Нигинахон шермухамедова



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet231/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Lotincha refleksiya so„zi 
ortqa qaytmoq, ortga nazar tashlamoq degan ma‟noni anglatadi. Refleksiya qilish 
– o„z tafakkurini o„z-o„zini tushunishga va boshqalar nimani bilishlari va 
tushunishlarini tushunib etishga qaratish demak.
Falsafiy adabiyotlarda refleksiya 


300 
tafakkurning unga o‗z faoliyat shakllarini (tafakkur kategoriyalarini) tahlil qilish va 
anglab etishga ko‗maklashuvchi tamoyil sifatida tavsiflanadi. Ayni shu sababli 
refleksiyaga inson ma‘naviy dunyosining ichki tuzilishi va xususiyatlarini 
namoyon etuvchi o‗zlikni anglash faoliyati sifatida yondashish, bizningcha, o‗rinli 
bo‗ladi. Refleksiya qiluvchi umumiylik va zaruriylik maqomiga ega bo‗lgan 
mantiqiy mazmunni anglab etishga harakat qiladi. Refleksiya sub‘ekt har qanday 
fikrni tushuncha shakliga solishga, ya‘ni uni kategoriyalar yordamida 
o‗zlashtirishga harakat qilayotganda paydo bo‗ladi.
 
Mazkur jarayon narsalarning 
muhim, tabiiy munosabatlarini ma‘lum, his qilingan, eshitilgan narsalar asosida 
aks ettirishni o‗zida ifodalovchi mavxum tushunchalar, mulohazalarning yaratilishi 
bilan yakunlanadi. Fikrlash faoliyati yordamida biz ko‗z bilan ko‗rish va qo‗l bilan 
ushlash mumkin bo‗lmagan narsalarni idrok etamiz. Tafakkur bizga muhim 
xossalar, aloqalar va munosabatlar haqida bilim olish imkoniyatini beradi. 
Tafakkur yordamida biz sirtdan ichga, hodisadan narsalar, jarayonlarning 
mohiyatiga o‗tishni amalga oshiramiz.
Ong strukturasining muhim elementi
o„zlikni anglash
hamdir. 
O„zlikni 
anglash insonning o„zini shaxs sifatida anglab etish, o„zining mustaqil qarorlar 
qabul qilish va shu asosda odamlar va tabiat bilan ongli munosabatlarga kirishish, 
qabul qilingan qarorlar va harakatlar uchun javobgar bo„lish qobiliyatini 
tushunish jarayonidir
. Boshqacha qilib aytganda, o‗zlikni anglash – bu o‗z-o‗ziga, 
o‗zining ma‘naviy qiyofasiga, o‗z bilimlari, fikrlari, qiziqishlari, ideallari, xulq-
atvor mo‗ljallari, harakatlari va shu kabilarga yaxlit baho berishdir. O‗zlikni 
anglash yordamida inson o‗z-o‗ziga bo‗lgan munosabatini ro‗yobga chiqaradi, o‗z-
o‗ziga his qilishga qodir bo‗lgan fikrlovchi mavjudot sifatida baho berishni amalga 
oshiradi. Bu holda sub‘ekt o‗z-o‗zini va o‗zining ongini bilish ob‘ektiga 
aylantiradi. SHu tariqa inson o‗z-o‗ziga baho beradigan, shusiz hayotda o‗z o‗rnini 
belgilash va topishga qodir bo‗lmagan mavjudot sifatida namoyon bo‗ladi.
Faylasuflarning o‗zlikni anglashga sub‘ektiv dunyoning alohida sohasi 
sifatida yondashishlari 
Suqrot
dan, uning «O‗z-o‗zingni angla» deb nomlangan 
maksimasidan boshlangan. Falsafa dunyo va inson haqidagi alohida bilim sifatida 
shakllanishi jarayonida jonning faolligi, aqlning o‗z-o‗ziga nisbatan tanqidiy 
munosabati haqida qarashlar vujudga kelgan. Platon fikriga ko‗ra, jon faoliyati – 
bu o‗zi bilan o‗zi suhbat xususiyatiga ega bo‗lgan ichki ishdir. Jon mulohaza 
yuritar ekan, o‗zi bilan o‗zi tinimsiz gaplashadi, savollar beradi, javoblar qaytaradi, 
tasdiqlaydi va e‘tiroz bildiradi.
SHunday qilib, o‗zlikni anglash – insonning o‗zini o‗zi tinimsiz kamol 
toptirishining muhim shartidir. O‗zlikni anglash strukturasida 
o„z-o„zini his qilish, 
o„z-o„zini bilish, o„z-o„ziga baho berish, o„z-o„zini boshqarish
kabi elementlarni 
ham ajratish mumkin. Umuman olganda o‗zlikni anglash refleksiya bilan uzviy 
bog‗liq. Insonning o‗z ichki holatini tushunishi, o‗zini o‗zi boshqarish qobiliyati 
o‗z-o‗zidan paydo bo‗lmaydi. O‗zlikni anglash shaxsning dunyoqarash
qobiliyatlar, fe‘l-atvor, qiziqishlar kabi ma‘naviy elementlari bilan bir qatorda 
ijtimoiy muhit ta‘sirida shakllanadi. Muhit shaxsdan o‗z harakatlarini boshqarishni 
va ularning natijalari uchun javob berishni talab qiladi. Ong darajasi shaxs oldiga 
qanday talablar qo‗yilgani va mazkur muhitda qaysi ijtimoiy qadriyatlar amal 


301 
qilishiga ko‗p jihatdan bog‗liq bo‗ladi. Bu erda inson o‗z harakatlarini o‗zi 
boshqarishi va ularning oqibatlari uchun javob berishi lozimligi asosiy talab 
hisoblanadi.
Ongning yuqorida zikr etilgan elementlari o„zini aktuallashtirish uchun bitta 
shartni bajarishni talab qiladi: ijtimoiy amaliyotga qo„shilgan individgina ongli 
sub‟ektga aylanishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, ong strukturasining 
mazkur elementlari yaxlit bir butunni tashkil etadi, ya‟ni ong sub‟ekt ijtimoiy 
munosabatlar dunyosiga qo„shilgandagina to„laqonli mavjud bo„ladi.
Binobarin, 
normal faoliyat ko‗rsatayotgan substrat – bosh miyadan tashqari dunyo bilan 
predmetli-amaliy o‗zaro aloqa, jamoaviy-faol muloqot va o‗tmishdagi mehnat 
sifatida madaniyatning yalpi potensiali mavjud bo‗lishi lozim.
Oqilonalikning haqiqiy maqomini aniqlash va uning tuzilishini o‗rganish 
uchun ongni tahlil qilishga nisbatan sistemali-strukturaviy metoddan foydalanish 
ong «g‗isht va sement»dan iborat qurilma sifatida talqin qilinishini anglatmaydi. 
Empirik jihatdan ong hissiy va aqliy obrazlarning uzluksiz o‗zgaruvchi majmui 
sifatida namoyon bo‗ladi. Ong alohida bir yaxlitlik bo‗lib, bu erda ruhiy 
hodisalarning doimiy oqimida ayrim holatlar, obrazlar, fikrlar, qiziqishlar yuzaga 
keladi va o‗tib ketadi, tasodifiy va chuqur taassurotlar paydo bo‗ladi. Oqilona 
motivlarga tayanish, harakatlarning shaxsiy va ijtimoiy oqibatlarini oldindan ko‗ra 
bilish, o‗zini o‗zi boshqarishga qodirlik ong alomatlari hisoblanadi. 
Ong
faollik, 
intensionallik (predmetga qarab mo„ljal olganlik), refleksiya va o„z-o„zini 
kuzatishga qaratilganlik, maqsadga muvofiqlik, qadriyatlarga qarab mo„ljal 
olganlik va turli darajada ravshanlik
bilan tavsiflanadi.
Tadqiqotchilar ong strukturasini o‗rganishga kirishar ekanlar, ular doim 
ajabtovur bir vaziyatga duch keladilar. Ong hissiy va o‗ta ta‘sirchan ob‘ekt sifatida 
o‗zini aniq-ravshan namoyon etadi, biroq, shunga qaramay, o‗zini bevosita tahlil 
qilish imkonini bermaydi. Bir tomondan, ongni uning moddiy substrati – bosh 
miyasiz va ongning mazmunini aks ettiruvchi materiyasiz tasavvur qilish mumkin 
emas. Boshqa tomondan, ongni substratning o‗zi – bosh miyaga ham, materiyaga 
ham bog‗lab bo‗lmaydi. Hatto eng mohir anatom ham nervni miyagacha kuzatib, 
tuyg‗ular va fikrga yo‗l ochuvchi dastlabki asosga yaqinlasha olmaydi. Ong 
tarkibiy elementlari bir-biri bilan o‗zaro aloqaga kirishadi va ongga inson hayoti 
uchun o‗ta muhim bo‗lgan bir qancha funksiyalarni ta‘minlaydi.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish