Нигинахон шермухамедова



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet333/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   329   330   331   332   333   334   335   336   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Fan qonunlari
odamlar tomonidan anglab etilgan voqelik qonunlarining 
ongimizdagi in‟ikosi hisoblanadi
. Har bir fan voqelikning muayyan sohasini o‗z 
predmeti sifatida o‗rganar ekan, mazkur sohada amal qiluvchi qonunlarni 
aniqlaydi. Ilmiy nazariya bilan qamrab olingan soha qancha keng bo‗lsa, uning 
qonunlari shuncha umumiy bo‗ladi. Fanda qonunlarning umumiylik darajasiga 
ko‗ra murakkab ierarxiyasi mavjud. Umumiylik darajasi pastroq bo‗lgan qonunlar 
umumiyroq qonunlarning ayrim ko‗rinishlari sifatida amal qiladi va so‗nggi zikr 
etilgan qonunlardan ularning oqibatlari sifatida keltirib chiqariladi.
Masalan, geometrik optikada yorug‗likning aks etish va sinish qonunlari 
elektromagnit to‗lqinlar tarqalishining umumiyroq qonunlaridan, ular esa, o‗z 
navbatida, elektromagnit maydoni nazariyasining yanada umumiyroq qonunlaridan 
kelib chiqadi.
Har qanday qonun muayyan sharoitda amal qiladi. Qonun amal qilishining 
bazis va lokal sharoitlarini farqlash lozim. 
Bazis sharoitlar qatoriga qonunning 
amal qilish sohasini belgilovchi sharoitlar kiradi. 
Mazkur sharoitlardan tashqarida 
qonun amal qila olmaydi (ular yo‗q bo‗lgan taqdirda ularda amal qilayotgan tizim 
ham yo‗q bo‗ladi). 
Lokal sharoitlar qatoriga qonunning amal qilish sohasidagi 
sharoitlar kiradi. Qonun bu sharoitlarning har qanday variatsiyasida o„z kuchini 
saqlab qoladi, lekin ularning o„zgarishlari qonunning amal qilish natijalarining 
o„zgarishlariga sabab bo„ladi.
Aytish mumkinki, qonun lokal sharoitlarga nisbatan 
invariant, lekin u bazis sharoitlarga nisbatan invariant emas.
Masalan, Arximed qonuni uchun suyuqlik va unga solingan jismning
og‗irlik kuchining mavjudligi bazis sharoitlar hisoblanadi. Bu sharoitlarga nisbatan 
Arximed qonuni noinvariantdir: ular mavjud bo‗lmasa, qonun amal qilmaydi. Bu 
erda suyuqlikning tarkibi va solishtirma og‗irligi, jismning fizik tuzilishi va shakli 
lokal sharoitlar hisoblanadi. Ularga nisbatan qonun invariantdir. Ammo uning amal 
qilishi turli natijalarda aks etishi mumkin: ayrim hollarda jism suvda suzadi, ayrim 
hollarda esa – u cho‗kib ketadi.
Odamlar qonunlarning amal qilish sharoitlarini o„zgartirib, ulardan o„zlari 
istagan natijalarga erishish uchun foydalanish imkoniyatini qo„lga kiritadilar. 
YAngi bazis sharoitlarni yaratish yo„li bilan esa ular ayrim qonunlarning amal 
qilishini to„xtatish va boshqa qonunlarni amalga kiritishga qodirlar.
Qonunlarning amal qilishi hodisalarning muntazamligi, takroriyligida 
namoyon bo‗ladiki, buni tajribada, kuzatishlar va eksperimentlarda ko‗rish 


429 
mumkin. Hodisalarning bunday muntazamligi, takroriyligi qonuniyat (shuningdek 
fenomenlogik qonun, empirik aloqa) deb ataladi. 

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   329   330   331   332   333   334   335   336   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish