Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti arxeologiyadan izohli lug



Download 250,44 Kb.
bet43/51
Sana28.01.2022
Hajmi250,44 Kb.
#414871
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   51
Bog'liq
Arxeologiyadan izohli lugʻat

Tosh bolg‘alar (otboyniklar) – og‘irligi 0,5 kg dan kam bo‘lmagan qayroqtoshdan yasalgan qurol.
Toxariston – Amudaryoning yuqori havzasida joylashgan. Shimolda Hisor‚ sharqda Badaxshon‚ janubda Hindikush va Kuhi Bobo, shimoli-g‘arbda Bandi Turkiston‚ Kuhitang tog‘lari orasidagi hudud – hozirgi Janubiy O‘zbekiston, janubi-g‘arbiy Tojikiston va Shimoliy Afg‘oniston hududlaridagi o‘nlab viloyatlarni o‘z ichiga olgan o‘lka. Qadimgi Baqtriya o‘lkasi ilk o‘rta asrlardan Toxariston deb atalgan.
Tozabog‘yob madaniyati – Qadimgi Xorazmning bronza davriga (mil. avv. II ming yillik o‘rtalari va 2-yarmi) oid arxeologik madaniyat. 1938-yilda S.P.Tolstov bu madaniyatga tegishli dastlabki manzilgohni Tozabog‘yob kanali yaqinidan topgani bois shunday deb atalgan. Janubiy Orolbo‘yi hududining mahalliy Suvyorgan madaniyati va Yevroosiyo dashtlarining Srub (yog‘ochband) va Andronovo madaniyatlari qabilalari qorishuvidan shakllangan. Asosiy mashg‘ulotlari – qo‘ltiq dehqonchiligi va yaylov chorvachiligi bo‘lgan.
Tuproqqal’a – Xorazmshohlar sulolasining diniy markazi, qarorgohi bo‘lib, milodiy II-III asrlarga oid. Bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a tumanida joylashgan. XX asrning o‘rtalarida S.P.Tolstov boshchiligidagi Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasi a’zolari tomonidan o‘rganilgan. Tarhi to‘g‘ri burchak (500x350 m), 17,5 gektar maydonda bunyod etilgan. Tuproqqal’aning mudofaa devorlari 3 metr balandlikdagi paxsa devor ustiga qurilgan. U ikki qavatli bo‘lib, ikkala qavatda ham otish yo‘laklari bo‘lgan. Shinaklar 2 qavatga joylashtirilgan. Burjlar to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda qurilgan bo‘lib, har 9 metrdan o‘rnatilgan. Mudofaa devori pilyastr bilan bezatilgan. Tuproqal’aning atrofi 25 metr kenglikda xandaq bilan ham himoyalangan.
Qal’a arki 14,50 metr balandlikdagi stilobat ustiga qurilgan. U qal’aning shimoli-g‘arbiy burchagida bo‘lib, 3,24 gektar maydonni egallagan. Arkka sharq tomondan ko‘tarma yo‘lak orqali, ya’ni kvadrat shaklidagi (25x26 m) burj orqali kirilgan. Burjga zina orqali chiqilgan.
Shahar markazidan katta ko‘cha o‘tgan bo‘lib, u shaharni ikki qismga bo‘lib turibdi. Shahar 10ta mahallaga bo‘lingan. Bu yerda taxminan 2000–2500 aholi istiqomat qilgan. 100ga yaqin turar joy va 8ta saroy qoldiqlari aniqlangan. Markaziy maydonda qasr va ibodatxonalar joylashgan. Saroy devorlari bo‘rtma naqsh, rangli devoriy suratlar va haykallar bilan bezatilgan. 138ta haykallar, saroy a’yonlari, jangchilar, ohular, sozanda ayollar tasvirlangan rasmlar topilgan. Yodgorlikning sharqiy tomonida qurol-aslaha ustaxonasi bo‘lgan. U yerdan temir nayzalar, 3 parrakli o‘qlar topilgan. Saroyning yemirilib ketgan 2-qavatidan podsho arxivi topilgan. 1948-1949-yillarda teri va yog‘ochga yozilgan 140ta hujjat aniqlanib, ulardan 26tasi yaxshi saqlangan.
Turlar – “Tur” atamasi ilk bor “Avesto”da uchraydi. Avesto bo‘yicha turlar Aryanam Vayjoda yashaganlar. Turlarning aslzoda qatlamini oriylar deb atalgan. Mil. avv. II-ming yillikning o‘rtalarida oriylarning shimol dashtlaridan janubiy o‘lkalar tomon migratsiyasi yuz bergan. Ular O‘rta Osiyo hududlari orqali hozirgi Eron pasttekisliklariga, Hindiqush tog‘ tizmalaridan, Shimoliy Hindistongacha kirib boradilar. Chorvador turlar O‘rta Osiyoga bir necha bor kirib kelganlar. Ilk temir, antik va ilk o‘rta asrlarda, shuningdek, keyingi asrlarda ham davom etgan. Ularning aksariyat qismi O‘rta Osiyoning Amudaryo o‘rta oqimlarigacha bo‘lgan hududlarda o‘rnashib qolganlar. Oqibatda turlar keng tarqalgan joylar dastlab Turon, keyinroq (milodiy VII asrdan boshlab) Turkiston deb ataladigan bo‘ldi.

Download 250,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish