295
yuqoriroq darajasida (hayvonot dunyosi – fauna vujudga kelishi bilan) ta‘sirlanish
qobiliyati butunlay boshqa xossa – sezuvchanlikka o‗tadi. Bu endi in‘ikosning
ruhiy shakli bo‗lib, u organizmlarda asab tizimi va ruhiyatning elementar shakllari
paydo bo‗lishi natijasida vujudga keladi. Sezuvchanlik organizmlarning
narsalarning ayrim xossalarini sezgilar tarzida aks ettirish qobiliyati sifatida
namoyon bo‗ladi.
Sezgilar esa, o‗z navbatida, yuksak darajada uyushgan hayvonlarda, masalan
umurtqali hayvonlarda in‘ikosning
yanada murakkabroq shakllari, xususan idrok
etish va tasavvur qilish qobiliyatlari paydo bo‗lishiga zamin hozirlaydi. Bu
in‘ikosning ob‘ektiv dunyo narsalari va hodisalari miyada ularning ideal nusxalari
ko‗rinishida aks etadigan darajasidir. Bu erda «aqlli» hayvonlar miyasi
imkoniyatlarining chegarasi namoyon bo‗ladi. Garchi ular o‗zini qurshagan
dunyoning ideal
obrazlarini tasavvur qilib, shu obrazlarga ko‗ra, masalan, o‗z
egalarini tanisalar-da, ularning miyasi ideal obrazlar bilan fikrlash amallari
tarzidagi maxsus ishni bajarishga qodir emas. Bu vazifani hal qilishga yuqoriroq
darajadagi miya qodir bo‗lib, unga faqat insongina egadir.
SHunday qilib
, biologik in‟ikos sezish, idrok etish va tasavvur qilish kabi
hissiy shakllarda amalga oshiriladi
. YUqorida ta‘kidlab o‗tganimizdek, bu erda
fikrlash jarayonida namoyon bo‗ladigan ong mavjud emas. Ong borliqni aks
ettirishning yuqoriroq darajasi bo‗lib, faqat ijtimoiy sohada mavjud bo‗lishi
mumkin va inson miyasida avvalo
mavhum fikrlashning tushunish, mulohaza va
mushohada yuritish kabi ideal shakllarida amalga oshiriladi. Inson ideal obrazlarni
o‗z ongida umumlashtirib, shu tariqa ob‘ektiv borliqni tushunchalarda
(kategoriyalarda) aks ettiradi. Ularning o‗rtasida mantiqiy aloqa o‗rnatib,
turli
narsalar, hodisalar va shu kabilarning mohiyatini to‗g‗ri yoki noto‗g‗ri aks ettirish
orqali ular haqida u yoki bu xulosaga keladi. Mushohada yuritib inson narsalar va
hodisalarni biladi va shu tariqa borliqni ongning muhim xususiyati sanalgan
mavhum fikrlash orqali aks ettiradi.
In‟kosning oliy shakli sifatida ongning paydo bo„lishi «aqlli odam» (homo
sapiens)ning shakllanish jarayoni bilan bog„lanadi va avvalo mehnat faoliyati
bilan belgilanadi
. Mehnat qilish qobiliyati ruhiyatning rivojlanishida ulkan sakrash
bo‗ldi. Maymun anatomiyasi va fiziologiyasidagi evolyusiya inson paydo
bo‗lishiga zamin hozirlagan bo‗lsa, tabiati sof ijtimoiy xususiyatga ega bo‗lgan
mehnat mazkur jarayonning eng muhim omiliga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: