I Q YA T D M G O A L
9- rasm. Harflarni rasmlar ustida joylashtirish
Tarbiyachi ushbu kompyuterli ta‘limiy о‗yinni о‗tkazish uchun ham dastlab
о‗yin maqsadi, tartibi, vazifasini tarbiyalanuvchilarga yetkazadi.
О‗yinning maqsadi: bolalarda bosh harflarni farqlash va «Sichqoncha»dan
foydalanish malakasini hosil qilish.
О‗yin tartibi: Rasmda keltirilgan meva va poliz mahsulotlarining bosh
harflarini topish va rasmlar ustiga bosh harflarni joylashtirish.
Vazifa: о‗yinni kim tezroq bajarish.
G‗olibni aniqlash: о‗yinga navbat bilan uchta tarbiyalanuvchi jalb etiladi, ular
birma–bir kompyuter oldida о‗tirib, о‗yinni bajaradilar. Tarbiyachi har bir
tarbiyalanuvchining о‗yinni tо‗liq bajargan vaqtini aniqlab boradi. Uchtasidan kim
qisqa vaqt mobaynida о‗yinni bajargan bо‗lsa, u g‗olib deb topilib, baholanadi va
rag‗batlantiriladi.
77
О‗yinning borishi: tarbiyachi kompyuterni ishga tushiradi va monitor
ekranida kompyuter xotirasiga kiritilgan olma, anor, tarvо‗z va qovun rasmlarini
hamda ular о‗rtasida joylashgan turli xil bosh harflar aks ettirilgan multimediali
slaydni ekranga chiqaradi.
Tarbiyachi: bolalar ekranda nimalarning rasmlarini kо‗rayapsizlar?
Bolalar: olma, anor, tarvо‗z va qovunni kо‗rayapmiz.
Tarbiyachi: ularning о‗rtasida nimalar joylashtirilgan?
Bolalar: turli xil bosh harflar joylashtirilgan.
Tarbiyachi: endi, rasmlar ustiga olma, anor,tarvо‗z va qovunlarning birinchi
bosh harfini joylashtirish о‗yinini boshlaymiz.
Tarbiyachi: bolalar, vazifa rasmlardagi meva va poliz mahsulotlari ustiga
harflarni joylashtirish. Kim tezroq harflarni rasmlar ustiga joylashtirib chiqsa, u
о‗yin g‗olibi bо‗ladi va ―Sichqoncha‖ bilan ishlashni yana bir marta takrorlaydi.
Sо‗ngra, tarbiyachi Axmadbekka о‗yinni boshlash haqida topshiriq beradi.
Axmadbek: oldin qaysi harflarni qaysi rasmga joylashtirish kerakligini о‗ylab
kо‗radi va O, A, T, Q harflari deydi.
Tarbiyachi: ―Sichqoncha‖dan foydalanishni yana bir marta takrorlaydi va
boshla deb vaqtni belgilaydi. Axmadbekni bajarayotgan ishini boshqa
tarbiyalanuvchilar kuzatib turadilar.
Axmadbek: rasmlar ustida harflarni joylashtirib, mana bajardim deydi.
Tarbiyachi: shu zahoti vaqtni belgilab, Axmadbek vazifani qancha vaqtda
bajarganligini aniqlaydi.
Tarbiyachi: endi navbat Alibekga, uni kompyuter oldiga о‗tkazadi va Alibek
Axmadbek bajargan о‗yinni kо‗rib turding, sen ham shu о‗yinni boshla deydi.
Alibek olma, anor va tarvо‗z va qovunlarni nomini aytib, ularga taalluqli bosh
harflarni joylashtiradi, bu jarayonni boshqa tarbiyalanuvchilar va tarbiyachi
kuzatib turadi. Alibek о‗yinni bajarib bо‗lishi bilan, tarbiyachi vazifa bajarishga
ketgan vaqtni belgilaydi.
Tarbiyachi: о‗yin navbati Valibekga, - deb, kompyuter oldiga Valibek-ni
о‗tkazadi va vaqtni belgilaydi.
78
Tarbiyachi: Valibekni о‗yinni bajarishga safrlagan vaqtni aniqlab, natijani
e‘lon qiladi ( Axmadbek 2 daqiqada, Alibek 2.5 daqiqada, Valibek 3 daqiqada
bajardi) deydi.
Tarbiyachi: Axmadbek о‗yinni tezroq bajargani uchun, о‗yin g‗olibi bо‗ldi,
shuning uchun, u uch ball bilan baholanadi (―a‘lo‖ baho), - deb, kompyuter oldiga
yangi uchta tarbiyalanuvchini taklif etadi va о‗yin shu tariqa davom etadi.
Uchinchi о‗yin. Elementar kompyuterli “Svetafor-labirint” о„yini.
10-rasm. Labirint chizmasi
Labirint chizmasida ikkita parallel shoh kо‗cha berilgan. Ularni bir nechta
kichik kо‗chalar kesib о‗tgan. MTM birinchi shoh kо‗chaning boshida, biror
tarbiyalanuvchining uyi esa ikkinchi shoh kо‗chaning oxirida joylashgan. Shoh va
kichik kо‗chalar, kesishgan joylarda ramziy svetaoforlar о‗rnatilgan(chizmada: ya
–yashil rang, q-qizil rang).
Vazifa: tarbiyalanuvchi yо‗l qoidasiga rioya qilib, MTMdan uyiga borishi
kerak.
О‗yinning mazmuni.
1. О‗yin boshlanishidan oldin tarbiyachi guruhni kompyuter oldiga taklif
etadi va yо‗l qoidasini sodda shaklda (ya‘ni, svetafor chirog‗i qizil yonsa, tо‗xtab
79
turish, sariq yonsa harakatga tayyorlanish va yashil yonsa harakatlanish
kerakligini) tushuntirib beradi.
2. Tarbiyachi kompyuterni ishga tushirib, monitor ekraniga labirint sxemasini
chiqaradi va ekranda nimalarni kо‗rayapsizlar?-deb bolalardan sо‗raydi.
Tarbiyalanuvchilar ―ekranda kо‗chalar va ramziy svetafor chiroqlarining
sxemalarini kо‗rayapmiz‖,- deyishadi.
Tarbiyachi: Svetafor chiroqlari qanday ranglarda bо‗lishi mumkin?
Tarbiyalanuvchilar: qizil, sariq va yashil ranglarda bо‗ladi.
Tarbiyachi: svetafor chirog‗ining qaysi ranglisi yonganda tо‗xtab turish
kerak, qaysinisi yonganda harakat qilish kerak.
Tarbiyalanuvchilar: qizil yonsa tо‗xtash kerak, yashil yonsa harakatlanish
kerak.
Tarbiyachi: endi shu qoidaga asosan MTMdan uylaringizga borish о‗yinini
bajarasiz.
О‗yinni bajarish:
1) ―Sichqoncha‖ kursorini MTMga olib boriladi.
2) kursor kо‗cha bо‗ylab ramziy chiroqlarga (ya,q) mos ravishda
harakatlantiriladi.
3) yо‗l-harakati qoidasiga rioya qilib, MTMdan uyigacha qisqa vaqtda borgan
tarbiyalanuvchi о‗yin g‗olibi hisoblanadi.
Mashg‗ulot oxirida tarbiyalanuvchilardan biri svetafor haqida she‘r aytadi.
Shunday qilib, MTMlarida tarbiyaviy ahamiyatga ega bо‗lgan elementar
kompyuterli svetafor-labirint о‗yinidan foydalanib, bolalarda:
- kompyuter savodxonligini shakllanishi;
- yо‗l qoidalari elementlarini mustahkam egallashi;
- mantiqiy fikrlashni rivojlantirish;
- ranglarni farq qilish malakalariga ega bо‗lish natijalariga erishi-ladi.
80
II bob bо„yicha xulosa
Maktabga
tayyorlov
guruhlarida
multimedia
texnologiyasidan
foydalanishning metodik asoslari yoritib berildi, jumladan, kompyuterli
mashg‗ulotlarning shakllari, mazmuni, metodlari, metodikasi ishlab chiqildi.
Kompyuterli ta‘limning asosiy shakli – mashg‗ulotdan iborat bо‗lib, ular
yangi bilim beruvchi, о‗rganilgan bilimlarni mustahkamlovchi, nazorat qiluvchi –
sinovchi turlarga bо‗linadilar.
Maktabga tayyorlov guruhlari bolalarining yoshlarini hisobga olib, yangi
bilim beruvchi mashg‗ulotlarda kompyuterlardan bevosita dialog metodi asosida
foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Bilimlarni mustahkamlovchi, nazorat qiluvchi-sinovchi, mashg‗ulotlar va
bolalarning bilimlarini test asosida baholash, kompyuter о‗yinlarini amalga
oshirish bilvosita dialog (virtual axborot muhitidagi kompyuter bilan dialog)
asosida bolalar tomonidan mustaqil bajariladi.
Mashg‗ulotlarning davomiyligi 30 daqiqaga mо‗ljallangan bо‗lib, bevosita
dialog asosida yangi materialni о‗rgatish mashg‗uloti о‗tkazilganda, har 15
daqiqali bosqich oralig‗ida 15-20 daqiqali relaksatsiya davri (dam olish bosqichi,
kо‗z gimnastikasini о‗tkazish va h.k.) amalga oshiriladi.
Bolalar kompyuterdan mustaqil foydalangan hollarda (bilvosita dialog) 15
daqiqadan keyingi relaksatsiya davri 5 soatdan bir sutkagacha chо‗ziladi.
Dissertant tomonidan bolalarning bilimlarini baholash tamoyillari va mezoni
ishlab chiqildi. Bolalarning bilimlari test savollari orqali aniqlanib, uch balli
tizimdan foydalanildi. Multime-diali kompyuter mashg‗ulotlarini amalga
oshirishda, tayyor yoki tarbiyachilarning о‗zlari tayyorlagan va Internetdan olingan
multimedia vositalaridan foydalanish tavsiya etildi.
MTMlarda kompyuterli ta‘limni amalga oshirishda bolalarning kompyuter
savodxonligini shakllantirish zarurligi kо‗rsatildi.
81
III bob. Maktabgacha ta‟lim muassasalarida mashg„ulotlar jarayonida
kompyuter slaydlaridan foydalanishning tajriba sinov natijalari
1. Tajriba-sinov ishlariii tashkiliy-tayyorgarlik bosqichlari va о„tkazish
metodikasi
Tajriba-sinov ishlarini о‗tkazish mstodikasi. Tajriba-siiov ishlari
tuzilgan dastur asosida olib borildi. Dasturda tajriba-sinov ishlarining
umumiy tavsifi va mazmuni yoritilgan. Tajriba-sinov ishlari ilmiy-tadqiqot
ishining ilmiy farazini, tadqiqot rejalarini, ishlab chiqilgan mashgulot
о‗tkazish metodikasini asosli va samarali ekanligini tasdiqlashga,
shuningdek, multimediali kompyuterli ta‘lim sharoitida uning mazmuni,
shakli, metodi va multimedia vositalarining о‗zaro boglanishlari oqibatida
mashg‗ulot samaradorligini aniqlash va yangi natijalar olish uchun tashkil
etilgan.
Maqsadi. MTMlarida multimediali kompyuterli ta‘lim jarayonini va
MTM tarbiyalanuvchilari shaxsiii rivojlantirishning samarali pedagogik-
nsixologik shart-sharoitlarni aniqlash va tanlangan MTMlarda sinovdan
о‗tkazishdan iborat. Sinovdan о‗tkazish aniq о‗lchanadigan mezonlar va
kо‗rsatkichlarga asosan amalga oshirildi. О‗tkaziladigan tajriba-sinov
ishlarida yangi natijalar olish tarbiyalanuvchilarni maktabning birinchi
sinfiga ma‘lum bir darajada tayyorgarlik bilan borishlarini ta‘minlashga
qaratildi.
Vazifalari. Tajriba-sinov ishlarining vazifalariga dissertatsiyaning
kirish kismida bayon etilgan ilmiy-tadqikot ishining ilmiy farazini, ishlab
chiqilgan
multimediali
kompyuterli
mashg‗ulotlarning
о‗tkazish
metodikasini, bolalarping kompyuterdan foydalana olish darajasini va
himoyaga tavsiya etilayotgai asosiy holatlarni tajribada sinab kо‗rish orqali
ularning haqqoniylik darajasini aniqlashdan, shuningdek, pedagogik
tajribalardan olingan natijalar asosida MTM tarbiyachi (pedagog)lariga
metodik tavsiyalar berishdai iborag.
82
Tajriba-sinov ishlarining nshchi farazi quyidagicha. Agar: pedagogik
eksperement
о‗tkazish
dasturi
aniq
tuzilsa;
tanlangan
MTM
tarbiyachilariiiig ma‘lumotlari va MTMlarning texnik ta‘minoti talab
darajasida bо‗lsa;
MTMlarda tashkiliy shart-sharoitlar yaratilgan bо‗lsa; о‗tkaziladigan
mashgulotlarni ishchi farazi tо‗la ishlab chikilgan bо‗lsa;
MTMlari multimediali didaktik vositalar bilan ta‘minlangan bо‗lsa;
tarbiyachi
(pedagog)lar
va
tarbiyalanuvchilarning
kompyuter
savodxonliklari shakllantirilgan bо‗lsa;
-
tarbiyachi (pedagog)lar multimediaviy kompyuterli mashgulotlar
bо‗yicha metodik qо‗llanma bilan ta‘minlangan bо‗lsa, u holda tajriba-
sinov ishlari muvaffakiyatli о‗tadi.
Pedagogik
tajriba-sinov
ishlari
davomida
о‗tkaziladigan
mashg‗ulotlarning samarador bо‗lishi monitor ekranida namoyish etiladigan
multimediali ma‘lumotlarni qabul qilish aniqligiga, topshiriqlar tо‗la va
diqqat bilan bajarilishiga, monitor ekranidan olinadigan multimediali ta‘lim
materialiga va bolalarni kompyuterda ishlashga bо‗lgan qiziqishlariga,
monitor ekranida namoyish etiladigan materialni tushunarli bо‗lishiga,
о‗rganiladigan multimediali materiallarni bolalar yoshiga mos tanlanishiga
bog‗liq.
Tajriba-sinov ishlarida namuna tarqasidagi mashg‗ulotlar quyidagi
mavzular bо‗yicha о‗tkaziladi:
-
Bosh A harfini о‗rganish;
-
5 sonigacha kо‗shish va ayirish amallarini о‗rganish;
-
uchburchak, tо‗rtburchak, kvadrat va doira shakllarini о‗rganish;
-
ijobiy ekologik ta‘sirlarni о‗rganish;
-
shakllarni ustma-ust qо‗yish kompyuterli ta‘limiy о‗yinlarini
о‗tkazish.
Tajriba-sinov ishlari dastlab tashkiliy-tayyorgarlik ishlarini,
83
jumladan, reja tuzish, bosqichlarning mazmuni va tajriba obyektlarini
aniqlash, tajriba о‗tkazish, uning natijalarini matematik-statistik tahlil etish
tartibida amalga oshirildi. Quyida shular tо‗grisida sо‗z yuritiladi.
Sinov
maydonlarida
tanlangan
MTMlari
kompyuterlar
bilan
ta‘minlangan bо‗lib, kompyuterli mashgulotlarni amalga oshirishda
sharoitga egadirlar. Ushbu MTMlarda tarbiyachi-pedagoglardan mashg‗ulot
о‗tkazish uchun kompyuter bilan muloqotda bо‗lish (kompyuterda
ishlash)ni bilganlari tanlandi.
Tajriba-sinov ishlarini, jumladan, mashg‗ulotlarni boshlashdan oldin
sinov ishlarining maqsadi tо‗g‗risida tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar bilan
suhbat о‗tkazildi hamda tarbiyachi (pedagog)larga anketa tarqatildi [13].
Tajriba guruhi tarbiyalanuvchilaridan multimediali kompyuterli mashg‗ulot
yoki odatdagi an‘anaviy mashgulotlardan kaysi birlari qiziqarli ekanligi
sо‗rab aniqlanadi. Shuni qayd etish kerakki, tajriba guruhiga boshqa
mavzular odatdagi an‘anaviy usulda о‗tildi.
Nazorat va tajriba guruhlarida bitta mavzu, masalan, ―5 sonigacha
qо‗shish va ayirish amallarini о‗rganish‖ nazorat guruhida-an‘anaviy,
tajriba
guruhlarida
multimediali
kompyuter
usuli
(multimedia
texnologiyasi) asosida о‗tkazildi va ularda tarbiyalanuvchilarning bilim
darajalari aniqlanib solishtirildi.
Mashg‗ulotni shunday tashkil etish kerakki, tarbiyalanuvchi monitor
ekranida kо‗rayotgan materialni faqat tashqi jihatigagina emas, balki uni
tushunib, tasavvur etilishiga erishish lozim. Tarbiyachi buni oldindan
tarbiyalanuvchilarga eslatib kо‗yadi. Tajriba-sinov ishlari davomida
о‗tkaziladigan multimediali kompyuterli mashgulotlarning samaradorligi
tarbiyalanuvchi (bola)larning ta‘lim materialini ikki xil metodika asosidagi
о‗tkazilgan mashg‗ulotlardagi о‗zlashtirish darajalarining farqi orqali
aniqlandi.
Tajriba-sinov ishlarini qayd etish maqsadida tajriba va nazorat
guruhlari tarbiyachi-(pedagog)lariga maxsus nusxadagi qaydnoma berildi.
84
Qaydnomada tarbiyalanuvchilarning olgan baholari kayd etib borildi. Ushbu
baholardan taklif etilgan metodika va an‘anaviy metodika bilan о‗tilgan
mashgulotlar
bо‗yicha olingan natijalarni statistik tahlil etishda
foydalanildi.
Bundan tashqari, tarbiyachi(pedagog)larga kompyuterli mashgulot
tо‗g‗risida ularning fikrlarini aniqlash maqsadida savolnoma-anketalar
tarqatildi. Tajriba guruhlari tarbiyalanuvchilaridan esa qaysi usulda
о‗tkazilgan mashg‗ulot qiziqarli va tushunarli bо‗lishini sо‗rovlar natijasida
aniqlandi.
Shuni ta‘kidlash kerakki, tajriba guruhi tarbiyalanuvchilari 6-8 ta
multimediali kompyuterli mashg‗ulotlarda tegishli materiallarni tajriba
tarikasida о‗rgandilar. Boshqa materiallar esa odatdagi an‘anaviy usulda
о‗rganildi. Shuning uchun ular multimediali kompyuterli usul bilan
odatdagi usullarni farqlay oldilar.
Tajriba-sinov ishlarini boshlashdan oldin, tanlangan MTMlarining
tarbiyachi-pedagoglariga tajriba-sinov ishlarining maksadi va vazifalari
tushungirildi va multimediali kompyuterli mashgulotlar о‗tkazish bо‗yicha
kо‗rsatmalar va uslubiy tavsiyalar berildi. Tajriba-sinov ishlarini о‗tkazish
jarayonida mashgulotlar tajriba va nazorat guruhlarida parallel о‗tkazildi.
Ayrim hollarda esa turli davrlarda о‗tkazildi.
Multimediali
kompyuter
ta‘limida
(multimedia
texnologiyasi)
tarbiyalanuvchilarning bilim darajalari test savollari orqali uch balli tizimda
aniqlandi. Bunda uch ball ―a‘lo‖ bahoni, ikki ball ―yaxshi‖ bahoni, bir ball
―qoniqarli‖ bahoni bildiradi.
Dissertant tomonidan kompyuterli mashg‗ulotlarni amalga oshirish
uchun har bir mashg‗ulotga mos multimedia vositasi ishlab chiqildi va har
bir tajriba maktabgacha ta‘lim muassasasining garbiyachilari multimedia
vositasi bilan ga‘minlandilar, hamda kо‗llash tartibi; ya‘ni multimediali
vositalar komnyuter xotirasiga joylashtirilishi va zarur vaqgda undan
foydalanishi tushuntirildi.
85
Tajriba-sinov ishlariiiig bosqichlari.
Birinchi-tashxis
va
bashorat
qilish
bosqichda
(2012-2013)
tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi. Ilmiy va pedagogik adabiyotlar
о‗rganib chiqildi. Shular qatorida multimediaga tegishli ilmiy tadqik
qilinayotgan ishlar bо‗yicha adabiyotlar о‗rganilib, tahlil etildi, shuningdek
muammo va mavzuni shakllantirish, uning yetakchi g‗oyalari belgilandi
hamda tajriba-sinov ishlarining maqsadi, farazi va vazifalari aniqlandi.
Axborot texnologiyasining mahsuli bо‗lgan multimedia texnologiyasining
shakllanishiga zamin bо‗lgan tashkil etuvchilari izlandi va о‗rganildi.
Ushbu
tashxis
bosqichida
MTMlarining
maktabga
tayyorlov
guruhlarida amalga oshirishga mо‗jallangan va Davlat talablarida
kо‗rsatilgan ta‘lim materiallari bilan tanishib chiqildi. Shu bilan birga
ularni о‗rganish uchun ajratilgan soatlar aniqlandi. Masalan, elementar
matematik bilim berish bо‗yicha yiliga 72 soat, haftasiga 2 soat ajratilgan
[33].
Shuningdek, bolalarga harflarni о‗rgatish, ekologik ta‘lim berish,
kompyuterli ta‘limiy va rivojlantiruvchi о‗yinlarning mazmuni aniqlandi va
gahlil etildi.
Yuqorida qayd etilgan materiallarni taqqoyelash maksadida an‘anaviy
usulda ta‘lim berish metodlari о‗rganib chiqildi.
Ikkinchi - tashkiliy-tayyorgarlik bosqichi (2013-2014) bо‗lib tajriba-
sinov ishlarini amalga oshirish metodikasi, jumladan, samaradorlik
mezonini, tajriba-sinov ishlarini qayd etish usullari ishlab chiqildi. Shu
bilan birga pedagogik jarayon multimediali kompyuter ta‘limiga
asoslangani uchun multimedia vositalarini tayyorlash usullari ishlab
chikildi va dasturli hamda rolli usulda 20 dan ortiq namuna tayyorlandi,
multimedia vositalaridan foydalanib tarbiyalanuvchilarga bilim berish
metodikasi ishlab chiqildi. Tajriba-sinov ishlarining tashkiliy ta‘minoti -
sinov maydonlari va ishgirokchilar tanlandi hamda oraliq tajriba-sinov
nagijalari olindi.
86
Adabiyotlarni
о‗rganish davom ettirildi, maktabga tayyorlov
guruhlarida
mashg‗ulot о‗tkazish metodikasi yaratildi, mashgulot
samaradorligini oshirish bо‗yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
Uchinchi bosqich-amaliy bosqich (2013-2014). Uchinchi bosqich
davomida
tajriba-sinov
maydonlaridagi
rejalashtirilgan
M1Mlarda
maktabga tayyorlov guruhlari uchun tanlangan 5 ta mavzu bо‗yicha
ta‘kidlovchi, shakllantiruvchi va nazorat qiluvchi tajriba-sinov ishlari
о‗tkazildi Tajriba-sinov ishlarini о‗tkazish jarayonida mashg‗ulotlar tajriba
vg nazorat guruhlarida parallel о‗tkazildi. Mashg‗ulot о‗tkazishds
tadqiqotchining rejalari, metodik tavsiyalari, kо‗rsatmalari va chop etilgan
makolalaridan foydalanildi. Ushbu bosqichda о‗tkazilt tajriba-sinov ishlari
multimedia
texnologiyasining
tatbiq
etilipp
natijasida
ta‘lim
samaradorligining oshishini aniqlashga karatildi
Tо‗rginchi bosqich-umumlashtiruvchi (2014) bosqich bо‗lib, tajriba-
sinov ishlari nihoyasiga yetkazilgan davrlarda amalga oshirildi va tajriba-
sinov ishlari asosida olingan natijalar tahlil etilib, ularga magematik-
statistik ishlov berildi va umumlanggirib multimedia texnologiyasini tatbik
etish bо‗yicha ma‘lum bir xulosaga kelindi.
2. Pedagogik tajriba - sinov ishlariiing natijalari va ularning statistik
tahlili
Ushbu MTMlarida jami 2 ta tajriba-sinov guruhi va 2 ta nazorat
guruhlari tanlab olindi. Tajriba guruhlarida muallif taklif etgan metodika
(mul‘timediali kompyuterli ta‘lim) bо‗yicha, nazorag guruhlarida esa
an‘anaviy (izohli — kо‗rgazmali ta‘lim) metodika bо‗yicha mashg‗ulot olib
borildi.
Shunga
kо‗ra,
tanlangan
MTMlaridagi
tajriba
guruhlarida
mashg‗ulotlarni kompyuter bilan mulokog qilishni bilgan tarbiyachi
(pedagog)lar, nazorat guruhlarida an‘anaviy usul bilan mashg‗ulot
о‗tkazuvchi tarbiyachilar qatnashdi.
87
8-ilovada keltirilgan taqvim reja bо‗yicha tanlab о‗tkazilgan
mashg‗ulotlar soni jami 5 ta bо‗lib, shundan ilk matematik tasavvurlarni
shakllantirish bо‗yicha 2 ta, savodga tayyorgarlik yо‗nalishi bо‗yicha 1 ga,
ekologik ta‘lim-tarbiya (tabiat bilan tanishtirish doirasida) yо‗nalishi
bо‗yicha 1 ta va kompyuterli ta‘limiy о‗yinlar bо‗yicha 1 ta mashg‗ulot
о‗tkazildi [69,32,106].
Mashg‗uloglarning samaradorligini aniqlashga qaratilgan tajriba- sinov
ishlarining asosiy mezonlari, birinchi navbatda, tajriba va nazorat guruhlari
tarbiyalanuvchilari tomonidan о‗rganiladigan materialni о‗zlashtirish
darajalari
bilan
harakterlandi.
Bundan
tashqari,
mashg‗ulotlarning
samaradorligini
oshirish
va
bolalarning
kompyuter
savodxonligini
shakllantirish
darajalari
ham
asosiy
mezonlarga
kirdi.
Tarbiyalanuvchilarning bilimlarini baholash [27] keltirilgan mezonlar
asosida aniqlandi.
Bolalarning о‗zlashtirish darajasini aniqlash, tajriba-sinov ishlarini
о‗tkazishga doir masalalar, ulardan olingan nagijalarni matematik tahlil
qilish kо‗pgina adabiyotlarda bayop etilgan. Tajriba-sinov ishlarida
yuqorida kayd etilgan MTM larning maktabga tayyorlov guruhlaridan jami
130 nafar tarbiyalanuvchi tanlandi. Bulardan 65 nafari nazorat guruhi
garbiyalanuvchisi, 65 nafari tajriba guruhi tarbiyalanuvchisidir. 130 nafar
tarbiyalanuvchilarning har biri sinovda ishtirok etganligi sababli mos
baholar soni ham 130 ni tashkil etdi.
Birinchi tajriba-sinov ishlari ―5 sonigacha qо‗shish va ayirish
amallarini о‗rganish‖ mavzusi bо‗yicha olib borildi. Ushbu tajriba-sinov
ishlarining
natijalari
quyidagilardan
iborat:
tajriba
guruhlari
tarbiyalanuvchilarining 36 nafari 5 bahoga, 19 nafari 4 bahoga va 10 nafari
3 bahoga javob berdilar. Nazorat guruhi tarbiyalanuvchilarining 7 nafari 5
bahoga, 12 nafari 4 bahoga va 46 nafari 3 bahoga javob berdi.
Tajribadan olingan ma‘lumotlarni qayta ishlash va tahlil etish
matematik statistika metodining Styudent mezoni orqali amalga oshirildi.
88
Bunda tajriba va nazorat guruhlari tarbiyalanuvchilarining olgan
baholarining о‗rta arifmetik qiymati, samaradorlik koeffitsiyenti, variatsiya
koeffitsiyenti, dispersiya va о‗rtacha kiymatlarning ishonchlilik oraligi
aniqlandi.
Ishonchlilik darajasi uchun tanlab olingan qiymat
=0.5 bо‗lsa,
ishonchlilik darajasi 0.95 (95 % )ni tashkil egadi.
Ushbu tajriba-sinov ishlari bо‗yicha baholar tahlilining natijalari 3.1-
jadvalda keltirilgan. Hisoblashlar Styudent mezoni asosida olib borildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |