Savol va topshiriqlar
1.
Oʻqish darslarini tashkil etishda axborot texnologiyalaridan
foydalanilganda: ... .
2. Oʻquv materiallarini АКТ yordamida taqdim etishning afzalliklarini bayon
qiling.
19-§.
TABIATSHUNOSLIK
DARSLARIDA
AXBOROT
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
Tayanch sо‘z va iboralar:
tabiatshunoslik darslari,
atrofimizdagi olam, axborot
texnologiyalari, dars ishlanma.
―Tabiatshunoslik‖ fanini oʻrganish jarayonida oʻquvchilarga berilayotgan
hayotiy bilim, koʻnikma va malakalar hamda kompetensiyalarni shakllantirishda
180
oʻquv dasturi boʻlinmalariga muvofiq yangi bilimlar bilan qurollantiribgina
qolmay, balki 1-2-sinflar ―Atrofimizdagi olam‖, 3-4sinf ―Tabiatshunoslik‖
fanlaridan olgan tabiat haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish kursning asosiy
vazifalaridan hisoblanadi. Tabiat va jamiyat hayotini koʻp yoqlama bilish qator
voqea va hodisalarning mazmun-mohiyatini anglash, ularning oʻzaro aloqalarini
tushunishga imkon beradi. Ekologik ta‘lim maqsadlaridan kelib chiqib,
―Tabiatshunoslik‖ insonning tabiatga ta‘siri bilan tanishtirishni oʻz oldiga muhim
vazifa qilib qoʻyadi.
Demak Tabiatshunoslik fani tabiiy-ilmiy oʻquv fanlar sirasiga kiradi. Suning
uchun tabiatshunoslik darslarida ilmiy dunyoqarashni shakllantirish bolalarning
tabiatdagi voqelikni doimiy kuzatib borishi orqali erishiladi. Tabiatdagi voqelikni
doimiy kuzatib borishni vaqt va makon jihatdan har doim ham amalga oshirib
boʻlmaydi. Tabiatshunoslik darslarida axborot texnologiyalarini va pedagogik
texnologiyalarni integrativ tarzda qoʻllanilishi darslarni samarali tashkil etishga
xizmat qiladi.
Ma‘lumki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasin- ing 2017-yil 6-
apreldagi 187-sonli qarori bilan umumiy oʻrta ta‘lim maktablarining
kompetensiyaviy yondashuv asosida tasdiqlangan davlat ta‘lim standartlari
boʻyicha qayta nashr etilgan boshlang‗ich sinf tabiatshunoslik darsliklarini oʻqitish
boʻyicha multimedia ilovali metodik qoʻllanmalar ishlab chiqilgan boʻlib, ishlab
chiqilgan multimedia ilovalari oʻqituvchilarning darslarga puxta tayyorgarlik
koʻrishlari, darslarni zamon talablari asosida tashkil etishlari, dars jarayonida
oʻquvchilarga qiziqarli va hayotiy ma‘lumotlarni berishlari, ularning faolligini
oshirish hamda bilimlarini mustahkamlash uchun qulay imkoniyatlar yaratadi.
Ta‘lim jarayonida oʻquvchilarning bilim olishi, koʻnikma va malakalarining
shakllanishi ularning dunyoqarashini kengaytirilishi, ijodiy izlanishlarining
rivojlanishi, oʻqituvchi bilan hamkorlikda oʻqitish metodlari, vositalari, shakllari
yordamida shakllanadi.
181
Ta‘limiy jihatdan umumiy oʻrta ta‘lim maktablarida tabiatshunoslikni oʻqitish
toʻrtta tarkibiy qismdan iborat. Bular:
1.
Asosiy qoidalar, nazariyalar va tushunchalarni oʻrganish.
2.
Faoliyat usullari, ya‘ni, koʻnikma va malakalarni shakllantirish.
3.
Ijodiy faoliyat tajribalarining shakllanishi.
4.
Borliqqa
nisbatan
ijobiy
munosabatda boiish
tajribalarining
shakllanishi.
―Tabiatshunoslik‖ darslarida oʻqituvchi oʻquvchilarda muayyan bir
tushunchalarni shakllantirish uchun oʻquv materialini koʻrgazmali vositalardan
samarali foydalanib tushuntirishi, oʻqituvchining еtkazgan axboroti va uning
asosida shu mavzu ustida mustaqil izlanishi, ishlashi natijasida oʻquvchilar sezgi
a‘zolari asosida qabul qiladilar. Qabul qilingan axborotni tasavvur qilish, idrok
etish, yodda saqlash va amalda qoʻllashni oʻrganish tashkil etiladi.
Oʻrganilayotgan obyektlarni namoyish qilishda tushunchalarni shakllantirish
jarayonida quyidagi jihatlarga e‘tiborni qaratish zarur:
A)
oʻrganilayotgan obyekt, hodisa va jarayonni avval oʻrganilganlar bilan
qiyoslash, oʻxshashligi va farqini, oʻziga xos jihatlarini aniqlash;
B)
oʻrganilayotgan va avval oʻrganilgan obyekt, hodisa va jarayonlarning
umumiyligini aniqlash;
V) oʻrganilayotgan obyekt, hodisa va jarayonning oʻziga xos tomonlarini
aniqlash;
G) oʻrganilayotgan obyekt, hodisa va jarayonning eng muhim jihatlarini
oʻrganish;
D) oʻrganilgan obyekt, hodisa va jarayonlar haqidagi tushunchalarning
asosida egallangan bilimlarni amalda qoʻllay olishga erishish.
―Tabiatshunoslik‖ darslarida oʻquvchilarda tarkib toptirish zarur boʻlgan
amaliy va mehnat koʻnikmalari, ularning tarkib toptirishga qaratilgan oʻziga hos
tabiatda kuzatish, tajribalar qoʻyish, tabiatda moʻljal olish koʻnikmalarini
shakllantirish usullari mavjud boʻlib bu usullarni amalga oshirish amaliy
182
mashg‗ulotlar orqali shakllantiriladi. Bunda oʻquvchilar oʻzlari ishtirok etgan
jarayonlar haqida tasavvurga ega boʻladilar. Oʻquvchilar ishtiroki cheklangan
noma‘lum jarayonlar esa maxsus videoilovalarda namoyish etiladi.
Oʻquvchilarning ijodiy faoliyat tajribalarini oʻqituvchining tayyor axboroti
orqali shakllantirib boʻlmaydi.
Oʻquvchilarda ijodiy faoliyat tajribalari avval oʻzlashtirilgan bilim, koʻnikma
va malakalarni yangi kutilmagan vaziyatlarda qoʻllashi, mustaqil va ijodiy ishlashi
orqali tarkib toptiriladi. Shu sababli oʻqituvchi ‗Tabiatshunoslik‖ darslarida
oʻquvchilarning mustaqil va ijodiy ishlariga keng oʻrin berishi lozim. Mustaqil
ta‘lim olishga yoʻnaltiradigan multimedia ilovalarda oʻquvchilarning ijodiy
faoliyatini tarkib toptirishda tevarak atrof-muhitni oʻrganish, moddiy va ma‘naviy
boyliklarni aniqlash, atrof-muhitga ziyon keltiruvchi dastlabki ekologik belgilarini
mustaqil aniqlash, atrof-muhitdagi voqea va hodislarni taqqoslash, oʻxshashlik va
farqlari, umumiy belgilarni aniqlash, tevarak-atrofdagi voqea va hodislarning
insonlarga va insonlarning atrof-muhitga ta‘sirini ajratish, tahlil qilish, oʻsimliklar
olarnini va hayvonot dunyosini yaxlit organizmlar sifatida tasavvur qilish,
jarayonlarning sabab va oqibatlarning bog‗lanishlari, kuzatish va tajriba natijalarini
yakunlab xulosa chiqarish, olingan natijalarni umumlashtirib xulosa chiqarish,
darslik, xaritalar, atlas, yozuvsiz xarita ustida mustaqil ishlashga qaratilishi muhim.
Tabiatshunoslikni oʻqitishda oʻquvchilarning mustaqil ishlash koʻ nikmalari
va ularni rivojlantirish yoʻllaridan biri bu koʻrgazmali vositalar ustida mustaqil
ishlash – tavsiya etilgan koʻrgazmali vositalarni koʻrib chiqish, obyektlarning
oʻrnini, xususiyatlarini aniqlash.
Tabiatshunoslik‖ darslarida ilg‗or ped agogik va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanishga doir namunaviy dars ishlanma
Mavzu: Kirish. Oʻlkamiz tabiati.
Kirish.
Darsning maqsadi:
183
a)
ta‘limiy maqsad: oʻquvchilargatabiatshunoslikfanining maqsadi,
vazifalari, uni oʻrganish jarayonida bilib olinadigan asosiy tushunchalar,
qonuniyatlar haqida umumiy ma‘lumotlar berish. FK1: tabiat hodisalari va
jarayonlar haqida bilib olish;
b)
tarbiyaviy maqsad: oʻquvchilarni insoniyatning tabiatga ta‘siri va uni
asrashga oʻrgatish.TK3: atrofdagi tabiat manzaralarini his etish;
d) rivojlantiriuvchi maqsad: oʻquvchilarning darslik materiallari, darsga oid
rasmlar, amaliy ishlar daftari bilan ishlash malakalarini rivojlantirish. FK4: tabiat
mavjudodlari, boyliklari, uy va yovvoyi hayvonlarning yashash sharoiti, yoz
faslining boshqa fasllardan farqi haqida ayta olish, malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: kirish darsi.
Darsda foydalaniladigan metodlar: suhbat-munozara, aqliy hujum, muloqot
texnologiyasi, guruhlarda ishlash, mustaqil ishlash.
Darsda foydalaniladigan jihozlar: Quyosh sistemasi tasvirlangan rasmlar,
globus, Vatanimiz tabiati, aholisining turmush tarzi aks ettirilgan rangli rasmlar,
foto albomlar.
Darsning borishi:
I.
Tashkiliy qism:
Oʻquvchilar davomati aniqlanadi, ularning darsga tayyorligi nazorat qilinadi,
sinf doskasiga oʻrganiladigan predmetning nomi, mavzusi yoziladi.
Dars mavzusini tushuntirishda yordam beradigan Vatanimizning jozibali
tabiat manzaralari, xushmanzara goʻshalari tasvirlangan rangli fotosuratlar,
fotoalbomlar tayyorlanadi.
II.
Oʻtilgan mavzularni takrorlash:
Mavzu kirish suhbati bilan boshlanib, oʻquvchilarning awalgi sinfda olgan
bilimlari yodga olinadi. Oʻquvchilarga 3-sinf ―Tabiatshunoslik‖ darslarida
oʻrgangan materiallari yuzasidan savollar beriladi. Savol- javoblar asosida
oʻrganilganlar va yozgi ta‘til davrida oʻquvchilarning qanday ishlar bilan mashg‗ul
boʻlganliklari haqida suhbat tashkil qilinadi.
184
III.
Yangi mavzuni tushuntirish:
Oʻquvchilarga 4-sinfda oʻrganiladigan ―Tabiatshunoslik‖ fanining maqsadi va
vazifalari tushuntiriladi. Oʻkamiz tabiatining, hayvonot olarnining boy ekanligi,
shahar va qishloqlarining tabiati aks ettirilgan
slaydlar namoyish etiladi. Suv havzalari haqida ma‘lumotlar beri- ladi. Asosiy
oʻrganiladigan mavzular mazmuni, dars jarayonida oʻtkaziladigan amaliy ishlar,
olib boriladigan kuzatishlar, ularni tahlil qilish, darslikdagi materiallar bilan
ishlash, kundalik kuzatish daftarining yuritilishi, 4-sinf uchun chop etilgan
geografik atlas, uning mazmuni, atlas asosida olib boriladigan amaliy ishlar haqida
ma‘lumotlar beriladi.
IV.
Yangi mavzuni mustahkamlash:
Darslikning 4-5-betlardagi rasmlar bilan ishlanadi. Oʻlkamiz tabiatining
goʻzalligi va hayvonot olarnining boy ekanligini koʻrishimiz mumkin.
Mustahkamlash uchun savollar berilib, klaster usulidan foydalangan holda
kichik guruhlarda ishlanib, 4-sinf ―Tabiatshunoslik‖ fanidan oʻrganiladigan
bilimlarning tarmoqlari «Bilimlar daraxti»da davom ettirilib, shakllantiriladi.
V.
Darsni yakunlash va oʻquvchilarni baholash:
Dars davomida faol ishtirok etgan oʻquvchilar bilimi tahlil qilinib,
baholanadi.
VI.
Uyga vazifa berish:
Darslikdagi mavzuni oʻqib chiqing. Mavzudan soʻng berilgan savollarga
javob topish hamda daftarga amaliy topshiriqlarni bajarish vazifa qilib beriladi.
Mavzu: Yulduzlar. Quyosh
Darsning maqsadi:
a)
ta‘limiy maqsad: oʻquvchilarga yulduzli osmon va quyosh sistemasi,
yulduzlar, yulduzlar xaritalari, yulduz turkumlari haqida umumiy ma‘lumotlar
berish. FK1: osmon gumbazida yulduzlarning oʻmi oʻzgarishini bilish.
185
b)
tarbiyaviy maqsad: oʻquvchilarni tabiatni sevishga, undan unumli
foydalanishga, tartibli, mehr-oqibatli, Vatanni sevish va tejamkor boʻlishga
oʻrgatish. TK3: yulduzlarni oʻrganishda, xaritalarini tuzish, yulduz turkumlari va
ularga nomlar qoʻyishda bobokalon olimlarimizning ilmiy meroslari haqida bilish;
d) rivojlantiruvchi maqsad:oʻquvchilarning amaliy ishlar daftari va darslik
materiallari bilan mustaqil, ijodiy izlanib ishlashga oʻrgatish, savol- javoblarda faol
ishtirok etishini ta‘minlash, xotirani mustahkamlashga, fikmi aniq ifodalashga
oʻrgatish, oʻquvchilarning yulduzlar, eng yaqin yulduz - Quyosh va uning hayot
manbayi ekanligi haqidagi bilimlarini rivojlantirish. FK3:Yer yuzidagi
tabiiyjarayon va hodisalarga Quyoshning ta‘sirini tushuna olish, malakalarini
rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi.
Darsda foydalaniladigan metodlar: tushuntirish, suhbat, rag‗bat- lantirish,
muammoli vaziyat usuli, ―Kirn koʻp ma‘lumotlarni esladi?‖ didaktik mashqi, ―Blis
- soʻrov‖.
Darsda foydalaniladigan jihozlar: darslik, multimedia, slaydlar, koptok,
globus, koʻrgazma va rasmlar.
Quyidagi tartibda darsning vaqt taqsimotini tuzish mumkin:
1 . Tashkiliy qism 3 daaiaa
2 . Oʻtilgan mavzuni takrorlash (mustahkamlash)
8 daqiqa
3 . Yangi mavzuni tushuntirish 10 daqiqa
4. Yangi mavzuni mustahkamlash
15 daqiqa
5. Darsni vakunlash va oʻauvchilarni baholash
5 daqiqa
6 . Uvga vazifa berish
4 daqiqa
Do'stlaringiz bilan baham: |