Reja: Yer osti boyliklari tushunchasi va ularni ekologik-huquqiy muhofaza qilish zarurati



Download 83,5 Kb.
bet1/4
Sana28.04.2022
Hajmi83,5 Kb.
#589041
  1   2   3   4
Bog'liq
Yer osti boyliklarini ekologik-huquqiy muhofaza qilish


Yer osti boyliklarini ekologik-huquqiy muhofaza qilish

Reja:

1. Yer osti boyliklari tushunchasi va ularni ekologik-huquqiy muhofaza qilish zarurati.


2. Yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofazalashning ekologik-huquqiy talablari.
3. Konchilik munosabatlarini davlat tomonidan tartibga solish
4. Yer osti boyliklaridan foydalanish huquqi.
Yer osti boyliklari nisbiy tushuncha bo`lib, me`yoriy hujjatlarda u nafaqat tup­roq ostidagi, balki yer yuzasi va suv ob`yektlari tubida, ya`ni yer qa`rida joylashgan mineral moddalardir. Mineral — yer yuzida va qa`rida fizik va kimyoviy jarayonlar natijasida vujudga kelgan, kimyoviy tarkibi va fizik xususiyatlari jihatdan deyarli bir xil bo`lgan jins (modda)1. Shunday qilib, mineralning tuproq yoki tuproq hosil qiluvchi ona jinsdan farqi uning kimyoviy tarkibi (kimyoviy elementlar soni va uning o`zaro birikmasi) va fizik xususiyatlari (suv va temperatura rejimi, katta-kichikligi, sinishi, qattiqligi) bilan farq qiladi. Masalan, toshko`mir — 97% gacha ugleroddan va qolgani esa uchuvchi moddalardan tarkib topgan. Issiqlik berishi 7200—8750 kkal kg. Ohaktosh — karbonli birikma, fizik xususiyatlaridan biri suvda eruvchanligi va uning natijasida katta miqdorda energiya ajratib chiqaradigan jinsligi. Yer osti boyliklarining ekologik funksiyasi — ekologik tizimda turuvchi, yer ustining tabiiy fundamenti, tuproq va ularni hosil qiluvchi ona jinslarning tarkib topishidagi mineral asosi ekanligi. Mineralning kimyoviy, fizik va biologik yemirilishi natijasida ona jinslar hosil bo`ladi va tirik organizmlarning faoliyati natijasida ular tuproqqa aylanadi. Bunday tabiiy jarayon yer osti minerallarini ekologik tizimlarda ishtirok etishini ta`minlab beradi.­
Yer osti boyliklarining iqtisodiy funksiyasi — insonlarning kundalik hayotidagi (energetika, qurilish, sanoat va h.k. jabhalarida) moddiy ehtiyojlarini qondirish maqsadidagi mineral xom ashyoligi.­ Yer osti boyliklarining madaniy — sog`lomlashtirish funksiyasi — yer qa`ri va minerallarning foydali xususiyatlarini insonlarning dam olishi va salomatligini tiklashda ishlatilishi. Yer osti boyliklarining o`ziga xos tomonlaridan biri ularni tugallanadigan va qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslar toifasiga kirishidir. Agarda o`simlik va hayvonot dunyosining qayta tiklanish davri bir necha daqiqadan bir necha o`n yillarni, tuproq — yuzlab yillarni, suv — 10 yildan 5000 yilni o`z ichiga olsa, minerallarning tiklanish davri yuz minglab yoki millionlab yillarni talab etadi. Insoniyat tarixida bu jarayon juda uzoq muddatli davr bo`lgani uchun ham biz ularni tiklanish imkoniyati yo`q yoki tiklanmaydigan tabiiy resurslar toifasiga kirgizamiz. Bizga ma`lumki, ayrim minerallar (qum, tosh, toshko`mir va h.k.) yer usti va suv ostida ham uchraydi. Lekin ularning aksariyati (90% dan ortig`i) yer qa`rida uchragani uchun ham biz shartli ravishda ularni — «yer osti boyliklari» deb ataymiz. Ular nafaqat tabiiy resurs sifatida, balki tabiiy boylik (ob`yekt) sifatida ham qaralib, ularni muhofaza qilish esa ekologik tizimlarning harakatini saqlab qolish demakdir.
O`zbekistonda yer osti boyliklaridan 100 dan ortig`i mineral resurslar sifatida ishlatilib kelinmoqda. Ularning moliyaviy potensiali 3,3 trln, yillik qazib olishning iqtisodiy ko`rsatkichi 5,5 mlrd AQSH dollariga tengdir. Shuning uchun ham mineral xom ashyo bizning asosiy boyligimiz hisoblanadi. Ulardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish haqida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov o`zining «O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» degan asarida O`zbekiston sobiq Ittifoqning mineral xom ashyo bazasi bo`lgani va undan o`ta shafqatsizlarcha — «tagi yo`q bochka» kabi foydalanganliklarini alohida ta`kidlab o`tgan. Natijada ular ekologik tizimlarning buzilishiga, «oy landshafti»ga o`xshash chiqindi moddalar tepaliklarini paydo qilishga, radioaktiv xavfli tegralarni vujudga keltirishga sabab bo`lganini aytib o`tgan. Endilikda bunday qayta tiklanmaydigan zaxiralardan qat`iy mezon asosida foydalanish, ularni qazib olish va qayta ishlash chog`ida isrofgarchilikka yo`l qo`ymaslik kerak. Buning uchun eskirgan qayta ishlash va qazib olish uskunalarini yangi texnologiyalar bilan almashtirish, rekonstruksiya qilish zarur. Тog`-kon sanoatining chiqindilarini o`zlashtirishni yanada kengaytirish hamda buzilgan yerlarni qayta yaroqli holga keltirish talablarini amaliy qo`llash lozim.
Yuqorida keltirilgan va davlatimizning yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilishdagi davlat siyosatini amalga oshirmoq uchun, avvalambor, ushbu munosabatlarni tartibga soladigan huquqiy-me`yoriy zamin yaratmoq kerak. Chunki yosh va mustaqil Respublikamiz endilikda o`z mineral boyliklariga o`zi egalik qilish huquqiga ega bo`ldi. O`n ikki yillik mustaqillik davrida O`zbekistonda yer osti boyliklarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid bir qator qonun va qonun osti me`yoriy hujjatlar qabul qilindi. Lekin bu bilan jamiyatdagi ushbu munosabatlarning huquqiy zamini yaratildi, deb bo`lmaydi. Mustaqil Respublikamiz bozor munosabatlariga o`tib borar ekan, tabiiy boyliklardan foydalanish va ularni muhofaza qilishni huquqiy tartibga solish o`zgarib va takomillashib boraveradi. Eng asosiysi, yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir huquqiy me`yorlarni amaliyotda qo`llash mexanizmini to`liq ishlab chiqishdir. Aks holda qonunlarimiz «tishsiz» bo`lib qolishi va jamiyatda huquqiy negilizm holati vujudga kelishi mumkin.
Yer osti boyliklarining huquqiy holati — yer osti boyliklarini muhofaza qilish, mineral xom ashyodan o`ta samaradorlik bilan foydalanish va uning natijasida buzilgan tabiiy komplekslarni qayta tiklashda yuzaga keladigan munosabatlarni huquqiy tartibga solinishi. O`zbekiston Respublikasida yer osti boyliklarining huquqiy holati Konstitutsiyada belgilangan imperativ normalar va uning asosida ishlab chiqilgan umumlashtirilgan normalar (Тabiatni muhofaza qilish to`g`risida, Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to`g`risida...), kodifika­tsiyalangan (Yer kodeksi, Jinoyat kodeksi, Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeks, Fuqarolik kodeksi...) va ixtisoslashtirilgan (Yer osti boyliklari to`g`risida, Konsessiyalar to`g`risida...) qonunlar va qonun osti normativ hujjatlar asosida tartibga solinadi. Yer osti boyliklaridan huquqiy foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir ijtimoiy munosabatlar ushbu huquq tarmog`ining predmetidir. Yer osti boyliklarini huquqiy tartibga solish mazmuni ruxsat beruvchi, oldini oluvchi va taqiqlovchi huquqiy me`yorlar orqali ularni muhofaza qilish va ulardan o`ta samaradorlik bilan foydalanishdir.

2. Yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofazalashning


ekologik-huquqiy talablari.
Yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofazalashning ekologik-huquqiy talablari O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50, 54 va 55-moddalarida imperativ shaklda o`z aksini topgan. Ularga binoan har bir fuqaro yoki mulkdor atrof tabiiy muhitga (jumladan, yer osti boyliklariga) nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo`lishi va ulardan oqilona foydalanishi zarur. Ushbu shartlar kengaytirilgan tarzda Тabiatni muhofaza qilish to`g`risidagi qonunda berilgan bo`lib, unga muvofiq (18-modda) yer osti boyliklaridan yuridik va jismoniy shaxslar quyidagi ekologik talablar asosida foydalanishlari mumkin: qazilma boyliklarni qazib olishda mineral xom ashyodan kompleks va oqilona foydalanish ta`minlansa; atrof tabiiy muhit va yer osti boyliklari ifloslani­shining oldi olinsa; foydalanilgan yer uchastkalarini rekultivatsiya (qayta tiklash yoki buzilgan yerlarni qayta madaniylashtirish ishlarini) qilinsa; qayta tiklanadigan foydali qazilmalardan tabiiy qayta tiklanishga erishilsa. Umumlashtirilgan ekologik-huquqiy talablar ixtisoslashtirilgan holda yangi tahrirdagi 2002-yil 13-dekabr «Yer osti boyliklari» va 1995-yil 30-avgustdagi «Konsessiyalar to`g`risida»gi qonunlarda o`z aksini topgan va ular quyidagilardan iborat:
- tog`-kon sanoatidagi ishlarni (qidiruv, kovlash va rekultivatsiya qilish) yer qa`ridan foydalanish loyihasiga muvofiq olib borish va uni ekologik ekspertizadan o`tkazish;

Download 83,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish