Нигинахон шермухамедова



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet342/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Miqdor va sifat 
o‗zgarishlarining o‗zaro bog‗liqligi haqidagi qoida umumiy 
ahamiyat kasb etadi. U atrof borliqning barcha narsalari va hodisalariga nisbatan 
o‗rinli, ya‘ni dialektika qonuni kuchiga ega. 
U quyidagicha ta‘riflanadi. 
Miqdor va sifat o„zgarishlarining bir-biriga 
o„tishi qonuni narsaning miqdor va sifat tomonlarining shunday bir o„zaro 
aloqasini aks ettiradiki, uning ta‟sirida miqdor o„zgarishlari me‟yor chegarasidan 
chetga chiqib, albatta tub sifat o„zgarishlariga sabab bo„ladi, bu sifat 
o„zgarishlari esa, o„z navbatida, yangi miqdor ko„rsatkichlariga olib keladi.
Bu qonunga muvofiq rivojlanish bir-biridan farq qiladigan, lekin o‗zaro 
bog‗langan ikki bosqich – uzluksizlik va uzluklilikning birligi sifatida yuz beradi. 
Rivojlanishda uzluksizlik – bu juda sust, ko‗zga ko‗rinmas miqdor o‗zgarishlari 
bosqichi.
Sakrash

Rivojlanishda uzluklilik 
sakrash
deb ataladi. 
Sakrash – bu bir 
sifatning boshqa sifatga aylanish vaqti, shakli, usuli, miqdor o„zgarishlarining 
uzluksizligi, bosqichma-bosqichligidagi uzilish
. Masalan, sakrash – bu Erda 
hayotning paydo bo‗lishi, hayvonlar dunyosidan insonning ajralib chiqishi, bir 
ijtimoiy tuzum o‗rniga boshqa ijtimoiy tuzum kelishi, buyuk ilmiy va texnikaviy 
kashfiyotlar. Har qanday sakrash rivojlanishda o‗tish davrini tavsiflaydi. O‗z 
tabiatiga ko‗ra u doim ziddiyatlidir, chunki yangining tug‗ilishidan ham, eskining 
qarshiligidan ham dalolat beradi.
Sakrashlarning shakllari rang-barang bo‗lib, rivojlanayotgan hodisaning 
tabiati, shuningdek unda sifat o‗zgarishlari yuz berayotgan konkret sharoit bilan 
belgilanadi. Sakrashlar:
1) o‗zgarishning davomliligiga ko‗ra (jadal, sust); 
2) o‗zgarish shakliga ko‗ra (bir karra, ko‗p karra); 
3) o‗zgarishning chuqurlik darajasiga ko‗ra (qisman, to‗liq); 
4) o‗zgarishning yo‗nalishiga ko‗ra (progressiv, regressiv, yo‗nalishsiz) farq 
qiladi.
Sakrashlarni tahlil qilish chog‗ida «evolyusiya», «inqilob», «islohot» kabi 
atamalar ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. «Evolyusiya» tushunchasi keng va 
tor ma‘nolarda qo‗llaniladi. Keng ma‘nodagi «evolyusiya» asta-sekin rivojlanish 


438 
jarayoni bo‗lib, u miqdor o‗zgarishlarinigina emas, balki sifat o‗zgarishlari, shu 
jumladan inqiloblarni ham o‗z ichiga oladi. Tor ma‘noda «evolyusiya» deganda 
inqilobdan, uning tayyorlanishidan oldingi davr tushuniladi. «Inqilob» tushunchasi 
ijtimoiy hodisalarni tavsiflash uchun ishlatiladi. Bu jamiyatni asta-sekin 
o‗zgartirmaydigan, balki unda tub o‗zgarish yasaydigan sakrashdir. Islohot jamiyat 
hayotining biron-bir muhim tomonini o‗zgartirish bo‗lib, bunda uning iqtisodiy va 
davlat tartibi asoslari saqlanib qoladi.
SHunday qilib, miqdor va sifat o‗zgarishlarining bir-biriga o‗tish qonuni 
rivojlanishning umumiy qonuni sifatidagi mazmuni haqida yaxlit tasavvur hosil 
qilish imkonini beradigan «sifat», «miqdor», «me‘yor», «sakrash» kategoriyalari 
yordamida muayyanlashtiriladi. Mazkur qonun butun borliqning rivojlanishi
harakati va o‗zgarishi qanday, qay tarzda yuz beradi, degan savolga javob berib, 
ob‘ektiv voqelikning har qanday sohasida yangi sifatga o‗tishning ichki 
mexanizmini yoritadi. Hodisalarning o‗zgarish jarayonlari umuman olganda 
harakat
kategoriyasi bilan tavsiflanadi. Bunda harakat o‗ta keng ma‘noda – 
makonda ko‗chish sifatidagina emas, balki 
makon va vaqtda yuz beruvchi sifat va 
miqdor o„zgarishlarining har qanday ketma-ketligi 
sifatida tushuniladi. Harakat 
jarayonida bu o‗zgarishlar o‗rtasidagi nisbat bo‗ysunadigan umumiy qonuniyat 
miqdorning sifatga o‗tish qonuni deb ataladi. Harakat jarayonida miqdor 
o‗zgarishlari to‗planib, me‘yor chegarasiga etadi va sifat o‗zgarishlariga o‗tadi.
Harakat ziddiyatli xususiyat kasb etadi: unda o„zgarish o„zgarayotgan 
narsaning saqlanishi bilan uyg„unlashadi.
Aytish mumkinki, biror narsaning 
o‗zgarishi – bu uning saqlanish usuli yoki, boshqacha aytganda, biror narsaning 
saqlanishi uning o‗zgarishi shartidir.
SHunday qilib, harakat ikki qarama-qarshi jihat: 
o„zgaruvchanlik va 
barqarorlikni o„z ichiga oladi.
Fizikada bu jihatlar energiya va massa 
tushunchalari bilan ifodalanadi. Energiyaga ob‘ektning o‗zgaruvchanligi, o‗zgarish 
qobiliyatining me‘yori sifatida, massaga – ob‘ektning barqarorligi, inertligi, o‗z 
holatini saqlash qobiliyati me‘yori sifatida qarash mumkin.
Ko‗rib chiqilgan qonunlar rivojlanish manbai va uning mexanizmini yoritib 
bersa, inkorni-inkor qonuni – rivojlanishning umumiy tendensiyasini, uning 
yo‗nalishini aks ettiradi.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish