192
3. Oʻquvchilarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
Darsning jihozi:
raqamli kartochkalar, masala sharti yozilgan lavha, jadval,
testlar, kitob, magnitofon, proektor.
Dars turi:
noan‘anaviy.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism oʻtkazilib, navbatchining
axboroti tinglanadi, Darsga
«Matematika» kitobi kirib keladi.
- Assalomu-alaykum, bolajonlar. Meni tanidingizmi?
— Mening ishim — hisob-kitob
Hamda berish nuri oftob.
Ishlamasam agar bir kun,
Dunyo boʻlar zim-ziyo tun.
oʻrgan meni erta-yu kech,
«Yomon» baho olmagin hech.
Kimki bilsa meni a ‗lo,
U bilimli hamda dono.
«Matematika» kitobi oʻquvchilarga test topshiriqlari tarqatadi.
(Shu choq eshik taqillab, ertakchi momo kirib keladi).
Ertakchi momo:
- Assalomu-alaykum, bolajonlar.
Kichkintoylar huzurida
boʻlib, biroz kechikdim, buning uchun uzr.
Bolalar:
- Ayni vaqtida keldingiz. Qani, marhamat!
Ertakchi momo:-
Bolalarim, ertak eshitishga tayyormisizlar? Boʻlmasa,
quloq solinglar.
Qadim zamonda, tog‗lar ortida, dengiz tomonda, raqamlar mamlakati
boʻlgan ekan. Unda juda ham inoq sonlar yashagan ekan.
Kunlardan
bir kuni, ular uzoq bir yurtda Matematika mamlakati va uning
odil shohi borligini eshitib qolishibdi. Shoh oʻz xizmatiga barcha raqamlarni taklif
etibdi. Raqamlarning hammasi shoh xizmatini bajarishga rozi boʻlibdi. Raqamlar
mamlakati bilan Matematika shohi davlati orasida juda katta vodiy bor ekan. Bu
193
vodiyda esa 4 ta
daryo bolib, ularning nomi «Qoʻshish», «Ayirish», «Koʻpaytirish»
va «Boʻlish» ekan.
Raqamlar qanday qilib Matematika shohi mamlakatiga borishni
maslahatlashishibdi. Ular hammalari birgalikda borishga qaror qilibdilar,
chunki
shunday qilinsa, har qanday qiyinchilikni oson еngish mumkin, ekan-da.
Ertalab quyosh oʻzining zarrin nurlarini еrga sochib, atrof yorisha
boshlaganda raqamlar yoʻlga chiqishibdi.
Ular uzoq yurishibdi va, nihoyat,
«Qoʻshish» daryosi boʻyiga еtib kelishibdi. Barcha raqamlar daryo boʻyiga
yig‗lishibdi, daryo suvidan ichib, chanqog‗ini bosmoqchi boʻlishibdi, ammo
―Qoʻshish‖ daryosi ularga suv bermabdi. «Agar suv ichmoqchi boʻlsangiz, avval,
mening quyidagi shartimni bajarishingiz lozim. Juft-juft boʻlib saflaning va
qoʻshiling, shundagina suv ichasizlar», debdi.
Shartga koʻra bir oʻquvchi chiqib magnit taxtasidagi jadvalni toʻ ldiradi.
10 2
4 3 5 1 6 8 9 7
Qolgan oʻquvchilar bilan qoʻshishga doir «Son ketidan son kelar» oʻyini
oʻynaladi. Bu oʻyinda bir oʻquvchi qoʻshishga
doir misol aytadi, javobi necha
chiqsa, boshqa oʻquvchi oʻsha javobdan boshlab yana misol aytishda davom etadi.
Masalan :
15+32=47
47+23=70
70+20 = 90 va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: