Nematodalar, ya’ni Haqiqiy to’garak chuvalchanglar (Nematoda) sinfi



Download 26,72 Kb.
bet4/6
Sana29.05.2022
Hajmi26,72 Kb.
#616147
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
askarida 2

Odam askaridasi (Ascaris lumbricoides) ver yuzida deyarli barcha 
mamlakatlarda tarqalgan. Ayrim mamlakatlarda, masalan, Yaponiyada aholining 
deyarli hammasi askarida bilan zararlangan. Chunki Yaponiyada qishloq xo'jaligida 
odam ekskerementidan organik o'g'it sifatida sabzavot va poliz ekinlari ekiladigan 
maydonlarda keng miqyosda foydalaniladi. 

217 

Askarida ayrim jinsli, erkagi urg'ochisidan ancha kalta, ya'ni erkagining 
uzunligi 15-25 sm, urg'ochisiniki esa 25-40 sm bo'ladi 
(54-rasm).


54-rasm. Askaridaning ichki tuzilishi: A-urg'ochisi. В -erkagi: 1-lablar, 2-qizilo'ngach,

3-ichak, 4-halqum nerv halqasi, 5-qorin nervi, 6-ayirish sistemasi nayi, 7-fagotsitar hujayralar,


8-tuxumdon, 9-tuxum yo'li, 10-bachadon, 11-jinsiy qin, 12-anal teshigi, 13-urug'don, 14-urug' yo'li, 
15-urag' chiqarish nayi.

Bundan tashqari, erkak askarida xipcha va dumi qorin tomoniga spiral kabi 


bural-gan bo'ladi. Urg'ochisining esa tanasi yo'g'on va dumi to'g'ri. Chuvalchangning 
oidingi uchida 3 ta labli og'iz, unda juda mayda ko'z ilg'amaydigan so'rg'ichlar 
bo'ladi. Gavdasining keyingi uchiga yetmasdan, qorin tomonida orqa chiqaruv teshigi 
joylashgan. Bu teshikdan keyingi qismi dumi hisoblanadi. 

218 

Jinsiy organlari sodda tuzilishga ega. Erkaklarida jinsiy teshik tananing orqa 
uchiga yaqin joyida joylashgan. U ichkarisiga cho'zilib ketgan bittagina naydan 
iborat. Urg'ochilarining jinsiy teshigi tananing oidingi yarim qismida, qorin tomoni-
dan tashqariga ochiladi. Bu teshikdan bitta nay ketgan bo'lib, u uzoqqa cho'zilmay 
ikkita shoxchaga ajraladi. Shoxchalaming ingichka ipsimon uchi - tuxumdon, asta 
yo'g'onlashib borgan qismi - tuxum yo'h, eng yo'g'on qismi esa - bachadon deb 
ataladi.
Askarida odamlarning ingichka ichagida parazitlik qiladi. Ichagida askarida 
bo'lgan kishi parazitni yuqtiradigan va tarqatadigan manba bo'lib hisoblanadi. Bitta 
urg'ochi askarida bir kecha-kunduzda 200-250 mingtagacha tuxum qo'yadi (bitta 
askarida kamida 200 kun yashaydi), hayoti davomida esa bir necha 10 mln. tuxum 
qo'yadi (250000x200q50000000).
Askarida tuxumi ustidan uch qavat po'st bilan o'ralgan bo'ladi, ammo yangi 
qo'yilgan, ya'ni kasal kishidan endi chiqqan askarida tuxumi zararlash imkoniga ega 
emas, u zararlash imkoniga ega bo'lishi uchun tashqarida nam muhitda kamida 15-25 
kun bo'lishi zarur, shu muddat iehida zararlash qobiliyatiga ega bo'lgan lichinka 
yetiladi. 
Odam askaridasi oraliq xo'jayinsiz rivojlanadi, ya'ni yagona xo'jayini odam 
hisoblanadi. Tashqi muhitda askarida tuxumi 10 yilgacha tiriklik xususiyatini saqla-
shi mumkin. Ichida lichinkasi bo'lgan bunday tuxumni qaynatilmagan suv, yu-
vilmagan meva-sabzavot, ayniqsa, qulupnay, usti ochiq qolgan ovqatlarni iste'mol 
qilish orqali odam o'ziga yuqtiradi. Oshqozonga tushgan tuxumning pardasi osh-
qozon shiralari (fermentlari) ta'sirida erib ketadi, lichinka esa ichak devori orqali 
qonga o'tib, 10 kun davomida migratsiya qilib, jigar, yurak, o'pkaga borib aylanib 
yuradi.
Lichinka o'pkaga kelganda, odamda o'pka shamollashi hodisasi kabi o'zgarish 
bo'lib, yo'tal paydo bo'ladi va yo'taiganda o'pkada, ko'krakda og'riq paydo bo'ladi, 
ayrim vaqtlarda harorat ko'tariladi. Yo'talganda lichinkalar bronxlar va kekirdak 
orqali yuqoriga, ya'ni og'iz bo'shlig'iga keladi. U yerdan so'lak bilan qayta yutib 

219 


yuborilganda lichinkalar oshqozon orqali ingichka ichakka tushib, uning devorlariga 
yopishadi va 2,5 oy mobaynida voyaga yetgan askaridaga aylanadi 
(55-rasm).
Ular o'z vaqtida otalanib yana tuxum qo'yadi. Askaridalar ichakda odam 

organizmi uchun eng qimmatli bo'lgan ovqatlar va vitaminlar bilan oziqlanib, 


odamlarda avitaminoz pay do qiladi, natijada odam boshqa turli yuqumli 
kasalliklarga beriluvchan bo'lib qoladi. 



Download 26,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish