Нигинахон шермухамедова


Ong falsafiy muammo sifatida



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Ong falsafiy muammo sifatida. 
Ratsionalizmdan farqli o‗laroq 
irratsionalizm
 
(irrationalis – nooqilona, ongsiz) borliqni oqilona anglash 
imkoniyatini 
cheklaydi, 
ba‘zan esa butunlay inkor etadi. Xususan, 
neofreydizmning atoqli namoyandalaridan 
biri K.G.YUng (1875-1961) ongni ilmiy 
vositalar bilan bilish mumkin emas, deb hisoblagan va unga ta‟rif berishga 
urinishlardan butunlay voz kechib, uni rasmlar va metaforalar yordamida 
tavsiflash bilangina kifoyalanishni taklif qilgan.
Ongni tushunish irratsionalizm 
ekzistensializm va neopozitivizm kabi falsafiy oqimlarga ham xosdir. 
Irratsionalizmga zid o‗laroq, ongni tushunishga nisbatan 
materialistik 
yondashuv ongning paydo bo„lishini materiyaning o„zi bilan tushuntirishga 
intilish, ayni vaqtda uning tabiat va vaqtdan tashqarida hamda nomoddiy kelib 
chiqishini inkor etish bilan tavsiflanadi
. Bunday qarashlarni asoslash uchun ilmiy 
va amaliy yutuqlardan doim keng foydalanilgan. Mazkur yo‗nalish turli davrlarda 
sezuvchi, fikrlovchi materiyaning farqi va o‗ziga xos xususiyatlari nimada?, degan 
mushkul savollarga javob izlagan.
Mazkur muammoni to‗la va uzil-kesil tushunganlikni da‘vo qilmasdan, 
shuni qayd etish mumkinki, hozirgi zamon fani
o„zini bevosita yoki bilvosita 
namoyon etuvchi ong inson miyasining ish jarayoni hisoblanadi, uning funksiyasi 
sifatida amal qiladi va undan ayri holda namoyon bo„lmaydi
, deb e‘tirof etadi.
Hozirgi zamon fani inson miyasida yuz milliarddan ortiq asab hujayralari 
uzluksiz ishlashini, ularning har biri o„z navbatida boshqa o„n ming hujayra bilan 
axborot va signallar almashishini aniqlagan. Inson miyasi, garchi uning massasi 
tana massasining atigi ikki-uch foizini tashkil etsa-da, organizm ovqatdan 
oladigan butun energiyaning yigirma foiziga yaqinrog„ini iste‟mol qiladi.
Mazkur o‗ta murakkab biologik «kompyuter» ishini tadqiq etish mumkin 
bo‗lib, bu bilan maxsus fanlar shug‗ullanadi, ammo falsafa bunday tadqiqotlarni 
e‘tiborga olib, o‗z oldiga birinchi navbatda ongning tabiati qanday, degan savolga 
uning vujudga kelishi va genezisini o‗rganish yo‗li bilan javob berish vazifasini 
qo‗yadi. Bunda falsafa inson miyasining funksiyasi sanalgan ongni o‗rganish 
bilangina cheklanmaydi, balki ongning boshqa shakllari, xususan o‗zga moddiy 
tuzilmalardan paydo bo‗lgan ong shakllari mavjud bo‗lishi mumkinmi?, degan 
savolga javob izlaydi. SHuningdek, falsafa ongning materiyadan oldin paydo 
bo‗lgan yoki u bilan mutlaqo bog‗liq bo‗lmagan mohiyat hisoblanishini nazarda 
tutadigan ta‘limotlarni ham istisno etmaydi.
SHunga qaramay bugungi kun nuqtai nazaridan inson aqli tushunishga qodir 
bo‗lgan borliqqa tayanadigan falsafiy g‗oyalar ishonchliroq xususiyat kasb etadi. 


294 
SHu ma‘noda ong haqida hozircha faqat inson miyasi faoliyati munosabati bilan 
aniq so‗z yuritish mumkin.
YAngi tabiiy-ilmiy ma‘lumotlar olinishi ongning tabiatini tushunishga 
nisbatan materialistik yondashuvlar mavqeini kuchaytirmoqda. Ammo, kezi 
kelganda shuni ta‘kidlab o‗tish lozimki, bu o‗ta murakkab masala xususida 
falsafaning materialistik yo‗nalishi vakillari o‗rtasida ham yagona fikr mavjud 
emas. Masalan, XX asrning 50-yillari oxirida AQSH va Avstraliyada ilmiy 
materializm vujudga keldi. U «vulgar materializm» an‘anasini davom ettirib, 
mohiyat e‘tibori bilan ma‘naviy hodisalarni miyaning fizik holatlari bilan 
tenglashtirdi (R.Rorti, G.Feygl, D.Armstron va boshqalar). 70-yillarda AQSH va 
Kanadada yana bir falsafiy yo‗nalish – «emerjentistik materializm» shakllandi 
(ingl. emerge – yuzaga chiqish, paydo bo‗lish, yuzaga kelish). Uning vakillari – 
M.Bunge, J.Margolis va boshqalar individul ruhiyat va ongning evolyusion kelib 
chiqishi g‗oyasini himoya qilib, ruhiy hodisalarni jismoniy hodisalarga bog‗lashga 
qarshi chiqdilar.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ongning materialistik konsepsiyasi 
hozircha eng mukammal va hozirgi zamon tabiatshunosligi talablariga ko‗proq 
darajada javob beradigan falsafiy konsepsiya bo‗lib qolmoqda. Ayni shu sababli 
unga quyida mufassalroq to‗xtalamiz.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish