186
2. Tabiatshunoslikni oʻqitishda oʻquvchilarning mustaqil ishlash koʻnikmalari
va ularni rivojlantirish yoʻllaridan biri bu koʻrgazmali vositalar ustida mustaqil
ishlashda axborot texnologiyalarining о‗rni?
20-§.
TEXNOLOGIYA
DARSLARIDA
AXBOROT
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH.
Tayanch sо‘z va iboralar:
texnologiya darslari, mehnat faoliyati, axborot
texnologiyalari, dars ishlanma
.
Oʻsib kelayotgan avlodni faol mehnat faoliyatiga tayyorlash, shaxsni axloqiy
va intellektual shakllantirish – bu butun jamiyatning, xususan ta‘lim tizimining eng
asosiy vazifalaridan biri.
Boshlang‗ich sinflarda Texnologiya fani umumiy oʻrta ta‘limning
keyingi
bosqichida oʻqitiladigan Texnologiya fani uchun poydevor hisoblanib, fanga oid
dastlabki tushunchalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Texnologiya fani oʻqitish oʻquvchilarni aqliy va jismoniy rivojlantirish,
ijtimoiy mehnatga oʻrgatishda texnik-texnologik hamda texnologik jarayon
davomida bajariladigan operatsiyalar yuzasidan olgan bilim, koʻnikma va
malakalarini mustaqil amaliy faoliyatida qoʻllash,
kasb-hunar tanlash, milliy va
umuminsoniy qadriyatlar asosida ijtimoiy munosabatlarga kirisha olish
kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
―Texnologiya‖ ta‘lim sohasi dasturining oʻziga xos xususiyatlaridan biri
ikkinchi sinfdan boshlab har bir oʻquvchi ijodiy ishlarlarni bajarishi shartligi
hisoblanadi. Oʻquvchilar materiallar va ularning xossalari,
xususiyatlari hamda
texnik obyekt va texnologik jarayonlarga oid ma‘lumotlarni oʻrganadilar, texnik
obyekt hamda texnologik jarayonlarda maxsus va umummehnat operatsiyalarini
biladilar va boshqara olish hamda maxsus va umummehnat operatsiyalarini
amaliyotda qoʻllay olishni oʻrganadilar, tayyorlangan mahsulotlarni bajarish
ketma-ketligi hamda mahsulot sifatini tahlil qilish va buyum va jarayonlarni
bajarishga
oid xulosalar chiqarishga, ongli ravishda kasb tanlashga oʻrganadilar.
187
Boshlang‗ich sinfda ―Texnologiya‖ ta‘lim sohasining oʻqituvchisi ishining
natijalari koʻp hollarda uning kommunikativ va tashkilotchilik qobiliyatlariga,
oʻzgaruvchan holatda zudlik bilan yoʻnalish olish va qayta tashkil qilish
malakasiga bog‗liq boʻladi.
Boshlang‗ich sinf oʻqituvchisi umumiy boshlang‗ich ta‘lim tizimida
―Texnologiya‖ ta‘lim sohasining oʻrnini va rolini yaxshi tushunishi va ushbu
dasturning imkoniyatlaridan boshlang‗ich maktabning boshqa fanlarnini oʻqitishda
foydalanishi,
va aksincha, texnologiya darslarida bolalarning boshqa oʻquv
fanlaridan olgan bilim va malakalaridan foydalanishi kerak.
Darsning samaraliligi berilayotgan material mazmuni bilangina chegaralanib
qolmasdan, balki oʻquv materiallarini egallash usullari bilan xarakterlanadi. Zero,
darsning samaradorligi puxta oʻylangan reja va materialning mantiqan toʻg‗ri va
izchil bayon qilinishi bilan bir qatorda koʻrgazmali vositalarning, shu jumladan
aqliy amallar vositalarini moddiylashtirish natijasidan olingan ideal vositalar:
mantiqiy sxemalar, grafiklar, chizmalar, jadvallar va shu kabilar bilan belgilanadi.
Tayyor sxemalardan foydalanish materialni yaxshi eslab qolishga yordam
beradi, chunki bu jarayonga butun oʻrganilayotgan mavzuni va har bir qismning
ma‘naviy tuzilmasini koʻrish imkonini beruvchi koʻrish retseptorlari
jalb qilinishi
natijasida xotiraning mahsuldorligi ortadi.
Albatta bunda vositalarning oʻrni muhim. Mantiqiy sxemalar, grafiklar,
chizmalar, jadvallar va shu kabilarni oʻquvchilarga namoyish qilish jarayonli
koʻrinishda, jarayon algoritmining har bir bosqichi toʻliq bayon qilingan holda
berilishida vosita sifatida axborot texnologiyalardan foydalanishni talab qiladi.
Oʻquv jarayonida ham tayyor, ham oʻquvchilar
tomonidan anglab olingan
tuzilmaviy-mantiqiy sxemalardan foydalanish keyinchalik mavzuning mazmunini
sxemaga asosan xotirada oson tiklash imkonini beradi. Mashg‗ulotlarda
oʻquvchilarni qiziqtirish va faollashtirishga oʻqitishning faol metodlaridan
foydalanish yordam beradi. Oʻquvchilarni ―Texnologiya‖ fanini oʻqitishda
metodlarni tanlashda oʻquvchilarni oʻqitish motivatsiyasining darajasini,
188
mazmunning hajmini, ularning tayyorgarligining darajasini, ularning faolligini va
qiziqishlarini, oʻquv jarayonini amalga oshirishning
moddiy-texnik va tashkiliy
sharoitlarini hisobga olish lozim.
Oʻquv materialining katta hajmga ega ekanligini, uni oʻzlashtirishga
qoʻyiladigan talablar, shuningdek maxsus kursga ajratilgan soat miqdorining
cheklanganligini, maxsus kursning maqsad va vazifalarini, oʻquv-jarayonining
moddiy-texnik ta‘minoti Texnologiya fanini oʻzlashtirishda mustaqil ta‘limga keng
oʻrin berilishini talab qiladi. Mutaqil ta‘lim olishda qoʻshimcha elektron
qoʻllanmalardan foydalanish ta‘lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Boshlang‗ich
sinflarda
―Texnologiya‖
fanini
oʻqitishda
axborot
texnologiyalari qoʻllanilishida samaradorlikka erishishda
quyudagilarga ahamiyat
berish lozim:
- oʻqitishning faol metodlaridan va shakllaridan foydalanish.
- oʻquv jarayonining lavhalarini modellashtirish;
- oʻqitishning og‗zaki va koʻrgazmali metodlarini birlashtirish;
- tuzilmaviy-mantiqiy sxemalardan foydalanish;
―Texnologiya‖ ta‘lim sohasining mazmuni fikrlashni, ruhiyatni, irodani, qoʻl
matorikasini rivojlantirishga, kichik yoshdagi maktab oʻquvchisida oʻquv
faoliyatini, oʻqish motivlarini, yangiliklarni: amalga oshiriladigan faoliyatning
erkinligini, refleksiyani va hatti-harakatlarning ichki rejasini shakllantirishga
yordam beradi. Xulosa qilib aytadigan boʻlsak texnologiya darslarida axborot
texnologiyalariga asoslangan vositalardan foydalanish, an‘anaviy oʻqitish vositalari
yordamida hal qilish qiyin boʻlgan yangi didaktik vazifalarni qoʻyish imkoniyatini
ochadi.
Do'stlaringiz bilan baham: