Нигинахон шермухамедова



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet230/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Iroda ong strukturasining yana bir elementi
hisoblanib,
u inson o„z 
faoliyatini ongli ravishda, izchillik bilan boshqarishini o„zida ifodalaydi. 
Bu 


299 
insonning o‗z faoliyatida yuzaga keladigan, sub‘ektiv va ob‘ektiv qiyinchiliklar va 
to‗siqlardan ongli ravishda oshib o‗tishni talab etadigan vazifalarni hal qilishga o‗z 
ruhiy va jismoniy kuchlarini safarbar etish va yo‗naltirish qobiliyatidir. Inson 
mehnat qurollarini yaratishi – bu irodani shakllantirishning birinchi va eng muhim 
maktabidir. Iroda va maqsad bir-birini to‗ldiradi. Irodasiz maqsadga erishish 
mumkin emas; maqsadga muvofiq faoliyatsiz iroda ham bo‗lmaydi. Iroda – bu 
ongli intilish va harakatga mayl uyg‗otishdir. Ammo insonga ongsiz mayllar ham 
xos. Ba‘zan inson qaergadir intiladi, lekin qaerga va nima uchun intilayotganini 
uning o‗zi ham bilmaydi. Bunday ong osti harakati insonga hayvonlardan o‗tgan.
Ong strukturasida
e‟tibor ham bo„lib,
u
 
– 
inson ruhiy faoliyatining 
muayyan ob‟ektlarga qarab mo„ljal olishda namoyon bo„luvchi shakli.
Ong strukturasining yana bir elementi xotira 
– 
individ miyasida uning 
o„tmishdagi tajribasini mustahkamlash, saqlash va gavdalantirishdan iborat 
bo„lgan ruhiy jarayon. Xotira
– ongning miyaga kelayotgan axborotni aks ettirish, 
saqlab qo‗yish, gavdalantirish va unga ishlov berish mexanizmlari bilan bog‗liq 
bo‗lgan tarkibiy elementi. 
Amalda motorli, emotsional, obrazli, uzoq va qisqa 
muddatli xotira farqlanadi
. Ko‗pgina kuzatishlar takrorlash va uzoq muddat 
xotirada saqlash o‗rtasida uzviy aloqa mavjud emasligidan dalolat beradi. Uzoq 
muddatli xotira insonning motivatsiya sohasiga bog‗liq bo‗ladi. Sezgi organlariga 
bevosita ta‘sir ko‗rsatish jarayoni tugagach, predmetning obrazi izsiz yo‗qolib 
ketmaydi, u xotirada saqlanadi. 
Xotiraning asosiy elementlari eslab qolish, 
saqlash, gavdalantirish va unutish hisoblanadi
. Eslab qolishning fiziologik asosini 
bosh miya po‗stlog‗ida vaqtinchalik nerv aloqalarining hosil bo‗lishi va qayd 
etilishi tashkil qiladi. Nerv aloqalarining keyinchalik jonlanishi eslab qolingan 
materialni gavdalantirish imkoniyatini beradi, bu aloqalarning susayishi esa 
xotiradagi materialning unutilishiga olib keladi.
Ongning yana bir elementi tasavvur bo„lib, u sirtdan ta‟sirlar xotirada 
saqlanishi natijasida paydo bo„ladi.
Tasavvurlar
– 
insonning sezgi organlariga 
qachondir ta‟sir ko„rsatgan va keyinchalik miyada saqlanib qolgan izlariga ko„ra 
tiklangan predmetlarning obrazlari, shuningdek xayolot yordamida yaratilgan 
obrazlar.
Tasavvurlar ikki shaklda: xotiralar ko‗rinishida va xayoliy obrazlarda 
mavjud bo‗ladi. Idrok faqat hozirgi zamonga taalluqli bo‗lsa, tasavvurlar ham 
o‗tmishga, ham kelajakka taalluqli bo‗ladi. Tasavvurlar idrokdan kamroq darajada 
aniq va ravshanligi bilan ajralib turadi.
Ong strukturasining oliy elementi
– bu 
tafakkurdir.
Tafakkur – individ bilish 
faoliyatining voqelikni umumiy va bilvosita aks ettirish bilan tavsiflanuvchi 
jarayoni.
Tafakkur voqelikni inson o‗z ongida umumiy tarzda, bilvosita va izchil 
aks ettirishi bilan bog‗liq. U assotsiatsiyalarning tartibsiz o‗yinidan farq qiladi va 
predmet mantiqiga ko‗ra harakatlanishni nazarda tutadi. «Tafakkursiz yashash 
mumkinmi?», degan savolga Lokk «ha, mumkin» deb javob bergan va o‗z 
hayotining katta qismini tafakkursiz o‗tkazgan kishilarga ishora qilgan. Refleksiya 
qiladigan va refleksiya qilmaydigan tafakkur farqlanadi. 

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish