177
Yurtimiz nimalari bilan, qanday insonlar bilan mashhur boʻlgan?
Otlar narsalarning nimasini bildiradi?
Ot soʻz turkumidagi soʻzlar qanday soʻroqqa javob boʻladi?
Qanday soʻzlarni bosh harf bilan yozamiz?
Oʻquvchilarning darsdagi ishtiroki, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga
koʻra oʻqituvchi tomonidan baholanadi hamda rag‗batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa berish
148-mashq sharti tushuntiriladi.
Savol va topshiriqlar
1. Sо‗z turkumlarini о‗rgatishda axborot texnologiyalaridan
foydalanish
о‗quvchilarning qanday koʻnikma va malakalarini shakllantirish va rivojlantirishga
xizmat qiladi?
2. Sо‗z turkumlarini о‗rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanish
boʻyicha dars ishlanmalari uchun kо‗rgazmalar tayyorlang.
18-§. OʻQISH DARSLARIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN
FOYDALANISH.
Tayanch sо‘z va iboralar:
о„qish darslari, axborot texnologiyalari, dars
ishlanma, koʻrgazmalilik.
Boshlang‗ich
sinf
oʻqish darslarida
axborot - kommunikatsiya
texnologiyalarini qoʻllash bugungi kunning dolzarb va asosiy vazifalaridan biridir.
Zero oʻqish darslarida axborot texnologiyalarida foydalanish quyudagi
imkoniyatlarni taqdim qiladi:
- darslar uchun zarur qoʻshimcha oʻquv va ilmiy axborotni izlash vaqtining
qisqarishi va ulardan foydalanish;
- oʻqish darslari uchun oʻquv va metodik adabiyotlarni yaratish va
yangilash;
-oʻquvchilarninng individual mustaqil ishlashlarini tashkil etish;
- ta‘lim jarayonining sifatini oshirish.
178
Darslarda koʻrgazmalilikni ta‘minlash, turli hil didaktik materiallardan
foydalanish dars samaradorligini oshirish imkonini beradi. Oʻquvchilar uchun
iqtidor va qobiliyatni yanada oʻstirish, mustaqil izlanish koʻnikmalarini
shakllantirish, chuqur bilim olish istiqbolini rivojlantirish,
bilim sifatini oshirish;
fikrlashning yangi usullarini shakllantirish uchun sharoit yaratadi.
Oʻqish darslarida oʻquv jarayonini АКТ yordamida koʻrgazmali tashkil
qilishda uchta asosiy vazifani bajarish lozim:
- koʻrgazmali qurol asosida oʻrganilayotgan voqea - hodisaning original
obrazini yaratish;
- nazariy bog‗liqlik va mazmuniga mos tushunchalarni hosil qilish yoki oʻquv
vazifalarini bajarish jarayonida obrazdan mohirona foydalanib,
uning mazmunini
ifodalovchi harakat kiritish va tushuntirish.
Oʻquv materiallarini АКТ yordamida uzatishda og‗zaki tushuntirish,
koʻrgazmali va amaliy metodlarni qoʻllash mumkin. Oʻqitishning zamonaviy
usullari va axborot-kommunikatsiya texnologiyaiarini qoʻllashda ta‘limning
maqsad va mazmuni, usul va vositalari hamda tashkiliy shakllarini toʻg‗ri tanlash
muhim ahamiyatga ega. Axborot texnologiyalari qollanadigan oʻqish
darslarda
oʻquvchining oʻquv materiallarini oʻzlashtirishini kuzatish, nazorat olib borish,
zarur boʻlganda tuzatib borish imkoniyati yaratiladi.
Koʻrgazmali axborot ishlatilganda oʻquvchilarda taassurot hosil boʻlishi
og‗zaki bayon qilishga nisbatan 5-6 marotaba tezroq kechadi. Oʻquv materialini
kompyuter texnologiyalari yordamida koʻgazmali uzatish, axborotning oʻquvchi
tomonidan oʻzlashtirilishining samaradorligini ta‘minlaydi.
Oʻqish dars mashg‗ulotlarini tashkil etishda
axborot texnologiyalaridan
foydalanilganda:
- oʻquvchilarning fikrlash qobiliyati shakllanadi va rivojlanadi;
- dars jarayonida oʻquvchilarning aniq tayyorgarlik darajasini, qobiliyatlarini,
tarixiy ong va tafakkurini shakllantirishda yordam beradi;
179
- oʻquvchilarning bilish faoliyatni kuchaytiradi, texnologik yondoshishga
oʻrgatadi;
- dars jarayonida fanlararo integratsiyani kuchaytiradi;
- dars jarayonida kompyuter vositalaridan unumli foydalanishga koʻmak
beradi;
- dars jarayonining texnologik bazasini takomillashtirishga koʻmaklashadi;
- dars jarayonida fanga oid yangi ma‘lumotlardan
foydalanish imkonini
beradi.
АКТ ta‘lim jarayonida quyidagi vazifalarni amalga oshirishda foydalaniladi:
- didaktik - kompyuter dasturlaridan koʻrgazmali qurol sifatida foydalanish;
- uslubiy - dars natijalarini tahlil etishda;
- tashkiliy - jarayonni qisqa vaqt ichida samarali tashkillashtirish;
- ta‘limiy — oʻquvchilarda oʻtilgan mavzuni mustahkamlash va ularda
axborot texnologiyalari bilan ishlash koʻnikmalarini shakllantirish.
Shuningdek oʻqish darslarida AKTdan foydalanish oʻquvchilarning tarixiy,
ijtimoiy, siyosiy, madaniy jarayonlarni yaxshi oʻzlashtirishlarida va ular toʻg‗risida
aniq tasavvurga ega boʻlishlarida muhim omil boʻlib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: