305
shubha bilan qaraydilar. Ongning ijtimoiy tabiati, uning muayyan tarixiy va ijodiy
xususiyati bilan bog‗liq ko‗p sonli muammolar yuzaga keladi.
Ikkinchi yondashuv ongning mohiyatini uning o„zidan emas, balki tashqi
dunyo, ijtimoiy amaliyotdan qidirishni nazarda tutadi.
Bu yondashuvga binoan
ong obrazlari faoliyat jarayonida, insonga atrof borliqning ta‘siri natijasida yuzaga
keladi. Inson o‗zaro ta‘sirga kirishuvchi narsalar doirasi qancha keng, sub‘ektning
o‗zi qancha faol bo‗lsa, tafakkur va ong shuncha barkamol bo‗ladi. Bu yondashuv
xulosalari: «ongni borliq belgilaydi», «ong – moddiy dunyoning sub‘ektiv obrazi»,
«ong – borliqning in‘ikosi», «ong – jamoaviy olingan bilim» - ong tashqi borliqqa
bog‗liqligini, ongning ijtimoiy tabiatini tasdiqlaydi. SHu nuqtai nazardan ong
shaxsiy
va individual xossa, sir va jumboq sifatida emas, balki butun insoniyat
qavmining universal va shakllanuvchi xususiyati sifatida namoyon bo‗ladi. Ong
hodisasi oqilona anglab etiluvchi va oqilona belgilanuvchi hodisa sifatida talqin
qilinadi. Zero
o„z borlig„i usuliga
ko‗ra ong miya xossasidir, bunda bosh miyaning
nerv jarayonlari ongning moddiy ifodachilari bo‗lib xizmat qiladi.
Ong tahliliga nisbatan uchinchi integral yondashuvning asosiy tamoyillari
ong dunyoni aks ettirishi va ayni paytda uni yaratishini nazarda tutadi.
Ong,
birinchidan, o‗zini voqelikda predmetlashtiradi va shu bois ongning sifat jihatidan
intensivlashuvi haqida inson faoliyatining barcha (oddiy va murakkab)
mahsulotlariga qarab hukm chiqarish mumkin. Ikkinchidan, ong tarkibiy
elementlari: sezgilar, idrok,
tasavvurlar, emotsiyalar, xotira, tasavvur, nutq, iroda
va boshqalar teran ma‘naviy motivlar va ehtiyojlar ta‘sirida
voqelikni sof
individual munosabatning rang-barang ko‗rinishlari bilan boyitadi. Bu esa ongning
teran qatlamlarini anglab etish uchun insonning predmetlashtirilgan teran kuchlari
dunyosi yoki uning verbal (tildagi) ifodasigina kifoya qilmasligini, aksariyat
hollarda umum e‘tirof etilgan me‘yorlar bilan o‗zini niqoblovchi intim
kechinmalarning «ko‗rsatuvlari» ham muhim ekanligini anglatadi.
Nazariy falsafada mavjud nuqtai nazarlarni umumlashtirib, ongni
tushunishning quyidagi asosiy jihatlarini ajratish mumkin
:
Ontologik jihat
-
o„z borlig„i usuliga
ko„ra ong miya xossasi bo„lib, bosh
miya nerv jarayonlari ongning moddiy tashuvchilari bo„lib xizmat qiladi.
Inson
ongi va tafakkuri, ular qay darajada ta‘sirchan bo‗lmasin, moddiy organ – miya
mahsuli hisoblanadi.
Gnoseologik jihat
-
mazmun jihatidan
ong ob‟ektiv borliqning
in‟ikosi, tashqi dunyo va o„zi haqidagi axborotning ifodachisi, harakatlarni
oldindan fikran tuzuvchi va ularning natijalarini bashorat qiluvchidir
.
Genetik jihat
- o‗zining
yuzaga kelish usuliga ko„ra
ong materiya harakati
biologik va ijtimoiy shakllarining mahsulidir
; insonning ijtimoiy-moddiy faoliyati
ongning tarixiy shakllanish omilidir.
Funksional jihat
- o‗z
faoliyat maqsadiga
ko„ra ong – inson xulq-atvori va
faoliyatini boshqarish omili, borliqning nisbiy-izchil in‟ikosi va uni asosli-ijodiy
o„zgartirish vositasi, mantiqiy fikrlash shakllarining shakllanish omilidir.
Ong hodisasining mohiyatini falsafiy-ilmiy tushunib etish istiqbollari
mavjud yondashuvlarni
birlashtirishdan tashqari, energiya-axborot aloqalarini va
ongning keng imkoniyatlarini hisobga olishni taqozo etadi.