Nematodalar, ya’ni Haqiqiy to’garak chuvalchanglar (Nematoda) sinfi


-rasm. Urg'ochi askaridaning ko'ndalang kesmasi



Download 26,72 Kb.
bet2/6
Sana29.05.2022
Hajmi26,72 Kb.
#616147
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
askarida 2

53-rasm. Urg'ochi askaridaning ko'ndalang kesmasi: 1 - gipodermaning orqa valigi, 

2 - muskul hujayralarning plazmatik o'simtalari, 3 - muskul hujayralari, 4 – tuxumdonning 


bo'ylama kesmasi, 5 - ichak, 6 - kutikula, 7 - gipodermaning yon valigi, 8 - ayirish sistemasi 
nayi, 9 - tuxumdon, 10 - bachadon, I1 - tuxum yo'li bo'yiga kesmasi, 
12 - gipodermaning qorin valigi, 13 - tuxumdon. 
Nematodalarning og'iz teshigi tanasining oldingi uchida joylashgan, odatda 

uchta (bitta orqa, ikkita yon) maxsus o'simtaiar - lablar bilan o'ralgan. Naysimon 


ichagining oldingi qismi og'iz bo'shlig'i (stoma) va halqumga bo'linadi. Ayrim 

213 


yirtqich va zooparazitlar
-
stomasida kutikula o'simtasidan iborat tishlar bo'ladi. 

O'simlik parazitlari stomasi esa sanchib so'ruvchi organ - stiletni hosil qiladi. 


Halqum devorida muskul hujayralari va hazm bezlari joylashgan. Bir qancha 

nematodalarda halqum muskullarining hujayralari kengayib, bulbus hosil qiladi. 


Halqum tirqishi uchburchak shaklda, uning devori xitinlashgan. Halqum 
ektodermadan hosil bo'ladi. Halqum yupqa devorli endodermal o'rta ichakka o'tadi. 
O'rta ichak bir qavat joylashgan silindrsimon hujayralardan iborat. Keyingi ichak 
kalta, murtak ektodermasidan hosil bo'ladi. Ayrim nematodalar ichagi turli darajada 
reduksiyaga uchragan. Masalan, filyariyalarning keyingi ichagi berk, anal teshigi 
bo'lmaydi.
Nematodalar har xil usulda oziqlanadi. Erkin yashovchilari turli xil mayda 

organizmlar bilan oziqlansa, parazit turlari hayvon yoki o'simlik hujayralari shirasi


ba'zan qonini so'rib oziqlanadi. O'simlik parazitlari ozig'i ichakdan tashqarida hazm 
bo'ladi. Stilet orqali o'simlik to'qimalariga hazm bezlari fermentlari chiqariladi. 
Nematodalar ana shu fermentlar ta'sirida chala hazm bo'lgan oziqni stileti yordamida 
so'rib oladi. 

 
Nematodalarning ayirish sistemasi bo'yin bezlari deb ataladigan bir hujayrali 
teri (gipoderma) bezlaridan iborat. Nematodalarda protonefridiylar o'rniga bo'yin 
bezlarining rivojlanishi kipriklarni yo'qolib ketishi bilan bog'liq. Bir qancha 
nematodalarning bo'yin bezlari yirik; ularaing ayirish yo'li kalta bo'ladi. Ko'pchilik 
turlarida bo'yin bezlarining chiqaruv naylari gipodermaning ikki yon valigida 
joylashgan. Chiqarish naylari uzun bitta hujayradan iborat. Ot askaridasining 
chiqarish nayi uzunligi 40 sm ga yetadi. Naylar orqali moddalar almashinuvining 
suyuq mahsulotlari chiqariladi. 
Nematodalarda suvda erimaydigan va organizmga tasodifan kirib qolgan 

organik moddalarni to'playdigan fagotsitar hujayralar ham bo'ladi. Bunday 


"to'plovchi buyraklar" gipodermaning yon valiklari ustida joylashgan. Ot askaridasida 
bunday valiklar to'rtta bo'ladi. 

 
Nematodalarning qon aylanish va nafas olish sistemasi rivojlanmagan. Ichak 
bo'shlig'idagi va ichki organlardagi endoparazitlar parazit yassi chuvalchanglar 

214 


singari kislorod tanqis bo'lgan sharoitda hayot kechirishga moslashgan. Ular uchun 
asosiy energiya manbai glikogenning anaerob parchalanishi hisoblanadi. Bu 
jarayonda organik kislotalar (asosan, yog' va valerian kislotalari) hosil bo'ladi. Ana 
shu sababdan nematodalarning tana bo'shlig'i suyuqligi odam terisi shilliq qavatiga 
tasodifan tushganda achishtiradi. 

 
Nematodalarning markaziy nerv sistemasi halqumni o'rab turadigan nerv 
halqasi, undan tana bo'ylab oldinga (lablarga) va orqaga ketadigan 6 ta nerv 
tomirlaridan iborat. Ulardan gipodermaning orqa va yon valiklari bo'ylab joylashgan 
ikkitasi boshqalariga nisbatan kuchliroq rivojlangan bo'lib, asosiy tomirlar deyiladi. 
Bu tomirlar ko'ndalang nervlar - komissuralar orqali o'zaro bog'langan. 
Tuproqda erkin yashaydigan yoki parazit yashovchi nematodalarning sezgi 

organlari yaxshi rivojlanmagan. Odatda tuyg'u organlari vazifasini papillalar 


shaklidagi sezgi do'mboqchalari yoki qillar bajaradi. Tuyg'u papillalari og'iz atrofida, 
erkak nematodalarning dum qismida ham joylashgan. Boshining ikki yonida 
qadahsimon, spiralsimon botiq yoki tirqishga o'xshash amfidlar - kimyoviy sezgi 
organlari joylashgan. Amfidlar va papillalar erkak nematodalarda yaxshi rivojlangan. 
Ayrim dengiz nematodalarida pigment dog'dan iborat oddiy ko'zcha ham bo'ladi. 


 
Nematodalar odatda ayrim jinsli bo'lib, jinsiy dimorfizm yaxshi rivojlangan. 
Jinsiy sistemasi tana bo'shlig'ida joylashgan uzun naychadan iborat. Urg'ochisining 
jinsiy organlari juft, erkaginiki toq (bitta) bo'ladi. Urg'ochisi jinsiy sistemasi 
naylarining ingichka uchki qismi tuxumdon, undan keyingi qismi tuxum yo'li 
deyiladi. Tuxumdonda hosil bo'lgan tuxumlar tuxum yo'lida urug'lanadi va xaltaga 
о'xshash kengaygan bachadonga о'tadi. Bachadonlar qo'shilib jinsiy qinni hosil qiladi. 
Jinsiy qin jinsiy teshik bilan tashqariga ochiladi. Erkagi jinsiy sistemasining ingichka 
uchki qismi urag'don deyiladi. Urug'don birmuncha yo'g'onlashib, urug' yo'lini hosil 
qiladi. Urug' yo'li kalta va keng nay - urug' pufagiga ochiladi. Uryg' pufagida urug' 
to'planadi. Urag' pufagi bir muncha tor va muskulli urug' to'kuvchi nayga, upyg' 
to'kuvchi nay esa orqa ichakning keyingi qismiga ochiladi. Kloaka ichida kutikulyar 



Download 26,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish