Нигинахон шермухамедова



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet392/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   388   389   390   391   392   393   394   395   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Sababiy aloqalar
. Sababiy aloqalarning bunday real va umumiy jihatini 
inkor etish, oqibatning sababini narsa, hodisalarning o‗zidan emas, balki 
tashqaridan izlash asosida kelib chiqadi. Sabab va oqibat aloqaining teleologik 
ta‘limotiga ko‗ra, olam oqibatlarida Xudodan bo‗lak sabab yo‗q, har qanday 
o‗zgarish va harakat YAratuvchining amri bilan sodir bo‗ladi. Bunda sababiyat 
emas, balki maqsadga muvofiqlik mavjud bo‗lib, narsa, hodisalarning tartibi azal 
irodasi bilan belgilanadi. 
Olamdagi 
o‗simlik 
va 
organizmlarning 
muhit, 
shart-sharoitga 
moslashganligi ba‘zi organizmlarni muhitga ko‗ra hatto o‗z rangi, tashqi qiyofasini 
o‗zgartira olishi, ayrim gullarning faqat erta tongda ochilishi, ba‘zi kasalliklar 
fasllar, quyosh faolligining oshishi hollari bilan bog‗liq ravishda kuchayishi kabi 
hodisalar sabab va qonunlar ifodasidir. Xususan, CH. Darvin o‗z evolyusion 
ta‘limotini, turlarning kelib chiqishi va tabiiy tanlanish jarayonini xuddi shu 
maqsadga muvofiqlik hodisasini ilmiy o‗rganish asosida yaratgan edi. 
Sababiy aloqa masalasini ob‘ektiv idealistik tushunish ham bor. Bunday 
oqim tarafdorlari barcha hodisalarning tub sababi "g‗oyalar dunyosi" (Aflotun), 
sabab va oqibat "Absolyut g‗oya" (F.Gegel) rivojlanish holatining ma‘lum shaklini 
ifodalaydi, deb tushuntiradi. Sub‘ektiv idealistlar D. YUm, I. Kant hamda 
maxistlar sababiyatni sezgilar, g‗oyalarning muayyan, izchillikdagi aloqai, inson 
zehniga xos xususiyat deb tushuntiradilar. Jumladan, E. Max: "Tabiatda sabab 
ham, oqibat ham yo‗q; sabab va oqibat tafakkurimiz mahsulidir"
1
, deb hisoblaydi. 
D. Djins, G. Fayxinger, L. Vitgenshteynlar «sabab» tushunchasi faqat voqealarni 
sharhlashning qulay usuli, xolos, uning voqelik bilan aloqasi yo‗q, deb 
hisoblaydilar. Sababiy aloqalar qonuniyat tarzida olam va unga xos 
o‗zgarishlarning mohiyatidan kelib chiqadi hamda undagi aloqadorlik
munosabatning o‗ziga xos shakli sifatida amal qiladi.
Dunyoda barcha hodisalar, o‗zgarishlar, jarayonlar muqarrar tarzda 
muayyan sabablar tufayli yuz beradi. Dunyoda sababsiz hodisalar yo‗q va bo‗lishi 
mumkin ham emas. Barcha hodisalar sababiy belgilangan, degan qoida sababiyat 
qonunida qayd etilgan. Bu qonunni tan oluvchi va uni borliqning barcha 
hodisalariga tatbiq etuvchi faylasuflar 
deterministlar
deb ataladi. Zaruriy voqealar 
ham, tasodifiy voqealar ham o‗z sabablariga ega bo‗ladi. Olam taraqqiyotidagi 
aloqalar sababiyatga, umumiy qonuniyatga bo‗ysunadi.
 
Olamda sababsiz 
hodisalar mavjud emas, degan fikr determinizmdir, sababiyat qonunini inkor 
etuvchi faylasuflar esa indeterministlar deb ataladi.
Sababiyat va zaruriyatni inkor 
etib, bu kategoriyalarni voqelikdan ajratgan holda tushuntiruvchi oqim 
indeterminizm, deb ataladi.
 
Determinizmdan voz kechish (indeterminizm), 
mohiyat e‘tibori bilan, fanni falajlikka mubtalo etadi, chunki sababsiz hodisalar 
tabiatini ilmiy tushunchalar mumkin emas.
1


504 
Indeterminizm sababiy aloqalarni mutlaqo inkor etadi yoki uni tafakkurga 
xos hodisa, deb hisoblaydi. Jumladan, ayrim hozirgi zamon Јarb fiziklari 
mikroolamda ham, psixik jarayonlarda ham, ijtimoiy hayotda ham sababiyat 
yo‗qligini isbotlashga urinmoqda. Dalil sifatida ular klassik mexanika qonunlarini, 
mikroprotsesslarga va kvant mexanikasiga qo‗llanilishi mumkin emas, deb 
ko‗rsatmoqdalar. Ular makro va mikro jarayonlarning o‗ziga xos jihatini e‘tiborda 
tutmaganlari holda, makro jismning fazodagi holati va tezligini ayni bir vaqtning 
o‗zida aniqlash mumkinligi masalasini mikrozarralarning koordinati va impulsini 
bir vaqtda cheksizlik bilan aniqlash mumkin emasligi masalasiga qarshi 
qo‗ymoqdalar.
Biroq, klassik fizika qonunlarini kvant mexanikasiga mos kelmaganligi 
mikrozarralar olamida sababiy aloqa yo‗qligini bildirmaydi. SHu bilan birga, 
mikrozarralar o‗z harakatida hech qanday qonuniyatga bo‗ysunmaydi va hech 
qachon erkin yo‗nalishda bo‗lmaydi. SHuni ham hisobga olish zarurdirki, kvant 
mexanikasi 
o‗rganadigan mikrozarralar klassik mexanika o‗rganadigan 
ob‘ektlardan sifat jihatidan farqlanadi. Buni hozirgi zamon fizikasining dalillariga 
qarab isbotlash mumkin.
Sabab va oqibat zanjirida birinchi kelgan hodisa sabab, undan so‗ng sodir 
bo‗lgan voqea oqibat bo‗lar ekan, lekin bundan har qanday ketma-ket kelgan 
hodisalarning birinchisi doim sabab, ikkinchisi doim oqibat bo‗laveradi, degan 
xulosa kelib chiqmasligi lozim. CHunonchi, yoz bahordan so‗ng keladi, kunduzdan 
so‗ng tun boshlanadi, bundan bahor yozga sabab yoki kechasiga kunduzi sabab, 
deb xulosa chiqarish tamomila nojo‗ya bo‗lar edi. Bu misollardagi hodisalarning 
asli sababi Erning o‗z o‗qi va Єuyosh atrofida aylanishidir.
Sabab va oqibat bir-biri bilan o‗rin almashishi, oqibat boshqa hodisaga 
nisbatan sabab rolini o‗tashi ham mumkin. Masalaning bu jihatini ushbu misolda 
ko‗ramiz. Muayyan organizmning biror qismini, o‗ziga xos patologiyasini 
o‗rganish uni davolashning yo‗li va metodlarini ishlab chiqishga sabab bo‗ladi. 
Organizmning shu kasallangan qismini davolash oqibatida yana bir boshqa 
qismidagi kasallikning oldini olishga sabab bo‗ladi. Sabab va oqibatning mazkur 
holatini xarakterlab, sabab bilan natija doimo o‗rin almashtirib turadi, ya‘ni hozirgi 
vaqtda sabab bo‗lgan narsa boshqa vaqtda natija bo‗ladi va aksincha. 
Inson o‗z amaliyotida sabab va oqibat aloqasining muhim hamda nomuhim 
tomonlarini, sababiy aloqalarning xilma-xilligini birdaniga ajratib va bilib 
ololmaydi. SHuning uchun kuzatish, bilish, amaliy faoliyat jarayonida muayyan 
oqibatning kelib chiqishidagi aniq sababning o‗rni va ahamiyatini anglash, asosiy 
va asosiy bo‗lmagan, ichki va tashqi sabablarga ajrata olish kerak. Asosiy sabab 
hodisa va jarayonning kelib chiqishini zaruran belgilaydigan hamda uning eng 
muhim xususiyatlarini ifodalovchi sababdir. Asosiy bo‗lmagan sabab esa voqea va 
hodisaning yo‗nalishini belgilamaydigan, unga aytarlik ta‘sir ko‗rsata olmaydigan 
sababdir. Masalan, ijtimoiy rivojlanishni belgilaydigan asosiy sabab moddiy va 
ma‘naviy boyliklardir. Geografik muhit va aholi zichligi ham jamiyat taraqqiyotiga 
muayyan tarzda ta‘sir ko‗rsatadi.


505 

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   388   389   390   391   392   393   394   395   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish