Neft va gaz mahsulotlarini tashish va saqlash texnologiyasi


MEHNAT MUHOFAZASI VA XAVFSIZLIK TEXNIKASI



Download 10,71 Mb.
bet49/54
Sana15.04.2022
Hajmi10,71 Mb.
#553212
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
Neft va gazni tashish va saqlash texnologiyasi O\'QUV QO\'LLANMA

MEHNAT MUHOFAZASI VA XAVFSIZLIK TEXNIKASI
Xavfsizlik texnikasi ishchilarga ishlab chiqarish omillarining salbiy ta’sirini oldini olishga oid texnik vositalar va tashkiliy choralar tizimini belgilaydi. Mehnat muhofazasi mehnat jarayonida insonning sog‘lig‘i va ish lash qobiliyatini saqlash, xavfsizlikni ta’minlovchi ijtimoiy – iqtisodiy, tashkiliy, texnik, gigiyenik, profilaktik davolash choralari va vositalariga doir qonun chiqarish tizimini belgilaydi.
YoQShlar hududida bir talay ishlar havo muhitiga yonilg‘i mahsulotlarini
bug‘larini ajralib chiqishi bilan birga boradi. Xizmat xonalarida havo muhitini himoya qilish bo‘yicha ishni to‘g‘ri tashkil qilish va mehnatning me’yoriy sharoitlarini yaratish
uchun zararli moddalar ajralib chiqishi manbalarini aniqlash, ularni miqdorini aniqlab ruxsat etilgan qiymatlar bilan solishtirish zarur.
Mashina, mexanizmlar, uskunalar ishlashi natijasida sodir bo‘ladigan
fizik jihatdan xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari bevosita ishlab turgan obyektlarning o‘zida aniqlashini va mazkur ish joyida mehnat xavfsizligi ta’minlanishi zarur. YoQShga tegishli ustaxonalarda avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatishda, metallarga ishlov beruvchi dastgohlarning mehnat sharoitlari parametrlariga baho berishda xavfli joylarni to‘sish, shovqin, vibratsiya va hokazolar ГОСТ 12.2.009 talablariga javob berishi kerak. Ish joylarida ruxsat etilgan shovqin darajasi, mashina, mexanizmlar, transport vositalari va boshqa uskunalar shovqin tafsilotlariga
umumiy talablar ГОСТ 12.1.003 ga muvofiq belgilanilishi kerak.
Ishchi joylariga vibratsiya beradigan ishlab chiqarish uskunalari, mashina va agregatlarni ishchi joylaridagi vibratsiya QMQ 2.04.05 talablariga mos kelishi kerak.
Vibratsiyalar inson organizmiga ta’sir qilishiga qarab ishlayotgan odamning qo‘liga va ishchi joyiga beriladigan vibratsiyalarga bo‘linadi. Ishchi joylarida vibratsiyani o‘lchash vositalari va tekshirish ГОСТ 12.4.012 talablariga mos kelishi kerak. Harorat, namlik, barometrik bosim, havo harakati tezligi sanitar- gigiyenik talablar va ishchi xonasidagi havoda zararli moddalar (gazlar) miqdori ГОСТ 12.1.005 va SanPin ¹ 0058 ga mos kelishi zarur ishchilarni turgan joyidagi pol yoki maydoncha yuzasidan 2,0
m yuqoridagi havo ishchi zona deb hisoblanadi.
ГОСТ 12.3.002 ga muvofiq uskunalarni joylanishi, tuzilishi va ularga xizmat ko‘rsatish tartibi, inshootlar va quvur uzatgich kommunikatsiyalarni inobatga oluvchi texnologik hujjatlar tarzida ishlab chiqilishi kerak. Ishlayotgan ishchi zonadagi havo muhitini yoritilganlik, gazlashganlik va boshqalar bo‘yicha me’yoriga keltirish;
mexanizatsiya vositalari, tekshirish tizimi va ishchilarni himoyalash va ishlab chiqarish uskunalarini avariyali o‘chirilishini ta’minlovchi texnologik jarayonni boshqarish, ish maromini hamda mehnat va dam olishni oqilona tashkil qilish; uskuna germetikligi; ishchilarni himoya vositalari bilan ta’minlashga oid texnologik jarayonlar
uchun xavfsizlik talablari ishlab chiqilishi lozim. Elektr xavfsizligi, odamlarni elektr toki, elektr yoyi, elektromagnit maydoni, issiqlik, kuchli yorug‘lik nurlanishi va statik elektrning zararli ta’siridan himoyalashni ta’minlovchi tashkiliy va texnik choralar
hamda vositalar tizimini belgilaydi.
Elektr xavfsizligi ГОСТ 12.1.019 ga muvofiq ta’minlanishi kerak. Ishlab chiqarishga javobgar mutaxassis va xizmatchilar xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi bo‘yicha yo‘riqnoma va me’yorlarni qat’iyan bajarishlari shart va o‘zlariga bo‘ysundirilgan shaxslardan ularni talab qilishlari kerak. Maishiy, sanitariya xonalar tarkibi, maydoni va boshqa tafsilotlari
QMQ 2.09.04 ga muvofiq bajarilishi kerak.

Download 10,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish