Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti b. S. Abdullayeva, N. Sh. Ruzikulova


III MODUL. BOSHLANG„ICH SINF OʻQUVCHILARINI AXBOTOT



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/89
Sana28.06.2022
Hajmi5,61 Mb.
#715425
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   89
Bog'liq
fayl 1505 20210818

III MODUL. BOSHLANG„ICH SINF OʻQUVCHILARINI AXBOTOT 
TEXNOLOGIYALARI TA‟LIMIGA TAYYORLASH 
22-§. KOMPYUTERDA FOYDALANUVCHIGA MOS MUHITNI 
TASHKIL 
ETISH, 
TEXNIK 
XAVFSIZLIKNI 
TUSHUNTIRISH. 
KOMPYUTER QURILMALARI HAQIDA TUSHUNCHA BERISH. 
Tayanch soʻz va iboralar: kompyuter, foydalanuvchi, texnik havfsizlik, 
kompyuter qurilmalari, klaviatura, sichqoncha, mashgʻulotlar. 
Boshlangʻich sinflarda shaxsiy kompyuterlardan foydalanish uchun, uning 
oʻqituvchilari va oʻquvchilari elementar kompyuter savodxonliklariga ega 
boʻlishlari shart, chunki kompyuterda ishlashni oʻrganmasdan turib, ulardan 
foydalanib boʻlmaydi. 


197 
Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining elementar kompyuter savodxonliklarini 
shakllantirish hozirgi davrdagi dolzarb masala hisoblanadi. Uning dolzarbligini 
quyidagilar bilan asoslash mumkin: birinchidan, boshlangʻich sinflarni zamonaviy 
texnik vositalar bilan ta‘minlash, kompyuterlashtirish, bolalarga kompyuter 
savodxonligi asoslarini oʻrgatish masalalari, ikkinchidan, hozirgi kunda jahon 
miqyosida 
jamiyat 
kompyuterlashtirilmoqda, 
ta‘lim 
tizimiga 
kompyuter 
texnologiyasi jadal joriy etilmoqda. Uchinchidan, kompyuter – Multimedia 
texnologiyasining asosiy vositasi boʻlib, usiz boshlangʻich sinflarda ushbu 
texnologiyani amalga oshirib boʻlmaydi.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda oʻquvchilarning kompyuter 
savodxonliklarini boshlangʻich sinflardan boshlash zaruriyati tugʻilayotganligi 
ayon. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida kompyuter savodxonligini shakllantirishda, 
ularning yoshlarini, pedagogik-psixologik jihatlarini, sinflarning texnik vositalar 
bilan ta‘minlangan darajalarini hisobga olish zarur. 
Boshlangʻich sinf oʻquvchilariga elementar kompyuter savodxonliklarini 
shakllantirishda turli uslublardan foydalanish mumkin. Biz shulardan biri 
analogiya 
va 
modellashtirish 
uslubidan 
foydalanamiz. 
Bu 
uslubdan 
foydalanilganda kompyuterning tashqi qurilmalarini oʻrganish va ulardan 
foydalanib amaliy ishlarni bajarish oson kechadi. Oʻrganish jarayoni esa, 
bosqichma-bosqich amalga oshirilib, oddiy unsurlardan boshlanadi, soʻngra 
murakkablariga oʻtiladi. Analogiya – kompyuterlarni televizor bilan taqqoslash 
asosida olib boriladi.
Tashqi oʻxshashlik:
1. Tarbiyalanuvchilarga kompyuterda televizor ekraniga oʻxshash ekran 
borligi ta‘kidlanadi.
2. Televizor ham, kompyuter ham ishlatish oldidan elektr tarmogʻiga ulanadi.
3. Televizor antenna yordamida telemarkazdan yuborilayotgan tasvirlarni 
(ma‘lumotlarni) qabul qiladi. Kompyuter esa, uning xotirasiga kirgiziladigan 
ma‘lumotlar va axborotlarni qabul qiladi. 


198 
4. Televizor maxsus pulьtlar orqali boshqariladi (kanallar va tovush 
oʻzgartiriladi). Kompyuter esa, maxsus tugmachalar va «Sichqoncha» orqali 
boshqariladi. Bularni ham oʻqituvchi bir vaqtning oʻzida koʻrsatib boradi. 
5. Televizorda DVD qurilmasi vositasida kompakt disklardagi tasvirlarni 
qayta koʻrsatish mumkin. Kompyuterlarda esa, kompakt disklardan tashqari, 
xotirasiga kiritilgan tasvirlarni qayta koʻrsatish mumkin. 
6. Televizorda yozuv ishlarini bajarib boʻlmaydi, kompyuterda esa, 
klaviatura yordamida yozuvlarni yozish mumkin (tarbiyalanuvchilarga klaviatura 
qurilmasi koʻrsatiladi). Printer qurilmasi esa, uni chop etib beradi (printer 
qurilmasi ham koʻrsatiladi). Televizorda tasvir yuboruvchi markaz yuborayotgan 
turli xil oʻyinlarni, masalan, stadiondan futbol oʻyinini koʻrish mumkin. 
Kompyuterda esa dasturlash orqali xotirasiga kiritilgan va Internetdan olingan turli 
xil oʻyinlar koʻrsatiladi (oʻqituvchi biror-bir kompyuter oʻyinini namoyish etadi). 
A). Oʻqituvchi kompyuterning afzalliklarini koʻrsatadigan yana bir nechta 
taqqoslashlar keltiradi. Jumladan: 
1. Oʻquvchining daftariga chizgan rasmi harakatlanmaydi (statik holat). 
Kompyuter xotirasiga kiritilgan rasm esa, harakatlanib turishi mumkin 
(animatsiya). 
2. Oʻquvchi daftariga 15-20 ta rasm chizganda daftar sahifalari toʻlib qoladi. 
Kompyuter esa, minglab rasmni xotirasiga saqlashi mumkin.
3. Oʻqituvchi , ―4‖ sonini doskaga yozib koʻrsatgandan keyin ma‘lum vaqtdan 
keyin u oʻchirilib tashlanadi. Kompyuterga kiritilgan ,,4‖ soni esa, uning xotirasida 
uzoq vaqt saqlanib turadi va istalgan vaqtda ochib koʻrsatilishi mumkin. 
4. 
Oʻquvchilar 
geometrik 
shakllarni 
uchburchak, 
toʻrtburchak, 
koʻpburchaklarni chizish uchun koʻp vaqt sarflaydi, kompyuterda esa, tezgina 
bajariladi. 
B). Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining yoshlariga mos kompyuter 
qurilmalari bilan tanishish va ishlash algoritmi beriladi hamda ishlash jarayoni 
oʻrgatiladi. Jumladan, kompyuterlarda ishni boshlash uchun:


199 
a) dastlab u elektr tarmogʻiga ulanadi;
b) oʻzini-oʻzi tekshirish amali bajariladi;
v) operatsion tizim yuklanib, maxsus belgi kiritiladi va viruslar ta‘siri 
tekshiriladi;
g) ―Sichqoncha‖ yordamida kompyuterda belgilangan vazifalar bajariladi; 
d) belgilangan vazifa bajarib boʻlingach, ishlayotgan dasturlarning ishlashi 
toʻxtatiladi, koʻrsatuv oynasi va boshqaruv qismi oʻchiriladi; 
e) kompyuter elektr tarmogʻidan uziladi. (Oʻquvchilarning har bir harakati 
oʻqituvchi tomonidan kuzatilib, tekshirilib boriladi.) 
Yuqoridagilar boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun oʻrgatilishi kerak 
boʻlgan elementar ma‘lumotlardir.
V). Ma‘lumki, boshlangʻich sinf oʻquvchilariga elementar kompyuter 
savodxonligini shakllantirish deganda, yuqoridagilardan tashqari, ularning amaliy 
faoliyatlari va kompyuterda ta‘lim-tarbiya jarayonini amalga oshirishda amaliy 
malakalarini shakllantirish koʻzda tutilgan. Tabiiyki, ta‘lim-tarbiya jarayonini 
amalga oshirishda oʻquvchilarni klaviaturadan yoki «Sichqoncha‖ qurilmasi 
yordamida ishlab dastlabki malakalarini oshirishlari kerak. Oʻquvchilarning 
malaka oshirishlari quyidagicha amalga oshiriladi: 
Kompyuter qismlaridan biri boʻlgan klaviaturaning kattalashtirilgan modeli 
va «Sichqoncha»ning oʻziga oʻxshash modeli tayyorlanadi. Oʻqituvchi dastavval 
oʻquvchilarni klaviatura modelida mashq qildiradi. Jumladan, harflarni va 
kompyuterni boshqarishga tegishli tugmachalarni birin-ketin bostirib chiqadi va 
tushuntirib boradi. Soʻngra, oʻquvchilar «Sichqoncha» modeli bilan mashq 
qiladilar. Bunda «Sichqoncha» modeliga ulangan koʻrsatgichlar kompyuter 
ekraniga oʻxshash va vertikal joylashtirilgan taxtaning oʻqituvchi belgilab bergan 
nuqtalariga olib boriladi. Shundan keyin, oʻquvchilar oʻqituvchi nazorati ostida 
haqiqiy klaviaturada va «Sichqoncha» bilan ishlashga oʻtadilar. Dastlab 
klaviaturada biron-bir harfni, masalan ,,A‖ harfini bosib, uni kompyuter ekranida 


200 
hosil qilish boʻyicha mashqni bajaradilar. va ekrandagi harflarni printerdan 
chiqarib oladilar. 
G). Oʻquvchilarning kompyuter savodxonligini shakllantirilishining asosiy 
maqsadi 
ta‘lim-tarbiya 
jarayonini 
amalga 
oshirishda 
kompyuterlardan 
foydalanishga qaratilgani sababli, oʻqituvchi oʻzining nazorati ostida
«Sichqoncha» yordamida turli ta‘lim oʻyinlarini, matematik amallarni, ekologik 
topshiriqlarni va shularga oʻxshash vazifalarni bajartirishga oʻtadi. Oʻquvchilar
«Sichqoncha»dan foydalanish boʻyicha toʻla amaliy malaka va koʻnikma hosil 
qilganlaridan soʻng mustaqil ishlar bajara boshlaydilar. Bu holda ham oʻqituvchi 
ularning ishini doimiy kuzatib turadi. 
D). Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida kompyuter savodxonliklarini 
shakllantirishning yana bir qulay tomoni shundan iboratki, Multimedia 
texnologiyasidan foydalanish jarayonida oʻquvchilarning bilimlarini baholash ham 
kompyuterga kiritilgan test savollari, rasmlar, oʻyinlar, mashqlar, taqdimotlar 
orqali amalga oshiriladi. Bu holda oʻquvchilar ularga qoʻyilgan savollarga toʻgʻri 
javob topishlari talab etiladi. Boshlangʻich sinflarda masofali ta‘lim 
texnologiyasidan foydalanish jarayonida ham kompyuterdan foydalanish qoʻl 
keladi. Internetdan foydalanish oʻqituvchining bevosita nazorati va koʻrgazmasi 
asosida oʻtkaziladi. Yuqorida kompyuterni televizorga taqqoslab oʻrganish 
jarayonida oʻquvchilarga DVD qurilmasi, uning pulьti va pulьtidan foydalanishga 
oid ma‘lumot berilgan edi. Bu qurilma esa, kompyuter bilan ta‘minlanmagan ba‘zi 
bir boshlangʻich sinflarda Multimedia texnologiyasidan foydalanishda oʻqituvchi 
pedagoglarga qoʻl keladi, ya‘ni ta‘lim muassasasi kompyuter bilan ta‘minlangunga 
qadar vaqtinchalik ta‘lim-tarbiya jarayonida (tasvirlarni koʻrsatishda) televizor va 
DVDdan foydalanib turiladi. Buning uchun, u yoki bu yoʻnalish boʻyicha ta‘lim 
materialiga tegishli kompakt disk tayyorlash kifoya. 
Kompyuterli mashgʻulotlar an‘anaviy mashgʻulotlarga nisbatan qiziqarli 
oʻtadi, hatto faol boʻlmagan oʻquvchilar ham kompyuterli mashgʻulotlarga faol 
qatnashadilar.


201 
Boshlangʻich sinflarning ta‘lim-tarbiya jarayonida kompyuterlardan 
foydalanilganda oʻquvchilarning mashgʻulotlarga qiziqishlari hosil boʻlishidan 
tashqari, ularning mantiqiy fikrlash qobiliyatlari shakllanadi, oʻrganiladigan 
materialga mos bilim, koʻnikma va malakalari shakllanadi.
Shunday 
qilib, 
boshlangʻich 
sinf 
oʻquvchilarining 
kompyuter 
savodxonliklarini shakllantirishda koʻproq e‘tiborni amaliy mashgʻulotlarga va bu 
mashgʻulotlarda oʻquvchilarning kompyuterlarda mustaqil ishlashlariga qaratish 
lozim. 
Kompyuter texnologiyalarini ta‘lim jarayonida qoʻllash zarur, biroq 
kuzatilishi lozim boʻlgan maqsadlar real boʻlishi kerak. Umuman olganda, 
texnologik jarayon kutilgan natijalarga erishish uchun bajariladigan xarakatlarning 
aniq ketma-ketligi kerak. Bu jixatdan metodika xam muayan talablar ishlab 
chiqilgan boʻlib ular uchta katta guruxga boʻlinadi: didaktik, psixofiziologik va 
texnik. 
Didaktik talablar ta‘lim tamoyillari bilan bevosita bog‗lik boʻlib, unga bayon 
qilinayotgan oʻquv materialida asosiy va asosiy boʻlmagan elementlarni ajratib 
koʻrsatish, oʻquv materialini bayon qilishning soddaligi va aniqligi, oʻquv 
materialini bayon qilish sur‘atining oʻquvchilar oʻzlashtirish sur‘atiga mosligi, 
oʻquv materialini oʻrganishning koʻp variantliligiga oid talablar kiritilsa, 
psixofiziologik talablar tayyorlanayotgan dasturiy vositalarda ekrandagi tasvirlar 
rangi, ma‘lumotlarning tuzilishi, ekrandagi ob‘ektlarning koʻrinishi, dasturdagi 
tovush effektlari va interfeysning kulayligi tamoyillarini e‘tiborga olishni nazarda 
tutadi. Oxirgi texnik talab dasturning universalligi, dastur xajmining ixchamligi, 
oʻquvchi uchun ortiqcha ma‘lumotlarning yashirilishi, oʻqituvchi va oʻquvchi 
vaqtini mumkin qadar tejash kabilarni oʻz ichiga oladi. 
Ushbu umumiy talablardan kelib chiqib, boshlang‗ich sinflar uchun 
yaratiladigan pedagogik dasturiy vositalarda quyidagilarni inobatga olish 
maqsadga muvofiq. 


202 
1. 
Dasturga oid belgilarning ekrandagi oʻlcham jixatdan kattaligi oddiy 
xoldagi yozuv belgilaridan uch marta ortiq boʻlishi lozim (psixo-fiziologik talab). 
2. 
Xar bir dastur bilan uzluksiz ishlash vaqti 10-15 daqiqadan oshmasligi 
kerak (texnik talab). 
3. 
Dasturiy vositasida ishlatiladigan ranglar xilma-xilliligiga aloxida 
e‘tibor qaratish (psixofiziologik talab) lozim. 
4. 
Dasturiy vositasi ishlash jarayonida tovush effektlaridan foydalanish 
va uning ishtirokini ta‘minlash (psixofiziologik talab). 
5. 
Dasturiy vositasi yordamida berilayotgan oʻquv materialining sodda 
va aniqligi (didaktik talab). 
6. 
Oʻquv materialini dasturiy vositasi asosida oʻzlashtirishda uning 
individualligini ta‘minlash (didaktik talab). 
7. 
Dasturiy vositasi doirasida uzatilayotgan oʻquv materialining mos- 
lashuvchanligini (ya‘ni oʻquvchi oʻz bilim va kunikmalari darajasiga muvofik, 
oʻquv materialini tez oʻzlashtirishini) ta‘minlash (didaktik talab). 
8. 
Dasturiy vositasi orqali oʻzatiladigan oʻquv materiali va nazorat 
topshiriqlari oʻquvchilarda salbiy xislarni uyg‗otmasligi xamda ularning fanga 
nisbatan qiziqishlarini susaytirmasligi lozim (didaktik talab). 
Kompyuter oʻziga xos oʻquv vositasi boʻlib, u bir qancha muhim vazifalarni 
amalga oshiradi: 
a) oʻzlashtiriladigan ob‘ektlarni predmet mazmunini modellashtirish; 
b) tegishli umumlashgan faoliyat usullarini modellashtirish; 
d) oʻzaro uyushgan va xamkorlikdagi faoliyatni modellashtirish; 
e) texnik ijodiyot vositasi. 

Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish