Нигинахон шермухамедова



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

 
 
MAKON VA VAQT 
 
Makon va vaqt borliqning fundamental shakllari
. Bizni qurshagan dunyo 
mazmuni, borliqning umumiy xossasi bo‗lgan borliq haqida so‗z yuritar ekanmiz, 
makon va vaqt tushunchalarini chetlab o‗tishimiz mumkin emas. Zero, har qanday 
jism, narsa, hodisa doim borliqning boshqa predmetlari va hodisalari bilan yonma-
yon keladi, ko‗lamlilik xususiyatiga ega bo‗ladi. SHuningdek ular o‗z ichki va 
tashqi holatlarini bir-biriga nisbatan o‗zgartiradi va bu turli hollarda har xil tezlik, 
marom, sur‘at va davomlilik bilan yuz beradi. Alohida holda ayrim yagona deb 
qaraladigan bu ko‗rsatkichlar majmui bizga vaqt haqida tasavvur beradi. Makon va 
vaqt o‗z rang-barangligida cheksiz borliqning shakllari sifatida amal qiladi.
Falsafa tarixida makon va vaqt muammosi
. Makon va vaqt mohiyati 
haqida odamlar o‗z rivojlanishining dastlabki bosqichlaridayoq fikr yuritganlar va 
o‗tmishning aksariyat mutafakkirlari ularning tabiatini aniqlashga harakat 
qilganlar. Bu avvalo inson amaliyoti va bilishining rivojlanishi bilan bog‗liq 
bo‗lgan. Zero ular kengayib va takomillashib, mazkur kategoriyalarni yanada 
aniqroq va teranroq tushunishni talab qilgan. Xususan, antik davrdayoq falsafadan 
ko‗lamli shakllar va ularni o‗lchash usullari haqidagi fan sifatida ajralib chiqqan 
geometriya ilk aniq fanlardan biriga aylandi. Vaqtga astronomik kuzatishlar hamda 
koinotning boqiyligi va inson hayotining tezoqarligi haqidagi mulohazalar nuqtai 
nazaridan ham alohida e‘tibor qaratilgan. 
Vaqt falsafaning eng murakkab 
bo‗lgan masalalaridan biridir
Inson uchun eng qimmatli narsa vaqtdir
. Xohish va harakat bo‗lsa, 
hamma narsani topish yoki qo‗lga kiritish mumkin, lekin o‗tgan vaqtni 
orqaga qaytarib bo‗lmaydi. Senekani ham vaqt masalasi juda qiziqtirgan. U 
vaqt haqida ― u o‗zi nima?., vaqtga qadar, vaqtsiz nimadir bo‗lganmi? U 
dunyo bilan birga dunyoga kelganmi yoki dunyodan oldin ham bo‗lganmi? 
Nimadir bo‗lgan bo‗lsa, u bilan birga vaqt ham bo‗lganmi‖
1
?, degan savollar 
beradi va bunday savollarga javob bera olmaydi. Lekin bir narsani, vaqtni 
qadrlash zarurligini, chunki u inson uchun bebaho qadriyat ekanligi, zero, bu 
uning hayotiy davri ekanligini tan oladi. SHuning uchun ham Senekaning 
mashhur asari bo‗lgan ―Lutsiliyga axloqiy maktublar‖i shunday so‗zlar bilan 
boshlanadi:‖Mening Lutsiliyim xuddi shunday qil! O‗zingni engib 
o‗t,...o‗zing uchun engib o‗t, vaqtni asra, qadrla, ilgari uni sendan mahrum 
qilishar yoki o‗g‗irlashar edi, u bekorga sarf bo‗lardi. Men haqiqatni 
1
Сенека Л.А. Философия – наука о жизни. –С. 33. 


111 
yozayotganimga o‗zing iqror bo‗l‖.―Vaqtimizning ma‘lum qismini kuch bilan 
tortib oladilar, ma‘lum qismini o‗g‗irlaydilar, eng ayanchlisi esa vaqtning o‗z 
befarqligimiz tufayli yo‗qolganidir. Hamma narsa bizga begona, faqat vaqt 
bizniki‖. Tikilibroq boq, axir umrimizning ko‗p qismini biz bema‘ni ishlarga 
sarflaymiz, bir qismini – bekorchilikka ishlatamiz, butun hayot kerakli 
bo‗lgan ishga, qilishimiz zarur bo‗lgan yumushga sarflanmaydi. Menga 
vaqtni qadrlaydigan insonni ko‗rsata olasanmi? Kim kunning qiymatini 
biladi? Kim har soatda o‗layotganini biladi? Bizning aybimiz shundaki, 
o‗limni ilgariroq ko‗rmaymiz. Uning katta qismi bizning ketimizda, ungacha 
qancha umr oqib ketadi‖
1
. deb yozadi.
Oltmishdan oshgan Seneka o‗kinch bilan faylasuf yosh shogirdiga: 
―Vaqtni asra va to‗pla‖
2
deb maslahat beradi. Vaqgni asrab va to‗plab 
bo‗ladimi? Senekaning o‗zi ham bunga erisha olmagan. Bu o‗rinda hurlikka 
intilgan donishmand ruhi bilan uning alg‗ov-dalg‗ovlarda kechgan umri 
o‗rtasida ziddiyat borligi ko‗zga tashlanadi. Alamga to‗lgan qalbi faylasufni 
beayov so‗roqqa tutadi. Nima uchun, kim uchun yashading? Nima topdingu, 
nima yo‗qotding? Topganing yo‗qotganlaringga arziydimi? SHuncha topgan 
obro‗ e‘tiboring bilan nega diling hamon bezovta?
 
Bir onga ehtiroslardan, o‗gkinchi aldoqlardan xoli bo‗lib boqiy ruhni 
ko‗rishni orzu qilganmisan? Axir hamma, hammamiz Boqiy oldiga javob 
bergani bormaymizmi? Foniy dunyoda yashash kishining qismati ekan, 
bezovta ruhga najot qayda?...―Ertangi kunga bandi bo‗lmay desang, — deb 
yozadi Seneka — bugunni qo‗ldan berma‖
3
. Har kunni go‗yo oxirgi kundek 
yashash darkor, chunki undan keyin nima keladi hech kim bilmaydi
4

Bugunning hikmati esa qalbingni noo‗rin bezovta qiladigan narsalardan 
asrashdadir. Olamgashtalik qalbingga g‗alayon soladi, duch kelgan kitobni 
o‗qish ongingni chalg‗itadi, dilingni bulg‗aydi. Johil, g‗ofil bilan suhbat 
ruhingga ozor etkazadi, davlat orttirish boqiyni yodingdan quvadi, chop-
choplardan umring boshqalarning ayshiga isrof ketadi, pirovardda o‗zingga-
o‗zing yovga aylanasan. Bir joyda muqim yashash, buyuk aqllar yaratgan 
kitoblarni mutolaa qilish, xushaxloq bilan suhbat qurish, boylik orttirishga 
mehr qo‗ymaslik kerak. Ko‗pni bilgan emas, keragini bilgan oqil, ko‗pdan 
qalbga ko‗p tashvish keladi, keragi esa dilni nafislashtiradi. O‗ziga o‗zi do‗st 
bo‗lolmagan, o‗zgaga do‗st bo‗lolmaydi; o‗zi xushaxloq bo‗lmagan 
o‗zgadan axloq talab qila olmaydi. Bezovta Ruhga najot - o‗zingda. Hech 
nima, hech kim umr bo‗yi senga sodiq qololmaydi, yiqqanlaring bir kuni 
emiriladi, qulaydi yoki qadrini yo‗qotadi; do‗stu yorlaring bir kuni seni 
tashlab ketadi yoki manguga tark etadi; yov ahd qilsa, mulkingni, yurtingni 
talaydi, xotiningni, bolalaringni o‗ldiradi; xo‗sh, shunday bo‗lmasligiga kim 
1
Ўша ерда. –Б. 1-2. 
2
Сенека Л.А. Нравственные письма к Луцилию. – Кемеровское книж. изд-во., 1986. –С. 112. 
3
Сенека Л.А. Нравственные письма к Луцилию. – Кемеровское книж. изд-во., 1986. –С. 112. 
4
Ўша ерда. –Б. 112. 


112 
kafolat beradi? — Hech kim
1
, demak, abadiy narsa yo‗q. Bunday 
yo‗qotishlar tabiiy hol deb bilgan kishigina ―Hech narsa yo‗qotmadim, 
barcha topganlarim o‗zim bilan‖ (Stilpon) deya oladi. SHunday ekan 
nimalarnidir orttiraman deb chopishlar, kimlargadir yoqaman deb qilingan 
riyokorliklar, o‗zini o‗zi aldashlar nechun? Inson uchun bir narsa abadiy va 
muqaddas — u Boqiy ruhiyatdir. Agar dilingni boshqalar tortib olishi, yo‗q 
qilishi mumkin narsalardan ajrash xavfi bezovta qilsa, hayotda sen o‗tkinchi 
ehtiroslarga mute yashashdan o‗zga qadriyat topolmabsan. Dunyoni 
mukammal ko‗rmoqchimisan, avval o‗zing mukammal bo‗l. ―Esingda 
bo‗lsin, Lutsiliy, o‗zini barchadan xushbaxt bilmagan, hatto u dunyoga 
egalik qilsa-da, xushbaxt bo‗lolmaydi‖
2
. Mas‘udlik his-tuyg‗usi dilga 
mudom hamroh bo‗lishi zarur, ana shunda kishi olomon xohishlaridan ustun 
turadigan, illatlardan xoli Buyuk Boqiyga talpinib yashaydi va undan sa‘d 
topadi. To‗g‗ri, vaqt hamma narsaning ustidan hukmron, uning beayov 
hukmiga itoat etmaydigan kishi, narsa yo‗q. ―O‗zim bilan barobar tiklangan, 
menga tengdosh uyning, — deb yozadi faylasuf, — devorlari nurab, xaroba 
holiga kelibdi‖
3
. U bilan birga men ham qaridim, tizzamdan mador, 
belimdan quvvat ketgan. Qaerga boqmay, hamma narsa qariganimga ishora 
qiladi. Mayli, qarilikni ochiq quchoq bilan qarshi olaylik, u ham, agar undan 
foydalansak, zavq beradi... CHunki ne‘matlar kam qolganida qadrli tuyuladi. 
YOsh qalb ham, qari qalb ham hali tirik ekan etuk Ruhga intilib hayotdan 
ma‘no topadi. Hikmat, donishmandlik umrning qisqa yoki uzunligida emas, 
Boqiy ruhga monand yashashdadir
4
. O‗zini o‗ziga itoat ettirolgan, vaqtni 
ham o‗ziga itoat ettiroladi. ―Kim ertangi kunni bexavotir qutlasa, u 
barchadan baxtiyor, chunki u o‗ziga o‗zi mansubdir. Kim o‗ziga o‗zi 
mansub emas, u o‗zgalarga mansubdir‖. Ko‗rinib turibdiki, Seneka bir 
tomondan taqdiri azalni tan oladi, ikkinchi tomondan insonga, uning 
ma‘naviy-ruhiy kuchiga ishonadi. Uning fikriga ko‗ra, mahdudotda odam 
qalbini illatlarga botirishga shay sabablar, vajlar ko‗p. Hayotning 
nomukammalligi, dilozorliklar, nafs va shahvat, atrof to‗la tasodiflar kishini 
tinmay bezovta qilib turadi. Ehtirossiz kishi esa yo‗q, shu bois kishi goho 
o‗zini, o‗zligini ham unutadi. 
Ushbu sabablar, vajlardan mutlaq xalos bo‗lish mushkul. Seneka o‗z 
qahramoni oldiga juda mushkul vazifa qo‗yadi — ―Hayot iztiroblariga befarq 
qol. Bizni mudom yo hozir, yo kelajak yoki ularning ikkalasi iztirobga soladi. 
Iztiroblar ko‗pincha vahima natijasidir; vahima esa mavhumlikdan tug‗iladi. 
Buyuk Boqiyga intilmaydigan qalb uchun hozir ham, kelajak ham 
mavhumdir, demak, unga hayot iztirobdir‖
5
. Hozirda ham, kelajaqda ham 
1
Сенека Л.А. Нравственные письма к Луцилию. – Кемеровское книж. изд-во., 1986. –С. 114. 
2
Ўша ерда. –Б. 212. 
3
Ўша ерда. –Б. 214. 
4
Ўша ерда. –Б. 218. 
5
Сенека Л.А. Нравственные письма к Луцилию. – Кемеровское книж. изд-во., 1986. –С. 127. 


113 
sodir bo‗ladigan narsalarni mag‗rur kutib olishga kishi shay turishi darkor. 
Nimaning ro‗y berishi zarur bo‗lsa, u ro‗y beradi; nima o‗tib ketgan bo‗lsa, u 
tabiiydir. Hayot — u yoki bu narsalarning ro‗y berishi muqarrar makon, faqat 
osuda, mag‗rur va Buyuk Boqiyga ishongan qalbgina hayotni tasodiflarga 
to‗la deb qabul qiladi, ro‗y beradigan voqealardan ajablanmaydi, noo‗rin 
junbushga tushmaydi. Tasodiflardan fojia yasash zaif qalblarga xos, 
hayotning beshavqatligini kuchli qalb egalari mag‗rur engadi
1
. Seneka 
nazarida iztiroblarga befarq, o‗tkinchi istaklar va ehtiroslardan xoli yashashni 
falsafa o‗rgatadi. Kim xushbaxt yashamoqchi bo‗lsa, ushbu donishmandlik 
ilmini egallashi zarur. Istig‗no yashamoqchi bo‗lgan falsafadan shon, 
mansab, to‗la xushbaxt yashashni istaydigan qalb esa muhtojliklar, tahqirlar 
va alamlardan qo‗rqmay hikmat, etuklik qidiradi. ―Falsafa olomonga 
namoyish qiladigan ayyorlik o‗yini emas. U vaqtni, kunni xush o‗tkazish 
uchun ermak ham emas, falsafa qalbni chiniqgiradi va tarbiyalaydi, hayotni 
tartibga soladi, xatti-harakatlarni boshqaradi, nima qilish mumkinu, nimadan 
saqlanish kerakligini o‗rgatadi, usiz dilda dadillik va ishonch yo‗q...‖
2

Kimdir „taqdir azal" — haqiqat, dunyoni ilohiy kuch boshqarayotgan 
bo‗lsa, falsafaga hojat bormi, deb so‗rashi mumkin. Taqdir tartiblarini, ilohiy 
kuch hukmini o‗zgartirishga inson, uning aqlu idroki qodir bo‗lmasa, falsafa 
safsataga aylanmaydimi? Seneka ushbu savollarni qo‗yadi, afsuski, ularga 
javob bermaydi. Uning, „Falsafa ilohiyotga ixtiyoriy itoat etishga, taqdirga 
qat‘iy qarshi turishga quvvat beradi, tasodiflarga, beqarorlikka chidashga 
o‗rgatadi. Qalbingda falsafaga bo‗lgan jo‗shqin ishonchni so‗ndirma, endi u 
ruhing doimiy holati bo‗lsin‖
3
, degan o‗gitlari tavtalogiyaga monanddir. 
Pok ruhni, uning sof tabiatga monandligini tuyish beqiyos rohat, 
huzurdir. Bunday ruh nafaqat aqldan, hatto hayotdan ham o‗zishi zarur. 
Uning oldida ko‗pchilikni vahimaga soladigan o‗lim — hech nima. Biroq, 
ko‗pchilik o‗lim muqarrarligini bila turib, hayotga jon-jahdi bilan yopishadi, 
umrini cho‗zish uchun har qanday qabihlikka, yovuzlikka va nopoklikka 
tayyor. Odam aslida tug‗ilganidan o‗lim tomon boradi, umrning o‗tgan har 
bir daqiqasi o‗lim tomon tashlangan qadamdir. Demak, o‗lim — tabiiy hol; 
hayotni cho‗zish tabiat qonunlariga ziddir. Tabiat — Buyuk Boqiy mutlaq 
yo‗qlik emas, balki hayotni yangilash tarafdoridir. Kim unga qarshi chiqsa, u 
yangilanishga ham qarshi; turg‗unlik muqimni vaqtincha asrasa-da, 
yangilanishga to‗g‗anoq bo‗lolmaydi. Halim eng qudratlilarni ham yiqqan
shuning uchun kishi o‗limni ―dovyuraklik bilan qarshi olishga o‗zini 
tayyorlab borishi lozim‖
4
. Senekaning vaqtga oid qarashlari bugungi kunda 
ham ahamiyatni yo‗qotgani yo‗q. 
1
Ўша ерда. –Б. 221. 
2
Ўша ерда. –Б. 234. 
3
Ўша ерда. –Б. 235. 
4
Ўша ерда. –Б. 255. 


114 
SHuni alohida ta‘kidlash lozimki, falsafa tarixida «Makon» va «vaqt» 
kategoriyalariga qiziqish hech qachon susaymagan. Ular bilan bog‗liq ko‗p sonli 
masalalar yuzaga kelgan. Ularning eng muhimlaridan biri quyidagicha yangraydi: 
makon va vaqt mustaqil mohiyatlarmi yoki ular faqat nimagadir bog‗liq holda 
keladimi? Matematikadan farqli o‗laroq fizika amalda mavjud bo‗lgan makon-vaqt 
strukturalarini (matematika yaratgan vositalar yordamida) bilishga harakat qiladi. 
Unda bu strukturalarni tushunishga nisbatan qarama-qarshi falsafiy nuqtai 
nazarlardan kelib chiqqan ikki xil yondashuv rivojlanadi. 

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish