Y
Yemshitepa – Afg‘onistonning Shobirg‘on shahridan 4 km shimoli-sharqda joylashgan qadimiy yodgorlik. Yemshitepaga ahamoniylar davrida asos solingan bo‘lsa-da, kushonlar davrida yirik shaharlardan biriga aylangan. Uning tarhi doira shaklida bo‘lgan. Umumiy maydoni 20 ga.ni tashkil etgan. Milodiy I asrlarda yodgorlik shu hududning bosh shahriga aylangan. Tadqiqotlar jarayonida uning 5ta qurilish bosqichi borligi aniqlangan, lekin materikgacha tadqiqot ishlari olib borilmagan. Milodiy V asrda shahar inqirozga uchragan.
Do'stlaringiz bilan baham: |