304
mashinalar bajaruvchi amallar bilan inson miyasida bajariladigan amallarning
o‗xshashligi mashinalarni fikrlash qobiliyatiga ega deb hisoblash uchun asos
bermaydi. Mohiyat e‘tibori bilan mashina inson tafakkurining faqat bir jihatini –
formal-mantiqiy fikrlashnigina amalga oshiradi, vaholanki, insonning fikrlash
jarayoni amalda iroda, emotsiyalar, intuitsiya, orzu, fantaziya va hokazolardir.
Inson ichki dunyosining boyligi uning ijtimoiy aloqalari boyligi va serqirraligining
mahsuli hisoblanadi. Ayni shu sababli, inson ongi, uning strukturasi va barcha
funksiyalarini to‗liq modellashtirish uchun miya strukturasining o‗zinigina
gavdalantirish kifoya qilmaydi. Buning uchun inson rivojlanishining butun tarixiy
yo‗lini gavdalantirish, uni barcha ehtiyojlar bilan, shu jumladan siyosiy, axloqiy va
estetik ehtiyojlar bilan ta‘minlash talab etiladi. Bularning barchasi bilishning
murakkab vazifalarini echishda zamonaviy kibernetik qurilmalarning imkoniyatlari
cheklanganligidan dalolat beradi. Ular aslida intellektual faoliyatning axborotni
qayta ishlash qoidalari bilan bog‗liq bo‗lgan tomonlarini mexanizatsiyalashtirish
va avtomatizatsiyalashtirish vositalaridan boshqa narsa emas.
Fikrlovchi odamning o‗ziga xos xususiyati shundaki, u o‗z ongi yordamida
o‗zini, o‗zi yashayotgan muhitni tahlil qilib, o‗z «Meni» haqida tasavvur hosil
qiladi va o‗zini bu borliqdan ajratib, shu tariqa o‗zligini shakllantiradi.
Emotsiyalarga boy bo‗lgan va qadriyatlarga qarab mo‗ljal oluvchi inson ongi faol
asos sifatida amal qiladi, chunki u borliqning passiv in‘ikosi emas, balki fikrlash
faoliyatining izchil, nazorat qilinadigan va boshqariladigan jarayoni hisoblanadi.
SHu ma‘noda u ijodiy faoliyat sifatida ham namoyon bo‗ladi, zero u nafaqat
borliqni aks ettiradi, balki uni o‗zgartirib, borliqning yangi shakllarini yaratadi.
Bu erda har qanday ijodkor faoliyatining negizi, shuningdek inson yaratgan
va yaratayotgan «ikkilamchi» tabiatning paydo bo‗lish asoslari mujassamlashadi
.
Aynan inson ongining faol va ijodiy xususiyati uni sun‟iy intellekt manbalari –
«aqlli», «fikrlovchi» mashinalar bilan bir qatorga qo„yish imkonini bermaydi.
Garchi ular axborotga ishlov berish borasida insondan ancha ustun va hatto
ularning ishida «ijod» unsurlari ham namoyon bo‗lsa-da, lekin ular mashinalar
bo‗lib qoladi. Ularning ishi ma‘naviyatdan mahrum va umuman olganda
odamlarning ongli faoliyati bilan tenglasha olmaydi. Bu faoliyat oldindan
belgilangan har qanday dasturdan boyroq, zero madaniy jarayondan uning faol
asosi sifatida o‗rin olgan va asosan madaniyat bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: