Nematodalar, ya’ni Haqiqiy to’garak chuvalchanglar (Nematoda) sinfi



Download 26,72 Kb.
bet1/6
Sana29.05.2022
Hajmi26,72 Kb.
#616147
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
askarida 2


Nematodalar, ya’ni Haqiqiy to’garak chuvalchanglar (Nematoda) sinfi. 
Nematodalar sinfi vakillari turli xil muhitda yashashga moslashgan. Ularni Yer 
yuzining deyarli barcha havzalarida va suv tubidagi balchiqlarda uchratish mumkin. 
Nematodalar tuproq biotsenozidagi ko'p hujayrali organizmlarning asosiy qismini 
tashkil etadi. Tuproqdagi har qanday chirish jarayoni nematodalarning ishtirokisiz 
o'tmaydi. Nematodalarning bir qancha turlari odam, hayvon va o'simliklarning turli 
organlarida parazitlik qiladi. Nematodalar tanasini qoplab turadigan pishiq kutikula 
ularni har qanday zararli moddalar ta'siridan himoya qiladi va xilma-xil muhit 
sharoitlarda yashashga imkon beradi.
Nematodalar sinfi vakillarining tanasi duksimon, ya'ni oldingi va keyingi uchi 


ingichkalashgan, ko'ndalang kesimi to'garak shaklda. Tanasining oldingi uchida og'iz 
teshigi, keyingi uchiga yaqin joyda esa anal teshigi joylashgan. Tanasining anal 
teshigidan keyingi qismi dumni hosil qiladi. Tananing anal teshigi joylashgan tomoni 
qorin deb ataladi. Jinsiy va ayirish sistemasi teshiklari ham ana shu qorin tomondan 
tashqariga ochiladi. 
Nematodalarning tanasi sirtdan ko'p qavatli kutikula bilan qoplangan. Kutikula 


nematoda tanasini mexanik ta'sirdan va zaharli moddalardan himoya qiladi. Bundan 
tashqari kutikula ichki bo'shliq turgori bilan birga somatik muskullar uchun tayanch 
vazifasini ham bajaradi. Kutikula ostida joylashgan gipoderma birlamchi lichinka 
epiteliysi hujayralarining qo'shilib ketishidan hosil bo'lgan sinsitiydan iborat. 
Nematodalar tanasining ikki yon, orqa va qorin tomoni bo'ylab 4 ta bo'ylama 


chiziq o'tadi. Gipodermada mana shu chiziqlarga mos holda to'rtta valiklar 
(yo'g'onlashuvlar) hamda ular ostida bo'ylama muskullar joylashgan. Gipoderma 
valiklari muskul qavatini to'it bo'lakka bo'lib turadi. Orqa va qorin muskullar 
nematoda tanasini dorzoventral yo'nalishda bukkanidan nematoda yon tomoni bilan 
harakatlanadi. Muskul hujayralari ancha uzun (ot askaridasi muskullari uzunligi 0,5 
sm) bo ladi. Kutikula, gipoderma va muskul qavatlari birgalikda teri-muskul xaltasini 
hosil qiladi 
(53-rasm).

212 


Xalta birlamchi tana bo'shlig'ini o'rab turadi. Tana bo'shlig'i tayanch vazifasi 
bilan birga moddalar aylanish jarayonida muhim ahamiyatga ega. Tana bo'shlig'i 
orqali moddalar ichakdan muskullar va boshqa organlarga o'tadi; moddalar 
almashuvining oxirgi mahsulotlari chiqarib tashlanadi. Shunday qilib, birlamchi tana 
bo'shlig'i organizmning ichki muhiti vazifasini ham bajaradi. Nematodalarda kiprikli 
hujayralar bo'lmaydi, hatto spermatozoidlari ham xivchinsiz bo'ladi. 



Download 26,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish