432
2) rivojlanishdagi roliga ko‗ra – asosiy va ikkinchi darajali ziddiyatlar;
3) vujudga kelish xususiyatiga ko‗ra – zaruriy va tasodifiy ziddiyatlar;
4) jamiyatdagi tipiga ko‗ra – antagonistik va noantagonistik ziddiyatlar
farqlanadi.
Asosiy ziddiyatlar strukturaning qarama-qarshi tomonlari o„rtasida,
ikkinchi darajali ziddiyatlar esa – bog„lovchi bo„g„inlar o„rtasida yuzaga keladi.
Asosiy ziddiyatlar sifatli, muhim va zarurdir
.
Asosiy ziddiyatlarsiz predmet, uning
sifat jihatidan muayyanligi va yaxlitligi mavjud bo‗lmaydi.
Ikkinchi darajali
ziddiyatlar tasodifiy xususiyat kasb etadi, ularning borligi yoki yo„qligi
predmetning sifatini o„zgartirmaydi
. Muhim ziddiyatlar – bir lahzalik
ziddiyatlardir: ular ichki yoki tashqi, asosiy yoki ikkinchi darajali bo‗lishi mumkin.
Masalan, inson hayoti qil ustida turadigan avtomobil halokati yuz bergan paytda
barcha ichki ziddiyatlar (psixologik konfliktlar,
stresslar va fiziologik
patologiyalar) ikkinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
Borliqning ichdan ziddiyatliligi – ob‘ektiv hodisa, tabiat va jamiyatning
asosiy va umumiy xossasidir. Har bir inson hayotiga kelsak, u ziddiyatlar bilan har
kuni to‗qnash keladi, qarorlar qabul qiladi, baholar beradi, o‗z
qilmishlaridan
pushaymon bo‗ladi, ko‗pincha yo‗l qo‗ygan xatolaridan afsus chekadi. Har qanday
voqea, vaziyat, taxminning ichki ziddiyatlarini ko‗rib, o‗zi qabul qilayotgan
qarorlarning ijobiy va salbiy tomonlarini taroziga sola bilish tafakkurning etuklik
belgisidir.
Bizni qurshagan dunyoda ziddiyatlar juda serqirra;
ularni turli asoslarga
ko‗ra tasniflash odat tusini olgan.
YUqorida aytilganlardan kelib chiqib shuni qayd etish mumkinki, dialektik
ziddiyatlilik qonuni barcha narsalar,
tizimlar, hodisalar va jarayonlar ichki
ziddiyatlar, qarama-qarshi tomonlar va tedensiyalar bilan tavsiflanishini nazarda
tutadi. Ularning o‗zaro aloqasi, ular o‗rtasidagi «kurash» o‗zgarish va rivojlanish
manbai
hisoblanadi, ziddiyatlarning kuchayishiga sabab bo‗ladi. Bu ziddiyatlar
oxir-oqibatda muayyan bosqichda eskining yo‗qolishi va yangining vujudga kelishi
bilan echiladi.
Dialektika tizimida bu qonunning markaziy o‗rni nima bilan belgilanadi?
Birinchidan, bu qonun har qanday harakat va rivojlanish manbaini yoritadi, ya‘ni
rivojlanish nazariyasining eng muhim savollariga javob beradi. Ikkinchidan, bu
qonun dialektikaning qolgan barcha qonunlari
va kategoriyalarining asosi
hisoblanadi. Ko‗rsatilgan qonunlar va kategoriyalarning har birida biz birlik va
kurash munosabati bilan bog‗liq bo‗lgan qarama-qarshiliklarga duch kelamiz.
Uchinchidan, dialektik ziddiyatlilik qonuni yagonani tafakkurda ikkilantirish va
uning qarama-qarshiliklarini ularning tahlilini sintez bilan birlashtirish orqali
o‗rganishni talab qilib, bilish dialektik metodining bosh mazmunini belgilaydi.
Rivojlanish manbaini yorituvchi dialektik ziddiyatlilik
qonunidan farqli
o‗laroq, miqdor va sifat o‗zgarishlarining bir-biriga o‗tishi qonuni rivojlanish
jarayonining mexanizmini yoritadi, u qay tarzda va qanday shakllarda amalga
oshirilishini ko‗rsatadi (Bu qonunning xususiyatini, u qanday namoyon bo‗lishi va
amal qilishini aniqlash uchun uning asosiy tushunchalari: sifat, miqdor, me‘yor,
sakrashning mazmunini yoritish talab etiladi.