Нигинахон шермухамедова



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet236/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

V.Vundt 
(1832–1920) qayd etadi. 
Olimlar insonda onglilik va ongsizlikning o‗zaro nisbati to‗g‗risida so‗z 
yuritar ekanlar, ba‘zan ularni okeandagi muztoqqa o‗xshatadilar. Bu muztog‗ning 
suv ustidagi ko‗zga ko‗rinadigan qismi ongga qiyoslanadi, suv ostidagi 
ko‗rinmaydigan qismi esa ongsizlikka o‗xshatiladiki, uning miqyosi, shakli, 
tuzilishi va mazmuni haqida biz bilvosita belgilarga ko‗ra faqat taxmin qilishimiz 
mumkin.
Ongsizlik sohasi – bu aqldan tashqaridagi ruhiy hodisalar, holatlar va 
harakatlar majmui
, deb hisoblash odat tusini olgan. Bu sohaga, eng avvalo, 
instinktlar
– inson xulq-atvorining uzoq tadrijiy rivojlanish jarayonida hosil 
bo‗ladigan va har bir mavjudotning hayot funksiyalarini, umuman uning 
mavjudligini ta‘minlashga qaratilgan tug‗ma harakatlari majmui kiritiladi.
Ongsizlik tushunchasi bilan inson ongida aks etmagan, aql-idrok sohasidan 
tashqarida yotgan, boshqarish mumkin bo‗lmagan ruhiy hodisalar, holatlar va 
harakatlar majmui qamrab olinadi
1
. Ongsizlik o‗z-o‗zidan, refleksli tarzda 
bajariladigan harakat sifatida talqin qilinadi. Psixologik adabiyotlarda «ongsizlik» 
atamasi ko‗pincha ruhiyatning mazmuni instinktlar bilan belgilanadigan va ong 
bilan idrok etish mumkin bo‗lmagan mayllar, intilishlar va motivlarni o‗zida 
mujassamlashtiruvchi alohida sohani ifodalash uchun ishlatiladi. Ongsizlik va ong 
inson yagona ruhiy borlig‗ining nisbatan mustaqil bo‗lgan ikki tomoni hisoblanadi; 
ularning o‗rtasida tez-tez ziddiyatlar, ba‘zan konfliktlar yuzaga keladi, lekin ular 
bir-biri bilan bog‗langan, bir-biri bilan o‗zaro aloqa qiladi va uyg‗un birlikka 
erishishga qodir. Ongsizlik sohasida inson hayot faoliyatini, ayniqsa sub‘ektning 
1
Қаранг: Спиркин А.Г. Сознание и самосознание. – М., 1972. – 171-б.


308 
ijodiy faoliyatini oqilonalashtirish uchun keng imkoniyatlar mavjud. Bu hol 
irratsionalistik falsafiy ta‘limotlarning shakllanishi uchun asos bo‗lib xizmat qiladi. 
Ularda 
ongsizlikning turli shakllari: instinktlar, intuitsiya va shu kabilar inson 
xulq-atvorining 
salmoqli 
yoki 
hatto 
hal 
qiluvchi 
kuchi 
hisoblanadi

Irratsionalizmning taniqli namoyandalari orasida 
Artur SHopengauer
(Germaniya), 
Syoren Kerkegor 
(Daniya), 
Fridrix Nitsshe
(Germaniya), 
Eduard Gartman
(Germaniya), 
Anri Bergson
(Fransiya), 
Zigmund Freyd
(Avstriya), 
Martin 
Xaydegger
(Germaniya) kabilar ongsizlik muammosini tahlil qilganlar..
Ongsizlik – ruhiyatning teran poydevori. U turli-tuman va rang-barang 
ko„rinishlarda, chunonchi: mo„ljal, mayl, sezgi, intuitsiya, tush, affekt holati va 
hokazolarda namoyon bo„ladi
. «Ongsizlik» atamasi maqsadlari va harakatlari 
jarayon ishtirokchilari tomonidan anglanmaydigan individual yoki jamoa xulq-
atvorini tavsiflash uchun ishlatiladi. K.G.YUng (1875-1961) jamoa ongsizlik 
obrazlari – «arxetiplar»ni atroflicha tadqiq etgan. Ular ijtimoiy-madaniy me‘yorlar 
sifatida e‘lon qilinmaydigan, rasmiy muloqot kanallari yuzasida yotmaydigan, 
biroq odamzot ruhiy hayotining teran qatlamlaridan chiqadigan tug‗ma dasturlar va 
mo‗ljallar, tipik reaksiyalar tizimini o‗zida ifodalaydi.
Urug„ jamoa hayotining avloddan-avlodga meros bo„lib o„tuvchi yakuni 
sifatida tushuniladigan jamoa ongsizlik inson va jamiyat xulq-atvorini 
tushuntirish modeli bo„lib xizmat qilishi mumkin.
Agar ong arxetiplar tajribasini 
idrok etmasa va uzluksiz energiya almashinuvi jarayoni yuz beradigan o‗z-o‗zidan 
tashkil topuvchi tizim elementi sifatida amal qilishdan bosh tortsa, ruhiyatga eng 
sodda ko‗rinishlardagi ongsizlik suqilib kirishi mumkin. Bu esa, YUng fikriga 
ko‗ra, individual va ommaviy psixozlarga, soxta bashoratgo‗yliklarga, g‗alayonlar 
va urushlarga olib keladi. «Odobli va aqlli mavjudot manyakka va yovvoyi 
hayvonga aylanishi mumkin»
1
. Ong bilan aloqani yo‗qotar ekan, ongsizlik o‗zini 
bilvosita qaror toptiradi. Ongimizga bostirib kirib u shaxs ijtimoiy borlig‗ining 
oqilona ruhiy strukturalarini qamrab oladi va ularni falajlik holatiga keltiradi.
YUng ongsizlikni e‘tiborga olmaslik xavfidan ogohlantiradi. Ongsizlik 
ongning ziddigina emas, u ongning «modifikatsiyalovchi raqibi-sherigi» hamdir. 
Ongsizlik stixiyali-spontan hayot oqimidan kelib chiqadi, yaxshilik va yomonlik 
mezonlari, ijtimoiy me‘yorlar qarichi bilan o‗lchash mumkin bo‗lmagan axborotni 
o‗zida mujassamlashtiradi.
Rivojlanishning hozirgi bosqichida ongsizlikni hayot faoliyatiga zarracha
ta‘sir ko‗rsatmaydigan mistika deb e‘lon qilish to‗g‗ri bo‗lmaydi. Fiziologik nuqtai 
nazardan ongsizlik jarayonlarining maqsadga muvofiq jihatlari ham yo‗q emas. 
Ular miyani doimiy zo‗riqishlardan xalos qilish orqali 

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish