162
Maktablarda ona tili oʻrgatishning mazmuni jamiyat rivojlanishining hozirgi
bosqichida davlatimizning maktab oldiga qoʻygan vazifasiga moslangan. Bu
vazifalar qoʻp qirrali boʻlib, ularni bajarish oʻquvchilar ongini oʻstirishga,
ularga
g‗oyaviy-siyosiy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasini berishga yoʻnaltirilgan.
Ona tilini oʻrgatish natijasida oʻquvchilarda oʻz fikrini grammatik toʻg‗ri, uslubiy
aniq, mazmunli, ohangga rioya qilib ifodalay olish va uni imloviy toʻg‗ri yoza
olish koʻnikmalari shakllantiriladi. Bu vazifa oʻquv predmeti sifatida oʻzbek
tilining oʻziga xos xususiyati boʻlib, oʻquvchini shaxs sifatida shakllantirishga
yoʻnaltirilgan umumta‘lim vazifalari bilan bog‗liq holda amalga oshiriladi.
Umumiy oʻrta ta‘lim muassasalarida ona tili fanini oʻqitishning
asosiy
vazifasi
:
oʻquvchi shaxsini fikrlashga, oʻzgalar fikrini anglashga, oʻz fikrini
og‗zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila
olishga qaratilgan nutqiy
kompetensiyani rivojlantirish; oʻquvchilarda grammatikaga oid bilimlarni
(fonetika, leksikologiya, soʻzning tarkibi, soʻz
yasalishi, morfologiya, sintaksis,
yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublariga oid tushunchalarni) shakllantirish
va rivojlantirish hamda ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan
holda fikrini toʻg‗ri va ravon bayon eta olish koʻnikmalarini
rivojlantirishga
qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.
Boshlang‗ich sinflar ona tili kursi 1-4-sinflarda tilning hamma tomonlari
oʻzaro bog‗liq holda oʻrganilishi hisobga olinib tuzilgan, har bir sinfda fonetika,
leksika, grammatika va soʻz yasalishi haqida elementar bilim beriladi. Kursning
bunday qurilishi tilning barcha tomonlarini bir-biriga oʻzaro ta‘sir
etadigan bir
butun hodisa sifatida oʻrganishni taqozo etadi. Tilni oʻrganishga bunday
yondashish ta‘lim jaryonini oʻquvchilar nutqini oʻstirish vazifasini hal etishga
yoʻnaltirish imkonini beradi. Darsda oʻquvchilarning faolligini oshirish va fikrlash
orqali oʻzlashtirishlarni ta‘minlash maqsadida 2015-2017 yillar davomida
oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanmalarning multimediali ilovalar tayyorlandi.
Metodik qoʻllanmada axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
joriy etish
boʻyicha tavsiyalar berilgan. Ularda oʻquvchilarni til ma‘nolarini toʻg‗ri
163
anglashlariga, og‗zaki va yozma nutqlarining savodli boʻlishiga, Vatanimizning
mustaqillik yillaridagi taraqqiyoti, oʻtmishi, milliy urf-odatlari,
borliq va jamiyat
haqidagi mavjud bilimlarini yanada boyitish maqsad qilib olindi. Bu maqsadni
amalga oshirishda turli metodlardan va metodik ish turlaridan foydalaniladi. Ular
oʻquvchilarni oʻylashga, izlanishga, xulosalar chiqarishga undaydi,
ona tiliga
boʻlgan qiziqishlarini oshiradi.
Mazkur metodik qoʻllanmada ishlanmasi berilmagan darslar uchun metodik
tavsiyalar berilgan boʻlib, boshqa darslar tuzilishidan foydalanib tashkil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: