillik, rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi omillari, vosita
(kompioter)ning ixchamligi va umumiyligi (barcha turdagi didaktik vositalarning
о‗rnini bosa olishi) kiradi.
Bundan tashkari, multimediali kompyuter texnologiyasida izchillik, ketma-
ketlik va yoshiga moslik tamoyillari ham amalga oshadi. Ta‘lim materialining
tushunarli bulish tamoyili kompyuter xotirasiga kiritilgan va о‗rganishga taallukli
30
materiallarni monitor ekraniga chiqarish va namoyish etish asosida amalga
oshiriladi. Tarbiyachi bolaga ta‘lim berish jarayonida о‗quv materialining tushunarli
bulish tamoyiliga aloxida e‘tibor berishi kerak. Tanlangan о‗quv materiali murakkab
bо‗lmasligi, tarbiyalanuvchilarga tushunarli bulishi lozim.
О„ziga xos xususiyatlari. Tarbiyalanuvchilarning faolligini oshirishda,
о‗rganiladigan о‗quv materiallarining xajmini kupaytirishda, ta‘lim jarayonini
oldindan loyixalashda, natijani kafolatlashda, ta‘lim shaklini kulaylashtirishda,
shuningdek, ta‘lim mazmunida, tuzilishida, metodlari va shakllarida namoyon
bо‗ladi. Tarbiyalanuvchilar olgan bilimlarni xotiralarida uzoq vaqt saklash
imkoniyati yaratiladi. Bolalarning о‗rganiladigan materialga va kompyuterga
qiziqishini orttiradigan о‗ziga xos metod multimediali kompyuter texnologiyasidan
foydalanishdir. Multimedia vositalari tarbiyalanuvchining psixikasini rivojlantirish
va fikrlash kobiliyatini shakllantirishda katta rol о‗ynaydi. Yakingacha bosma nashr
(kitob, risola va sh.k.)lar axborotning asosiy an‘anaviy manbai bulib keldi. Ulardan
foydalanib, bolalarning fikrlash kobiliyati shakllantirildi; multimediali kompyuter
texnologiyasidan foydalanishda esa matn bilan tanishish bilan bir qatorda animatsiya
xususiyatlarini oshirib, bolaning fikrlash saloxiyatini ham shakllantiriladi.
Kompyuterli ta‘limning о‗ziga xos xususiyatlaridan biri kompioterni bolalar
organizmiga salbiy ta‘sir etishidir. Shuning uchun, tarbiyalanuvchilar mashgulot
mobaynida kompioterdan uzluksiz 15 daqiqadan ortiq foydalanmasliklari lozim.
Kompyuterli va an‟anaviy ta‟limiy о„yinlar nazariyasi va pedagogik-
isixologik jixatlari. Ixtiyoriy ta‘lim muassasasida о‗qitish jarayonini boshqarish
bilim berishga ta‘sir etadi. Uni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun pedagogik
tizimlarda muqobil boshqarishni ta‘minlaydigan modellar ishlab chikilmokda.
Bunday modellar qatoriga maxsus о‗qitish texnologiyalarini kiritish mumkin.
V.P.Bespalko [35] pedagogik texnologiyaning quyidagi ta‘rifini beradi: ―Pedagogik
texnologiya - bu avvaldan loyixalashtirilgan о‗quv-tarbiya jarayonini amaliyotga
tizimli singdirishdir. Pedagogik texnologiyalarning boshka uslublardan farqi,
ularning tarbiyalanuvchilarda о‗rganilayotgan materialga nisbatan qiziqish ortirish va
motivatsiyalarining kо‗tarilishi xisobiga samaralirok ta‘lim berishni ta‘minlashidan
31
iborat‖.
Axborot texnologiyalarini katta tezlikda rivojlanishi bilan ta‘lim tizimiga
masofali о‗qitish - Internet tarmogi orqali о‗qitish texnologiyasi kirib kelmokda. Bu
esa, о‗z navbatida ta‘lim tizimiga zamonaviy psixologik-pedagogik uslublarni
kullash uchun keng imkoniyatlar ochib bermokda.
Xozirgi kun ta‘lim tizimida, shu jumladan, MTMlarining ta‘lim- tarbiya
jarayonida ta‘limga oid о‗yinlar va masofali ta‘lim texnologiya- laridan foydalanish
aloxida о‗rin tutayotganligi uchun ushbu masalalarni kengrok о‗rganib chikish
maksad kilib olindi.
A. Ta‘limiy о‗yinlar: vazifalari, xususiyatlari va asosiy turlari. Ta‘limga oid
о‗yinlar ta‘lim berishning zamonaviy psixologik-pedagogik texnologiyasida muhim
о‗rin egallaydi. Ta‘limiy о‗yinlarni о‗tkazish usul sifatida XX-asrning 70-yillarida
keng tarkalgan. Xozirgi vaqtda kullanilish soxasiga mos ravishda ta‘limiy
о‗yinlarning har xil turlari mavjud. Masalan, zobitlarni tayyorlashda harbiy о‗yinlar,
aktyorlar uchun syujet-rolli о‗yinlar, tijoratchilar va raxbarlar uchun maxsus
treninglar mavjud.
Ta‘limga oid о‗yinlar uch asosiy vazifani bajaradi:
•
vositali: aniq bir kunikma va malakalarni shakllantirish;
•gnostik: о‗quvchilar bilimini shakllantirish va fikrlashini rivojlantirish;
•ijtimoiy-psixologik: kommunikativ kunikmalarni rivojlantirish.
Har bir vazifaga о‗yinning aniq bir turi mos keladi: instrumental vazifa о‗yin
mashklarida, gnostik-didaktik, ijtimoiy-psixologik vazifalar esa rolli о‗yinlarda
ifodalanishi mumkin.
Ta‘limiy о‗yinlar samarador bulishi uchun:
•
о‗yin ta‘lim maksadlariga mos bulishi;
•
imitatsion-rolli о‗yinning amaliy pedagogik (psixologik) vaziyatga ta‘sir
etishi;
•
о‗yin qatnashchilarining о‗yin mazmuniga mos keladigan maxsus
psixologik tayyorgarligi;
•
о‗yinda ijodiy elementlardan foydalanish imkoniyatlari;
32
•
tarbiyachi (psixolog) nafaqat raxbar sifatida, balki о‗yin jarayonida
―tо‗g‗rilovchi‖ va maslaxatchi sifatida ham ishtirok etishi kabi talablarga buysunishi
kerak.
Ixtiyoriy ta‘lim berish о‗yini bir necha bosqichdan iborat bulishi mumkin:
1)
о‗yin muxitini yaratish. Bu bosqichda о‗yinning mazmuni va asosiy
vazifasi aniqlanadi, о‗yin qatnashchilarining psixologik tayyorgarligi amalga
oshiriladi;
2)
о‗yin jarayonini tashkil etish. Bu bosqichda о‗yinning qoida va shartlari
qatnashchilarga tushuntiriladi va ular orasida rollar taksimlanadi.
3)
о‗yinni о‗tkazish. Bunda kuyilgan maksad xal qilinadi;
4) yakun yasash. Bu bosqichda qatnashchilarning о‗zlari ham, maxsus
ekspertlar (psixolog, pedagog) tomonidan ham о‗yin borishi va natijalari taxlil
etiladi.
Shuni ta‘kidlash kerakki, ta‘limiy о‗yinlarda faqat oddiy о‗yin uslubidan
foydalanilmaydi. О‗yin jarayonida guruxiy, yakkama-yakka ish, birgalikda
muxokama, test о‗tkazish va sо‗rov, rolli vaziyat yaratishlardan foydalanish
mumkin. Boshkacha kilib aytganda, anketa о‗tkazish, sotsiometriya, ―akliy xujum‖
va boshka uslublarni cheklangan mikdorda birga olib borish va foydalanish
imkoniyatini beradi. Shu bilan birga, о‗yin uslubi pedagogikada kandaydir
maxsuslikka ega. Ta‘lim berish jarayonida о‗yin yordamchi element sifatida kisman
nazariy materialga qо‗shimcha sifatida foydalaniladi va u asosiy uslub sifatida chika
olmaydi.
Ta‘limiy о‗yinlarning uslubi va xueusiyatidan kelib chiqqan xolda, ularni
quyidagi turlarga ajratish mumkin:
•
imitatsion о„yinlar aniq ishlab chiqarish kunikmalarni shakllan- tirishga
muljallangan kasbiy о‗qitishda foydalaniladi. Masalan, ―Impod‖ о‗yinida shartli
tikuv ishlab chiqarishining tashkiliy-iktisodiy faoliyati imitatsiya qilinadi,
shuningdek, maxsulotlarni modellashtirish va tikish bо‗yicha olingan amaliy
kunikmalarni kullaydilar;
•
mazmunli-rolli о„yinlar asosida aniq xayotiy, ishchan yoki boshka vaziyat
33
yotadi. Bunday xolda, о‗yin har bir qatnashchi aniq rolni bajaradigan (о‗ynaydigan)
teagrni eslatadi. Bunday xolda о‗yin mazmunan intellektual faoliyat shaklli ijodiy
о‗yindir, shuning uchun qatnashchilarni tayyorlash va о‗yin ssenariysini ishlab
chikish katta ahamiyatga ega;
•
innovatsion о‗yinlarning boshka о‗yin turlaridan ajralib turadigan farqi,
harakatli tuzilishga ega ekanligi va о‗yinni bir necha о‗qitish-rivojlantiruvchi
―fazolarda, masalan, kompyuter dasturlaridan foydalanib о‗tkazishdir. Innovatsion
о‗yinlar zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan xolda
sifatli bilim olishga karatilgan.
Yuqorida keltirilgan dastlabki о‗yinlar uslub jixatdan farq qilsa, keyingilarida
ajratish tamoyili - aniq vaziyatni boshqarish kunikmasini shakllantirishdan iborat
bо‗lgan maksadning mо‗ljallanishi bilan farqlanadi.
•
tashkiliy-faoliyatli о„yinlar. Bu о‗yinlarda vaziyatni tashxis qilish va
muammoni yechish variantlarini tanlash asosiy maksad kilib kuyiladi. Uslub nuqtai
nazarilan, qatnashchilarning muloqotiga, munosabatiga va guruxiy ishlarning boshka
shakllariga kо‗proq e‘tibor karatiladi;
•
ishchan treninglar. Bu eng samarali о‗yin turidir. Uni modellash- tirish
jarayonida muammoli vaziyat aniqlanadi, о‗yinning maksadi, uni yechish yullari
izlanadi. Ishchanlik о‗yinlari ta‘lim soxasida ham, ishlab chiqarish soxasida ham
qо‗llaniladi. Ishchanlik о‗yinida tarbiyalanuvchilarda muammoning yechimini izlash
mexanizmi
shakllantiriladi
va
mustaxkam-
lanadi.
Bundan
tashkari,
tarbiyalanuvchilar psixologiyasini shakllantirishda ham о‗z ta‘sirini kо‗rsatadi.
Treningning har bir о‗yin yoki psixologik uslubiyoti bosqichi yukori malakali
psixolog-boshlovchining taxlili bilan birga olib boriladi. Bu va boshka
texnologiyalardan foydalanish nazariya va amaliyotni meyor darajada birgalikda olib
borish imkoniyatini beradi.
Natijada, trening tinglovchilar о‗zlari va boshkalarni tо‗g‗ri baxolashga,
boshkalar bilan kundalik xayotda ham, ish jarayonida ham samarali munosabat
о‗rnatishga yordam beradi.
Shunday kilib, ishchanlik о‗yinlarida tarbiyalanuvchilar:
34
•
о‗z fikrini boshkalar fikri bilan takkoslash;
•
о‗z nafsoniyati va imkoniyatlarini, obrusini tо‗g‗ri baxolash;
•
ishchanlik soxasida va shaxslararo munosabatlar nizoli vaziyatlardan chiqib
ketish yо‗lini topish;
•
uzining xulkiy va psixologik karorini anglash.
Ta‘limga oid о‗yinlarining ta‘limdagi о‗rni nixoyatda muhim. Pedagogikada
ular tarbiyalanuvchilarning faolligi, tashabbuskorligi, mustakilligini rivojlantirishga
asoslangan rivojlantiruvchi ta‘limning ajralmas tarkibiy kismidan iboratdir.
Ishchanlik
о‗yinlarining ahamiyati tо‗g‗risida kozonlik pedagog-psixolog
M.I.Maxmutov ushbu texnologiyaning axdmiyati о‗quvchilarning bilish. ijtimoiy va
kasbiy faolligini rivojlantirishdan, ularda ishchanlik о‗yinlarida qatnashish
kunikmalarini shakllantirishdan iborat deb takidlagan edi. Ta‘limiy о‗yinlarni ta‘lim-
tarbiya jarayoniga kullash bо‗yicha olib borilgan tadkikot natijalari ushbu
texnologiya, umuman olganda, ta‘limning samaradorligini kо‗tarish imkoniyatini
berishini kо‗rsatdi. Ta‘limga oid va ishchanlik о‗yinlari psixologik ahamiyat kasb
etadi, kasbiy va shaxsiy sifatlarni rivojlantirishga samarali ta‘sir etadi.
Shuni ta‘kidlash kerakki, ta‘limiy о‗yinlar turli-tumanligi bilan farq qiladi. Bu
о‗yinlar birgalikda о‗tkazilishi ham mumkin. О‗yinlar bir- birini tuldiradi. Masalan,
rolli ishchan о‗yin, innovatsion-imitatsion va boshka xollari bulishi mumkin.
Rivojlantiruvchi о‗yin, faoliyat sifatida bolada bosqichma-bosqich yoshiga
boglik bо‗lgan harakat tо‗rining, о‗xshash fikrlash tarzining rivojlanishini,
kо‗rgazmali-shaklli fikrlashga utishni, tushuncha turidagi nutkiy fikrlashning
shakllanishini ta‘minlaydi. Shuning uchun, bola tomonidan turli an‘anaviy
о‗yinlarning о‗rganilishi kompyuter о‗yinlarini egallash uchun zarur bо‗lgan asosni
yaratadi. MTM bolalarining о‗yinli faoliyatiga kompyuter dasturlarini kiritish, tо‗g‗ri
dasturiy maxsulot tanlash va ulardan tо‗g‗ri foydalanish, kompyuter о‗yinini
bolalarning о‗yinli faoliyatidagi haqiqiy vositasiga aylanatiradi.
Shundagina bolaning о‗yin muxiti yetarlicha boyiydi va kompyuter bolaning
psixikasi va intellektini rivojlantirishning kudratli omiliga aylanadi.
Xozirgi kunda bolalar о‗yinini tashkil etish va о‗yinchoklarni yangi
35
texnologiyalar bilan boyitish, kompyuterli rivojlantiruvchi dasturlarni maktabgacha
ta‘lim muassasalariga joriy qilish bilan boglik bо‗lgan qator muammolar mavjud.
Respublikamiz (Qarshi, Samarkand va Toshkent)da mavjud bolalar bogchalari,
shu jumladan, xususiy bogchalarida faoliyat kо‗rsatayotgan 37 ta maktabgacha
ta‘lim muassasalarining tarbiyachi-pedagoglari orasida ―Maktabgacha ta‘lim
muassasalariga kompyuter texnologiyasini, jumladan multimediali kompyuter
о‗yinlaridan foydalanishni joriy etishda kanday kamchilik va yutuqlarni kurasiz?‖
savoli bо‗yicha о‗tkazilgan anketa natijalarida respondentlarning 67 foizi MTMlarida
multimediali о‗yinlardan foydalanishni ma‘kulladilar (7-ilova).
Pedagogik jixatlari. Kompyuterli didaktik о‗yinlarning pedagogik jixatlaridan
biri ularning ta‘limiyligidir. Tarbiyalanuvchi о‗yin davomida bir vaqtning о‗zida
ham о‗yinda ishtirok etadi, ham ma‘lum bir darajada ta‘lim oladi. Ayrim о‗yinlarda
bilimlar mashklar orqali namoyish qilinadi. Masalan, shakllarni ustma-ust kuyish
о‗yinida, birinchidan, о‗yin vazifasi bо‗yicha bola shakllarni ustma-ust kuyish
natijasida kanday shakl xosil bulishini topsa, ikkinchidan, tarbiyachining topshirigi
bо‗yicha shakllar sonini sanab berishni, shakllar kanday kо‗rinishda ekanligini va
ularning nomlarini aytishni, ranglarni ajratib berish vazifalarini bajaradi (ta‘limiy
jixati). Bundan tashkari, tarbiyalanuvchi ―Sichqoncha"dan foydalanib kompyuterda
ishlash malakasini xosil qiladi va kompyuter savodxonligini oshiradi.
Sxemadan kо‗rinib turibdiki, tarbiyachi dastlab о‗yin obyekta (turi va
yunalishi)ni tanlaydi, sо‗ngra о‗yin qoidalarini, sharglarini va vazifalarini aniqlaydi.
Navbagdagi ish о‗yinning mazmunini va kanday maksadda amalga oshirilishi,
ta‘limiy va rivojlantiruvchi jixatlarini belgilashdan iborat. Shundan keyin, о‗yin
о‗tkazilib, natijalar taxlil etiladi va о‗yin goliblari aniqlanadi. Kompyuterli о‗yinlar
va mashklar asosan tarbiyachining nazorati ostida о‗tkaziladi.
Demak, kompyuter va uning xotirasidagi ta‘limiy о‗yinlar birgalikda,
multimedia texnologiyasi (kompyuterli ta‘lim)ning о‗yinlar bо‗yicha asosiy didaktik
vositasi xisoblanadi. Kompyuter xotirasidagi о‗yinlardan tashkari qо‗shimcha
didaktik о‗yinlar tayyorlash mumkin. Buning uchun maxsus dasturlardan (Power
Point va Macromedia Flash) foydalaniladi.
36
Kompyuterli ta‘limiy va rivojlantiruvchi о‗yinlarning afzalliklari va pedagogik
jixatlaridan yana biri - tarbiyalanuvchilar tomonidan har 15 daqiqadan sо‗ng,
relaksatsiya vaqtini о‗ta, о‗ynalishi lozimligidir. Bolalar kompyuterdan foydalanishni
о‗rganib olganlaridan sо‗ng, bunday о‗yinlardan mustakil ravishda foydalanishlari
mumkin.
Psixologik jixatlari. MTMlarining turli gurux tarbiyalanuvchilari kompyuterni
va kompyuter о‗yinlarini turlicha kabul qilishlari mumkin. Masalan, kichik gurux
tarbiyalanuvchilari shaxsiy kompioterlar va ularning kurilmalarini kimmatbaxo va
katta о‗yinchok deb kabul qilishlari mumkin. Uning ―Sichqoncha‖sini xakikiy
Sichqoncha, monitor ekranini esa televizor ekrani bilan takkoslay oladilar.
Psixologik nukgai nazardan, kompyuter (monitor) ekranidagi multimediali tasvirlar
yosh bolalarda xis-tuyguni shakllantiradi. Yosh bolalar turli xil buyumlarga,
kurilmalar va transport vositalarining modellariga juda qiziquvchan bо‗lganliklari
uchun kompioterning psixologik ga‘siri buyumlarga Karaganda kuchlirok bо‗ladi.
Kompyuter о‗yinlari yosh bolalarga dinamik (jonli) ravishda psixologik ta‘sir
etadi. Didaktik о‗yinlar jarayonida psixik bilish jarayonlarining takomillashuvi yuz
beradi, ya‘ni bolalar buyumlarning soni, katta-kichikligi, shakli, xajmi, ranglarini
idrok qila boshlaydi. Kompyuter о‗yinlarining psixologik ta‘siri ayniksa, passiv
tarbiyalanuvchilarga sezilarli bо‗ladi. Ular birinchi muvaffakiyatli о‗yindan keyin
faollashib topshirikni mustakil bajarishga kirishib ketadilar.
Dastlabki tadkikot natijalari, MTMlarida kompyuter о‗yinlarini oddiydan
bonllash lozimligini, sо‗ngra esa tarbiyalanuvchilarda malaka va qiziqish osha
borishi bilan о‗yinlar murakkablashtirib borilishi zarurligini kо‗rsatdi. Bunda
kobiliyatli bolalar kompioterda mustakil ishlash (о‗ynash) darajasiga erishadilar.
Masalan, ‘‘Svetofor-labirint‖ о‗yini о‗rta gurux bolalariga muljallangan bulib, oddiy
kompyuter о‗yinlari turiga kiradi. Quyonchaning kup tusiklar (ovchi, bо‗ri, daryo,
odamlar va x.k.)ni chetlab, о‗z о‗yiga borishi murakkab kompyuterli labirint о‗yiniga
kiradi.
Kompyuter о‗yinlari tarbiyalanuvchi (bola)larni о‗rganiladigan materialga va
о‗yin mazmuniga diqqatlarini jalb qilishda samarali vosita xisoblanadi.
37
Psixolog N.Boymurodovning [26] ta‘kidlashicha, materialni muvaffakiyatli
о‗zlashtirishda, avvalo, diqqat kuchi belgilanadi, ba‘zi tarbiyalanuvchilarning
urtokdaridan orqada kolib ketishi, ularning akl- idrok yoki xotirasi zaifligidan emas,
balki diqqati bushligidan kelib chikadi. Kompyuter о‗yinlari esa barcha bolalarning
diqqatining о‗ziga turgun jalb qiladi. N.Boymurodov yosh bolalarning idroki
tо‗g‗risida quyidagilarni yozgan: ‘‘Maktabgacha yoshdagi bolaning xayotida о‗yin
xukmronlik qiladi va о‗yin tufayli bolaning idroki ham rivojlanadi, chunki bola
о‗yinga alokasi bо‗lgan buyumga kuprok e‘tibor berib karaydi va о‗z о‗yinida
atrofdagi xayotni aks ettiradi. О‗yin, rasm chizish va shunga о‗xshash mashgulotlar
tufayli bolada kuzata bilish kobiliyati ham rivojlanadi‖ .
Darxakikat, kompyuter о‗yinlarida tarbiyalanuvchilarning idroki va kuzata
bilish kobiliyati rivojlanib, tarakkiy eta boshlaydi. Idrok etishning bir nechta turi
bulib, shulardan harakatni idrok etish turi kompyuter о‗yinlarida ham namoyon
bulib, kuprok jangarilik о‗yinlarida kuzatiladi. Bu xolda kompyuter ekranida uk
(snaryad)ning harakati, nishonga tegishi, portlash jarayonini kurish mumkin.
Avtopoyga о‗yinlari ham idrokning harakat turiga kiradi.
Kompyuterli ta‘limiy va rivojlantiruvchi о‗yinlarda ham idrokning harakat turi
uchratiladi. Masalan, ‘‘shakllarni ustma-ust kuyish‖, ―bush о‗rinni tuldir‖,
―svetoforlabirint‖ о‗yinlarida kompyuter (monitor) ekranida obyektlar harakatlanadi.
Idrok etish jarayonining faol kо‗rinishlaridan biri kuzatishdir. Kompyuterli
о‗yinlarni tarbiyalanuvchilar ekranda kuzatadilar. Ammo о‗yinni bajarish kul
harakati asosida amalga oshiriladi, ya‘ni ―Sichqoncha‖ va klaviaturadan
foydalaniladi.
Yosh bolalar tevarak-atrofga, vokea va xodisalarga, narsa va buyumlarga
qiziquvchan bо‗ladi. Hamma narsani ushlab, paypaslab, yurgizib, harakatga keltirib
kurishni
yoktiradilar.
Kompyuter
о‗yinlari tarbiyalanuvchilarning ushbu
qiziquvchanlik xususiyatini oshiradi. Natijada, ularning akliy rivojlanishi shakllana
boradi.
Multimediali kompyuter о‗yinlari tarbiyalanuvchilarning qiziquv- chanlik
xususiyatini oshirishi quyidagilar asosida nomoyon bо‗ladi:
38
1) Ekranda kо‗rsatiladigan о‗yin obyektiga animatsiya samarasi berilgan bulishi
va ular doimiy ravishda harakatlanib, jilolanib turishida; 2) tovushda; 3) musikada;
4) animatsiyada; 5) multifikatsiyada va sh.k.
О‗yin davomidagi ushbu ―kompyuterli‖ psixologik-pedagogik tasirlar yosh
bolalarning faqat qiziquvchanlik xususiyatini oshiribgina kolmasdan, balki bil im
olishga bо‗lgan ishtiyokini ham oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |