1.Gen injeneriyasi yoki genetic injeneriya nima?
A.murakkab biologic jarayonlar ketma ketligini boshqarishda ishtirok etadigan ,genetic tuzilishi bo’yicha deyarli bir biriga o’xshash bo’lgan bir necha genlar
B. murakkab biologic jarayonlar ketma ketligini boshqarishda ishtirok etadigan ,genetic tuzilishi bo’yicha farq qiladigan bir necha genlar
C.organizmdagi barcha genlar yig’indisi
D.organizmdagi genlar yoki genlar majmuasini inson manfaatlarini ko’zlagan holda manipulyasiya qilish
2.Gen injeneriya fanining maqsadi?
A.genlarning ichki tuzilishini va xromosomada tutgan o‘rnini ehtiyojga mos ravishda o’zgartirib ularning faoliyatini idora qilishdir.
B. ota ona organizm genotipida joylashgan noallel genlarning duragay avlodlarda genotipida jamlanish natijasida o’zaro ta’sir qilib yangi belgilarning rivojlanishini ta;min etuvchi genlar
C. axborot organizmni belgi va xususiyatlarining irsiylanishi va rivojlanishini ta`min etuvchi oqsil molekulalarining sintezlanishini ta`min etadi.
D. organizm belgilarining irsiylanishi belgilovchi genlarning soni va faoliyatini o`rganishning asosi metodi.
3.Qaysi xususiyati hisobga olinib bakteriyalarga nom beriladi?
A.vazifasi B.irsiy xususiyati
C.joylashishi D.o’sgan muhiti
4. Pnevmokokkda kasallikni nima chaqiradi?
A.silliq hujayra qobig’iga ega S-shtamm
B.g’adir budir hujayra qobig’iga ega R-shtamm
C. silliq hujayra qobig’iga ega R-shtamm
D.g’adir budir hujayra qobig’iga ega S-shtamm
5...tabiiy jaaryon bo’lib hujayra irsiyatini o’zgarishiga olib keladi?
A.transformasiya B.DNK
C.transkripsiya D.translyasiya
6. Pnevmokokk bakteriyasining qanday shtammi bilan zararlangan sichqon o’ladi?
A.patogen shtamm B.nopatogen shtamm
C.R-shtamm D.silliq membranali shtamm
7.Faglarning litik reaksiyasi nima?
A. bakteriya hujayrasiga fagning irsiy molekulalari (nuklein kislota) molekulasi kirganda faglarning hujayrada ko’payishi oqibatida bakteriyaning hujayra qobig’I yorilib, o’lishi
B.ofatdan qutulgan bakteriya
C.lizogen bakteriya xromosomasi bilan birikkan holatdagi fag DNK molekulasi tashiqi muhit tasirida xromosomadan ajralib chiqishi
D. tjy
8.Ayrim paytda fag bilan zararlangan bakteriya hujayralarning ayrimlari ofatdan qutulib qolgan. Bu qanday tushuntiriladi?
1) hujayra ichiga kirgan fag DNK molekulasi bakteriya xromosomasi nukleotidlarining maxsus ketma ketligini topib birikishi natijasi 2) xromosoma bilan birikkan fag DNK molekulasi erkin replikasiya usuli bilan ko’paya olmaydi 3)fag irsiy molekulasi bakteriya irsiy molekulasi tarkibida nofaol – profag holatga o’tadi
A.1,2 B.2,3 C.1,2,3 D.3,1,2
9.Faglarning litik hayot tarzini ko’rsatib bering?
1)fag bakteriya hujayrasiga kiradi 2)ayrim bakteriyalarda faglar 15-60 minda 37
0C da litik siklga kiradi 3)bakteriyada mavjud bo’lgan barcha nukleotidtrifosfatlardan foydalanib fagning DNK molekulasi (xromosomasi) replikasiyalanib ko’payadi 4)fag xromosomasi o’zi uchun oqsil qobiq sintez qilib o’z sathiga biriktirib fag zarrachalarini hosil bo’ladi 5)bakteriya hujayrasining qobig’I yoriladi va fag tashqariga chiqib boshqa bakteriyalarni zararlaydi
A.1,3,4 B.1,2,3,4,5 C.1,2,3,4 D.2,3,4,5
10. Genom bo’yicha ko’chib yuradigan genlar yani transpozon mikroorganizmlarda kim tomonidan kashf qilindi?
A.1950yil Barbara MakKlintok B.G.Georgiyev C.Bishop va A.Buxoriy D.1997-yil Tompson
11.Maxsus splenotsit va miyeloma rak hujayralari qo’shilib nimani hosil qilgan?
A.klon B.zigota C.gibridoma D.transgenrak
12. Juftlab yozing.
1)biofizika 2)biokimyo 3)bionika 4)biotexnologiya
a)organizmlarning kimyoviy tarkibi, ulardagi kimyoviy jarayonlarni o’rganadi b)organizmlar hayot faoliyatining o’ziga xos jihatlaridan texnik sistemalar yaratishni o’rganadi c)tirik organizmlardagi biologic jarayonlarni ishlab chiqarish korxonalarida qo’llashni maqsad qilib qo’yadi d)biologic sistemalarda ro’y beradigan fizik-kimyoviy jarayonlarni o’rganadi
A 1-a; 2-b; 3-c; 4-d B 1-d; 2-a; 3-b; 4-c
C 1-d; 2-a; 3-c; 4-b D 1-a; 2-d; 3-c; 4-b
13. Har bitta hosil bo’lgan mikrospora qanday yo’l bilan bo’linadi?
A dastlab mitoz, so’ngra meyoz
B dastlab meyoz, so’ngra mitoz
C faqat mitoz D faqat meyoz
14. Replikatsiya(a) va transkripsiya(b) jarayonlarida qanday fermentlar ishtirok etadi?
A a-DNK polimeraza; b-faollashtiruvchi ferment
B a-DNK polimeraza; b- RNK polimeraza;
C a-RNK polimeraza; b- DNK polimeraza;
D tjy
15. Hidli no’xat o’simliklarinin genpotiplari har xil lekin gultojbarglari bir xil bo’lgan formalari chatishtirilganda F2da fenotip jihatdan qanday ajralish olinadi?
A 9:3:3:1 B 9:3:4 C 9:6:1 D 9:7
16. Kumulyativ polimeriyaga xos bo’lmagan xususiyatlarni belgilang.
1)miqdoriy belgilar irsiylanadi 2)sifat belgilar irsiylanadi 3)belgilarning rivojlanish darajasi dominant genlar soniga bog’liq 4)belgilarning rivojlanish darajasi dominant genlar soniga bog’liq emas 5)bug’doy doni rangining irsiylanishi misol bo’ladi
A 1,3,5 B 2,4 C 2,3,5 D 1,4,5
17. Jingalak patli tovuqlarga xos bo’lmagan xususiyatlarni belgilang.
1)patlari zich joylashmaydi 2)patlari zich joylashadi 3)tana harorati past bo’ladi 4)tana harorati yuqori bo’ladi 5)yurak urishi tezlashadi 6)yurak urishi sekinlashadi 7)hajmi ortadi 8)hajmi kamayadi 9)ozuqaga talab ko’payadi 10)ozuqaga talab kamayadi 11)tuxum qo’yishi ko’payadi 12)tuxum qo’yishi kamayadi
A 1,3,5,7,9,11 B 2,4,5,7,10,12
C 1,3,5,7,9,12 D 2,4,6,8,10,11
18. Poliploidiya hodisasi qachon kuzatiladi?
A hujayra bo’linishi telofazasida sitokinez ro’y bermasa
B hujayra bo’linishi telofazasida kariokinez ro’y bermasa
C hujayra bo’linishi anafazasida xromosomalarning ikki qutbga tarqalmasligi natijasida
D xromosoma duplikatsiya natijasida
19. Quyidagilarni qaysi usul(metod)lar yordamida o’rganilishini to’g’ri belgilang.
1)belgi va xossalarning avlodga berilishi 2)xromosomalarning tuzilishi va funksiyasi 3)nuklein kislotalar ning tuzilishi va funksiyasi 4)noyob genlar va xromosomalarni bir organizmdan boshqa organizmga ko’chirish
a)sitogenetik b)duragaylash c)molekular genetik d)genetik injeneriya
A 1-a; 2-b; 3-c; 4-d; B 1-a; 2-c; 3-b; 4-d;
C 1-b; 2-a; 3-c; 4-d; D 1-c; 2-b; 3-a; 4-d;
20. Xromosoma mutatsiyalarini to’g’ri belgilang.
1.deletsiya 2.duplikatsiya 3.inversiya 4.translokatsiya 5.shereshevskiy terner 6.klaynfelter 7.monosomik 8.trisomik 9.poliploid
A 1,2,3,4,7,8 B1,2,3,4 C 5,6 D 5,6,7,8
21. Odamning qaysi a’zosida zigotaning ketma-ket ikki marta meridian tekisligi bo„yicha bo„linish kuzatiladi?
A) tuxumdonda B) bachadonda
C) tuxum yo’lida D) urug’donda
22. O`sayotgan muhitida namlikning oshib borishi tartibi bo`yicha o`simliklarni joylashtiring. 1) saksovul; 2) qirqquloq; 3) pixta; 4) nitella; 5) jag`-jag`
A) 1,5,3,2,4 B) 4,2,3,5,1 C) 1,2,5,3,4 D) 1,3,5,2,4
23. Fotosintez jarayonida uglevod hosil bo’lishida ajraladigan kislorod miqdori (mol) sarflanadigan suv miqdoridan (mol) necha marta kam?
A) 12 B) 4 C) 2 D) 6
24. Guli va mevasining tuzilishi bilan o’xshash bo’lgan o’simliklar qatorini ko`rsating. 1) olma; 2) jag’-jag’; 3) nok; 4) o`sma; 5) lola; 6) tok; 7) beshyaproqli partenosisus; 8) terak bargli liftok; 9) boychechak
A) 1-3, 5-9, 6-7 B) 2-4,5-9,6-7
C) 6-7, 5-9 D) 6-8,5-9
25. 17 yoshli sog`lom qiz bolaning pastki jag`ining chap tomoniga xos tish formulasini aniqlang.
A) 1-2-2-2 B) 2-1-2-2 C) 2-1-2-3 D) 2-2-1-2
26. Bir juft noallel genlar bilan ifodalanuvchi bitta belgisi bilan keskin farq qiluvchi ikki organizm o`zaro chatishtirilgandan so`ng F2 da fenotipik nisbat 15:1 bo`lsa, ushbu chatishtirishda F2 dagi avlodning necha foizi fenotip jihatdan birinchi avlod duragaylariga o`xshash bo`ladi?
A) 25% B) 50% C) 6,25% D) 93,75%
27. Nokumulyativ (a) va kumulyativ (b) polimeriya uchun xos bo’lgan xususiyatlarni ko’rsating. 1) Ikkinchi avlodda belgining rivojlanish darajasi dominant genlar soniga bog’liq 2) Birinchi avlodda belgining rivojlanish darajasi dominant genlar soniga bog‟liq emas 3) Genotipida 4 ta dominant geni bo’lgan organizm genotipida 4) Digeterozigota organizmlar chatishtirilganda avlodda 5 xil fenotipik sinf hosil bo’ladi 5) Digeterozigota organizmlar chatishtirilganda avlodda 2 xil fenotipik sinf hosil bo„ladi 6) miqdor belgilarni namoyon qiladi 7) sifat belgilarini namoyon qiladi 8) Digeterozigota organizmlar chatishtirilganda avlodda 9 xil fenotipik sinf hosil bo’ladi
A) a-4,6,8; b-3,5,7 B) a-1,2,3,4; b-5,6,8
C) a-3,5,7,8; b-1,4,6,8 D) a3,5,7; b-1,2,6,8
28. Odamda (a) va suv shillig’ida (b) so’lak bezlari soni nechta va ularning naychalari qayerga ochilishini aniqlang?
A) a-3 ta og’iz bo’shlig’iga, b-6 ta halqumga
B) a-6 ta og’iz bo’shlig’iga, b-2 ta halqumga
C) a-3 ta og’iz bo’shlig’iga, b-bir juft oshqozonga
D) a-6 ta og„iz bo„shlig„iga, b-3 ta og„iz bo’shlig’iga
29. Noto‘g‘ri fikrni aniqlang.
A)Retsessiv belgili organizm genotipini fenotip asosida aniqlash mumkin emas.
B)Urg‘ochi drozofila pashshasida tayoqchasimon jinsiy xromosomalar qo‘shaloq holda bo‘ladi.
C)Barcha odamlarning somatik hujayralarida xromosomalarning miqdor va sifat belgilari yig‘indisi bir xil emas.
D)Jinsiy hujayralarda paydo bo‘lgan mutatsiyalar shu organizm belgilarining namoyon bo‘lishiga ta’sir qilmaydi.
30. Qaysi javobda tuxum hujayraning urug‘lanishi bilan bog‘liq jarayonlar noto‘g‘ri ko‘rsatilgan? 1) javdarda chang donasining hosil bo‘lishi; 2) asalarida erkak individning rivojlanishi; 3) qarag‘ay qubbasida urug‘ning vujudga kelishi; 4) zuhrasoch sporofitida sporaning rivojlanishi; 5) yasmiqda murtakning paydo bo‘lishi; 6) povituxa itbalig‘ining zigotadan rivojlanishi
A) 2, 4, 6 B) 1, 3, 5 C) 1, 2, 4 D) 3, 5, 6
31. Odamlarda A va B genlari bitta autosoma xromosomasida joylashgan bo‘lib, ikki xil kasallikni yuzaga chiqaradi. Ayol ikkala kasallik bilan kasallangan bo‘lib, unga bu genlardan biri onasidan, ikkinchisi otasidan o‘tgan. Erkak ikki belgi bo‘yicha sog‘lom. Agar nazariy jihatdan krossingover 3% ni tashkil etsa, shu oilada ikki belgi bo‘yicha kasal farzandlarning tug‘ilish ehtimolini aniqlang.
A) 3% B) 97% C) 1,5% D) 48,5%
32. Genotipik (a) va fenotipik (b) o‘zgaruvchanliklarni aniqlang. 1) tuxumdan patsiz jo‘jalarning chiqishi; 2) suv nilufarining suv ostidagi bargi ingichka lansetsimon, suv ustidagi barglari voronkasimon bo‘lishi; 3) deletsiya; 4) odamlarda ultrabinafsha nurlar ta’sirida melanin pigmenti hosil bo‘lmasligi; 5) atmosfera past bo‘lgan sharoitda odam qonida eritrotsitlar sonining ortishi; 6) Klaynfelter sindromi; 7) Himolay quyonlarida sovuq ta’sirida qora jun o‘sib chiqishi; 8) mushuk barmoqlarining ayri bo‘lishi; 9) odamlarda barmoqlarning normadan kalta bo‘lishi
A)a - 1, 3, 5, 6, 7, 8, 9; b - 2, 9
B)a - 5, 6, 7, 8, 9; b - 1, 2, 4
C)a - 6, 7, 8, 9; b - 4, 5
D)a - 3, 4, 8; b - 2, 5, 7
33. Qushlarga mansub hayvon turida X xromosomaga birikkan retsessiv letal gen mavjud bo‘lib, bu gen XaXa va XaY genotipga ega organizmlarning embrionlik davri boshida nobud bo‘lishiga olib keladi. Normal ota-onadan tug‘ilishi mumkin bo‘lgan avlodda erkak va urg‘ochi jinsning nisbatini aniqlang.
A)50% urg‘ochi va 50% erkak yoki 75% urg‘ochi va 25% erkak
B)66,7% erkak va 33,3% urg‘ochi yoki 50% urg‘ochi va 50% erkak
C)75% erkak va 25% urg‘ochi yoki 50% urg‘ochi va 50% erkak
D)50% urg‘ochi va 50% erkak yoki 66,7% urg‘ochi va 33,3% erkak
34. Bulg‘or qalampirida (R−C−) genlarining birgalikda bo‘lishi mevasining qizil rangda bo‘lishini ta’minlaydi, ularning resessiv allellari esa mevasining yashil rangini yuzaga chiqaradi. Genotipda faqat birinchi juft allel gen dominant holda bo‘lishi mevasining qo‘ng‘irligini, faqat ikkinchi juft allelining dominant holda bo‘lishi esa mevasining sariq rangini namoyon etadi. Digeterozigota o‘simliklar chatishtirilganda avlodda olingan o‘simliklardan necha foizining fenotipiga ko‘ra genotipini aniqlash mumkin?
A) 25 B) 6,25 C) 12,5 D) 50
35. Triton uchun xos xususiyatlarni belgilang. 1) yurak qorinchasida venoz qon oqadi; 2) O‘rta Osiyoda uchramaydi; 3) atmosfera kislorodi bilan nafas oladi; 4) ayirish sistemasi − tasmasimon buyrak; 5) orqa ichak kengayib kloaka hosil qiladi; 6) dumsizlardan kelib chiqqan; 7) qovurg‘alari bo‘lmaydi; 8) urug‘lanishi tashqi
A) 1, 3, 4, 6 B) 2, 3, 6, 8 C) 3, 6, 7, 8 D) 4, 5, 8
36. Itqovun qaysi sinf, oila va bo‘limga mansub?
A)magnoliyasimonlar, qovoqdoshlar, magnoliyatoifa
B)magnoliyasimonlar, ziradoshlar, gulli o‘simliklar
C)ikki urug‘pallalilar, murakkabguldoshlar, magnoliyatoifa
D)magnoliyatoifa, dukkakdoshlar, gulli o‘simliklar
37. Uy tovug‘ining xromosomalari to‘plami n=39 bo‘lsa, uning teri hujayrasida reduplikatsiya jarayonidan so‘ng xromatidalar soni nechta bo‘ladi?
A) 117 B) 78 C) 156 D) 195
38. Hujayrada 1080 g glyukozaning anaerob sharoitda parchalanishidan hosil bo‘lgan jami energiya miqdorini (kJ) toping.
A) 720 B) 120 C) 1200 D) 480
39. Berilgan qaysi birikmalar qurilish materiali bo‘lib xizmat qiladi? 1) fosfolipidlar; 2) kraxmal; 3) selluloza; 4) mum; 5) lipoprotein; 6) glikolipid; 7) lipaza; 8) glukoza; 9) karbogidraza; 10) polimeraza A) 3, 5, 6, 8, 10 B) 1, 3, 4, 5, 6 C) 1, 2, 3, 5, 6, 9 D) 1, 2, 5, 6, 7, 9
40. Dala qirqbo‘g‘imida (1), sershox qirqbo‘g‘imda (2) sporadan (a) va zigotadan (b) nima rivojlanadi?
A)1 - a - sporofit, b - gametofit; 2 - a - gametofit, b - sporofit
B)1- a - sporofit, b - gametofit; 2- a - sporofit, b - gametofit
C)1 - a - gametofit, b - sporofit; 2 - a - gametofit, b - sporofit
D)1 - a - gametofit, b - sporofit; 2 - a - sporofit, b - gametofit
41. DNK molekulasining ma‘lum qismida 1380 ta vodorod bog‘lari bo‘lib, undagi sitozinli nukleotidlar 180 ta. Shu DNK bo‘lagi asosida transkripsiya jarayonida hosil bo‘lgan i-RNK molekulasidagi nukleotidlar sonini aniqlang.
A) 645 B) 600 C) 700 D) 1200
42. Olaqo‘zanning yuragidan chiquvchi qon tomirlarini va ularda qanday qon oqishini aniqlang.
A)o‘pka venasi - arteriya qoni; aorta qon tomiri - arteriya qoni
B)aorta qon tomiri - arteriya qoni; o‘pka arteriyasi - vena qoni
C)aorta qon tomiri - vena qoni; o‘pka arteriyasi - arteriya qoni
D)o‘pka venasi - vena qoni; aorta qon tomiri - arteriya qoni
43. Baqa (I) va it (II) ning orqa hamda qushlarning (III) oyoqlari qanday qismlardan iborat? 1) son; 2) boldir; 3) tovon; 4) panja; 5) ilik; 6) bilak
A) I- 1,2,3,4; II- 1,2,3,4; III -1,2,5
B) I- 1,2, 3,4; II- 1,2,3, 4,5; III -1,2, 5,4
C) I- 1,2,5,3,4; II- 1,2,3,4; III - 1,2,3,4
D) I - 1, 2,3,6; II - 1,2,3,4; III - 1,2,5,6
44.Nechta aminokislotaning genetik kodi faqat bitta?
A) 18 ta B) 20 ta C) 12 ta D) 2 ta
45. Lansetnik embrionidagi blastomerlar 64 taga yetishi uchun hujayralar necha marta meridianal va ekvatorial bo’linishi kerak?
A) 4 va 2 B) 4 va 3 C) 5 va 3 D) 2 va 1
46. Qorako'l qo'ylarning uzunquloqli bo'lishi to'liqsiz dominant holda nasldan naslga o'tadi. Tajribada geterozigotali organizmlar bir necha marta chatishtirilib, 28 ta nasl olindi. Olingan qo'zichoqlaming 25% i kalta quloqli bo'lgan. Avloddagi uzun quloqli qo'ylar sonini va foizini aniqlang.
A) 7 ta; 25 B) 14 ta; 50
C) 28 ta; 100 D) 21 ta; 75
47. Quyidagilar orasidan novdadagi barglari qarama-qarshi joylashgan madaniy buta(lar)ni aniqlang; 1) nastarin; 2) ligustrum; 3) chinnigul; 4) qumrio’t; 5) atirgul; 6) rayhon; 7) shirinmiya;
A) 3,7 B) 3,4,5 C) 1,2 D) 1,2,5
48. Berilganlardan qaysi birining gullari qiyshiq, novdadagi barglari qarama-qarshi joylashgan bir yillik o’simlik hisoblanadi? A) Rayhon B) Sallagul C) Sigirquyruq D) Chinnigul
49. Asalarining qaysi organlari soni ko’zlari soniga teng?
A) yurish oyoqlari B) qanotlari, hartumchasi C) mo’ylovlari D) oldingi qanotlari, mo’ylovlari
50. Tiriklikning qaysi tuzilish darajasiga ko’ra organizmlar bir va ko’p hujayralilarga bo’linadi? A)organizm; B)hujayra; C)populatsiya-tur; D)biogeotsenoz