Gullar bayrami senariysi



Download 21,14 Kb.
Sana13.04.2017
Hajmi21,14 Kb.
#6683
Gullar bayrami senariysi.

O’qituvchi

Soylar oqqan kumush tog’lardan salom .

Gul bog’lari chamanzor go’zal bog’lardan salom.

Aziz o’qituvchilarga zukko o’quvchilardan salom,

Xush kelibsiz mehmonlar barchangizga assalom.

Assalomu Alaykum aziz mehmonlar o’qituvchi va o’quvchilar. Mana bugun 6 sinf o’qil qizlari bilan birgalikda “ Gullar bayrami”ni tashkil qildik. Gullar bu so’zni eshitganimizdayoq kayfiyatimiz ko’tariladi. Inson o’zi tabiat ijodkori, shunday ekan , o’simliklarning taqdiri, ularning xulq atvoriga bog’liq. Inson tabiat bilan doima organik muloqotda bo’ladi.Inson bog’lar , o’rmonlar , gulzorlar yaratishga intiladi. Gullar insonlar kayfiyatini ko’taruvchi , ular orasidagi munosabotni yaxshilaydigan vosita bo’lib xizmat qiladi.

Azia mehmonlar va o’qituvchilar bugungi gullar bayramimizga xush kelibsiz . Bayram dasturimizni tomosha qilishga taklif qilamiz.

Gullar bayramimizning shartlari.



  1. Tabrik qism

  2. Oyin

  3. Gullar tilga kirganda She’rlar

  4. Gullar haqida ma’lumotlar

  5. Qo’shiq

  6. Gullar tilga kirganda she’rlar

  7. O’yin

  8. Gullar haqida ma’lumot

  9. Qo’shiq

  10. Ko’rinish

  11. Ko’rgazmalar

Endi navbatni boshlovchi qizlarimizga beramiz.

1 boshlovchi .

Qabul qiling do’stlarim,

Bu bizning shirin kalom.

Qo’limiz ko’ksimizda,

Deymiz sizga assalom.

2. boshlovchi

Davramizning hurmatli mehmonu mezmonlari,

Muhtaram uztozlar-u, aziz o’quvchilari.

Assalomu alaykum o’zbegim ulug’lari,

Assalomu alaykum qadami qutlug’lari.

1.boshlovchi

Assalomu alaykum aziz mehmonlar.



2 boshlovchi

Alpomishdek yigitlar , Barchinoydek go’zal qizlar.



1 boshlovchi

Mana bugun sizlar bilan gullar bayramida uchrashib turibmiz



2 boshlovchi

Sizlarni 6 sinf o’quvchilari tayyorlagan bayram dasturini tomosha qilishga taklif qilamiz .Ikkala boshlovchi . Marhamat



1 boshlovchi. Endi davramizga bahoroy va navro’zoylarni taklif qilamiz ,marhamat.

Bahoroy

Navro’zoy

2 boshlovchi. Hozir o’quvchilarimiz Bahoroy va Navro’zoylarga bog’ishlangan she’rlarni o’qib eshittiradi.

Xasanova Guljamol.Otabek Amonov ning “ Bahor” she’ri.

Yana ko’klam , yana navbahor,

Yo’limizga soldi poyondoz.

Fasl keldi,ajib, betakror,

Do’stlar, ko’klam tarovati soz.

Yuz ko’rsatdi gul,lol, chechak,

Yashillandi dala , bog’ rog’lar.

Bahor- guyo go’zal kelinchak,

Yosharadi zalvorli tog’lar

Quyosh sochar hovuch - hovuch nur,

Bahra olar olam taftidan.

Ona zamin to’yinib, shukr,

Suv ichadi ko’kning kaftidan.

Chorvadorlar cho’lga otlanar,

Dalasida ter to’kar dehqon.

Tashrifidan olam shodlanar,

Bugun ko’klam yurtimga mehmon.

Aslo qonmas tashna yuragim,

Ko’klam qancha hushnud etmasin.

Mening bu kun bitta tilagim:

Bahor hech ham yurtdan ketmasin.

Tog’ayeva Zarina . Navro’z she’ri

Navro’z keldi xush keldi,

Zavqimizga esh keldi.

Borliq to’ldi iforga,

Osmon to’la qush keldi.

Chug’ur – chug’ur navolar,

Biram mayin havolar.

Onam kaftin eslatar

Silab o’tgan sabolar.

Ko’k chehrasi ochildi,

Mehr nuri sochildi.

Bog’ –bo’stonlar yashnadi,

Gul poyondoz tashladi.

Gulday uchar kapalak

Qizlar sochi jamalak.

Qiqir -qiqir kuladi

Doshqozonda sumalak.

Farmonov Shoxrux. Navro’z she’ri

Navro’z keldi xush keldi,

Dala to’la ish keldi.

Dehqon bobo qalbiga

G’ayrat keldi , jo’sh keldi.

Jilg’a chopar chuldirab,

Bulut goho guldirab,

Yomg’ir qo’yar shovullab,

Lola chiuqar lovullab.

Qirda yonar lolalar,

Qirga chopar bolalar.

Sho’x yillarga soch chayib

Birga chopar bolalar.

Qanot yozgan bulutday

Kengaygan qir – dalalar.

Ertaklarda topilmas

Bu ajoyib pallalar!

1.boshlovchi Endi navbat raqsga. Zuloyho Boyxonovaning Hay -hay qo’shig’i

raqsida Xamdamova Maftuna , Berdiyarova Aziza



2.boshlovchi.

Biz bahorda chiqamiz

Dalalarga , bog’larga.

Gullolalar ochilgan

Ko’m ko’k maysazorlarda.

Endi navbat gullarni madh etuvchu she’rlarga .Marhamat endi davraga o’quvchilarni taklif qilamiz .



  1. Yangiboyeva Malika . Gulzor she’ri

Hovlimda gulzorim bor ,

Unda turfa gul bisyor.

Turli gullar ochilgan ,

Ulardan bo’y sochilgan

Gullarga suv qo’yaman ,

Parvarishlab suyaman.

Uzmasin deb o’zgalar,

Har dam qarab qo’yaman.

Hech qo’ymaymanso’lishga,

Tashnalikdan o’lishga.

Shu boisdan men har kun,

Mehrim beraman butun.



2.Norqulov Nurlan Qirda she’ri

Qirlar bag’ri qanday soz-a ?

Qir havosi sof va toza .

Gul lolalar alvon alvon,

Shodliklarim dunyo jahon.


  1. Adilov Oybek. Binafsha

Binafshaxon binafsha,

Kulishlaring chiroyli,

Bog’imizda ochilib

turishlaring chiroyli.



  1. Abduroxmonova Safinoza . Nomoshomgul

Nomoshomda hovlimizda kulib chiqqan qo’yoshim,

G’ubor ingan nigohni tilib chiqqan qo’yoshim,

Quvonch bo’lib poyinga to’kiladi bardoshim,

Nomoshomgul nomingdan aylanayin jon gulib,

Yonmoq sening navbating , yongin endi, yon gulim.

Oyning nurlari singay gulgun yonoqlaringda,

Yulduz shulasi ko’ygay, gulim dudoqlaringda,

Qay oshiq armoni bor tungi so’roqlaringda,

Nomoshomgul nomingdan aylanayin jon gulib,

Yonmoq sening navbating , yongin endi, yon gulim.

Gulzor aro kapalak quvonchlarga qoqilgay,

Barglaringa cho’k tushib yaratganga topingay,

Yo’qotganim shodligim kulguchingdan topilgay,

Nomoshomgul nomingdan aylanayin jon gulib,

Yonmoq sening navbating , yongin endi, yon gulim.


  1. Xudayberdiyev Anvar. Rayhon hidi

Kel,kokiling bir siylayin,

Toyib –to’yib so’ng hidlayin.

Bo’ylaringdan aylanayin ,

Maftun etgan bo’y sen edi.

Rayhonim-ey, rayhon hidi.

Momolarku qo’ldan qo’ymas,

Bobolar ham so’yib to’ymas,

Qizlar zulfi bo’yningdamas ,

Sehrlangan bir sirmidi.

Rayhonim-ey, rayhon hidi

Erkalasa yellar bir bor,

Nafasingdan yonar gulzor,

Farang atrin rashki bisyor ,

Seni to’yib ko’yarmidi

Rayhonim-ey, rayhon hidi.

Umir o’tar o’tar davron

Yashar ekan yaxshi- yomon,

Yurak yig’lar gohi yig’laydi qon ,

Turlanganlar meni edi.

Rayhonim-ey, rayhon hidi



6.Imomqulov Hikmat. Lola terdik.

Bepayon qir , yam yashil adir.

Tutib olgan loladan chodir.

To’planishib dala qir oshib,

Lola terdik, quvonib shoshib.

1.boshlovchi

Qaysi gulni gullar malikasi deyishadi. Siz bilasizmi Faina ?



2 boshlovchi. Yoq bilmas ekanman.

1 . boshlovchi. Bilmasangiz quloq tuting ! Xalqimiz ,atirgulni gullar malikasi deyishadi. Atirgul juda go’zal, xushbo’y , erta bahordan kech kuzgacha ochilib kishining dilini ravshan qiladi.

2 . boshlovchi Hozir navbat gullar haqidagi qiziqarli ma’lumotlarga .

Xasanova Guljamol . Kaktus

Tabiatda kaktuslarning 3000 dan ortiq turlari mavjud. Bu o’simliklar quruq iqlimni yoqtirishadi va uzoq vaqt namlikni o’zida saqlay oladi. Ba’zi kaktuslar 500 yil umr ko’radi. Tabiatda bir sm dan katta bo’lmagan mitti va 25 metrgacha bo’lgan bahaybat kaktuslar uchraydi. Kaktuslar turli- tuman bo’ladi, ba’zilari tipratikan yoki jayrani eslatsa, boshqalari qovoqqa, uchunchilari daraxtga yoki butalarga o’xshaydi.



Norqulova Shaxnoza Nilufar gul

Nilufar gul dunyodagi eng chiroyli o’simliklardan biri, Avstraliya, Janubi sharqiy va Janubiy Osiyoda va kaspiy dengizi qirg’oqlarida uchratish mumkin.Bu gullarga nazar soli b yursangiz bargalr paydo bo’lgandan so’ng ko’p vaqt o’tmay qattiq yashil g’uncha qad ko’taradi, bir ikki kundan keyin oppoq gulni ko’rasiz . Nilufarning guli asta –sekin ochiladi. Nilufar guli ayni bir soatda ochilib bir soatda yopiladi.



Usmonov Jasurbek . Nepentus

Nepentus o’simligi o’zining ovlash moslamalari bilan maqtansa arziydi. Barglari o’ziga xos qopqoqli ko’zachalar paydo qiladi. Koza ichida hashoratlar tanasini erituvchi modda mavjud . Kozachaning yuqori chekkasida bezcha bo’lib , undan mazzali va xo’shbo’y nektar ajralib chiqadi. Bu xushbo’y hidga kelgan hashorat ko’zacha chetiga qo’nadi, yuzadagi mum qatlamiga sirpanib qopqonga tushadi.



Amantayev Quanish . Quyosh guli

Juda ko’p mamlakatlarda bu gulning nomi quyosh bilan bog’liq. Chunki u quyoshga juda o’xshab ketadi. Kungaboqarning vatani shimoliy Amerikadir. Bizda asosan mazali yog’ olinuvchi bir yillik kungaboqar ekiladi. Ammo ayrim dala yoki tomorqalarda uning tug’ishgan akasi- ildizmevali kungaboqarni yoki topinamburni uchratish mumkin. Uni yer noki deb ham nomlashadi.



Samandarov Bobur. Nargiz

Nargizning yoqimli hidi va nafis , nozik gullari uni barchaning sevimli gfuliga aylantirgan. U bahorning chinakam ramzi hisoblanadi. Nargis juda qadimgi manzarali o’simlikdir. Uni eramizdan oldin ham bog’larda o’stirishgan.O’simlik o’z nomini afsonaviy hurliqo o’smir yigit Narsiss sharafiga olgan.



1.boshlovchi Navbat qo’shiqqa Ona qo’llari

Mamirova Mohidavron , Norqulova Shaxnoza



2.boshlovchi.

Dalalarda ochildi

Gunafshalar lolalar.

Bizga uchib kelishdi

Mayna bulbul savalar

Endi navbat gullarni madh etuvchu she’rlarga



1.Abdualimov Begzod Gullar

Hamma joyda gullar bor,

Xatto cho’lda kaktus bor.

Hovlimizda atirgul,

Xonamizda alloy bor.

2.Abduraxmonov Jamshid . Boychechak

Bahor uchun oy chechak ,

Qo’shiq ulab, qo’shiqqa .

Kiramiz har eshikka,

Yetkazib bu xabarni,

Ulashamiz bahorni.



3.Norqulov Ramozon. Chittigul.

Chittigul-e chittigul,

Etagingga gul bosay.

Hay-yu , chittigul

Hay-yu chitigul

Aravada un keldi,

Childirmada gul keldi.

Gul yaxshi-yu gul yaxshi,

Gulning popugi yaxshi

Hay –yu chittigul.



4.Qobilbekov Oybek . Boychechak

Boychechagim boylandi,

Qozon tola ayrondi.

Ayroningdan bermasang,

Qozonlaring vayrondur.

Qattiq yerdan qatalab chiqqan boychechak,

Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak.

5.Berdiyorova Aziza . Moychechak

Bahordan berding darak,

Oson bo’lmadi kutmak,

Senga talpinar yurak ,

Sevgan gulim moychechak.

Seni ko’rdim bog’larda

Baxmal adir tog’larda.

Yam yashil o’tloqlarda

Sevgan gulim moychechak .

6.Xamdamova Maftuna . Gullarim

Gullarim chaman -chaman,

Men gullarni sevaman.

Parvarishlab, suv qo’yib,

Go’zal gulzor qilaman.

1 . boshlovchi Endi navbat raqsga

2.boshlovchi.

O’zbekistonda yovvoyi holda o’sadigan yuksak o’simliklarning 4000 dan ortiq turi o’sadi . bu o’simliklardan 1028 ta avlod va 145 ta oilaga mansub o’simliklar uchraydi



1 . boshlovchi Hozir o’quvchilarimizdan O’zbekistonda uchraydigan o’simliklar haqida eshitamiz . Marhamat

Begzod. Shubhali Lola

Bu gulning bo’yi 10 -25 sm keladigan ko’p yillik, piyozli o’tsimon o’somlik Piyozi cho’ziq tuxumsimon, qobig’I, ya’ni po’stiqora yoki to’q jigarrang. Gullari yakka sariq tashqi tomondan binafsha rangli yo’llari o’tgan. May iyun oylarida gullab iyul – avgust oylarida urug’laydi.Chotqol tizmasida , Angren daryosi havzasida uchraydi. O’zbekiston qizil kitobiga kiritilgan.



Mamirova Mohidavron. Chimyon lolasi

Bo’yi 15-40 sm keladigan ko’p yillik piyozli o’simlik.Barglari ketma ket joylashgan. Gullari yakka qizil, asosi sariq . Aprel - may oylarida gullab, iyun – iyul oylarida urug’laydi. Urug’idan ko’payadi. Toshkent viloyatining chotqol , katta chimyon tizmalarida uchraydi. O’zbekiston qizil kitobiga kiritilgan.



Xamdamova Maftuna . Olg’i.

Boyi 30-60 smkeladigan erta gullaydigan nihoyatda ajoyib ko’p yillik o’simlik. Gullari qo’ng’iroqsimon osilib turgan ko’kimtir, qizg’ish va qo’ng’ir tusli bo’ladi. Mart aprel oylarida gullab, may - iyun oylarida urug’laydi. Toshkent , Samarqand va Farg’ona viloyatlarida uchraydi.Piyozlarin tarkibida ko’p miqdorda kraxmal bo’ladi, zaharli , xalq tabobatida ishlatiladi.



Xudayberdiyev Anvar. Cho’chqaquloq.

Juda ham chiroyli, unchalik bo’ydor bo’lmaydigan , ammo poyasi baquvvat , bo’yi 15-30 sm keladigan ko’p yillik o’simlik . Gullari yirik, sharsimon. Rangi binafsha rang .Aprel – may oylarida gullab,may- iyunda urug’laydi. Gerbiy tiyanshan va pomir Oloy tog’larining qo’yi qismida uchraydi. Xalq tabobatida o’pka kasalliklarini davolashda ishlatiladi.



Norqulov Ramozon . Boychechak.

Piyozchlari mayday, erta gullaydigan o’simlik. Shigilsimon yoki soyabonsimon ko’rinishdagi to’pgulga yig’ilgan gullari mayday, oqish, ko’pincha sariq bo’ladi. Urug’lari dumaloq yoki yapaloq. Bu gul tog’ etaklaridan to yuqori mintaqagacha bo’lgan yerlarda uchraydi.



2-boshlvchi.Hozir navbat qo’shiqqa

1. boshlovchi.

O’quvchilarimiz tomonidan tayyorlangan ko’rinishni e’tiboringizga havola etamiz.



2 boshlovchi.

O’quvchilarimiz tomonidan tayyorlangan ko’rgazmalarimizni tomosha qilishga taklif qilamiz .



O’qituvchi .

Ochilur gullar suluv , ko’rkam bo’lib,

Sayri gulzor aylangiz xurram bo’lib.

Yayratib dillarni ham hushbo’ylari,

Tovlanar ishq dardiga malham bo’lib

Bevafolar bilmagay gul qadrini,

Berma uni har kimga Hotam bo’lib.

Sovg’a etsang, ko’rinur ul dasta gul

Yor ko’ziga nurli bir olam bo’lib.

Orifo, gulshan aro tuzsam navo,

Kuylagay bulbullari hamdam bo’lib.

Ochilur gullar suluv , ko’rkam bo’lib,



Sayri gulzor aylangiz xurram bo’lib.

Har doim gullardek gulgun ochilib yuraylik . Hayotimiz gullar iforidek shirin bo’lsin . Shu bilan bugungi bayram dasturimiz o’z nihoyasiga etdi . Etiborlaringiz uchun rahmat.
Download 21,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish