Nematodalar, ya’ni Haqiqiy to’garak chuvalchanglar (Nematoda) sinfi. Nematodalar sinfi vakillari turli xil muhitda yashashga moslashgan. Ularni Yer
yuzining deyarli barcha havzalarida va suv tubidagi balchiqlarda uchratish mumkin.
Nematodalar tuproq biotsenozidagi ko'p hujayrali organizmlarning asosiy qismini
tashkil etadi. Tuproqdagi har qanday chirish jarayoni nematodalarning ishtirokisiz
o'tmaydi. Nematodalarning bir qancha turlari odam, hayvon va o'simliklarning turli
organlarida parazitlik qiladi. Nematodalar tanasini qoplab turadigan pishiq kutikula
ularni har qanday zararli moddalar ta'siridan himoya qiladi va xilma-xil muhit
sharoitlarda yashashga imkon beradi.
Nematodalar sinfi vakillarining tanasi duksimon, ya'ni oldingi va keyingi uchi
ingichkalashgan, ko'ndalang kesimi to'garak shaklda. Tanasining oldingi uchida og'iz
teshigi, keyingi uchiga yaqin joyda esa anal teshigi joylashgan. Tanasining anal
teshigidan keyingi qismi dumni hosil qiladi. Tananing anal teshigi joylashgan tomoni
qorin deb ataladi. Jinsiy va ayirish sistemasi teshiklari ham ana shu qorin tomondan
tashqariga ochiladi.
Nematodalarning tanasi sirtdan ko'p qavatli kutikula bilan qoplangan. Kutikula
nematoda tanasini mexanik ta'sirdan va zaharli moddalardan himoya qiladi. Bundan
tashqari kutikula ichki bo'shliq turgori bilan birga somatik muskullar uchun tayanch
vazifasini ham bajaradi. Kutikula ostida joylashgan gipodermabirlamchi lichinka
epiteliysi hujayralarining qo'shilib ketishidan hosil bo'lgan sinsitiydaniborat.
Nematodalar tanasining ikki yon, orqa va qorin tomoni bo'ylab 4 ta bo'ylama
chiziq o'tadi. Gipodermada mana shu chiziqlarga mos holda to'rtta valiklar
(yo'g'onlashuvlar) hamda ular ostida bo'ylama muskullar joylashgan. Gipoderma
valiklari muskul qavatini to'it bo'lakka bo'lib turadi. Orqa va qorin muskullar
nematoda tanasini dorzoventral yo'nalishda bukkanidan nematoda yon tomoni bilan
harakatlanadi. Muskul hujayralari ancha uzun (ot askaridasi muskullari uzunligi 0,5
sm) bo ladi. Kutikula, gipoderma va muskul qavatlari birgalikda teri-muskul xaltasini
hosil qiladi
(53-rasm).
212
Xalta birlamchi tana bo'shlig'ini o'rab turadi. Tana bo'shlig'i tayanch vazifasi
bilan birga moddalar aylanish jarayonida muhim ahamiyatga ega. Tana bo'shlig'i
orqali moddalar ichakdan muskullar va boshqa organlarga o'tadi; moddalar
almashuvining oxirgi mahsulotlari chiqarib tashlanadi. Shunday qilib, birlamchi tana
bo'shlig'i organizmning ichki muhiti vazifasini ham bajaradi. Nematodalarda kiprikli
hujayralar bo'lmaydi, hatto spermatozoidlari ham xivchinsiz bo'ladi.