Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti arxeologiyadan izohli lug



Download 250,44 Kb.
bet13/51
Sana28.01.2022
Hajmi250,44 Kb.
#414871
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   51
Bog'liq
Arxeologiyadan izohli lugʻat

D
Dalvarzintepa – shimoliy Baqtriya hududida Kushonlar davriga oid eng yirik – 36 gektar maydonni egallagan shahar hisoblangan. Bugungi kunda Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi shahridan 10 km shimoli-sharqda joylashgan. Dalvarzintepadan zadogonlarning uylari, hunarmandlar mahallasi, mil. avv. I asrga oid shahar tashqarisida budda ibodatxonasi, shahar markazida milodiy II–III asrlarga oid budda ibodatxonasi majmuasi, shaharning shimoli-g‘arbiy qismida Baqtriya xudosiga bag‘ishlangan ibodatxona izlari topilgan. Bu ibodatxonadan ruhoniylar va chaqaloqlar aks etgan ajoyib devoriy surat topilgan. 1972-yilda 20 xonadan iborat uy ichidan oltin buyumlar xazinasi topilgan. G.A.Pugachenkova Dalvarzintepani kushonlarning ilk poytaxt shahri bo‘lgan deb ko‘rsatadi. Xitoy yilnomalarida u Xodzo deb atalgan.
Darband devori – ahamoniylar davrida Temir darvozadan 4 km janubda bunyod etilgan. Mil. avv. II asrlarda qayta ta’mirlangan. Darband Surxondaryo viloyatining shimoliy qismida Sheroboddaryo vohasida, Darband qishlog‘idan 3 km g‘arbda joylashgan. Bu yerdan Baqtriyadan Sug‘dga o‘tadigan yo‘l bo‘lgan. Darband devori Darband darasidan Uzundaragacha bo‘lgan hududda, ya’ni g‘arbiy Hisor tog‘ tizmasida, Sarimas va Suvsiz tog‘ tizmalari oralig‘ida barpo qilingan. Devor uzunligi 1,5 km, qalinligi 4 m, balandligi 5-6 m bo‘lib, devor kvadrat shakldagi (32x32x11, 33x33x11) xom g‘ishtdan qurilgan. G‘ishtlarga “alfa”, “pi” shaklidagi tamg‘alar bosilgan. Devor ikki qator bo‘lib, oralig‘i tuproq va tosh bilan to‘ldirilgan. Kirish joyi burj bilan himoyalangan. To‘g‘ri burchakli shinaklar qiyalatib qo‘yilgan.
Devkesgan g‘ovi – qadimgi Xorazm davlatining shimoliy chegarasini ko‘chmanchilardan himoya qilish uchun mil. avv. V–IV asrlarda bunyod etilgan. Hujum paytida himoya zonasi, tinchlik paytida iqtisodiy ayirboshlash markazi vazifasini bajargan. G‘ov Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumani hududida joylashgan. U Ustyurtning janubi-sharqiy do‘ngligining eng tor qismiga qurilgan. G‘ov sershag‘al tuproqdan ko‘tarilgan. Uning balandligi 1-2 metr, eni 5 metrgacha bo‘lib, uzunligi 2600 metr. G‘ovni mustahkamlash uchun qumtosh plitadan va handakdan foydalanganlar. Bu yerda nazoratni kuchaytirish uchun yana qo‘shimcha 4ta bino qurilgan. Ularning ikkitasi chegara zastavasi, bittasi qo‘mondonlik punkti, yana biri ko‘chmanchilar bilan tovar ayirboshlash punkti bo‘lsa kerak deb xulosa berishgan. G‘ovdan o‘tishda adashtirma darvoza qurilgan.
Dilberjin – Afg‘onistondagi Balx shahrining shimoli-g‘arbiy tomonida joylashgan. “Dilberjin” nomi qishloq nomidan olingan. Yozma manbalarda bu shahar Yevkratiya deb atalgan. Shahar uch qismdan iborat bo‘lgan: doira tarhida qurilgan ark, uning atrofida to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida shahriston qurilgan. Shahar tashqarisida aholi uylari bo‘lgan. Shahar arki ahamoniylar davrida qurilgan.

Download 250,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish