2. Maktabgacha ta`lim muassasalarida elementar matematika
mashg„ulotlar jarayonida kompyuter slaydlaridan foydalanish metodikasi
Shaxsiy kompyuterlar multimedia texnologiyasining asosiy texnik vositasi
hisoblanadi. Undan, MTMlari ta‘lim-tarbiya jarayonida foydala-nishda qо‗shimcha
vositalar – kompakt disklar, turli xil taqdimotlar, slaydlar va hokazolar talab etiladi
[93]. Multimedia vositalaridagi ta‘lim-tarbiya materiallari dinamik harakterga ega
bо‗lib, ular animatsiya bilan berilgan bо‗ladi.
Ta‘lim tizimida uzoq vaqtlardan beri foydalanib kelinayotgan an‘anaviy
kо‗rgazmali materiallar statik harakterga ega. Masalan, tarbiyachi A harfini
an‘anaviy usulda о‗rgatish mobaynida, bolaga uning qog‗ozdan yoki kartondan
yasalgan shaklini kо‗rsatadi (statik vosita). Mutimedia vositasida kо‗rsatilganda A
harfi kompyuter (monitor) ekranida tebranib, bolalarning diqqatini о‗ziga jalb etadi
(dinamik vosita).
Hozirgi kunda turli xil multimediali ta‘lim vositalarini ishlab chiqish va
ularni ta‘lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish jadal rivojlanayapti. MTMlari ta‘lim-
tarbiya jarayonida ulardan foydalanish metodikasi ishlab chiqilmagani uchun
tarbiyachi-pedagoglar multimedia vositalarini multimedia texnologiyasi sifatida
qabul qilmoqdalar. Kezi kelganda shuni ham ta‘kidlab о‗tish kerakki, multimedia
54
vositalarini ishlab chiqaruvchi maxsus muassasadan tashqari, har bir MTM
tarbiyachilarining о‗zlari tayyorlashi mumkin bо‗lgan dasturli va rolli multimedia
vositalarini (DVD-disk) qо‗llash mumkin.
DVD video diski multimedianing texnik vositasi sifatida bir necha
afzalliklarga ega. Diskdan foydalanib, о‗rganiladigan materialni bosqichlar
bо‗yicha tо‗la, ba‘zi hollarda alohida elementlarini kо‗rish mumkin, zarur
bо‗lganda material qayta namoyish etiladi. DVD video diskda sxemalar, rasmlar,
grafiklar ham joylashtirilgan bо‗ladi. Multimedia texnologiyasining didaktik
vositalari ta‘limning didaktik talablariga tо‗la mos keladi [16].
MTMlarida foydalaniladigan multimediali ta‘lim vositalarini ikki turga
bо‗lish mumkin:
1. Monitor ekranidan tо‗g‗ridan-tо‗g‗ri bilim berishga mо‗ljallangan vositalar
(elektron qо‗llanma, mashg‗ulotlar ishlanmasi, kompyuterli ―ekskursiya ―,
kompyuterli ta‘lim о‗yinlari va sh.k.).
2. Kо‗rgazmali qurol (didaktik materiallarni bolalarga yetkazish uchun
mо‗ljallangan vositalar, slaydlar, taqdimotlar, jadvallar va sh.k.).
MTM bolalari uchun tayyorlanadigan multimedia vositalari ovozli, musiqali,
harakatlanuvchi, rangli, multifikatsiyali va jozibali bо‗lishi shart.
Sо‗nggi yillarda ta‘lim muassasalarida keng foydalanish uchun
Respublikamizda multimedia ta‘lim vositalarini ishlab chiqish yо‗lga qо‗yilgan.
Jumladan, shunday ta‘lim manbalari Xalq ta‘limi vazirligi huzuridagi ―Multimedia
umumta‘lim dasturlarini rivojlantirish markazi‖da tayyorlanmoqda. Ikkinchi
manba, Internet ashyolari hisoblanadi. Internet veb-sahifalariga turli sohalar
bо‗yicha, shu jumladan, maktabgacha ta‘lim muassasalari uchun kо‗plab
multimedia vositalari joylashtirilgan. Tegishli veb-saytlardan multimedia vositasini
topib, ulardan MTMlarining ta‘lim va tarbiya jarayonida foydalanish maqsadga
muvofiqdir.
Yuqorida aytilganlarga qaramay, Respublika MTMlarida foydalanishga
mо‗ljallangan tayyor multimedia vositalari yetarli emas. Shuning uchun, har bir
MTMda tarbiyachining о‗zi multimedia vositalarini tayyorlashi va ta‘lim-tarbiya
55
jaraënida foydalanishi maqsadga muvofiq. Quyida MTMlarida multimedia
vositalarining ba‘zi turlarini tayyorlash va ta‘lim-tarbiya jaraënida foydalanish
imkoniyatlari ustida tо‗xtalamiz.
Odatda multimedia vositalarini ikki: dasturli va rolli usullarda tayyorlash
mumkin.
1. Mashg‗ulot ishlanmasini tayyorlash. Mashg‗ulot ishlanmasi deganda
monitor ekraniga chiqarib, tarbiyalanuvchilarga о‗rgatishga mо‗ljallangan
mashg‗ulot materiali va mazmuni tushuniladi. Quyida ekologik ta‘lim-tarbiyaga
oid ―Toza havo – dardga davo‖ mavzusi bо‗yicha mashg‗ulot ishlanmasini
tayyorlashni kо‗rib chiqamiz.
Avval mashg‗ulot mavzusi aniqlanadi, sо‗ngra ishlanmani tayyorlash uchun
qо‗yidagicha algoritm tuziladi: ekin maydonini tayyorlash, gul urug‗i sepish, ekish,
sug‗orish, chopiq qilish (ishlov berish), begona о‗tlardan tozalash, parvarish qilish,
gullarni о‗sishini kuzatish, gullardan zavqlanish.
Ishlanma tayyorlash algoritmi:
1. Shu lavhalarga oid 15-20 ta fotosuratlar tayyorlanadi (tо‗planadi).
2. Ushbu fotosuratlar skaner yordamida fayl sifatida saqlanadi va
kompyuter xotirasiga kiritiladi.
3. Power Point dasturidan foydalanib, animatsiya effektlari yordamida
multimediali taqdimot materiallari tayyorlanadi.
4. Mikrofon tovush platasiga (adapteriga) ulanadi va tarbiyachi fotosuratlar
mazmuniga qarab mos holda ovoz beradi hamda taqdimot materiallarini sharhlab
boradi.
Slayd tayyorlash. Slayd tayyorlash uchun Rower Point dasturidan
foydalanish mumkin. Microsoft Power Point universal, imkoniyatlari keng bо‗lgan
kо‗rgazmali amaliy dasturlar qatoriga kiradi. Power Point dasturi yordamida matn,
rasm, chizma, grafiklar, animatsiya samaralari, ovoz, videorolik va
boshqalardan tashkil topgan slaydlar va taqdimotlar yaratiladi, ya‘ni multimediali
ta‘lim vositasi tayyorlanadi.
56
Bu dastur orqali barcha kо‗rgazmali qurollarni yaratish, shuningdek, ba‘zi
joylarda malumotlar bazasi sifatida ham qо‗llash mumkin. Ayrim hollarda bu
dasturdan multimedia vositalarini boshqarish va ularni qо‗llab namoyish etuvchi
qurilmalarga yuborish vazifalarni bajarish mumkin.
Slayd – ma‘lum bir о‗lchamga ega bо‗lgan muloqot varaqlari hisoblanadi.
Unda biron maqsad uchun yaratilayotgan va namoyish etishga mо‗ljallangan
materiallarning elementlari joylashadi. Slaydlar ketma-ketligidan iborat tayyor
kо‗rgazma yoki mashg‗ulot materialini kompyuter ekranida yoki elektron doskada
namoyish qilish mumkin.
Slayd tayyorlash uchun birinchi navbatda Power Point dastо‗rini ishga
tushirish kerak. Buning uchun, Windows ish stolidagi quyidagi buyruqlarni
bajarish kerak: ―PUSK – Programmi – Microsoft Power Point‖. Bu buyruqlar
―Sichqoncha‖ning chap tugmasini bosish orqali amalga oshiriladi.
Power Point ishga tushirilganda taqdimot yaratish muloqot oynasi kо‗rinadi
va ushbu darchadan ―Pustuyu prezentatsiyu‖ (Bо‗sh taqdimot) bо‗limiga
―Sichqoncha‖ kо‗rsatgichi olib kelinib, ―OK‖ tugmasi bosiladi, natijada bir nechta
tayyor slaydlar joylashtirilgan muloqot oynasi ochiladi. Ulardan zarur slaydlardan
birini tanlab olish mumkin.
Yangi slayd yaratish uchun muloqot oynasidagi ―Pustoy slayd‖ (Bо‗sh slayd)
tanlanadi va ―OK‖ tugmasi bosiladi, sо‗ngra yangi slayd yaratish uchun oynaning
standart uskunalar panelidagi slayd yaratish tugmasi bosiladi. ―Slaydni belgilash‖
tugmasini bosish orqali slayd belgisi, turi, kо‗rinishlarini о‗zgartirish amallari
bajariladi. Shu paneldagi ―Primenit oformleniye‖ (Rasmiylashtirish qо‗llanilsin)
tugmasini bosish bilan slaydlarni bezash ishlari о‗zgartiriladi. Matn yozish uchun
ajratilgan maydonga ―Sichqoncha‖ kо‗rsatgichi olib kelib bosiladi va kursor paydo
bо‗lgandan sо‗ng matn tugmalar orqali kiritaladi.
Mashg‗ulot modeliga kiruvchilardan biri – kompyuterli ta‘lim о‗yinlarini
dasturlari kompyuter xotirasiga kiritiladi. Masalan, Macromedia Flash dasturi
asosida tayyorlangan ―Shakllarni ustma-ust qо‗yish‖ о‗yini.
57
Taqdimot tayyorlash. Taqdimot yaratilayotgan slaydlar turkumi va uni
namoyish etish uchun beriladigan fayl nomi, kompyuter xotirasidagi tayyor
taqdimotlardan foydalanish uchun muloqot oynasidagi ―Master avtosoderjaniye‖
(avtomazmun ustasi) bо‗limi ochiladi. Unda – mashg‗ulot о‗tkazuvchining ismi,
familiyasi, mavzu nomi, taqdimot turi, uslubi, rangi, chizmasi, slaydlar soni
beriladi.
―Pustuyu prezentatsiyu‖ dan foydalanib, mustaqil ravishda taqdimot tuzish
mumkin. Buning uchun, yuqoridagi usulda bir mavzuga tegishli bir nechta slaydlar
tayyorlanadi va ular bir turkumga birlashtiriladi.
Rolli usul. Ushbu usulda video kamera, CD ROM yoki DVD ROM disklar
yordamida о‗yin kompakt disklarda tayyorlanadi va disk yurituvchidan
foydalanilib, namoyish etiladi. Rolli usul [6] adabiyotda tо‗la yoritilgan.
MTM bolalarining kompyuter savodxonligini shakllantirish. MTMlarida
multimediali kompyuterli ta‘limni amalga oshirishning asosiy talablaridan biri –
bolalarning kompyuter savodxonligini shakllantirish va ularni kompyuterda
mustaqil ishlashini ta‘minlashdan iborat. Shuning uchun, tarbiyachi (pedagog)
ushbu muammoga alohida e‘tibor qaratishi lozim.
Kompyuterning tuzilishi va undan foydalanish kо‗pgina adabiyotlarda bayon
etilgan [6,9,29,38,37]. MTMlari tarbiyalanuvchilariga kompyuterning tuzilishini
va undan foydalanishni juda sodda shaklda bayon etish maqsadga muvofiqdir.
Maktabgacha ta‘lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida elementar kompyuter
savodxonlikni shakllantirish dolzarb vazifadir. Uning dolzarbligi: birinchidan,
―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖da maktabgacha ta‘lim muassasalarini
zamonaviy
texnik
vositalar
bilan
ta‘minlash,
kompyuterlashtirish,
tarbiyalanuvchilarga
kompyuter
savodxonlikni
shakllantirish
vazifasini
qо‗yilganligi; ikkinchidan, hozirgi kunda jamiyatni shu jumladan, barcha
maktabgacha ta‘lim muassasalarini kompyuter texnikasi bilan ta‘minlanishi;
uchinchidan, multimedia texnologiyasining asosiy vositasisiz maktabgacha ta‘lim
muassasalarida ushbu vazifani amalga oshirib bо‗lmasligi bilan belgilanadi.
58
MTM tarbiyachi (pedagog)larining kompyuter savodxonligi oliy о‗quv
yurtlarida ―Informatika va axborot texnologiyalari‖ fanini о‗rganish jarayonida
shakllantiriladi. MTMdagi ish faoliyati davrida esa, masofali ta‘lim tizimidagi
maxsus kurslarga yozilish [5], viloyat va shahar miqyosidagi kompyuterlarni
о‗rgatishga qaratilgan maxsus seminarlarda, malaka oshirish kurslarida qatnashish,
nihoyat, mustaqil о‗rganish yо‗li bilan amalga oshiriladi. Eng muhimi va zaruri
tarbiyalanuvchi (bola)larning kompyuter savodxonligini shakllantirish va undan
foydalanish metodikasini ishlab chiqishdan iborat [29].
MTM
tarbiyalanuvchilarida
elementar
kompyuter
savodxonlikni
shakllantirishda
turli
usullar(masalan,
analogiya
va
modellashtirish)dan
foydalanish mumkin. Bu usullardan foydalanilganda kompyuterning tashqi
qurilmalarini о‗rganish va ulardan foydalanib amaliy ishlarni bajarish oson
kechadi. О‗rganish jarayoni esa, bosqichma-bosqich amalga oshirilib, dastlab
oddiy elementlardan boshlanadi, sо‗ngra murakkablariga о‗tiladi. Analogiya –
kompyuterni televizor bilan taqqoslash asosida olib boriladi (hozirgi davrda barcha
MTMlarida va har bir oilada televizorlar mavjud).
Tashqi о‘xshashlik:
1. Tarbiyalanuvchilarga kompyuterda televizor ekraniga о‗xshash ekran
borligi ta‘kidlanadi.
2. Televizor ham, kompyuter ham ishlatish oldidan elektr tarmog‗iga
ulanadi (tarbiyachi yoki pedagog bir vaqtning о‗zida kо‗rsatib boradi).
3. Televizor antenna yordamida telemarkazdan yuborilayotgan tasvirlarni
(ma‘lumotlarni) qabul qiladi. Kompyuter esa, uning xotirasiga kirgiziladigan
ma‘lumotlar va axborotlarni qabul qiladi.
4. Televizor maxsus pultlar orqali boshqariladi (kanallar va tovush
о‗zgartiriladi). Kompyuter esa, maxsus tugmachalar va ―Sichqoncha‖ orqali
boshqariladi. Bularni ham tarbiyachi bir vaqtning о‗zida kо‗rsatib boradi.
5. Televizorda DVD qurilmasi yordamida kompakt disklardagi tasvirlarni
qayta kо‗rsatish mumkin. Kompyuterda esa, kompakt disklardan tashqari, uning
xotirasiga kiritilgan tasvirlarni qayta kо‗rsatish mumkin.
59
6. Televizorda yozuv ishlarini bajarib bо‗lmaydi, kompyuterda esa,
klaviatura yordamida yozuvlarni yozish mumkin (tarbiyalanuvchilarga klaviatura
qurilmasi kо‗rsatiladi). Printer qurilmasi esa, yozuvlarni chop etib beradi (printer
qurilmasi ham kо‗rsatiladi). Televizor ekranida markaz yuborayotgan turli xil
о‗yinlarni (masalan, stadiondan futbol о‗yinini) kо‗rish mumkin. Kompyuter
monitorida esa, uning xotirasiga kiritilgan dasturdagi va Internetdan olingan turli
xil о‗yinlar kо‗rsatiladi (tarbiyachi biror-bir kompyuter о‗yinini namoyish etadi).
A. Tarbiyachi kompyuterning afzalliklarini kо‗rsatadigan yana bir nechta
taqqoslashlar keltiradi. Jumladan:
1. Tarbiyalanuvchining daftariga chizgan rasmi harakatlanmaydi (statik
holat). Kompyuter xotirasidagi rasm harakatlanib turishi mumkin (animatsiya).
2. Tarbiyalanuvchi daftariga 15-20 ta rasm chizganda daftari tо‗lib qoladi.
Kompyuter esa, minglab rasmlarni xotirasida saqlashi mumkin.
3. Tarbiyachi ―A‖ harfini doskaga yozib kо‗rsatadi va ma‘lum vaqtdan
keyin u о‗chirib tashlanadi. Kompyuterga kiritilgan ―A‖ harfi uning xotirasida
uzoq vaqt saqlanib turadi va istalgan vaqtda ochib kо‗rsatilishi mumkin.
4. Tarbiyalanuvchi geometrik shakllar – uchburchak, tо‗rtburchak,
kо‗pburchaklarni chizish uchun kо‗p vaqt sarflaydi, kompyuterda bu jarayon qisqa
vaqtda va oson bajariladi.
B. MTM tarbiyalanuvchilarining yoshiga mos kompyuter qurilmalari bilan
tanishish va ishlash algoritmi beriladi hamda ishlash jarayoni о‗rgatiladi.
Jumladan, kompyuterda ishni boshlash uchun:
a) dastlab u elektr tarmog‗iga ulanadi;
b) о‗zini-о‗zi tekshirish amali bajariladi;
v) operatsion tizim yuklanib, maxsus belgi kiritiladi va viruslar
ta‘siri tekshiriladi;
g) ―Sichqoncha‖ yordamida kompyuterda belgilangan vazifalar
bajariladi;
d) belgilangan vazifalar bajarilib bо‗lingach, yuklangan dasturlarning ishlashi
tо‗xtatiladi, kо‗rsatuv oynasi va boshqaruv qismi о‗chiriladi;
60
ye) kompyuter elektr tarmog‗idan uziladi.
Yuqoridagilar MTM tarbiyalanuvchilari uchun о‗rgatilishi kerak bо‗lgan
minimal elementar bilimlardir (yosh bolalarga kompyuterning ichki tuzilishi
о‗rgatilmaydi).
V. Ma‘lumki, MTMlarining tarbiyalanuvchilarida elementar kompyuter
savodxonlikni shakllantirish deganda, yuqoridagilardan tashqari, ularning amaliy
faoliyati va kompyuterda ta‘lim-tarbiya jarayonini amalga oshirishda amaliy
malakalarini shakllantirish kо‗zda tо‗tilgan. Tabiiyki, ta‘lim-tarbiya jarayonini
amalga
oshirishda
tarbiyalanuvchilar
birdaniga
klaviaturadan
yoki
―Sichqoncha‖dan foydalana olmaydilar. Buning uchun, ular dastlab о‗z
malakalarini oshirishlari kerak. Tarbiyalanuvchilarning malaka oshirishlari
quyidagicha amalga oshiriladi:
MTM sharoitida klaviaturaning kattalashtirilgan modeli va ―Sichqoncha‖ning
о‗ziga о‗xshash modeli tayyorlanadi. Tarbiyachi dastavval tarbiyalanuvchilarni
klaviatura modelida mashq qildiradi. Jumladan, ularni harflarni va kompyuterni
boshqarishga tegishli tugmachalarni birin-ketin barmoqlari bilan bostirib chiqadi
va tushuntirib boradi. Sо‗ngra tarbiyalanuvchilar ―Sichqoncha‖ modeli bilan
mashq qiladilar.
Bunda ―Sichqoncha‖ modeliga ulangan kо‗rsatgichlar kompyuter ekraniga
о‗xshash va vertikal joylashtirilgan taxtaning tarbiyachi belgilab bergan nuqtasiga
olib boradi. Shundan keyin, tarbiyalanuvchilar tarbiyachi yoki pedagog nazorati
ostida haqiqiy klaviaturada va ―Sichqoncha‖ bilan ishlashga о‗tadilar. Dastlab
klaviaturada biron-bir harfni, masalan, ―A‖ harfiga mos tugmachani bosib, uni
kompyuter ekranida hosil qilish bо‗yicha mashq bajaradilar va ekrandagi harflarni
printerdan chiqaradilar.
Tarbiyalanuvchilarning kompyuter savodxonligini shakllantiri-lishdan asosiy
maqsad ta‘lim-tarbiya jarayonini amalga oshirishda kompyuterdan foydalanishga
qaratilgani sababli, tarbiyachi о‗zining nazorati ostida ―Sichqoncha‖ yordamida
turli ta‘lim о‗yinlarini, matematik amallarni, ekologik topshiriqlarni va shularga
о‗xshash vazifalarni bajartirishga о‗tadi. Tarbiyalanuvchilar ―Sichqoncha‖dan
61
foydalanish bо‗yicha tо‗la amaliy malaka va kо‗nikma hosil qilganlaridan sо‗ng
mustaqil ish bajara boshlaydilar. Bu holda ham tarbiyachi ularning ishini doimiy
kuzatib turadi.
D. MTM tarbiyalanuvchilarida kompyuter savodxonligini shakllanti-rishning
yana bir qulay tomoni shundan iboratki, multimedia texnologiyasidan foydalanish
jarayonida tarbiyalanuvchilarning bilimini baholash ham kompyuter xotirasiga
kiritilgan test savollari, rasmlar, о‗yinlar, mashqlar, taqdimotlar orqali amalga
oshiriladi. Bu holda tarbiyalanuvchilar berilgan savollarga tо‗g‗ri javob topishlari
shart. MTMlarida masofali ta‘lim texnologiyasidan foydalanish jarayonida ham
kompyuterdan foydalanish qо‗l keladi. Internetdan foydalanish tarbiyachining
bevosita nazorati va kо‗rsatmasi asosida о‗tkaziladi.
Kompyuterni televizorga taqqoslash jarayonida tarbiyalanuvchilarga DVD
qurilmasi, uning pulti va undan foydalanish kompyuter bilan ta‘minlanmagan ba‘zi
bir
MTMlaridagi
tarbiyachi-pedagoglarga
multimedia
texnologiyasidan
foydalanishda
qо‗l keladi, ya‘ni ta‘lim muassasasi kompyuter bilan
ta‘minlangunga qadar vaqtinchalik ta‘lim-tarbiya jarayonida televizor va DVDdan
foydalanib turiladi. Buning uchun, u yoki bu yо‗nalish bо‗yicha ta‘lim materialiga
tegishli kompakt disk tayyorlash kifoY.
Kompyuterli mashg‗ulotlar an‘anaviy mashg‗ulotlarga nisbatan qiziqarli
о‗tadi, hatto passiv bо‗lgan tarbiyalanuvchilar ham kompyuterli mashg‗ulotlarda
faol
qatnashadilar.
Masalan,
―Turnacha‖ MTMidagi faol bо‗lmagan
tarbiyalanuvchilar, kompyuterda о‗rganiladigan о‗yinni kuzatib, tarbiyachiga bu
tо‗g‗rida savol bera boshladilar. Bu esa, faol bо‗lmagan tarbiyalanuvchilarning
о‗rganiladigan material (о‗yin)ga qiziqishlari oshganini bildiradi.
Bolalarga elementar matematik bilimlarni berish
MTM
tarbiyalanuvchilarida
elementar
matematik
tushunchalarni
shakllantirish borasida taniqli matematiklar ilmiy asoslangan metodik tizimlar
yaratganlar. Bunday olimlar qatoriga I.A.Markushevich, S.I.Shvarsburd,
B.V.Gnedenko va boshqa olimlarni kiritish mumkin. I.A.Markushevich
tarbiyalanuvchilarning kо‗nikmalari bо‗yicha metodologik dastur beradi,
62
S.I.Shvarsburd bir necha komponentlarga ajratgan holda matematik tushunchalarni
shakllantirish metodikasini beradi. B.V.Gnedenko о‗z ishlarida matematik
qobiliyatlarning ikki xil: ―Oddiy, о‗rta qobiliyat‖ va ―о‗rtadan yuqori bо‗lgan
qobiliyat‖ kabi darajalarini ajratib kо‗rsatadi, shuningdek, matematikani
о‗rgatishda tarbiyaviy choralarning qator omillarini kiritadi [44].
MTMlarining tarbiyalanuvchilarida elementar matematik tushuncha-larni
shakllantirish masalasi bо‗yicha A.A.Stolyar [11], A.V.Beloshistaya [19],
Z.I.Kalmikova [54] va boshqalar ham ilmiy-tadqiqot olib borishgan.
Bu borada Respublikamiz olimlari va metodistlari ham bir qator metodik
qо‗llanmalar chop ettirgan. Masalan, M.YE.Jumayev ―Bolalarda matematik
tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi‖[44], N.U.Bikbayeva va
boshqalar, ―Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda matematik tasavvurlarni
rivojlantirish‖ [18] kabi qо‗llanmalarida bolalarda matematik bilimlarni an‘anaviy
usulda shakllantirish masalalari yoritib berilgan. Z.A.Raxmonqulova va
N.Qurbonovalar matematik tasavvurlarni shakllantirish bо‗yicha mashg‗ulotlar
ishlanmasini tavsiya etganlar [90].
N.U.Bikbayevaning qо‗llanmasida 6-7 yoshli bolalarga elementar matematik
tushuncha berish bо‗yicha dastavval о‗rgatish metodini, sо‗ngra 72 soatga
mо‗ljallangan mashg‗ulotlarning ishlanmasini bergan. M.YE.Jumayevning
qо‗llanmasida, asosan, bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish-ning
metodikasi va mashg‗ulotlardan namunalar berilgan.
Tayyorlov guruhi о‗quv dasturida geometrik shakllar kо‗rinishini о‗zgartirish,
bir xil shakllardan boshqa xil shakllar tuzish nazarda tо‗tilgan. Tarbiyachi
bolalarga о‗z ixtiyorlaridagi shakllarni olishni, ularni shakl bо‗yicha taqsimlab,
qanday atalishini va qanday kattalikda ekanini aytishni taklif qiladi, sо‗ngra
qandaydir ikki ëki uchta shakl olib, ularni birlashtirish yо‗li bilan yangi shakl
tuzish mumkinligini о‗ylab kо‗rish topshiriladi. Bolalar shakllarni tuzganidan
keyin, qanday shakllar hosil bо‗lganini gapirib berish taklif qilinadi.
MTMlarida multimedia texnologiyasi asosida tarbiyalanuvchilarga elementar
matematik bilim berishda analogiya usulidan foydalanish samarali natija beradi.
63
Ayniqsa sonlar, buyumlar, obyektlar, masofalarning katta-kichikligi, past-
balandligi, qisqa-uzunligi, kо‗p-kamligi va hokazolarni о‗rganishda qо‗l keladi.
Qо‗yida analogiya metodidan foydalanilgan bir nechta misol keltiramiz.
Monitor ekraniga uchta qizil rangli va ikkita kо‗k rangli shar chiqariladi.
Tarbiyachi bolalardan ekranda nimalarni kо‗rayapsiz deb sо‗raydi. Bolalar
―sharlarni‖, - deb javob beradilar. Tarbiyachi yana savol beradi. Qizil ranglilari
nechta, kо‗k ranglilar nechta deb sо‗raydi.
Bolalar sanab chiqib, ―qizil ranglilari uchta (3)‖, ―kо‗k ranglilari ikkita (2)‖
deb javob beradi. Tarbiyachi yana savol beradi. Qaysi ranglilari kо‗p va nechtaga?
Bolalar, ―qizil ranglilar kо‗k ranglilarga qaraganda bitta ortiq (kо‗p)‖ deb javob
beradilar.
Tarbiyachi katta va kichik belgilari tо‗g‗risida tushuncha beradi va ekranga >
- katta, < - kichik belgisini chiqaradi. Yuqoridagi aytilganlarni ―Sichqoncha‖
yordamida 3 > 2 shaklida yozib kо‗rsatadi.
Shundan keyin, tarbiyalanuvchilardan tenglik belgisi bо‗lishi uchun nima
qilish kerak deb sо‗raydi. Tarbiyalanuvchilar ikkita kо‗k sharlarga, yana bitta kо‗k
shar qо‗shish kerak deydi va shunda qizil sharlar bilan kо‗k sharlar teng bо‗ladi.
Tarbiyachi buni ekranda 3=3 shaklida yozib kо‗rsatadi. Sо‗ngra tarbiyachi har uch
nafar tarbiyalanuvchiga navbatma-navbat kо‗rsatilgan vazifalarni mustaqil
bajarishni topshiradi.
Quyida multimedia texnologiyasi (kompyuterli ta‘lim)ga asoslan-gan
elementar matematik bilim berish bо‗yicha bir necha namunaviy mashg‗u-lotlarni
qо‗rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |