Нигинахон шермухамедова


Miqdor  o‗zgarishlarining



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet341/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Miqdor 
o‗zgarishlarining
(ya‘ni 
hodisalarning 
miqdor 
jihati 
o‗zgarishining) ikki asosiy turi – 
ko‗payish 
va 
kamayish
tabiat va jamiyatda amal 
qiladi. 
Me‘yor. 
Sifat va miqdorning dialektik sintezi me‟yor kategoriyasi bilan 
ifodalanadi. Bu kategoriyaning mazmuni hodisalarning sifat va miqdor tomoni 


436 
o„rtasidagi o„zaro aloqani tavsiflaydi
. Har qanday hodisa o‗z miqdor 
ko‗rsatkichlarining katta yoki kichik qiymatlarida o‗zining sifat ko‗rsatkichlarini 
saqlab qolishi mumkin. Ammo mazkur sifat yo‗l qo‗yuvchi ularning o‗zgarishlari 
ma‘lum chegaraga ega. Miqdor o‗zgarishlarining bu chegaradan chetga chiqishi 
mazkur sifat yo‗q bo‗lishi va uning o‗rnida boshqa sifat paydo bo‗lishiga olib 
kelishi mumkin.
Masalan, suv o‗zining suyuq holatini 0 dan 100 gradusgacha bo‗lgan 
temperatura o‗zgarishlarida saqlashi mumkin. Ammo bu oraliq chegarasidan 
tashqaridagi temperaturada suv gazsimon yoki qattiq holatga o‗tadi (atmosfera 
bosimi normal bo‗lganda). Oraliq yoki «interval» {00, 1000} – bu suvning 
suyuqlik sifatida mavjudlik me‘yori.
Me‟yor – bu shunday bir chegaraki, unda miqdor o„zgarishlari narsaning 
sifatiga putur etkazmaydi. Me‟yor – bu miqdor va sifatning shunday bir birligiki, 
bunda muayyan sifat faqat muayyan miqdor bilan bog„liq. Me‟yor – bu miqdor 
ko„rsatkichlari yoki o„zgarishlarining tegishli sifat mavjud bo„lishi mumkin 
bo„lgan muayyan oralig„i hamdir. Me‟yor – predmet borlig„ining chegarasi
. U 
predmet xossalari miqdor va sifat o‗zgarishlarining xususiyati bilan belgilanadi. 
Gegel fikricha, «Hamma narsa o‗z me‘yoriga ega, ya‘ni miqdor jihatidan aniqdir»
1

Masalan, vodorod peroksidi va suv bir-biridan molekulalardagi kislorod 
atomlarining miqdoriga ko‗ra farq qiladi. Huquqiy, axloqiy va estetik hodisalar 
tavsifida me‘yor tushunchasi normativlik xususiyatini kasb etadi. «Aynan 
«ko‗proq» va «kamroq» orqali engiltaklik me‘yori buziladi va butunlay boshqa 
narsa – jinoyat namoyon bo‗ladi, aynan «ko‗proq» va «kamroq» orqali adolat 
haqsizlikka, fazilat nuqsonga o‗tadi»
2
. Masalan, huquqda qilmishning ijtimoiy 
xavflilik darajasi va jazo chorasi o‗rtasidagi muvofiqlikka rioya etiladi. Me‘yor 
tushunchasida miqdor va sifat xossalarining o‗zaro aloqasi aks etadi. Tabiatda 
kuzatiladigan narsalarning bir holatdan boshqa holatga o‗tishi dunyo 
evolyusiyasining muhim va keng tarqalgan mexanizmlaridan birini aks ettiradi. 
Me‘yor tushunchasi evolyusiya tendensiyalarini aniqlash, turli sistemalarning 
o‗tmishi va kelajagi xususida gipotezalar tuzish imkonini beradi. 
Har qanday predmet miqdor va sifat qarama-qarshiliklarining muayyan 
sintezidir
. Uning borlig‗i ob‘ektga xos bo‗lgan muhim xossalarni saqlashni nazarda 
tutadi. Olamning ko‗p sifatliligi uning elementlari nisbatan barqarorligi va 
mustaqilligi bilan ta‘minlanadi. Ammo olam, shu jumladan har qanday predmet 
muttasil o‗zgarishda bo‗ladi. Hech narsa boqiy emas. Butun borliq qachondir 
paydo bo‗lgan va qachondir halok bo‗ladi. Dunyo o‗zgaradi va ayni vaqtda 
o‗zligini saqlab qoladi, o‗z-o‗ziga nisbatan ayniy bo‗ladi.
SHunday qilib, narsalar va hodisalar sifat va miqdor xususiyatlariga ega 
bo‗ladi. Ammo narsalar va hodisalarning bu tomonlari o‗rtasida uzviy aloqa 
mavjud emasdek, ularning biri ikkinchisiga bog‗liq emasdek bo‗lib tuyulishi 
mumkin. Lekin amalda bunday emas. Miqdor va sifat o‗rtasida dialektik aloqa 
mavjud: muayyan sifatni aks ettirmaydigan miqdor mavjud emas va shu bilan bir 
vaqtda miqdorsiz sifat ham yo‗q. Mazkur sifatga qo‗shimcha tarzda doim 
1
Гегель Г.В. Энциклопедия философских наук. Соч. Т. 1.М.: – С.145. 
2
Гегель Г.В. Наука логики. Т. 1. – М.: 1970. – С. 467. 


437 
qandaydir emas, balki muayyan miqdor javob beradi. Biz, masalan, uzunligi 
Amudaryo ustida qurilgan ko‗prikning uzunligiga teng bo‗lgan stolni 
ko‗rmaganmiz. SHuningdek oyoqlarining uzunligi 5 m bo‗lgan odamni tasavvur 
qilish ham qiyin. SHunday qilib, har qanday sifat falsafada me‘yor deb ataladigan 
miqdor chegarasiga ega bo‗ladi. Miqdorning me‘yor doirasida o‗zgarishi sifatning 
o‗zgarishiga sabab bo‗lmaydi, lekin me‘yordan oshilganda narsa o‗zining avvalgi 
mohiyatini yo‗qotadi. Miqdor va sifat o‗zgarishlarining bunday o‗zaro ta‘siriga 
ko‗p sonli dalillarni keltirish mumkin. Masalan, jismning tezligi sekundiga 1000, 
2000, 7910 metr bo‗lsa, u erga yiqiladi. Agar jismning tezligi atigi bir birlikka 
oshirilsa va u sekundiga 1911 metrga etkazilsa, jism Erdan ko‗tariladi va uning 
yo‗ldoshiga aylanadi. Demak, miqdor o‗zgarishlari, agar ular me‘yor doirasida yuz 
bersa, sifatni butunlay o‗zgartirmaydi. Biroq, agar bu o‗zgarishlar me‘yor 
chegarasidan chetga chiqsa, o‗zining muayyan miqdori va o‗z me‘yoriga ega 
bo‗lgan yangi sifat vujudga keladi.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish