Нигинахон шермухамедова



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet385/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   381   382   383   384   385   386   387   388   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

YAxlitlik qismlarning shunday bir 
aloqasiki, unda butun qismlarining birligini ta‟minlanadi, buning natijasida butun 
tizimlilik, uyushqoqlik xususiyati
ni kasb etadi. Qismlar aloqasining tipi yaxlitlik 
tipini belgilaydi. Aloqaning strukturaviy (tuzilishning aloqalari), funksional 
(predmetning faoliyat usulini tavsiflovchi), genetik tiplari yaxlitlikning tegishli 
tiplarini tashkil etadi. YAxlitlikning quyidagi turlari farqlanadi: 
1. Mexanik yaxlitlik.
Bu erda qismning butunga kamroq bog‗liqligi va 
butunning qismga sezilarli darajada bog‗liqligi kuzatiladi. Masalan, avtomobil 
g‗ildiragi yoki ruli uning harakatlanishini ta‘minlovchi qismlardir, lekin ular o‗z 
sifatida avtomobildan qat‘iy nazar mavjud bo‗lishi mumkin.
2. Noorganik yaxlitlik
. Bu erda qismlarning butunga bog‗liqligi ortadi, 
butunning qismga bog‗liqligi esa kamayadi. Q0ismlarning barqaror aloqasi har bir 
elementga o‗z xossalarini saqlash va nisbatan o‗zgarmas bo‗lib qolish imkonini 
beradi. Masalan, elektron atom tarkibida ham, undan tashqarida ham 
(harakatlanayotgan elektronlarning izchil oqimi sifatida) deyarli o‗zgarishsiz 
qoladi.
3. Organik yaxlitlik
. Organik dunyoda nafaqat qismlarning o‗zaro 
mosligiga, balki ularning subordinatsiyasiga ham duch kelish mumkin. Organik 
tizimlarning qismlari butundan tashqarida mavjud bo‗lmaydi. Tanadan uzilgan qo‗l 
faqat nomigagina qo‗l sanalishini Aristotel qadim zamonlardayoq qayd etgan edi.
YAxlitlik tiplari va turlarining tasnifi butunning tabiatini bilish nafaqat uni 
tashkil etuvchi qismlarni, balki qismlar o‗rtasidagi aloqalar xususiyatini ham bilish 
orqali amalga oshirilishini ko‗rsatadi.
Demak b
utun – narsa, hodisa va uni tashkil etgan qismlarning muayyan 
tartibda joylashuvi va o„zaro bog„langan yagonalikning ifodasi. qism – butun 
tarkibiga kiradigan, uning tarkibidagina o„z vazifasi (funksiyasi)ni bajara 
oladigan alohidalik.
Masalan, yaxlit bir butun sifatidagi H
2
O molekulalarining qismlari – 
vodorodning ikki atomi va kislorodning bir atomi. Butun o‗z qismlarining oddiy 
yig‗indisidan iborat emas. Ma‘lumki, vodorod yonadi, kislorod yonishni 
quvvatlaydi, lekin suv, albatta, yonishga to‗sqinlik qiladi.
Dialektika butun va qismga ularning dialektik birligi nuqtai nazaridan 
yondashadi. Butun hosil bo‗lganda qismlar xossalarining yig‗indisidan iborat 
bo‗lmagan yangi sifat vujudga keladi; shunga qaramay u qismlar – ularning 
miqdori va o‗zaro aloqaning muayyan tipi bilan belgilanadi. SHu sababli dialektika 
butunni bilish faqat xossalar, qismlar haqida bilim mavjud bo‗lgan taqdirda 


497 
samarali bo‗lishi mumkin va aksincha, qismlarni o‗rganish butunga doir oldingi 
bilimga tayanishi lozim, deb hisoblaydi.
Butunning uch tipi ma‘lum: 
a) mexanik butun (qum, tosh uyumi, chunki ularning qismlari butunga kiradi 
va undan deyarli o‗zgarmasdan chiqadi); 
b) uyushgan butun, agar qismlarning ko‗rinishi o‗zgarsa; 
v) organik butun, agar qismlar o‗z-o‗zidan rivojlansa (tirik organizmlar).
"Butun-qism" munosabatlaridagi elementlarni tahlil etganda, ularning ikki 
turi borligini nazarda tutish lozim. Bular boshlang‗ich elementlar va qism 
elementlaridir. Boshlang‗ich elementlar butun tarkibida o‗ziga xos mustaqil bir 
butunlik sifatida namoyon bo‗lsa, qism elementlar faqat butundan ajralmagan 
holda gavdalanadi. Masalan, odam tanasi bir necha boshlang‗ich elementlardan 
tashkil topgan bir butun sistemadir: bosh miya, yurak, asab tizimi va boshqalar 
tarkibdagi mustaqil sistemalar bo‗lib, ular bir necha qism elementlardan iborat. 
Butun va qismni talqin etishda ulardan birining rolini mutlaqlashtirmaslik lozim. 
CHunonchi, butun qismlardan iborat yoki
 
butun qismlarga nisbatan ustun deyish 
to‗g‗ri emas. Zero, miqdoriy jihatdan butun qismlar yig‗indisidan kattaroq hajmga 
ega. Boshqacha aytganda, qism butunsiz, butun esa qismsiz bo‗lmaydi. Ularni 
diachektik birlikda olib qarash va munosabat bildirilgandagina to‗g‗ri xulosalarga 
kelish mumkin. Ijtimoiy hayotda individ (qism) manfaatlarini jamiyat (butun) 
manfaatlaridan ustun qo‗yish ham, aksincha, jamiyat manfaatlarini individ 
manfaatlaridan ustun qo‗yish ham ijtimoiy taraqqiyot va inson kamolotiga jiddiy 
zarar etkazadi. Jamiyat va individ bir vaqtning o‗zida maqsad hamda vosita sifatida 
namoyon bo‗lib, ular bir-birlari manfaatlari uyg‗unligi sharoitidagina ravnaq 
topishi mumkin. Jamiyat (butun) individlarsiz mavjud bo‗lmagani kabi individlar 
(qismlar) ham jamiyat (butun)siz yashay olmaydi 

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   381   382   383   384   385   386   387   388   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish