spikulalar bo'lgan juft kuyikish qopchasi ham ochiladi. Spikulalar nematodalarning
urug'lanishida jinsiy qinni kengaytirish vazifasini bajaradi. Ko'pchilik nematodalar
215
erkagining anal teshigi atrofida yupqa parda - bursa hosil bo'ladi. Bursa erkak
nematodalarni urg'ochisi ustida ushlab turish vazifasini bajaradi.
Nematodalar urug' hujayrasining xivchinlari bo'lmaydi, urug' hujayrasi kalta
soxta oyoq hosil qilish xususiyatiga ega. Tuxum hujayra ona organizmida
urug'lanadi. Ayrim turlari (rishta) tirik tug'adi.
Nematodalarning ko'pchilik turlari hayot siklida nasl almashinish kuzatilmaydi.
Yetilgan tuxum yoki lichinka tashqi muhitga chiqadi va undan yana organizmga
tushadi. Ayrim nematodalarning tuxumi oraliq xo'jayinda rivojlanadi. Tuxum hujayra
to'liq, lekin biroz notekis maydalanadi. Tuxumdan chiqqan lichinka voyaga yetgan
nematodaga o'xshash bo'ladi. Uning bundan keyingi rivojlanishi o'zgarishsiz, lekin
tullash orqali boradi.
Nematodalar tanasidagi hujayralar soni doimiy bo'Iishi bilan boshqa
chuvalchanglardan farq qiladi. Masalan, askaridaning jinsiy sistemasi 162, markaziy
nerv sistemasi 149 hujayradan iborat. Nematodalarda yangi hujayralarning hosil
bo'lishi jarayoni ular lichinkasi rivojlanishining dastlabki davrlarida to'xtaydi va
shundan so'ng hujayralar soni umr bo'yi doimiy bo'lib qoladi. Bu xususiyat faqat
nematodalar va boshaylangichlilar uchun xos.
Nematodalarning tana uzunligi ham har xil. Ko'pchilik erkin yashovchi
nematodalar odatda mikroskopik kattalikda (0,05mm dan 5mm gacha); ayrim turlari
2-3 sm keladi. Parazit nematodalar erkin yashovchi turlariga nisbatan ancha yirik,
20-40 sm, ba'zan lm va hatto 8m dan ham ortadi(kashalotlar yo'ldoshi paraziti -
Placentonema gigantissima ning uzunligi 8,4 m gacha boradi).
Hozirgi vaqtda nematodalar sinfiga 18-20 mingga yaqin tur kirishligi
aniqlangan. Shulardan 5000 dan ortiq turlari odam va hayvonlarda, 2000 turi esa
o'simliklarda parazitlik qiladi. Ammo, bir qator mutaxassis olimlarning fikricha
sayoramizda nematodalar sinfining 100 mingdan 1 mln. tagacha turi bo’lishi
mumkin.
Nematodalar sinfi o’z navbatida 2 ta kenja sinfga bo’linadi. 1. Adenoforalar
(Adenophorea) kenja sinfi. 2. Setsernentlar (Secernentea) kenja sinfi.
216
Adenoforalar kenja sinfi vakillari, asosan dengiz, chuchuk suv, ba`zan
tuproqda erkin hayot kechiradi. Ko`pchilik turlari faqat kislorod yetarli bo`lgan
sharoitda yashaydi. Kutikulasi o`tkazuvchan bo`lganidan nematodani zararli
moddalar tasiridan to`liq himoya qilaolmaydi.
Adenoforalar kenja sinfiga kiruvchi Trixosefalidalar (Trichocefalida) va
Dioktofimidalar (Dioctophymida) turkumlari vakillari turli umurtqali hayvonlarda:
baliqlar, amfibiyalar, sudralib yuruvchilar, qushlar va sutemizuvchilarda parazitlik
qiladi. Masalan: Gigant svaynik (Dioctophyme renale) itlar va boshqa yirtqich
hayvonlar, ba`zan odam buyragida parazitlik qiladi, uzunligi 1 m gacha boradi.
Qilbosh chuvalchanglar va trixinellalar sutemizuvchilarda parazitlik qiladi.
Setsernentlar (Secernentea) kenja sinfi vakillari asosan, o`simliklarda,
hayvonlarda va odamlarda parazitlik qiladigan turlarni o`z ichiga oladi. Tuyg`u
organlari papillalardan iborat bo`lib, faqat bosh qismida joylashgan. Amfidlari
mayda, ko`pincha lablarida joylashgan. Bo`yin bezi shoxlangan, ikki yoki bir nayli.
Dumining ikki yonida fazmidlari bo`ladi. Kutikulasining chala o`tkazuvchanlik va
himoya xususiyatlari yaxshi rivojlangan.
Setsernentlar
kenja
sinfiga
tilenxidalar
(Tylenchida),
strongilidalar
(Strongylida), oksiuridalar (Oxyurida), askarididalar (Ascaridida), spiruridalar
(Spirurida) va boshqa turkumlar kiradi. Ularning ko’pchiligi mahsuldor hayvonlar va
odamlarda parazitlik qilib, og’ir kasalliklarni keltirib chiqaradi. Madaniy
o’simliklarga esa ayniqsa, bo`rtma nematodlari, bug`doy nematodasi, kartoshka poya
nematodasi, sholi nematodasi, lavlagi nematodasi va boshqa vakillari katta zarar
yetkazadi.
Quyida odam, hayvon va o'simliklarda parazitlik qiladigan va ularga katta zarar
keltiradigan nematodalar vakillari to’g’risida ma’lumotlar keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |