311
tizimida ular juda oz yoki umuman mavjud emas, deb taxmin qilish mumkin. Nima
bo‗lganda ham insoniyat Koinotda yolg‗iz ekanligining ehtimoli ko‗proq.
YUqorida bayon etilgan fikr-mulohazalardan bizning davrimizda insonning
Koinotdagi alohida o‗rni haqidagi qadimgi tasavvurlarga o‗ziga xos qaytish yuz
bermoqda, degan xulosaga kelish mumkin.
O‗z-o‗zidan
ravshanki, bu erda gap dunyo va insonga doir qadimgi sodda
qarashlarga qaytish haqida ketayotgani yo‗q. Bu qadimgi g‗oyalarni tiklash ularni
tubdan qayta ishlash va bilimlarning butunlay yangi darajasida talqin qilish bilan
bog‗liq. Eski muammo butunlay yangicha tarzda qo‗yiladi va uni echishga
nisbatan hozirgi yondashuv qadimgi davr bilan taqqoslaganda o‗ta
chuqur
asoslarga tayanadi.
Qadimgi odamlar Olamni insonsiz tasavvur qila olmaganlar. Insonsiz
«bo„sh» kosmos bo„lishi mumkinligi ularning tasavvuriga ham sig„magan. Bunday
tasavvur fanning rivojlanishi bilan paydo bo„lgan
. YUz yil muqaddam dunyoning
manzarasi fizika va astronomiyada go‗yo unda inson mavjud emasdek
tasvirlangan. Fan dunyoda insonning mavjudligiga muhtoj bo‗lmagan. Koinotda
inson bormi, yo‗qmi – bu uning tuzilishini tushuntirish uchun mutlaqo ahamiyatsiz
bo‗lgan. Koinot o‗zicha, inson – o‗zicha mavjuddek taassurot tug‗ilgan. Din ularni
umumiy yaratuvchiga ishora qilish yo‗li bilan birlashtirgan.
Ammo fanda inson
tabiatga muqarrar bo‗lmagan qandaydir «ilova» va o‗z qarshisida namoyon bo‗lgan
dunyoni kuzatuvchi sifatidagina munosabat shakllangan.
Hozirgi davrda inson fan va falsafada yana tabiatning
ajralmas qismi
sifatida
talqin qilinmoqda. Biz yana, qadimgi yunonlar kabi, inson va kosmosning yagona
ekanligiga ishonch hosil qilmoqdamiz, to‗g‗ri, bu yagonalikni biz yanada teranroq
tushunamiz.
Koinotni faqat unda insonning mavjudligi hisobga olingan holdagina
tushuntirish mumkinligiga ishonch hosil qilinmoqda (antrop tamoyil). Bizning
Koinotimiz – bu chindan ham insonning Erda yashash va kamol topish
imkoniyatiga ega bo„lishi uchun moslashtirilgan uyidir.
Qadimgi antropotsentrizm g‗oyasi yangicha asosda tiklanmoqda. Inson yana
Koinot markaziga yoki hech bo‗lmasa materiya rivojlanishining «markaziy
yo‗li»ga qo‗yilmoqda. Bu erda u dunyoni qayta qurishga qodir bo‗lgan qudratli
kuch sifatida namoyon bo‗lmoqda. Inson tafakkuri
dunyodagi evolyusiya
jarayonining ehtimol tutilgan omili sifatida tushunila boshlamoqda.
Insoniyatning kelajagi oldindan belgilanmagan – bu erda variantlar bo‗lishi
mumkin. Fanning vazifasi ularni aniqlash va ularning eng maqbullarini ro‗yobga
chiqarish yo‗llarini topishdan iborat bo‗lsa, falsafaning vazifasi ularga (falsafa
ishtirokida shakllanadigan) inson ideallari nuqtai nazaridan baho berish va shu
tariqa ularning eng maqbullarini tanlashga ko‗maklashishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: