Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti b. S. Abdullayeva, N. Sh. Ruzikulova



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/89
Sana28.06.2022
Hajmi5,61 Mb.
#715425
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   89
Bog'liq
fayl 1505 20210818

Savol va topshiriqlar 
1. Boshlang‗ich sinflarda ―Texnologiya‖ fanini oʻqitishda axborot 
texnologiyalarining qoʻllanilishida samaradorlikka erishishda nimalarga ahamiyat 
berish lozim? 


189 
2. Boshlang‗ich sinflarda axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali 
―Texnologiya‖ darslarni tashkil etishda vaqtning taqsimlanishi yuzasidan 
ahamiyatini yoritib bering. 
21-§. SINFDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL ETISHDA 
AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH. 
Tayanch soʻz va iboralar: 
sinfdan tashqari ishlar, axborot texnologiyalari, 
mashg„ulot ishlanmalari. 
Yosh avlodni hozirgi zamon fani bilan qurollantirish orqali ularning aqliy 
jihatdan maksimal darajada rivojlanishlariga erishish umumta‘lim – tayanch 
maktablar oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir. Bu vazifani hal etishda 
sinfdan tashqari ishlarning oʻrni benihoya katta. 
Sinfdan tashqari mashg‗ulotlar deganda koʻpincha yuqori sinflar nazarda 
tutiladi. Lekin ilg‗or tajribalarning tasdiqlashicha, boshlang‗ich sinflarda ham 
sinfdan tashqari turli – tuman formalarda mashg‗ulotlar olib borishning potensial 
imkoniyatlari mavjud. Bu imkoniyatlardan foydalanish oʻqitishda boshlang‗ich va 
yuqori sinflar uzviyligini ta‘minlaydi. Boshlang‗ich sinflarda sinfdan tashqari 
ishlarni olib borishda oʻquvchilarning nutq madaniyatini va matematik tafakkurini 
shakllantirishga kompleks holda yondashish talab qilinadi. 
«Sinfdan tashqari ish» deyilganda oʻquvchilarning darsdan tashqari vaqtda 
tashkil qilingan, dastur bilan bog‗liq boʻlgan material asosida ixtiyoriylik 
tamoyiliga asoslangan mashg‗ulotlar tushuniladi.

Sinfdan tashqari ishlar oʻquvchilarning bilimlarini chuqurlashtirish va 
kengaytirish, murakkab topshiriqlarni еchishni mashq qilish, fanning hayot bilan 
bog‗liq boʻlgan tomonlarini ochadigan va dasturga kirmagan ba‘zi savollar bilan 
tanishtirishni maqsad qilib oladi.
Sinfdan tashqari ishlarning quyidagi turlari uchraydi: toʻgaraklar, 
olimpiadalar, matematik va hakozolar tushuniladi. 


190 
Sinfdan tashqari ishlar orqali quyidagilar amalga oshiriladi: bilimlarni va 
amaliy koʻnikmalarni chuqurlashtirish hamda kengaytirish; oʻquvchilarning 
mantiqiy tafakkurlarini, topqirliklarini, ziyrakliklarini rivojlantirish; fanga 
qiziqishlarini orttirish, qobiliyatli va layoqatli bolalarni topish, talabchanlik, 
irodani tarbiyalash, mehnatga muhabbat, mustaqillik, uyushqoqlik va insoniylikni 
tarbiyalash. 
Sinfdan tashqari ishlar darslarga nisbatan ba‘zi farq qiluvchi xususiyatlarga 
ega:
1.Oʻz mazmuni boʻyicha fan dasturiga taalluqli emas. Ammo beriladigan 
bilimlar oʻquvchilarning kuchiga mos boʻlishi kerak.
2.Sinfdan tashqari ishlar imkoni boricha barcha oʻquvchilarni jalb qilishi, 
ya‘ni qiziqarli boʻlishi zarur. Past oʻzlashtiruvchi oʻquvchilar ham qiziqish 
yordamida faol oʻquvchilarga aylanishi mumkin.
3.Sinfdan tashqari ishlar ixtiyoriylik tamoyiliga asosan tashkil qilinadi, lekin 
qiziqishni ta‘minlash lozim. Bu mashg‗ulotlarga baho qoʻyilmaydi, ammo faol 
ishtirok etgan oʻquvchilar rag‗batlantiriladi. 
4.Mashg‗ulot mazmuni va shakllariga qarab, 10–12 minutdan 1 soatgacha 
moʻljallangan boʻlishi mumkin. 
5.Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni va shakllarining turli-tumanligi.
Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish va oʻtkazish metodikasi quyidagilarga 
asoslanishi kerak:
1. Darsda oʻquvchilar olgan bilim, malaka va koʻnikmalarni hisobga olgan 
holda oʻtkaziladi. 
2. Sinfdan tashqari ishlar oʻquvchilarning xohishi, havaskorligi, ijodkorligi 
tamoyillariga asoslanishi va ularning individual fikrlarini qoniqtirish maqsadida 
tashkil qilinadi. 
3. Sinfdan tashqari ishlarni oʻtkazish shakllari darslardan farq qilib, qiziqarli 
tomoni kuchli boʻladi. Buning uchun zaruriy shart shuki, oʻtkaziladigan ishning 
rejalashtirilishi va tizimliligining murakkabligidadir.


191 
Sinfdan 
tashqari 
ishning 
xarakterli 
xususiyatlari 
quyidagilardir, 
mashg‗ulotlar tematikasini tanlash bir qadar ixtiyoriy; oʻquvchilar bilan ishlash 
formalari turli-tuman; ayni bir mavzuga nisbatan kam oʻquv vaqti ajratiladi. 
Boshlang‗ich sinf oʻquvchilari bilan oʻtkaziladigan sinfdan tashqari ish qoʻshimcha 
xususiyatlarga 
ega. 
Bu 
xususiyatlardan 
biri—sinfdan 
tashqari 
ishda 
qatnashayotgan 
oʻquvchilardan koʻpchiligining fanga nisbatan qiziqishi 
shakllanmagan boʻlib, qat‘iy boʻlmasligidir. Shu bilan birga xuddi bu bosqichda 
oʻquvchilarda bunday qiziqish shakllanishi shakllanadi.
Boshlang‗ich (sinflarda sinfdan tashqari mashg‗ulot oʻtkazishning 
xususiyatlaridan biri shuki, oʻqituvchi oʻquvchilarni darslarga va sinfdan tashqari 
ishlarni tashkil qilishda oʻquvchilarning qiziqishlarini alohida e‘tibor berishi kerak. 
Ta‘limga boʻlgan bolalarning qiziqishlarini shakllantirishda didaktik va texnik 
vositalar (ta‘limda AKT) samaradorligi ham muhim rol oʻynaydi . Bunday ta‘lim 
faoliyatida bola muayyan qiyinchilik va toʻsiqlarga duch keladi. Agar mavjud 
bilim, koʻnikma va malakalari darajasi belgilangan topshiriqni toʻg‗ri amalga 
oshirishga еtsa, unda qoniqish hissi va oldin amalga oshirgan ta‘limiy faoliyati 
samarasi natijasida shu muvaffaqiyatga erishganligini anglab еtadi, aksincha 
topshiriqni bajara olmasa, kompyuter texnologiyalari yordamida mustaqil ravishda 
oʻz bilim, koʻnikma va malakalari darajasining zamon va talab darajasidan ortda 
qolib ketganligini teran anglab еtadi va ongli tarzda bilimlarini oshirishga 
kirishadi. 

Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish