216
Rivojlangan mamlakatlar qatorida Oʻzbekiston Respublikasida ham
zamonaviy kompvuter va axborot texnologiyalari sohasida samarali ishlar amalga
oshirilmoqda. Fan va ta‘limning barcha sohalariga axborot
texnologiyalarni keng
miqyosda qoʻllash, yuqori malakali dasturchi mutaxassislar tayyorlash darajasini
oshirish, xalqaro axborot tizimlarini joriy etish, shu jumladan,
Internetni
kengaytirish maqsadida Respublikamizda umumta‘lim maktablari va maktabgacha
ta‘lim
muassasalari,
maxsus
maktab-internetlarda
zamonaviy
axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish keng joriy etilmoqda. Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 iyundagi ―Oʻzbekiston Respublikasi
aholisiga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishni yanada takomillashtirish
toʻg‗risida‖ gi PQ-4354-son Qarorida Respublikada ijtimoiy-iqtisodiy sohani isloh
qilishning hozirgi sharoitida axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishning orqali
aholining kitobga boʻlgan qiziqishini oshirish, umumta‘lim
maktablari veb-
saytlariga yaratilayotgan elektron darsliklar joylashtirilib borilishi natijasida
oʻquvchilar zamonaviy axborot texnologiyalarini puxta egallab, bu borada zarur
bilim va koʻnikmalarga ega boʻlib bormoqda.
Ta‘lim jarayoniga axborot texnologiyalarini olib kirish zarurati 70-80
yillardan boshlab (oʻquvchilarning mashg‗ulotlarga qiziqishi pasayib ketgach )
dars metodlarini, shakl va metodlarini oʻzgartirish, yangilik kiritishdan boshlandi.
Nostandart darslarga axborot texnologiyasini (kompyuter, filmoskop, kodoskop va
h.k) va pedagogik texnologiyalarni qoʻllash bilan takomillashtirib borilmoqda.
Jamiyatimiz va xalq ta‘limining zamonaviy talablaridan kelib
chiqqan xolda,
uzluksiz ta‘lim tizimida yangi pedagogik va axborot texnologiyalar nazariyasi,
ta‘lim jarayoniga kompyuter va axborot texnologiyalarini joriy etish buyicha ilmiy
izlanishlar
olib
borgan
olimlardan
A.A.Abduqodirov,
N.I.Taylaqov,
U.Yu.Yuldashev, F.M.Zakirova larni, an‘anaviy va elektron darsliklar yaratishda
N.I.Taylaqov, A.A.Abduqodirov, M.M.Aripov, F.M.Zakirova, T.R.Azlarov,
B.J.Boltaevlarni, informatikani oʻqitish mazmuni va metodikasi yoʻnalishlarida
T.R.Azlarov,
D.M.Esanbaeva,
I.Isakov,
A.E.Xayitov,
R.R.Boqievlarni,
217
umumta‘lim maktablarining boshlang‗ich sinflarda oʻquvchilarni informatika
ta‘limiga tayyorlash yoki informatika asoslari boʻyicha ta‘limi
yuzasidan
T.R.Azlarov, A.A.Abduqodirov, S.Raxmonqulovalarni aytib oʻtish lozim.
Ta‘limda,
umuman,
barcha
jabhalarda
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini qoʻllash, hech qanday toʻsiqlarsiz axborot izlash, olish,
tekshirish, uzatish hamda axborotlarni yanada takomillashtirish yuzasidan qator
chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilinmoqda. Globallashuv jarayoni
ta‘limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) dan keng foydalanishni
talab etadi. Oʻqitishning zamonaviy usullari
va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini qoʻllamasdan turib, oʻqituvchi oʻz kasbiy faoliyatida samarali
natijalarga erisha olmaydi. Ammo bunda ta‘limning maqsad va mazmuni, usul va
vositalari hamda tashkiliy shakllarini toʻg‗ri tanlash muhim ahamiyatga ega.
Hozirgi zamon mutaxassisi qaysi sohada ishlamasin, uning oldida oʻzining
sohasiga tegishli hodisa va voqealarni bilib turishi bilan birga,
bilim saviyasini
ham doimiy ravishda oshirib borishini shu bilan birgalikda oʻz
Do'stlaringiz bilan baham: