491
ifoda etadi. Masalan, narsa va jismning mazmuni moddiyligi va harakatda
ekanligidadir. Xuddi shunday, atomning mazmuni uning tarkibidagi 30
dan ortiq
manfiy, musbat va nol zaryadli elementar zarralar, ularning rezonanslari, elektron
maydon kabilarning shunchaki mexanik birligidangina iborat emas. Ayni paytda,
ularning harakati muayyan maydonlar orqali bir-biriga ta‘sir va aks ta‘sir
ko‗rsatishini ham bildiradi. Atomning shakli uning tarkibiga kiruvchi elementar
zarralarning joylanish tartibi, zarralar va maydon orasidagi munosabat asosida
yuzaga keluvchi aloqalar, aloqaning xususiyati bilan belgilanadi. SHuningdek, har
qanday badiiy asarning mazmuni unda aks ettirilgan voqea orqali g‗oya va obrazlar
tizimini bildirsa, shakli shu asarning tuzilishi,
tili hamda hikoya, roman va shu
kabilar tarzida ifodalanadi.
SHakl.
Har qanday narsa, hodisa aniq mazmun bilangina emas, balki
muayyan shakl bilan ham tavsiflanadi.
SHakl – bu narsalar va jarayonlarning
mazmunini belgilovchi tomonlar, xossalar va aloqalarni uyushtirish usuli.
Boshqacha aytganda, narsaning shakli – bu elementlar o„rtasidagi barqaror ichki
aloqalarni uyushtirishning unga yaxlitlik sifatida namoyon bo„lishi va o„ziga xos
bo„lgan barcha funksiyalarni bajarish imkonini beruvchi usuli.
SHakl,-deydi
Ibn Sino,-jismlarning mavjudligi qanday bo‗lsa, shunday
saqlanishi yoki boshlang‗ich materiyaning konkret jismga aylanishidir. SHakl-
tabiiy kuch sifatida anorganik jismlarni harakatga keltiradi: o‗simlik, hayvon,
odam, kosmik ruhni harakatga keltiradigan tabiiy jismlar shaklidir. SHakl-jismdan
konkret narsa va predmet hosil bo‗lishidir. SHakl-jismlarning alohida xususiyati
bo‗lib, konkret yashash tarzini belgilaydi. SHakl umumiy nom bo‗lib, narsa turini,
narsaning mavjudligini, ikkinchi marta takomillashishini, mavjudligi va o‗rinli
aktuallanishini bildiradi. SHaklni aniqlashda narsalar mavjudligi muhim o‗rin
egallaydi. Masalan,olov olov shakli asosida aktuallashadi va boshqa shaklga o‗tadi.
SHakl tufayli jism jism bo‗la oladi.
1
Mazmun va shakl tushunchalariga berilgan
ta‘riflarning o‗zidayoq biz ularning o‗xshashligini payqaymiz,
chunki struktura,
ichki izchillik – mazmunning ham, shaklning ham zaruriy komponenti. SHu
sababli mazmunni shakldan faqat abstrakt nuqtai nazardangina ajratish mumkin.
Ikki o‗xshash mazmunni taqqoslashgina shakl omillarini farqlash imkonini beradi.
Nafaqat mazmun «shakldor», balki shakl ham mazmunlidir. SHu sababli ayni bir
jihat, element bir vaqtning o‗zida bir predmetning shakli ham, boshqa predmetning
mazmuni ham bo‗lishi mumkin.
Mazmun va shaklning dialektikasi xususida xulosa chiqarishga shoshilish
yaramaydi. Zero narsa shaklsiz ham mavjud bo‗lmaydi. SHuningdek, shakl
mazmunga faol ta‘sir ko‗rsatadi, narsaga unda mavjud bo‗lmagan xossalarni baxsh
etadi. Misol uchun, ko‗mir, grafit va olmosni olaylik. Ularning farqi –
faqat
molekula strukturasida, ya‘ni shaklda. Ammo hech kim bu moddalarni bir-biriga
o‗xshatmaydi. Xullas, shakl mazmunga faol ta‘sir ko‗rsatib, yo uni
takomillashtiradi, yo o‗zini to‗la namoyon etishiga monelik qiladi. SHakl
mazmundan nisbatan mustaqildir. Bu hol ayni bir mazmunning ko‗plab shakllari
mavjudligida, shuningdek shakl mazmundan o‗zishi yoki undan orqada qolishida
namoyon bo‗ladi. SHu sababli shakl va mazmunning uzluksizligi
ularning birligi
1
Ибн Сино Донишнаме. -Душанбе.: 1980.-С.56.
492
to‗g‗risida so‗z yuritish imkonini beradi. Bunda har bir muayyan holda yo shakl,
yo mazmun ustunlik qilishi mumkin. SHakl va mazmunning nomuvofiqligi yoki
qarama-qarshiligi yuzaga kelishiga sabab bo‗ladigan mazkur kategoriyalar
dialektikasi borliqning har qanday hodisasi o‗zgarishi va rivojlanishining ichki
manbai hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: