495
bo‗lishi, qismi esa boshqa elementlarga nisbatan butun vazifasini o‗tashi ham
mumkin.
Masalan, Er shari o‗zi butunlik bo‗lib, bu makondagi boshqa barcha narsa,
hodisa, jarayonlar uning qismlaridir. Єuyosh sistemasiga nisbatan Er qism bo‗lsa,
Galaktikaning bir zarrasi — elementidir. Er sharidagi
jonsiz va jonli jismlar uni
tashkil etgan qism ekanligi haqida fikr yuritilganda, ularni kontekst (matn)dan
ajratgan holda talqin etish jiddiy xatoliklarni, g‗ayriilmiy munosabatlarni keltirib
chiqaradi. CHunonchi, odamzot jonli
tabiatdagi yagona bir tur, ya‘ni bitta
butunlikdir. Uning milliy (etnik), irqiy, sinfiy, diniy va boshqa tafovutlari shu
sotsial butunlikning turlicha namoyon bo‗lishi, binobarin, ular ham biologik, ham
sotsial mavjudot bo‗lgan odamzot turiga nisbatan qismlardir. «Butun» va
«sistema», «qism» va «element» tushunchalaridagi umumiylik bilan birga tafovutni
ham anglash muhimdir.
.
Predmetni (butunni) tashkil etuvchi narsalar uning qismlari hisoblanadi
.
Butunni tashkil etuvchi qismlarni birlashtiradigan aloqa predmetga yaxlitlik baxsh
etadi, ya‘ni butunga xos bo‗lgan, lekin uni tashkil
etuvchi qismlarga ularning
tarqoqlik holatiga xos bo‗lmagan integrativ xossalar va qonuniyatlar paydo
bo‗lishiga olib keladi. Binobarin, butun o‗zini tashkil etuvchi qismlarning
birligidir. U o‗z qismlarining o‗zaro aloqasi tufayli mavjud bo‗lib, bu aloqaning
barqarorligi mazkur butunning tuzilishida o‗z ifodasini topadi.
Butun va qism tushunchalari qadimgi yunon falsafasidayoq ma‘lum
bo‗lgan. Butunni o‗rganishga nisbatan yondashuvlarni
belgilashda yuzaga kelgan
ziddiyatlarni echish qiyinchilik tug‗dirgan. Ma‘lumki, Dekart o‗zining metod
haqidagi mulohazalarida har qanday predmetni o‗rganishni bilish vazifasini echish
uchun bu predmetni necha qismga ajratish kerak bo‗lsa, shuncha qismga
ajratishdan boshlashni tavsiya etadi. Demak, butun - qismlar yig‗indisi deyish ham
mumkin. Ammo bu fikr faqat qisman to‗g‗ri, chunki butun o‗zini tashkil etuvchi
qismlarning oddiy yig‗indisi bilan izohlanishi mumkin emas. Masalan, qurilish
materiallari bir uyumga to‗kilsa, bino paydo bo‗lmaydi. Qarama-qarshi yondashuv
butunning ustunligini tan olishni nazarda tutadi. Bu holda butunni bilish qismlarni
bilishdan oldin keladi. Ammo butunning o‗ziga
xosligi uni tashkil etuvchi
qismlardan kelib chiqmaganidek, qismning xossalari ham butundan kelib
chiqmaydi. Natijada qoniqarli echimini topish mushkul bo‗lgan yaxlitlik
antinomiyalari yuzaga keldi, chunki qarama-qarshi
fikrlarning har birini
amaliyotdan olingan misol bilan isbotlash va xuddi shuningdek, amaliyotdan
olingan misol bilan rad etish mumkin. Masalan, butun qismlarning yig‗indisidir,
degan qoidaga butun o‗zini tashkil etuvchi qismlar yig‗indisidan ko‗proqdir, degan
qarshi qoida zid keladi. Qismlar butundan oldin paydo bo‗ladi, degan fikrga butun
o‗zining qismlaridan oldinroq paydo bo‗ladi, chunki ularga yangi xossalar baxsh
etadi, degan fikr zid keladi. Mazkur antinomiyalar bilish metodologiyasida ham
bilishning qarama-qarshi mo‗ljallarida o‗z ifodasini topadi:
butunni bilish uning
qismlarini bilish orqali amalga oshiriladi, bunga qarshi qoida esa shunday
yangraydi: qismlar butunni qismlarga ajratish mahsuli sifatida faqat butun haqidagi
bilimga muvofiq anglanishi mumkin. YAxlitlik jumboqlariga, xususan, quyidagi
hodisa misol bo‗ladi: har bir atom yadrosining og‗irligi
uning tarkibiy qismlari
496
og‗irligining yig‗indisidan kamroqdir. «Massa nuqsoni» deb ataladigan bu hodisa
massa va energiyaning ekvivalentligi bilan izohlanadi. Bu hodisani yaxlitlik
jumboqlari nuqtai nazaridan qanday tushuntirish mumkin? Mazkur ziddiyatlarni
echish butun va qismning aloqasi haqidagi qarama-qarshi tasavvurlar birligini tan
olishni nazarda tutadi. Darhaqiqat, qism butunga bog‗liq bo‗ladi, u butundan yangi
xossalar oladi. Butun ham qismlarga, biroq ko‗proq darajada – ular o‗rtasidagi
aloqaning xususiyatiga bog‗liq bo‗ladi.
Qismlar o‗rtasidagi aloqaning xususiyati butunning sifat jihatidan
aniqligini, uning yaxlitligini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: