Nematodalar, ya’ni Haqiqiy to’garak chuvalchanglar (Nematoda) sinfi



Download 26,72 Kb.
bet3/6
Sana29.05.2022
Hajmi26,72 Kb.
#616147
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
askarida 2

spikulalar bo'lgan juft kuyikish qopchasi ham ochiladi. Spikulalar nematodalarning 
urug'lanishida jinsiy qinni kengaytirish vazifasini bajaradi. Ko'pchilik nematodalar 

215 


erkagining anal teshigi atrofida yupqa parda - bursa hosil bo'ladi. Bursa erkak 
nematodalarni urg'ochisi ustida ushlab turish vazifasini bajaradi. 
Nematodalar urug' hujayrasining xivchinlari bo'lmaydi, urug' hujayrasi kalta 

soxta oyoq hosil qilish xususiyatiga ega. Tuxum hujayra ona organizmida 


urug'lanadi. Ayrim turlari (rishta) tirik tug'adi. 


 
Nematodalarning ko'pchilik turlari hayot siklida nasl almashinish kuzatilmaydi. 
Yetilgan tuxum yoki lichinka tashqi muhitga chiqadi va undan yana organizmga 
tushadi. Ayrim nematodalarning tuxumi oraliq xo'jayinda rivojlanadi. Tuxum hujayra 
to'liq, lekin biroz notekis maydalanadi. Tuxumdan chiqqan lichinka voyaga yetgan 
nematodaga o'xshash bo'ladi. Uning bundan keyingi rivojlanishi o'zgarishsiz, lekin 
tullash orqali boradi. 
Nematodalar tanasidagi hujayralar soni doimiy bo'Iishi bilan boshqa 

chuvalchanglardan farq qiladi. Masalan, askaridaning jinsiy sistemasi 162, markaziy 


nerv sistemasi 149 hujayradan iborat. Nematodalarda yangi hujayralarning hosil 
bo'lishi jarayoni ular lichinkasi rivojlanishining dastlabki davrlarida to'xtaydi va 
shundan so'ng hujayralar soni umr bo'yi doimiy bo'lib qoladi. Bu xususiyat faqat 
nematodalar va boshaylangichlilar uchun xos. 
Nematodalarning tana uzunligi ham har xil. Ko'pchilik erkin yashovchi 

nematodalar odatda mikroskopik kattalikda (0,05mm dan 5mm gacha); ayrim turlari 


2-3 sm keladi. Parazit nematodalar erkin yashovchi turlariga nisbatan ancha yirik,
20-40 sm, ba'zan lm va hatto 8m dan ham ortadi(kashalotlar yo'ldoshi paraziti

Placentonema gigantissima ning uzunligi 8,4 m gacha boradi).
Hozirgi vaqtda nematodalar sinfiga 18-20 mingga yaqin tur kirishligi 

aniqlangan. Shulardan 5000 dan ortiq turlari odam va hayvonlarda, 2000 turi esa 


o'simliklarda parazitlik qiladi. Ammo, bir qator mutaxassis olimlarning fikricha 
sayoramizda nematodalar sinfining 100 mingdan 1 mln. tagacha turi bo’lishi 
mumkin. 

Nematodalar sinfi o’z navbatida 2 ta kenja sinfga bo’linadi. 1. Adenoforalar 


(Adenophorea) kenja sinfi. 2. Setsernentlar (Secernentea) kenja sinfi.

216 


 
Adenoforalar kenja sinfi vakillari, asosan dengiz, chuchuk suv, ba`zan 
tuproqda erkin hayot kechiradi. Ko`pchilik turlari faqat kislorod yetarli bo`lgan 
sharoitda yashaydi. Kutikulasi o`tkazuvchan bo`lganidan nematodani zararli 
moddalar tasiridan to`liq himoya qilaolmaydi. 
Adenoforalar kenja sinfiga kiruvchi Trixosefalidalar (Trichocefalida) va 

Dioktofimidalar (Dioctophymida) turkumlari vakillari turli umurtqali hayvonlarda: 


baliqlar, amfibiyalar, sudralib yuruvchilar, qushlar va sutemizuvchilarda parazitlik 
qiladi. Masalan: Gigant svaynik (Dioctophyme renale) itlar va boshqa yirtqich 
hayvonlar, ba`zan odam buyragida parazitlik qiladi, uzunligi 1 m gacha boradi. 
Qilbosh chuvalchanglar va trixinellalar sutemizuvchilarda parazitlik qiladi. 
Setsernentlar (Secernentea) kenja sinfi vakillari asosan, o`simliklarda, 

hayvonlarda va odamlarda parazitlik qiladigan turlarni o`z ichiga oladi. Tuyg`u 


organlari papillalardan iborat bo`lib, faqat bosh qismida joylashgan. Amfidlari 
mayda, ko`pincha lablarida joylashgan. Bo`yin bezi shoxlangan, ikki yoki bir nayli. 
Dumining ikki yonida fazmidlari bo`ladi. Kutikulasining chala o`tkazuvchanlik va 
himoya xususiyatlari yaxshi rivojlangan.
Setsernentlar 

kenja 
sinfiga 

tilenxidalar 
(Tylenchida), 
strongilidalar 
(Strongylida), oksiuridalar (Oxyurida), askarididalar (Ascaridida), spiruridalar 
(Spirurida) va boshqa turkumlar kiradi. Ularning ko’pchiligi mahsuldor hayvonlar va 
odamlarda parazitlik qilib, og’ir kasalliklarni keltirib chiqaradi. Madaniy 
o’simliklarga esa ayniqsa, bo`rtma nematodlari, bug`doy nematodasi, kartoshka poya 
nematodasi, sholi nematodasi, lavlagi nematodasi va boshqa vakillari katta zarar 
yetkazadi.
Quyida odam, hayvon va o'simliklarda parazitlik qiladigan va ularga katta zarar 

keltiradigan nematodalar vakillari to’g’risida ma’lumotlar keltiriladi.  




Download 26,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish