302
kelib chiqadi. Mazkur funksiya faol, evristik xususiyat kasb etadi, ya‘ni ong
voqelikni ildamroq aks ettirish xususiyati bilan tavsiflanadi.
Ong dunyoni aks ettirish bilan bir qatorda uni yaratadi ham degan mashhur
tezis ongning o„zgartirish funksiyasini o„zida ifodalaydi.
Tafakkur va ongning
rivojlanish jarayoni o‗ziga eng muhim va yaqin asosni tabiatda emas, balki tabiat
va voqelikni o‗zgartirishda topadi. Ongning o‗zgartirish funksiyasi turli darajada
modallik bilan ajralib turadi. U konstruktiv xususiyat kasb etishi va yangicha
mazmunni maqsadga muvofiq tarzda yaratish bilan bog‗liq bo‗lishi; intuitiv ma‘no
hosil qilishni nazarda tutuvchi stixiyali-spontan xususiyat kasb etishi; qabul
qilingan andozalar va qadriyatlar bilan muvofiq keladigan fikrlar va mo‗ljallarni
nazarda tutuvchi normativ xususiyatga ega bo‗lishi mumkin.
Moslashuv funksiyasi ongning eng muhim funksiyalaridan biri hisoblanadi.
U tartibga solish – hayot faoliyati me‟yorlariga muvofiq bo„lgan qarorlar qabul
qilishni, shuningdek ichki va tashqi nisbiy mezonlarni sinxronlashtirish orqali o„z-
o„zini boshqarishni o„z ichiga oladi.
O‗z-o‗zini boshqarish o‗z xulq-atvori
motivlarini tahlil qilishni, qo‗yilgan maqsadlarga erishishning eng oqilona yo‗lini
tanlashni nazarda tutadi.
Jamg„arish funksiyasining mohiyati shu bilan belgilanadiki, bevosita,
shaxsiy tajribadan olingan bilimlargina emas, balki zamondoshlar yoki
o„tmishdoshlardan olingan bilimlar ham inson xotirasida jamlanadi
. Bu bilimlar
zaruriyatga qarab aktuallashtiriladi, tiklanadi va ongning boshqa funksiyalarini
amalga oshirish vositasi bo‗lib xizmat qiladi. Inson xotirasi qancha boy bo‗lsa, u
optimal qaror qabul qilishi shuncha oson bo‗ladi.
Ongning aksiologik funksiyasi (baholash funksiyasi)da inson tashqi dunyo
haqida ma‟lumotlar olish bilan bir vaqtda ularni o„z ehtiyojlari va manfaatlari
nuqtai nazaridan baholaydi
. Ong, bir tomondan, ob‘ektiv aks ettirish shakli, inson
mayllari va manfaatlariga bog‗liq bo‗lmagan voqelikni bilish shakli hisoblanadi.
Bilimlar olish, ob‘ektiv haqiqatning tagiga etish, bilish faoliyati sifatidagi anglash
jarayonining natijasi va maqsadiga aylanadi. Boshqa tomondan, ong voqelikka
sub‘ektiv munosabat ko‗rinishlarini, uni baholash, o‗z bilimini va o‗zini anglab
etishni ham o‗z ichiga oladi. Dunyoga qadriyat sifatida qarashning natijasi va
maqsadi borliqni, dunyoning inson mayllari va ehtiyojlariga muvofiqlik darajasini,
o‗z hayotining mazmunini anglab etish hisoblanadi. Tafakkur, bilish faoliyati
asosan bilimni aniq ifodalash, mantiqiy sxemalarga rioya etish, ular bilan ish
ko‗rishnigina talab qilsa, dunyoga qadriyat sifatida yondashish va uni anglab etish
esa shaxsiy kuch-g‗ayrat, o‗y-mulohazalar va haqiqatni teran idrok etishni talab
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: